logo

Afrikaning Ichki suvlari

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

11702.21875 KB
Afrikaning Ichki suvlari Ularni havzalar bo‘yicha o‘rganib chiqamiz. Bular 
Atlantika va Hind okeani havzalari hamda berk 
havzalardir. Afrikaning yerusti va yerosti suvlari uning 
ichki suvlarini tashkil etadi.   Afrikaning eng yirik Nil, Kongo, Niger, Oranj daryolari 
hamda Viktoriya, Tanganika ko‘llari Atlantika okeani 
havzasida joylashgan.  Afrikaning yerusti suvlari 
daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallardan iborat.  Nil  — dunyodagi eng uzun (6 671 km) daryo.  Uning irmog‘i Kagera 3° j. k. (janubiy kenglik) dan 
boshlanib, Viktoriya ko‘liga quyiladi. Oq Nil shu 
ko‘ldan oqib chiqadi. 
Kagera
Oq Nil    U Sharqiy Afrika yassitog‘ligidan boshlanadigan Oq Nil 
bilan Efiopiya tog‘ligidan boshlanadigan Ko‘k Nil 
irmoqlarining qo‘shilishidan Nil nomini oladi. 
Oq Nil 
Ko‘k Nil     Yuqori va o‘rta oqimlarida ostonalar ko‘p. Suv 
oqimining deyarli 70 %i sug‘orishga, bug‘lanishga va 
tuproqqa shimilishiga sarf bo‘ladi. Nil daryosi O‘rta dengizga quyilish joyida katta delta 
hosil qiladi.   Vatandoshimiz al-Farg‘oniy (IX asr) birinchi bo‘lib Nil 
daryosi misolida suv sarfini o‘lchaydigan „nilometr“ 
qurilmasini bunyod etgan. Kongo  (Zair) uzunligiga (4 320 km) ko‘ra Afrikada 
ikkinchi, lekin sersuvligi (1 414 kub km) va havzasining 
maydoniga (3 691 ming kv km) ko‘ra birinchi, dunyoda 
esa Amazonka daryosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. 
   Uning Lukuga irmog‘i Tanganika ko‘lidan boshlanadi 
Daryoning suv sarfi yil davomida deyarli o‘zgarmaydi. 
Bunga sabab yillik yog‘inlarning bir me’yorda 
yog‘ishidir.  
Lukuga   Kongo quyi va yuqori oqimida ko‘plab ostonalar va 
sharsharalar hosil qilgan. Jumladan,  (yuqori oqimida 
Boyoma (Stenli) sharsharasi),  quyi oqimida Livingston 
sharsharalar guruhi mavjud.     U Nil daryosidan farq qilib, delta hosil qilmaydi. O‘rta 
oqimida ekvatorni ikki marta kesib o‘tadi.    Niger  uzunligiga va havzasining maydoniga ko‘ra 
Afrikaning uchinchi daryosi.   Yuqori va quyi oqimlarida ostonalar va sharsharalar 
ko‘p. O‘rta oqimida Sahroyi Kabirga tutash tekis va 
botiq relyefli cho‘l zonasidan oqib o‘tadi.  Daryo o‘z yo‘nalishini bir necha marta (shimolga, 
sharqqa, janubga tomon) o‘zgartiradi. Quyi oqimida 
katta delta hosil qiladi. Oranj  daryosi Afrikaning janubida joylashgan.   U sharqda Drakon tog‘laridan boshlanib, g‘arbda 
Atlantika okeaniga quyiladi.  Daryo tor o‘zandan oqadi.Ostonalar va sharsharalari 
ko‘p. Kema qatnamaydi. O‘rta oqimida suv cho‘llarni 
o‘zlashtirishga sarflanadi. Drakon tog‘idagi Tugela daryosida dunyoda balandligi 
bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan 933 metrli Tugela 
sharsharasi hosil bo‘lgan.  Afrikaning  Zambezi, Limpopo, Rufiji, Tana ,  Jubba, 
