logo

Hujjat turlari va xususiyatlari tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

768.119140625 KB
Mavzu: Hujjat turlari va 
xususiyatlari: 
tushuntirish xati, tilxat, 
hisobot. Yozilish uslubi, 
o‘ziga xos xususiyatlari.                                Reja:

1. Hujjat turlari va xususiyatlari.

2.Tushuntirish xatining  yozilish uslubi, 
o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari 
ustida ishlash. 

3.Tilxatning  yozilish uslubi, o‘ziga xos 
xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

4.Hisobotning  yozilish uslubi, o‘ziga xos 
xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.   Fanni oʻqitishdan maqsad  – talabalarning 
yangi alifbo, imlo qoidalari, davlat tilida ish 
yuritish va mutaxassisligiga oid terminlarni 
bilishining ilmiy-nazariy asoslarini hamda 
ularni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
qo‘llay olishni, ilmiy va ta’lim jarayoniga 
tatbiq qilishning ilmiy-metodik 
imkoniyatlarini yoritishdan iborat.   Fanning vazifasi  – talabalarni imlo qoidalari, ish yuritish 
hamda mutaxassislik terminologiyasi  bilan 
tanishtirish.Dunyod а  yetti mingg а  yaqin til m а vjud, l е kin 
b а rch а  till а rg а  h а m d а vl а t tili d е g а n sh а r а fli m а q о m n а sib 
etm а g а n.  А ks а riyat till а r imp е riya d а vl а tl а rning hududid а 
m а` lum mill а tl а rg а gin а  uy-ro‘zg‘ о r tili sif а tid а  xizm а t qil а di. 
Yer yuzid а  o‘z suv е r е n huquqig а  eg а  bo‘lg а n (ikki yuz 
а tr о fid а)  n е cht а  d а vl а t bo‘ls а,  shung а  yaqinroq d а vl а t tili 
m а vjud bo‘lar ekan. Milliy qomusimizning ma’lumotiga 
ko‘ra, Yer yuzid а gi yetti ming tild а n  а tigi 116 t а si d а vl а t tili 
m а q о mig а  eg а   Hujjatlarning tayyorlanish 
xususiyati va darajasi 
benihoya muhim. Bu jihatiga 
ko’ra hujjatlat quyidagocha 
tavsiflanadi: qoralama; asl 
nusxa ; nusxa; ko’chirma.   Asl nusxa har qanday hujjatning asli, 
birinchi rasmiy nusxadir. Asl 
nusxaning aynan qayta ko’chirilgan 
shakli nusxa deb yuritiladi, odatda 
nusxaning o’ng tomonidagi 
yuqoridagi burchagiga “nusxa ” 
degan belgi qo’yiladi   Nusxa va ko'chirmalar, notarius, kadirlar 
bo'limi va shu kabilar tomonida tegishli 
tartibda tasdiqlangan taqdirdagina 
huquqiy kuchga ega bo'ladi. Asil nusxa 
yo'qolgan hollarda hujjatning ikkinchi 
nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi 
nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy 
kuchga egadir.   Ma'muriy - boshqaruv faoliyaida 
xizmat mavqeyiga ko'ra hujjatlar 
hozirgi kunda, asosan, quydagicha 
tasniflandi: tashkiliy 
hujjatlar; farmoyish hujjatlari; 
ma'lumotsimon-axborot xujjatlari; 
xizmat yozishmalari.   Tashkiliy hujjatlar mazmunan 
tashkilot,muassasa va korxonalarning 
huquqiy maqomi,tarkibiy tarmoqlari va 
xodimlari,boshqaruv jarayonining borishida 
jamoa ishtirokining qayt qilinishi, boshqa 
tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy 
tomonlari kabimasalarni aks ettiradi. 
Nizomlar, yo'riqnomalar, majlis bayonlari, 
shartnomalar ana shunday tashkiliy 
hujjatlar sirasiga kiradi.   Ma'lumotsimon-axborot hujjatlari 
anchayin katta guruhni tashkil qiladi, 
bunday hujjatlarning ish yuritish 
jarayonidagi ishtirok ham juda faol. 
Bu guruh dalolatnoma, ma'lumotnoma, 
ariza, tushintirish xati, hisobot, 
ishonchnoma, tavsifnoma kabi 
hujjatlarni o'zichiga oladi.                  TUSHUNTIRISH  XATI
  ish qog`ozlarining bu turi, odatda, xizmat 
sohasida, ish joyida yuz bergan kamchiliklar 
yoki o`qish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan 
ayrim vazifa va topshiriqlarning bajarilmay 
qolish sabablarini bayon etish, izohlash 
maqsadida yoziladigan rasmiy hujjatdir. 
Tushuntirish xati korxona, muassasa, 
tashkilot rahbari yoki boshqa mutasaddi 
kishilar nomiga yo`llanadi.   Shaxsiy mazmundagi tushuntirish xatining zaruriy 
qismlari:- hujjat yo`llanayotgan tashkilot nomi, 
rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi;- tushuntirish 
xatini yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, 
familiyasi, ismi;- hujjat nomi - tushuntirish xati;- 
matn (unda yuz bergan voqea-hodisa, yo`l qo`yilgan 
qoidabuzarlik, kamchilik, nuqson, uni keltirib 
chiqargan sabablar hamda unga munosabat bayon 
etiladi);- tushuntirish xatini yozgan shaxsning 
imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana.                                    TILXAT
Tilxat ham turmushda ko`p qo`llanadigan hujjat 
turlaridan biridir. Talabalar oliy o`quv yurti qabul 
komissiyasiga hujjatlarini topshirganlarida ularga qabul 
komissiyasi mas’ul xodimi tomonidan tilxat beriladi. 
Ko`rinadiki, tilxat muayyan shaxs tomonidan hujjat, 
qimmatbaho buyum, pul va boshqa shu kabi narsalar 
olinganda yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tilxat odatda 
qimmatbaho buyum, hujjat yoki pulni olgan shaxs 
tomonidan qo`lda yoziladi. Ommaviy tarzda qabul 
qilinadigan o`rinlarda avvaldan tayyorlangan tilxat 
andozaliardan ham foydalaniladi.   Tilxat qanday mavzularda yozilishidan qat’i nazar, 
ularning barchasi uchun umumiy bo`lgan quyidagi 
zaruriy qismlar mavjud:- hujjat nomi – tilxat;- tilxat 
yozuvchi shaxsning o`qish, ish yoki yashash joyi, 
lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;- qimmatbaho 
buyum, pul, hujjat yoki boshqa shu kabi narsani 
beruvchi shaxsning ham ish, o`qish yoki yashash joyi, 
lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;- olinayotgan 
narsaning to`liq nomi, aniq miqdori va holati, tilxat 
yozuvchi kishining familiyasi, ismi va hujjat yozilgan 
sana.                                                HISOBOT
Bir yillik, yarim yillik, bir chorak yoki bir oylik muddat uchun 
rejalashtirilgan ishlar, vazifalar, topshiriqlar, tadbirlar va 
boshqa shu kabilarning bajarilishi, turli ilmiy va xizmat 
safarlarining natijalari bayon etiladigan rasmiy hujjat. 
Hisobot hajman va mazmunan keng yoki qisqa bo`lishi ham 
mumkin. Xizmat safari bo`yicha buxgalteriya hisob-kitobi 
uchun mo`ljallangan raqamlarga asoslanuvchi hisobot 
maxsus ish qog`oziga rasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlar 
tavsifidan iborat hisobot keng qamrovli bo`lishi bilan 
birgalikda  hisobot berilayotgan muddat hamda unda aks 
ettirilayotgan sohaga doir ma’lumotlar aniq bo`lishi lozim.   Hisobotning zaruriy qismlari:- hisobot beruvchi shaxsning 
o`qish yoki ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, hisobotning 
nima haqdaligi va hisobot davri;- hujjat nomi – hisobot;- 
matn (unda rejalashtirilgan ishlar, topshirilgan vazifa, ular 
yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar, ularning bajarilishi, 
erishilgan yutuqlar, ularning omillari, yo`l qo`yilgan 
nuqson va kamchiliklar, ularning sabablari, taklif, 
mulohazalar, tavsiyalar, ilova materiallar aks etadi);      - 
hisobot yozuvchi shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, 
ismi va yozilgan sana (hisobot yuqori idoralarga 
yuboriladigan bo`lsa, korxona rahbari imzosi bilan 
tasdiqlanb,  muhri  bosiladi).

