logo

Germaniya Federativ Respublikasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4557.3740234375 KB
Germaniya 
Federativ 
Respublikasi •
Yevropaning  iqtisodiy  jihatdan  eng  qudratli  davlati  
Germaniya  Federativ  Respublikasi  qit’aning  markazida  
joylashgan.  Germaniya maydoni  bo‘yicha  qit’a  
mamlakatlari  orasida 
      6-o‘rinda turadi. Qirg‘oqlari shimoli-g‘arbda Shimoliy 
dengiz, shimoli-sharqda esa Boltiq dengizi suvlari  bilan  
chegaralangan.  Germaniya  hududi-dan  eng  muhim  
xalqaro  kanallardan  biri  –  Shimoliy  va  Boltiq  
dengizlarini  tutashtiradigan  Kil kanali o‘tadi. Quruqlikda 
9 ta davlat bilan chegaradosh. Iqtisodiy geografik o‘rnining 
qulayligi Yevropaning turli qismlaridagi davlatlarni 
tutashtiruvchi yirik avtomobil, temir va suv (daryo va 
kanallar) yo‘llarining o‘tganligi bilan  belgilanadi.  •
Boshqaruv  shakli  –  parlamentar  
respublika.  Davlat  rahbari  –  
prezident,  ammo  ijro hokimiyatining  
rahbari  va  eng  katta  siyosiy 
vakolatlar  egasi  hukumat  raisi,  ya’ni  
federal kansler hisoblanadi. Siyosiy-
hududiy tuzilishi  jihatidan  Germaniya  
federativ  davlat bo‘lib,  16  ta  federal  
yerga  bo‘linadi.  Mamlakat poytaxti – 
Berlin – GFRning  sharqiy qismida  
joylashgan. Франк-Вальтер 
Штайнмайер  •
Tabiiy sharoiti va resurslari. Germaniya 
hududining relyefi shimoldan janubga tomon 
ko‘tarilib  boradi  .  Mamlakatning shimoliy 
qismini Shimoliy Germaniya pasttekisligi  
egallagan,  markaziy  hududlari  past va  o‘rta  
tog‘lardan  iborat,  janubida  esa  balandligi deyarli 
3 000 metrga boradigan Alp tog‘lari joylashgan. 
GFRda tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir,  temir  rudasi,  osh  
va  kaliy  tuzlarining  konlari  mavjud. Germaniya alpi •
Mamlakat  hududi  mo‘tadil  iqlim  mintaqasida  joylashgan.  
Ob-havo tez-tez  o‘zgaradi,  yog‘inlar  ko‘p  yog‘adi.  Qish  
odatda  yum shoq,  qattiq sovuqlar  kam  sodir  bo‘ladi.  
Dengizbo‘yi  hududlarida  kuchli  shamollar doimo  kuzatiladi 
 va  bu  energetika  sohasida  qo‘l  keladi.
•
Germaniyada daryolar to‘ri ancha zich. Eng yirik daryolar 
Reyn, Dunay, Elba, Vezer va Oder hisoblanadi. GFRdagi 
barcha yirik daryolar kanallar bilan o‘zaro bog‘langanligi 
tufayli uning ichki suv transport yo‘llari Dunay orqali 
Shimoliy va Boltiq dengizlari portlarini Qora dengiz portlari 
bilan  bog‘laydi. Elba daryosi •
Aholisi.   Germaniya  deyarli  83  mln.  kishilik  aholisi  (2018-yil 
ma’lumotlari  bo‘yicha)  bilan  Yevropada  Rossiyadan  keyingi  2-
o‘rinni egallaydi.  Tug‘ilishning  pastligi  sababli  Germaniyada  
aholining  tabiiy ko‘payishi  1972-yildan  buyon  manfiy  qoldiqqa  
ega.  Germaniyada  aholi ko‘payishining  manbayi  tashqi  
migratsiya  hisoblanadi. 
•
Germaniya xorijiy migrantlar soni (12 millionga yaqin kishi) 
bo‘yicha jahonda AQSHdan  so‘ng  2-o‘rindagi  davlat.  Xorijiy  
migrantlar  tarkibida Turkiya,  Italiya,  Gretsiya,  sobiq  Yugoslaviya 
 davlatlari,  Polsha  hamda ayrim arab mamlakatlaridan ko‘chib 
kelganlar son jihatdan ajralib turadi. Xorijiy  migrantlar  ko‘proq  
g‘arbiy  va  shimoliy  federal  yerlaridagi  yirik shaharlarda  
mujassamlashgan.  •
Germaniyaliklarning  75  %  dan  ko‘prog‘i  
shaharlarda  istiqomat  qilishadi. GFRning eng yirik 
shaharlari – Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, 
Frankfurt-Mayn,  Bremen.
•
Mamlakat  aholisining  milliy  tarkibida  90%  dan  
ko‘proq  qismi  nemis millatiga  to‘g‘ri  keladi.  
GFRning  shimoliy,  markaziy  va  sharqiy  hududlarida 
 yashovchi  nemislar  orasida  protestantlar  
(lyuteranlar)  ko‘pchilikni tashkil etsa, mamlakatning 
janubida ko‘proq katoliklar istiqomat qilishadi. Berlin  •
Germaniya aholisi yirik daryolarning vodiylarida 
juda zich holda joylashgan.  Bu  borada,  ayniqsa  
Reyn  vodiysi  alohida  ajralib  turadi.  Aholi eng 
yuqori darajada mujassamlashgan hudud – Rur sanoat 
rayoni – aynan shu daryo havzasida joylashgan. 
Tog‘li hududlarida hamda mamlakatning shimoli-
sharqida  esa  aholi  nisbatan  siyrak  joylashgan  •
Iqtisodiyoti. Germaniya 
iqtisodiy salohiyati va aholining 
turmush darajasi jihatidan 
jahondagi yetakchi davlatlardan 
biri, «Katta yettilik» guruhiga  
a’zo  davlat. Yevropada  
Germaniya YIM  va  sanoat  
ishlab  chiqarishi hajmi  
bo‘yicha 
     1-o‘rinda  turadi.  •
GFR  turli  sanoat  mahsulotlarining  yuqori  
sifati  bilan  butun  dunyoga mashhur.  
Germaniya  sanoatining  yetakchi  
tarmoqlari  qatoriga  mashinasozlik,  kimyo,  
farmasevtika,  ko‘mir,  qora  metallurgiya,  
oziq-ovqat  sanoati kiradi. Mashinasozlik 
tarmoqlaridan esa stanoksozlik, 
avtomobilsozlik, elektrotexnika,  
mikroelektronika,  kemasozlik,  aviakosmik  
mashinasozlik kabi  tarmoqlari  juda  yuqori  
darajada  rivojlangan.  •
Germaniya  qishloq  xo‘jaligining  tayanch  
tarmoqlari  sut-g‘osht  qoramolchiligi  va  
cho‘chqachilik  hisoblanadi.  Mamlakatning  
shimoliy  va  markaziy qismlarida asosiy qishloq 
xo‘jalik ekinlari bug‘doy,  arpa,  makkajo‘xori,  
kartoshka, qandlavlagi  hisoblanadi.  Janubdagi  tog‘ 
yonbag‘irlari  va  tog‘  oralig‘idagi  vodiylarida  
uzum,  tamaki  hamda  pivo  ishlab chiqarishda 
qo‘llaniladigan xmelni yetishtirish  yaxshi  
rivojlangan.  •
Germaniya  iqtisodiyotida  transport, bank- 
moliya sektori, turizm va boshqaxizmat ko‘rsatish 
sohalari ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, 
Yevropadagi eng yirik aeroportga ega Frankfurt-
Mayn shahri qit’adagi asosiy  bank-moliya  
markazlaridan  biri  hisoblanadi  (23-rasm).
•
Germaniyaning sharqiy yerlari (sobiq GDR) 
mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlanishning pastroq 
    ko‘rsatkichlari bilan  ajralib 
     turadi.  Topshiriqlar 
•
1. Mavzuni o`qish
•
2. Yozuvsiz xaritadan 
Germaniyaning xaritasini 
bo`yab kelish
•
3. Jadvalni to`ldirish Savollar javobi
Boshqaruv shaklini to`liq yozing
Chegaradosh davlatlarini yozing
Eng yirik daryolar 
Aholisi soni
Din
eng yirik shaharlari 
qishloq xo‘jaligining tayanch 
tarmoqlari 
sanoatining yetakchi tarmoqlari 
Relyefi
Foydali qazilma konlari

