Amerikaning siyosiy xaritasi
Amerikaning siyosiy xaritasi
• Amerika G'arbiy yarim sharda joylashgan ikki materik - Shimoliy va Janubiy Amerikani hamda ularga yaqin orollarni qamrab olgan qit'adir. Uning umumiy maydoni 42 mln. km2 ga teng. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarini Panama kanali ajratadi.
• Amerikaning zamonaviy siyosiy xaritasida 35 ta mustaqil davlat mavjud. Ular o'z hududiy kattaligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Qit'adagi 4 ta mamlakat dunyoning 10 ta eng yirik davlatlari qatoridan joy olgan - Kanada, AQSH, Braziliya va Argentina. Boliviya, Kolumbiya, Peru va Meksikaning maydoni 1 mln. km2 dan oshadi. Venesuela va Chili davlatlarining hududi esa 500 ming km 2 dan katta. Shu bilan birga, Amerikadagi 7 ta davlatning maydoni 1 ming km 2 dan kam. Ularning barchasi Karib dengizidagi orollarda joylashgan.