logo

Yevropaning geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5830.1123046875 KB
Yevropaning  geografik  o‘rni, chegaralari 
      va  siyosiy xaritasi •
Ma’lumki,  Yevrosiyo  materigi  ikki  qit’a  –  Yevropa  va  Osiyoga 
bo‘linadi.  Yevropa  qit’asi  Yevrosiyo  materigining  g‘arbiy  
qismini  egallaydi. «Yevropa» so‘zi qadimiy assuriyaliklar tilidan 
kelib chiqqan bo‘lib, «Quyosh  botishi»,  ya’ni  «g‘arb»  ma’nosini  
anglatadi. Yevropaning maydoni 10 mln. km2 ga teng bo‘lib, 
shundan 4,1 mln. km2 hudud  Rossiyaning  Yevropadagi  qismiga  
to‘g‘ri  keladi.  Qit’a  aholisi, 2018-yil  ma’lumotlariga  ko‘ra,  746  
mln.  kishiga,  ya’ni  jahon  aholisining salkam  10  %  iga  teng.  Yevropa qit’asining 
qirg‘oqlari shimolda 
Shimoliy Muz okeani, 
g‘arbda Atlantika  okeani,  
janubda  Atlantika  okeani  
havzasiga  tegishli  bo‘lgan 
O‘rta  va  Qora  dengizlar  
suvlari  bilan  yuviladi.  
O‘rta  dengiz  va  Gibraltar  
bo‘g‘izi  Yevropani  
Afrikadan  ajratib  turadi.  
Sharqda  Yevropa,  asosan,  
quruqlik orqali Osiyo qit’asi 
bilan chegaradosh.                    Yevropaning geografik o`rni
Yevropa va  Osiyoning  chegarasi  
ko‘plab  geografik  adabiyotlarda  Ural  
tog‘lari,  Qozog‘istondagi  Emba daryosi, 
 Kaspiy  dengizining  shimoli-g‘arbiy 
qirg‘oqlari,  Rossiya  janubidagi  Kuma-
Manich botig‘i, Azov va Qora dengizlari, 
Bosfor bo‘g‘izi,  Marmar  dengizi,  
Dardanell  bo‘g‘izi va Egey dengizi 
orqali o‘tkaziladi. Ayrim manbalarda ikki 
qit’a chegarasining Kaspiy va 
Qoradengizlari orasidagi qismi Katta 
Kavkaz tizmasi  orqali  o‘tkaziladi.    Yevropaning siyosiy xaritasi
Yevropaning  hozirgi  siyosiy  xaritasida, bir qismi Osiyoda joylashgan Rossiya 
Federatsiyasini qo‘shganda, 44 ta mustaqil davlat mavjud. 
Yevropaning  siyosiy  xaritasi  qit’aning ko‘p  asrlik  tarixi  davomida  bir  
necha  marotaba  keskin  ravishda  o‘zgargan.  Uning  zamonaviy  siyosiy  
xaritasi  XX  asr  davomida, asosan, uch tarixiy jarayon – Birinchi Jahon 
urushi (1914–1918), Ikkinchi Jahon  urushi  (1939–1945)  hamda  xalqaro  
sotsialistik  tuzumning  parchalanishi  (1990-yillar  boshi)  natijasida  
shakllangan Norvegiya Lofoten orollari Alp tog`lari Plitvits ko`llari Fransiyadagi dala •
Yevropa kichik davlatlar qit’asidir. Yevropada   Andorra, 
San-Marino, Malta, Monako, Vatikan, Lixtenshteyn 
singari «mitti» davlatlar joylashgan. Mazkur  davlatlardan  
tashqari,  Yevropadagi  11  ta  davlatning  maydoni  50 
ming km2 dan kichikroqdir. Qit’adagi 10 ta mamlakat 
hududi 50 mingdan 100 ming km2 gacha boradi. 12 ta 
davlatining maydoni, o‘z navbatida, 100 mingdan 500 
ming km2 gacha kattalikka ega. Faqat  Fransiya, Ukraina 
va  Ispaniya ning   hududi 500 ming km2 dan oshadi. 
Rossiya Federatsiyasi esa  maydonining  kattaligiga  
binoan  nafaqat  Yevropa,  balki  butun  jahondagi  eng  
yirik  davlatdir .  •
Yevropa  orol  va  ayniqsa,  yarimorol  
davlatlarning  ko‘pligi  bilan  ajralib  turadi.  
To‘liq  orollarda  joylashgan  mamlakatlarga  
Buyuk  Britaniya, Irlandiya, Islandiya va 
Malta kiradi. Yarimorol mamlakatlarga 
Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Ispaniya, 
Portugaliya, Italiya, Gretsiya, Albaniya, 
Bolgariya  va  boshqalarni  misol  tariqasida  
keltirish mumkin. •
Yevropadagi 15 ta davlatda 
dengizga chiqish imkoniyati 
mavjud emas. Ularning  
qatorida  Belarus,  
Vengriya,  Avstriya,  
Chexiya  kabi  birmuncha 
katta davlatlar bilan 
birgalikda Andorra, 
Lixtenshteyn, 
Lyuksemburg, San-Marino, 
 Vatikan  singari  mitti  
davlatlar  ham  joy  olgan. •
Yevropadagi  44  davlatdan  32  tasi respublika,  
12  tasi  monarxiya  hisoblanadi.  Andorra,  
Belgiya,  Buyuk  Britaniya,  Daniya,  Ispaniya,  
Lixtenshteyn,  Lyuksemburg,  Monako,  
Niderlandiya,  Norvegiya,  Shvetsiya davlatlari  
konstitutsion  monarxiya,  Vatikan  davlati  esa  
mutlaq  teokratik monarxiya  boshqaruv  shakliga 
 ega.  Yevropadagi  respublikalarning  katta qismi 
 parlamentar  respublikalar  hisoblanadi. •
Ma’muriy-hududiy jihatdan Yevropadagi 6 ta 
davlat federativ tuzilishga ega  –  Avstriya,  
Belgiya,  Bosniya  va  Gersegovina, 
Germaniya,  Rossiya, Shveysariya.
•
Yevropa qit’asi 4 ta subregionga bo‘linadi: 
Shimoliy Yevropa, G‘arbiy (O‘rta) Yevropa, 
 Janubiy Yevropa  va  Sharqiy Yevropa .  Yevropa hududini regionlarga bo`linishi  Yevropaning mashxur 
yozuvchilari
William-Shakespeare Viktor Mari 
Gyugo Aleksandr Dyuma Migel de ServantesXans Kristian Anderson
Ridiyard Kipling Djeyn Ostin
Charlz Dikkens
Iogan Volfgan Gete