Germaniya Federativ Respublikasi

• Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlati Germaniya Federativ Respublikasi qit’aning markazida joylashgan. Germaniya maydoni bo‘yicha qit’a mamlakatlari orasida 6-o‘rinda turadi. Qirg‘oqlari shimoli-g‘arbda Shimoliy dengiz, shimoli-sharqda esa Boltiq dengizi suvlari bilan chegaralangan. Germaniya hududi-dan eng muhim xalqaro kanallardan biri – Shimoliy va Boltiq dengizlarini tutashtiradigan Kil kanali o‘tadi. Quruqlikda 9 ta davlat bilan chegaradosh. Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi Yevropaning turli qismlaridagi davlatlarni tutashtiruvchi yirik avtomobil, temir va suv (daryo va kanallar) yo‘llarining o‘tganligi bilan belgilanadi.

• Boshqaruv shakli – parlamentar respublika. Davlat rahbari – prezident, ammo ijro hokimiyatining rahbari va eng katta siyosiy vakolatlar egasi hukumat raisi, ya’ni federal kansler hisoblanadi. Siyosiy- hududiy tuzilishi jihatidan Germaniya federativ davlat bo‘lib, 16 ta federal yerga bo‘linadi. Mamlakat poytaxti – Berlin – GFRning sharqiy qismida joylashgan.

Франк-Вальтер Штайнмайер