logo

GEOGRAFIK BAHOLASH

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7885.44921875 KB
 
GEOGRAFIK BAHOLASH  •
Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj 
nuqtayi nazari-dan qulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. 
Baholash natijasida biror hudud-ning  yoki  tabiat  
komponentining  dehqonchilik,  chorvachilik,  dam  olish, 
qurilish va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik 
qulayligi aniqlanadi. 
•
Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish 
maqsadlarida baholash –  geografik baholash  deb ataladi. 
Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, 
rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda baholash 
amalga oshirilishi mumkin.  •
Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
•
a)  baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo 
vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash);
•
b)  baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘y-
xatini tuzish;
•
d) o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi ho-
latini  belgilaydigan  ko‘rsatkichlar  yoki  xossalarni  o‘rganish  va  
o‘lchash (vodiyning  geologik  tuzilishi,  uzunligi,  kengligi,  balandligi,  
yonbag‘irlar qiyaligi, suv sar , loyqaligi, me’yori va h.k.);
•
e)  olingan  ma’lumotlar  va  ko‘rsatkichlarni  bir-biriga  taqqoslash  
asosida har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish 
(relyef, geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h.k.);
•
f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv-
omborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi);
•
g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish. •
Tabiiy  geografik  baholashning  aniq  maqsadiga  
ko‘ra  sifat  va  miqdor usullaridan  foydalaniladi. 
 Sifat  ko‘rsatkichlari  qulaylik  darajasiga  qarab 
«juda qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», 
«kamroq qulay», «qulay emas», deb baholanadi.
•
Masalan, tekisliklar yo‘l qurilishi uchun juda 
qulay, qumli cho‘llar qulay, to‘lqinsimon 
tekisliklar o‘rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, 
tog‘lar esa qulay emas.  •
Baholash  miqdor  usulida  sonli  ko‘rsatkichlar  asosida  
amalga  oshiriladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi 
uchun quyidagi haroratlar yig‘indisi bo‘lishi shart. 
Vegetatsiya  davrida havoning + 10° C dan yuqori 
haroratlari yig‘indisi 1000° C gacha bo‘lishi eng 
tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas, 
mazkur arpa navi 1000–1400° C da pishadi, 1400–1800° 
C da esa o‘rta pishar, 1800° C dan oshganda esa eng 
kechki navlar yetiladi. Ko‘rsatilgan ushbu miqdor 
ko‘rsatkichlari baholashning ma’lum  bonitetli darajalari 
hisoblanadi  •
Yer resurslarini baholash. Yer  resurslari  
xo‘jalik  jihatdan  juda  ko‘p maqsadlarda  
baholanadi.  Ayniqsa,  dehqonchilik  
maqsadlarida  baholash keng tarqalgan.
•
Dehqonchilikni  amalga  oshirish,  asosan,  
relyef,  agroiqlimiy  resurslar, tuproq sharoiti, 
yerosti suvlarining joylashishi va xossalarining 
qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa 
omillar bilan belgilanadi.  •
Dehqonchilik  uchun  yaroqli  yerlarni  
o‘zlashtirish  va  ulardan  foydalanishning 
murakkablik darajalari geotizimlarning 
xususiyatlariga qarab turlicha bo‘ladi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning tahlili 
asosida O‘zbekiston geotizimlari murakkablik 
darajasiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: oddiy, 
o‘rtacha murakkab, murakkab va juda 
murakkab geotizimlar •
Oddiy  geotizimlar ga  tog‘oldi  
prolyuvial  tekisliklari  va  daryo  
vodiylarining  yuqori  terrasalari  kiradi.  
Yerosti  suvlarining  gorizontal  harakati 
yuqori  darajada  ta’minlangan  bo‘lib,  
bu  suvlarning  sathi  ko‘tarilmaydi, 
chunki  lyossimon  jinslar  ostida  shag‘al 
 toshlar  yotadi.  Mazkur  joylar 
dehqonchilik  uchun  juda  qulay.  •
O‘rtacha  murakkablikdagi  geotizimlar ga  
konussimon  yoyilmalar  va daryo  deltalarining  yuqori 
 qismlari  kiradi. Yerosti  suvlarining  gorizontal 
harakati  ta’minlangan,  ammo  ayrim  pastqam  
joylarda  u  yer  yuzasiga yaqin  ko‘tariladi  va  
sho‘rlanishga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Shamol  va 
suv  eroziyasi  yuz  berishi  ehtimoldan  xoli  emas.  
Shuning  uchun  ihota daraxtzorlarini  vujudga  
keltirish  zarur.  •
  Murakkab  geotizimlar ga  konussimon  
yoyilmalar  va  deltalarning  o‘rta qismlari  va  
allyuvial  terrasalar  kiradi.  Yerosti  
suvlarining  gorizontal harakati  yaxshi  emas,  
sug‘orish  davomida  ularning  sathi  
ko‘tariladi  va tuproqda  tuz  to‘plana  
boshlaydi.  Buning  oldini  olish  uchun  
gorizontal va  tik  zovurlar  qurilishi  lozim.  •
Juda  murakkab  geotizimlar ga  deltalarning  etak  
qismlari,  prolyuvial tekisliklarning  quyi  yoki  chekka  
joylari,  adirlar,  plato  va  balandliklar kiradi.  Yerosti  
suvlarining  gorizontal  harakati  ta’minlanmagan,  
ularning  sathi  sug‘orish  paytida  tezda  ko‘tarilib  ketadi. 
