Ilk qadam MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining mazmun -mohiyati
Mavzu:“Ilk qadam” MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining mazmun -mohiyati Reja 1. Dasturning maqsad va vazifalari. 2.Musiqaning madaniy hayotimizda tutgan o‘rin. 3. Bolalar ta’lim- tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari . 4. Ijtimoiy- hissiy rivojlanish .
1-bob. Umumiy qoidalar MTMgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi (quyida: «MTM davlat o’quv dasturi») O’zbekiston Respublikasining ilk va MTMgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda MTMgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
• Davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llash uchun majburiy: davlat MTMgacha ta’lim muassasalari; MTMgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari; MTMgacha guruhlarga ega bo’lgan «Me h ribonlik» bolalar uylari; MTMgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
1.1. MTMda davlat o’quv dasturini qo’llash • Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari MTMgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. • Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi .
• 1.2. MTMning maqsad va vazifalari • MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va MTMgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; MTMgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;