Mavzu: Hujjat turlari va xususiyatlari: tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.

Reja:  1. Hujjat turlari va xususiyatlari.  2.Tushuntirish xatining yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.  3.Tilxatning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.  4.Hisobotning yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari va namunalari ustida ishlash.

Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarning yangi alifbo, imlo qoidalari, davlat tilida ish yuritish va mutaxassisligiga oid terminlarni bilishining ilmiy-nazariy asoslarini hamda ularni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo‘llay olishni, ilmiy va ta’lim jarayoniga tatbiq qilishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini yoritishdan iborat.

Fanning vazifasi – talabalarni imlo qoidalari, ish yuritish hamda mutaxassislik terminologiyasi bilan tanishtirish.Dunyod а yetti mingg а yaqin til m а vjud, l е kin b а rch а till а rg а h а m d а vl а t tili d е g а n sh а r а fli m а q о m n а sib etm а g а n. А ks а riyat till а r imp е riya d а vl а tl а rning hududid а m а` lum mill а tl а rg а gin а uy-ro‘zg‘ о r tili sif а tid а xizm а t qil а di. Yer yuzid а o‘z suv е r е n huquqig а eg а bo‘lg а n (ikki yuz а tr о fid а) n е cht а d а vl а t bo‘ls а, shung а yaqinroq d а vl а t tili m а vjud bo‘lar ekan. Milliy qomusimizning ma’lumotiga ko‘ra, Yer yuzid а gi yetti ming tild а n а tigi 116 t а si d а vl а t tili m а q о mig а eg а

Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi benihoya muhim. Bu jihatiga ko’ra hujjatlat quyidagocha tavsiflanadi: qoralama; asl nusxa ; nusxa; ko’chirma.