Yevropaning geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi

• Ma’lumki, Yevrosiyo materigi ikki qit’a – Yevropa va Osiyoga bo‘linadi. Yevropa qit’asi Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallaydi. «Yevropa» so‘zi qadimiy assuriyaliklar tilidan kelib chiqqan bo‘lib, «Quyosh botishi», ya’ni «g‘arb» ma’nosini anglatadi. Yevropaning maydoni 10 mln. km2 ga teng bo‘lib, shundan 4,1 mln. km2 hudud Rossiyaning Yevropadagi qismiga to‘g‘ri keladi. Qit’a aholisi, 2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra, 746 mln. kishiga, ya’ni jahon aholisining salkam 10 % iga teng.

Yevropa qit’asining qirg‘oqlari shimolda Shimoliy Muz okeani, g‘arbda Atlantika okeani, janubda Atlantika okeani havzasiga tegishli bo‘lgan O‘rta va Qora dengizlar suvlari bilan yuviladi. O‘rta dengiz va Gibraltar bo‘g‘izi Yevropani Afrikadan ajratib turadi. Sharqda Yevropa, asosan, quruqlik orqali Osiyo qit’asi bilan chegaradosh.

Yevropaning geografik o`rni Yevropa va Osiyoning chegarasi ko‘plab geografik adabiyotlarda Ural tog‘lari, Qozog‘istondagi Emba daryosi, Kaspiy dengizining shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari, Rossiya janubidagi Kuma- Manich botig‘i, Azov va Qora dengizlari, Bosfor bo‘g‘izi, Marmar dengizi, Dardanell bo‘g‘izi va Egey dengizi orqali o‘tkaziladi. Ayrim manbalarda ikki qit’a chegarasining Kaspiy va Qoradengizlari orasidagi qismi Katta Kavkaz tizmasi orqali o‘tkaziladi.