 Buning  oldini  olish maqsadida  zich  zovurlar  
tarmog‘ini  qurish,  yerni  sifatli  qilib  yuvish  va tekis 
lash,  shamol  eroziyasiga  qarshi  ihota  daraxtzorlarini  
vujudga  keltirish  lozim.  Suv  shimilishining  oldini  olish 
 uchun  tomchilatib,  yomg‘irlatib  va  tuproq  ostidan  
sug‘orish  usullarini  qo‘llash  zarur.  •
Rekreatsiya resurslarini baholash .  Geotizimlarning  
dam  olish  maqsadlarida  foydalaniladigan  
xususiyatlari  yoki  komponentlari  rekreatsion 
resurslar  deb  ataladi.  Masalan,  xushmanzara  
o‘rmon,  dengiz  va  okean qirg‘oqlari,  tog‘  vodiylari,  
ko‘llar,  g‘orlar,  manzarali,  chiroyli  o‘simliklar,  
g‘aroyib  relyef  shakllari,  muzliklar  shular  
jumlasidandir.
•
Rekreatsiya   (tiklash,  o‘rnini  to‘ldirish)ning  
qamrovi  katta  bo‘lib, odamlarning  dam  olishi,  
salomatligini  tiklashi,  madaniy  hordiq  chiqari-
•
shi  ma’nosida  ishlatiladi.  •
Geotizimlarni  rekreatsiya  nuqtayi  nazaridan  tadqiq  qilish,  
asosan, ularning  rekreatsion  imkoniyatlarini  va  ularga  
rekreatsion  bosimning ta’sirini  baholashdan  iborat.
•
Dam  olish  tashkiliy  va  notashkiliy  (ixtiyoriy)  bo‘lishi  
mumkin.  Tash-kiliy  dam  olish  turli  muassasalar  
tomonidan  uyushtiriladi.  Notashkiliy (ixtiyoriy)  dam  olish  
esa  odamlarning  o‘z  xohishlari  bo‘yicha  bir  yoki bir  
necha  kishi  bo‘lib,  tanlangan  hududlarda  uyushtiriladi.
•
Dam  olishdan  ko‘zlangan  maqsad  turlicha  bo‘lishi  
mumkin:  davolanish,  sog‘lomlashtirish,  sport,  tanishuv  va 
 h.k.  •
Dam  olish  mavsumga  qarab  ham  turlicha  bo‘lishi  
mumkin.  Yozgi dam olish turlari quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: cho‘milish, quyosh vannalari  olish,  piyoda 
 sayr  (davolanish,  salomatlikni  tiklash,  ekskursiya), 
qayiq  sporti,  baliq  ovi,  turli  xil  mevalar  va  
qo‘ziqorin  terish,  otda  sayr qilish,  alpinizm  bilan  
shug‘ullanish  va  h.k.  Qishki  mavsumda  quyidagi dam 
 olish  turlari  bilan  shug‘ullanish  mumkin:  chang‘i  
sporti,  muzosti baliq  ovi,  sport  ovchiligi,  davolanish,  
salomatlikni  tiklash,  piyoda  sayr.   •
Rekreatsion  baholash  obyekti  –  landshaftlar  
va  ularning  qismlari bo‘lishi  mumkin.  
Rekreatsiya  komplekslarini  joylashtirishni  
loyihalash-da  landshaftlarni  tahlil  qilish  
yaxshi  natija  beradi.  Bunda  turli  
landshaftlardan  rekreatsion  maqsadlarda  
foydalanish  darajasiga  qarab  eng qulay  
landshaft  turi  tanlanadi.  Masalan,  daryo  
vodiysi,  tog‘  yonbag‘ri, ko‘l  yoki  suvombori  
qirg‘og‘i,  tekislik,  okean  yoki  dengiz  
qirg‘og‘i, o‘rmon  va  h.k.  •
Alohida  rekreatsion  komplekslarni   (dam  olish  uylari,  
sanatoriylar, sayyohlik  komplekslari  va  h.k.)  
loyihalashtirayotganda  aniq  bir  joyni baholash  yaxshi  natija  
beradi.
•
Rekreatsion  maqsadlarda  baholashda  ularni  estetik  jihatdan  
baholash ham  muhim  o‘rin  tutadi.  Bunda  tabiiy  sharoitning,  
relyefning,  o‘sim-liklarning,  landshaft  umumiy  ko‘rinishining 
 estetik  jihatdan  zavq  bera olish  imkoniyati  e’tiborga  olinadi. 
 Baholashning  oxirgi  bosqichida geotizimlarning  rekreatsion  
binolarni  joylashtirish  uchun  yaroqliligi  va rekreatsion  
bosimga  barqarorlik  darajasi  hisobga  olinadi

GEOGRAFIK BAHOLASH

• Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazari-dan qulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. Baholash natijasida biror hudud-ning yoki tabiat komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, qurilish va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik qulayligi aniqlanadi. • Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash – geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin.

• Geografik baholash quyidagi bosqichlardan iborat: • a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash); • b) baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘y- xatini tuzish; • d) o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi ho- latini belgilaydigan ko‘rsatkichlar yoki xossalarni o‘rganish va o‘lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag‘irlar qiyaligi, suv sar , loyqaligi, me’yori va h.k.); • e) olingan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef, geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h.k.); • f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suv- omborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi); • g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.

• Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko‘ra sifat va miqdor usullaridan foydalaniladi. Sifat ko‘rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab «juda qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», «kamroq qulay», «qulay emas», deb baholanadi. • Masalan, tekisliklar yo‘l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho‘llar qulay, to‘lqinsimon tekisliklar o‘rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog‘lar esa qulay emas.