logo

Industiral sivilizatsiyaning mazmun mohiyati

Yuklangan vaqt:

15.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

650.240234375 KB
IN DUSTIRAL 
SIVILI ZATSIYA N IN G 
MAZMUN  MOHIYATI
. •
G’ARBIY YEVROPA VA AQSHDA INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA UZIL-KESIL QAROR TOPDI. BU SIVILIZATSIYA - ASOSIY QADRIYATI TEXNIKA 
TARAQQIYOTI BO’LGAN SI-VILIZATSIYA EDI.
•
«INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA» ATAMASI O’RNIDA «INDUSTRIAL JAMIYAT» ATA-MASI HAM ISHLATILADI VA ULAR QO’LINGIZDAGI DARSLIKDA 
BIR XIL MA’NONI ANGLATADI.
•
INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING BELGILARIDAN BIRI — SHAHARLARNING JUDA TEZ O’SISHI BO’LDI. BU, BIRINCHIDAN, QISHLOQ 
XO’JALIGIDA TEXNIKANI QO’LLASH NATIJASIDA BIR QISM QISHLOQ AHOLISINING OSHIQCHA KUCH BO’LIB, ISHSIZ QOLISHI, ULAMING 
ISH IZLAB SHAHARLARGA KELISHI HISOBIGA YUZ BERDI.
•
IKKINCHIDAN, KICHIK SHAHARCHALARDA MAYDA SAVDOGARLAR VA HUNAR-MANDCHILIK ISHLAB CHIQARISHINING PASAYIB KETISHI, 
SHUNINGDEK, TRANSPORTDAGI O’ZGARISHLAR, TEMIR YO’LLAR QURILISHI, SANOAT MARKAZLARI-NING YIRIK SHAHARLARGA KO’CHISHI 
HISOBIGA BO’LDI. ODAMLAR ISH AXTARIB VA KUN KO’RISH UCHUN TURAR JOYLARINI O’ZGARTIRISHGA MAJBUR BO’LDILAR. YUZ YILLAR 
DAVOMIDA O’Z YERLARIDA YASHAB KELGAN AHOLI HARAKATGA KELDI. ENDI ULAR O’Z YERLARINI TASHLAB SHAHARLARGA KETA 
BOSHLADILAR. QISHLOQ-DAN KETISH EMIGRATSIYANI HAM VUJUDGA KELTIRDI. ENDI ODAMLAR BOSHQA MAMLAKATLARGA HAM KETA 
BOSHLADILAR. LEKIN KO’CHISHNING KATTA QISMINI O’Z MAMLAKATLARI ICHIDAGI MIGRATSIYA TASHKIL QILARDI.
•
INDUSTRIAL RIVOJLANISH JARAYONIDA SHAHARLAR ALOHIDA AHAMIYAT KASB ETA BOSHLADI. SANOAT ISHLAB CHIQARISHI DEYARLI 
BUTUNLAY SHAHARLARDA JOYLASHGAN. JAMIYATNING ASOSIY G’OYALARI, MUHIM SIYOSIY VOQEALAR HAM SHAHARLARDA YUZ BERDI. AGRAR SIVILIZATSIYA DAVRIDAGIGA NISBATAN SHAHARLAR JUDA KATTA TEZLIK BILAN O’SDI. AGRAR 
SIVILIZATSIYANING QANDAY SIVILIZATSIYA EKANLIGINI ESLANG. 19 ASRNING O’RTALARIGA KELIB, 
INDUSTRIAL DAVLATLARDA AHOLINING QARIYB 50 FOIZI SHAHARLARDA TO’PLANDI. MANUFAKTURA 
ISHLAB CHIQARISHI DAVRIDA SHAHARLAR UNCHA KATTA EMASDI. 18 ASR O’RTALARIDA G’ARBIY 
YEVROPADA AHOLISI 100 MINGDAN OSHIQ SHAHARLAR SONI 15 TAGA YAQIN EDI XOLOS (ENG YIRIK 
LONDON VA PARIJDA 500 MINGDAN OSHIQ).
SHAHRLARNING SHITOB BILAN RIVOJLANISHI INDUSTRLASHNING ASOSINI YARAT-GAN SANOAT 
TO’NTARISHI, FABRIKA-ZAVOD ISHLAB CHIQARISHI OQIBATI EDI. BUYUK BRITANIYADA BUJARAYON 
ERTAROQ BOSHLANDI. BOSHQA JOYLARDA KECH-ROQ, MASALAN GERMANIYADA 19 ASRNING 70-
YILLARIDA AVJ OLDI. AQSHDA JADAL URBANIZATSIYA JARAYONI HAM TAXMINAN SHU DAVRGA TO’G’RI 
KELDI.
UMUMAN, 19 ASRNING OXIRI 20 ASR BOSHIDA INDUSTRIAL MAMLAKATLARDA SHAHAR AHOLISI JUDA TEZ 
O’SDI. JUMLADAN, 1851—1901-YILLAR ORALIG’IDA BUYUK BRITANIYADA 50,1 FOIZDAN 70,0 FOIZGA, 
FRANSIYADA 25,5 FOIZDAN 40,1 FOIZGA, GERMANIYADA 25 FOIZDAN 54,3 FOIZGA, AQSHDA 12,5 FOIZDAN 
40,0 FOIZGA O’SDI.
ESKI SHAHARLARNING O’SISHI, YANGILARINING RIVOJLANISHI SANOATNING JOYLASHISHI BILAN BOG’LIQ 
EDI. KO’PCHILIK AHOLI SHAHARLARGA ISH TOPISH UMIDIDA KELARDI. AYNIQSA, KATTA, POYTAXT 
