logo

Jahonning siyosiy xaritasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5502.0029296875 KB
J ahonning siy osiy  xarit asi                  Siyosiy xarita, davlat, Birlashgan Millatlar 
               Tashkiloti (BMT), eng yirik va «mitti» 
               davlatlar, orol davlatlar, yarimorol davlatlar, 
               ichki kontinental davlatlar, mustaqil davlatlar.  Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga ko‘ra, 240 
dan ortiq mamlakat bo‘lib, jumladan jahon hamjamiyati 
tomonidan mustaqilligi ras man tan olingan 194 ta 
suveren davlat mavjud.    Bulardan 193 tasi BMTning faoliyatida a’zo 
davlatlar sifatida, 1 tasi (Vatikan) esa kuzatuvchi-
davlat bo‘lib ishtirok etmoqda.    Davlatlar bir-biridan turli xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Bun day muhim jihatlaridan biri 
hududning kattaligi hisoblanadi.   Jahondagi 29 ta mustaqil davlatning maydoni 1 
mln km 2
dan katta bo‘lib, jumladan 12 tasining 
hududi 2 mln km 2
dan, 6 tasining maydoni 5 mln 
km 2
dan kat tadir.    May doni 5 mln k m 2
dan k at t a eng y irik  
dav lat lar.   Shu bilan birga dunyodagi davlatlar orasida bir guruh 
hududiy jiha tidan mayda, yoki «mitti» davlatlar ham 
o‘ziga e’tibor tortadi (1-jadvalga qarang). 
Vat ik an                                                                               
                                                                             1-jadval
J ahonning 10 t a eng y irik  v a 10 t a eng k ichik  
dav lat lari
№ Davlatlar Hududi 
(ming km2) № Davlatlar Hududi (ming 
km2)
1 Rossiya  17075 185 Malta 0,32
2 Kanada 9976 186 Maldiv Respublikasi 0,3
3 Xitoy 9599 187 Sent-Kits va Nevis 0,26
4 Amerika Qo‘shma 
Shtatlari 9519,4 188 Marshall orollari 0,18
5 Braziliya 8515,7 189 Lixtenshteyn 0,16
6 Avstraliya 7692,0 190 San-Marino 0,06
7 Hindiston 3287,2 191 Nauru 0,02
8 Argentina 2780,4 192 Tuvalu 0,02
9 Qozog‘iston 2724,9 193 Monako 0,002
10 Jazoir 2381,7 194 Vatikan 0,0004  Osiyoda (Maldiv Respublikasi, Singapur, Bahrayn), Jahonning siyosiy xaritasida maydoni 1 ming km 2
 ga yetmaydi gan 24 ta mustaqil davlat bor. Bunday 
davlatlar turli qit’alarda, xususan Yevropada (Vatikan, 
Monako, San-Marino, Lixtenshteyn va boshqalar), 
Osiyoda (Maldiv Respublikasi, Singapur, Bahrayn), 
Amerikada (Sent-Kits va Nevis, Grenada, Barbados va 
boshqalar), Okeaniyada (Nauru, Tuvalu, Marshall 
orollari va boshqalar) joylashgan.   Davlatlar geografik o‘rni nuqtayi nazaridan, birinchi 
navbatda, dengiz ga chiqish imkoniyatiga ega 
hamda bunday imkoniyati yo‘q davlatlarga 
bo‘linadi.    Dengizga chiqish imkoniyati bor davlatlar 
orasida esa orol, yarimorol va dengizbo‘yi 
kontinental davlatlar ajratiladi.    Orol davlatlar qatoriga Indoneziya, Filippin, Yaponiya, 
Shri-Lanka kabi Osiyo, Buyuk Britaniya, Irlandiya, 
Islandiya singari Yevropa, Madagaskar, Kabo-Verde, 
Komor orollari kabi Afrika, Kuba, Gaiti, Yamayka singa ri 
Amerika davlatlari hamda Okeaniyadagi Papua-Yangi 
Gvineya, Yangi Zelandiya, Fiji va boshqalar kiradi.   Eng yirik orol mamlakatlar   Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Italiya, Norvegiya, 
Koreya Respublikasi, Vyetnam kabi davlatlarni esa 
yarimo rol davlatlariga misol qilib keltirish mumkin. 
54
2 3
61         Dengizbo‘yi kontinental davlatlar esa materiklarning 
asosiy qismida joylashgan bo‘lib, dengizga chiqish 
yo‘llariga ega. Bunday davlatlar dunyoda ko‘p (Fran-siya, 
Germa niya, Polsha, Xitoy, Misr, AQSH va h.k.).
1 2 3
4
56         Dunyo okeani va uning dengizlariga bevosita tutash 
bo‘lmagan dav latlar ichki kontinental davlatlar guruhini 
tashkil etadi. Bunday geogra	
 fik joylashuvga ega 
davlatlar jahon siyosiy xaritasida 44 ta. O‘zbekiston 
Respublikasi ham ichki kontinental davlat hisoblanadi.   Jahonning hozirgi siyosiy xaritasi turli tarixiy jarayonlar 
ta’sirida shakllangan. Ayniqsa, Birinchi va Ikkinchi jahon 
urushlari, mustamla ka tizimining yemirilishi, sotsialistik 