Uabi-Shebelle    va boshqa ko‘plab kichik daryolari Hind 
okeani havzasidan o‘rin olgan.     
Zambezi Limpopo
Rufiji
Tana Jubba Uabi-Shebelle       Bulardan eng yirigi Zambezi daryosidir (uzunligi 2 660 
km).   Daryoda ko‘plab ostonalar va sharsharalar hosil 
bo‘lgan. Quyi oqimida delta tarkib topgan va kemalar 
qatnaydi.   Daryodagi Viktoriya sharsharasi keng (1 800 m) suv 
oqimini hosil qilib, 120m balandlikdan   « Qaynayotgan 
qozon  »  deb nomlangan  tor daraga oqib tushadi.   Bu dunyodagi eng yirik va go‘zal manzarali 
sharsharalardan hisoblanadi.  Atrofidagi yerli aholi o‘rtasida mazkur sharshara  « Mozi 
oa tunya » , ya’ni  « guldurayotgan tutun »  nomi bilan 
ataladi. Qurg‘oqchilik mavsumida suv hajmi ancha 
kamayadi. Berk havzada  joylashgan  Shari  daryosi Chad ko‘liga 
quyiladi. 
Shari 
Chad    Afrikaning barcha yirik daryolarida baliqlar mo‘l. 
Viktoriya, Tanganika, Nyasa   (Malavi)  ko‘llari asosiy 
ko‘llardir.   
Viktoriya Tanganika
Nyasa    Viktoriya tektonik botiqda, qolgan ikkitasi Afrika yer 
yorig‘ida joylashgan. Barchasi oqar ko‘llardir.  Chad, 
Rudolf, Rukva  oqmas ko‘llar guruhiga kiradi.  Chad ko‘liga yog‘ingarchilik paytida daryolar ko‘p suv 
keltiradi. Bu paytda ko‘l maydoni ikki baravar 
kengayadi.  Chuchuk ko‘l hisoblanadi.       Rudolf  (Turkona)  va Rukva sho‘r ko‘llardir.
Rudolf
Rukva   Yer osti suvlari  Afrikaning qurg‘oqchil hududlarida 
yagona suv manbayi hisoblanadi.  Sahroyi Kabir, Namib, 
Kalaxari  va  Somali  cho‘llarida yerosti suvlari topilgan. Tadqiqotchilar nafaqat chorva mollari uchun, balki 
ma’lum miqdorda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish 
va bog‘larni bunyod etish uchun yer osti suv havzalari 
borligini aniqlashgan. ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya 
(Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik – Toshkent: 
„O‘qituvchi“, 2017/  www.eduportal.uz  
•
A. Soatov, A. Abulqosimov – Geografiya (Materiklar va 
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 6- sinfi uchun darslik – Toshkent: 
„O‘qituvchi“, 2005
•
K. Gadoyev, S. Berdiyeva –  « Sayyoramiz mo‘jizalari » , 
Toshkent – 2012   (yashil rang)
•
Xalqaro erkin entsiklopediya sayti   (qizil rang)

Afrikaning Ichki suvlari

Ularni havzalar bo‘yicha o‘rganib chiqamiz. Bular Atlantika va Hind okeani havzalari hamda berk havzalardir. Afrikaning yerusti va yerosti suvlari uning ichki suvlarini tashkil etadi.

Afrikaning eng yirik Nil, Kongo, Niger, Oranj daryolari hamda Viktoriya, Tanganika ko‘llari Atlantika okeani havzasida joylashgan. Afrikaning yerusti suvlari daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallardan iborat.

Nil — dunyodagi eng uzun (6 671 km) daryo.

Uning irmog‘i Kagera 3° j. k. (janubiy kenglik) dan boshlanib, Viktoriya ko‘liga quyiladi. Oq Nil shu ko‘ldan oqib chiqadi. Kagera Oq Nil