tuzumning barham topishi kabi jarayonlar alohida 
e’tiborga loyiqdir. 
1990-yil    Ushbu tarixiy voqealar ta’sirida XX va XXI asrlar 
mobaynida dunyoda mustaqil davlatlar soni 
muttasil o‘sib keldi (2-jadval).                                                                                      2-jadval 
J ahon v a qit ’alarda must aqil dav lat lar 
sonining o‘zgarib borishi 
Hudud Mustaqil davlatlar soni
1900-y.  1945-y.  1990-y.  2000-y.  2018-y. 
Yevropa  24  31  33  43  44 
Osiyo  9  18  40  47  48 
Afrika  4  3  52  53  54 
Amerika  20  22  35  35  35 
Avstraliya va Okeaniya  0  2  12  13  13 
Jahon  57  76  172  191  194   Jahonning siyosiy xaritasida so‘nggi davrda eng katta 
o‘zgarishlarni keltirib chiqargan tarixiy voqea 1991-yilda 
sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi bo‘ldi.    Buning natijasida 15 ta yangi mustaqil davlat vujudga 
keldi: Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Litva, Latviya, 
Estoniya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston.    Yevropada 1991–1992-yillarda Yugoslaviyaning 
parchalanishi natijasida Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va 
Gersegovina hamda Makedoni ya (2019-yildan boshlab 
Shimoliy Makedoniya deb nomlanadi) mustaqil bo‘ldi.    Yugoslaviya tarkibida o‘shanda faqat Serbiya 
bilan Chernogoriya qoldi. 2006-yilda esa 
Chernogoriya Serbiyadan ajralib, mustaqil 
davlatga aylandi.    1993-yil 1-yanvardan Chexoslovakiya davlati 
o‘rnida Chexiya va Slo vakiya mustaqil 
respublikalari barpo bo‘ldi. 
Chexiya
Slo	
 vakiya      Jahon siyosiy xaritasidagi bu o‘zgarishlar 
xalqaro sotsialistik tuzumining barham topishi 
bilan bog‘liq.    Shuningdek, ushbu jarayon bilan bog‘liq ravishda 1990-
yilda Yevropada ikki nemis davlati (Germaniya Federativ 
Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi) 
qo‘shilishi natija sida yagona Germaniya Federativ 
Respublikasi, 
GDR
GFR    Osiyoda esa 
Yaman Arab 
Respublikasi va 
Yaman Xalq 
Demokratik 
Respublikasi 
birlashishi 
hisobiga yagona 
Yaman 
Respublikasi 
tashkil etildi.    Boshqa siyosiy jarayonlar ta’sirida ham jahonning 
siyosiy xaritasida yangi suveren davlatlar paydo bo‘lishi 
davom etdi. Afrikada 1993-yilda ko‘p yillik urush 
natijasida Eritreya Efiopiya tarkibidan ajralib, suve ren 
davlat maqomiga ega bo‘ldi. 
Efiopiya Eritrey     Okeaniyada 1994-yilda Palau davlati AQSHning 
nazorati ostidagi hududdan mustaqil davlatga 
aylandi.    Janu bi-sharqiy Osiyoda 2002-yilda Sharqiy Timor 
mustaqil davlatlar qatorini to‘ldirdi.     Afrika qit’asida 2011-yil 9-iyulda referendum 
natijalariga ko‘ra, Sudan tarkibidan Janubiy 
Sudan davlati ajralib chiqdi.                  1. Jahonning siyosiy xaritasidagi XX va XXI 
             asrlar davomida ro‘y bergan o‘zgarishlar asosan 
qanday tarixiy voqea va jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ldi? 
2. Sovet Ittifoqi parchalanishi natijasida qaysi davlatlar
mustaqillikka erishdi? 
3. Atlasdagi jahonning siyosiy xaritasi yordamida bitta 
katta orolda hamda yirik orollar guruhlarida joylashgan 
davlatlarni aniqlang. Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. 
Fedorko  – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- 
sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – 
“O‘zbekiston” – 2019

J ahonning siy osiy xarit asi

Siyosiy xarita, davlat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), eng yirik va «mitti» davlatlar, orol davlatlar, yarimorol davlatlar, ichki kontinental davlatlar, mustaqil davlatlar.

Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga ko‘ra, 240 dan ortiq mamlakat bo‘lib, jumladan jahon hamjamiyati tomonidan mustaqilligi ras man tan olingan 194 ta suveren davlat mavjud.

Bulardan 193 tasi BMTning faoliyatida a’zo davlatlar sifatida, 1 tasi (Vatikan) esa kuzatuvchi- davlat bo‘lib ishtirok etmoqda.

Davlatlar bir-biridan turli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bun day muhim jihatlaridan biri hududning kattaligi hisoblanadi.