SHAHARLAR TEZ O’SDI. MASALAN, PARIJ AHOLISI 1850-YIL BIR MILLION BO’LSA, 1880-YILDA ESA IKKI 
MILLION KISHIDAN IBORAT BO’LDI.  19 ASRNING O’RTALARIDAN BOSHLAB SHAHARLAR QURILISHIDA HAM O’ZGARISH YUZ BERADI. MASALAN, PARIJ 1853-
YILDAN BOSHLAB 20 YIL DAVOMIDA QURILISH MAYDONIGA AYLANDI. U ZAMONAVIY QILIB QAYTADAN QURILDI: KENG 
KO’CHALAR, KATTA MAYDONLAR, XIYOBONLAR VA BOG’LAR YARATILDI. 19 ASR OXIRIGA KELIB, ICHIMLIK VA OQOVA SUV 
TARMOQLARIGA, TRAMVAY VA METROGA EGA BO’LDI. BOSHQA MAMLAKATLARDA HAM SHAHARLAR AHOLISI TEZ O’SDI. 
MASALAN, 1850— 1900-YILLARDA LONDON AHOLISI 865 MINGDAN 4 MLN. 536 MINGGA, PARIJNIKI 547 MINGDAN 2 MLN. 
714 MINGGA, BERLIN-NIKI 172 MINGDAN 1 MLN. 437 MINGGA, SANKT-PETERBURGNIKI 227 MINGDAN 2 MLN. 364 MINGGA 
YETDI.
19 ASRDA HAM ARISTOKRATIYA JAMIYATDA O’Z MAVQE-YINI SAQLAB’ ULAR BOYUGINING ASOSINI AVVALGIDAY YER 
MULKLARI TASHKIL QILARDI. ARISTOKRATLARNING HAYOTI HALI HAM SHAHARLARDAN KO’RA KO’PROQ QISHLOQ BILAN 
BOG’LIQ EDI. KENG VA QULAY BINOLARDAGI O’NLAB YOTOQXONALAR, KUTUBXONALAR, SHAXSIY BADIIY KOLLEKSIYALAR, 
QABUL MAROSIMLARI, OVLAR—BULARNING BAR-CHASI HALI HAM ARISTOKRATLAR HAYOTINING AJRALMAS QISMI EDI. 
NIKOHLAR QOIDAGA KO’RA «O’Z DOIRASIDA» TUZILGANLIGI SABABLI, ARISTOKRAT OILALAR O’ZARO QARINDOSHLIK 
RISHTALARI BILAN BOG’LANGAN EDI, BUYUK BRITANIYADAGI BUNDAY OILALARDA O’G’IL BOLALARNI YOSHLIGIDANOQ 
SIYOSIY FAOLIYATGA TAYYORLASHAR EDI. AVVALIGA ULAR IMTIYOZLI XUSUSIY MAKTABLARDA, KEYIN ESA OKSFORD YOKI 
KEMMBRIJ UNIVERSITETLARIDA O’QIRDILAR. SHUNDAN KE-YIN FAOLIYAT MAYDONI PARLAMENT BO’LARDI.
19 ASR O’RTALARIDA BUYUK BRITANIYA PARLAMENTI JAMOA PALATASINING 652 A’ZOSIDAN 489 TASI YER MULKDORLARI 
EDILAR. 1906—1916-YILLARDA BUYUK BRITANIYA VAZIRLARINING UCHDAN IKKI QISMI ELITA BILIM YURTLARI 
BITIRUVCHILARI EDI. BIROQ, INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA RIVOJLANISHI BILAN ARISTOKRATIYA O’ZINING HUKMRONLIK 
HOLATINI BORGAN SARI YO’QOTA BORDI. YERNING BIR QISMI SHAHARLAR QURILISHIGA BERILDI, O’RMON MULKLARI HAM 
QISQARDI. •
YANGI DAVR OBRO’ TALAB KISHILAR OLDIGA YANGI TALABLAR QO’YA BOSHLADI. ILGARI YER MULKDORLARI BO’LGAN ARISTOKRATIYA ENDI 
BANKLARDA, SANOAT KOMPANIYALARIDA, MUSTAMLAKALAR MA’MURIYATLARIDA RAHBARLIK LAVOZIMLARINI EGALLAY BOSHLADILAR. 
KO’PGINA MULKIDAN AYRILGAN ESKI ARISTOKRATLAR YANGI BOYLAR BILAN QARINDOSH TUTINISHI ARISTOKRATIYANING BURJUA-ZIYA 
BILAN QO’SHILIB KETISHIGA, YANGI «YUQORI QATLAM»NING SHAKLLANISHIGA OLIB KELDI.
•
19 ASRDA DAVLATNING IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOTIDA BURJUAZIYA TOBORA KATTAROQ ROL OY’NAY BOSHLADI. YIRIK SANOAT 
KORXONALARI VA BANKLAR TEPASIDA MILLIONLAB BOYLIK TO’PLAGAN BURJUAZIYA VAKILLARI TURARDI. BURJUAZIYANING ENG YORQIN 
VAKILLARI KATTA SIYOSIY MAVQEGA HAM ERISHA BOSHLADILAR.
•
19 ASRDA JAMIYAT HAYOTINING MUHIM VOQEALARIDAN BIRI «O’RTA QATLAM»NING SHAKLLANISHI BO’LADI. O’RTA QATLAMGA «ERKIN 
KASB» EGALARI BO’LGAN SHAXSLAR — INJENERLAR, IXTIROCHILAR, VRACHLAR, O’QITUVCHILAR, OFITSERLAR, HUQUQSHUNOSLAR VA SHU 
KABILAR KIRADI. BU QATLAMGA TAALLUQLILIKNING ASOSIY BELGILARIDAN BIRI MODDIY AHVOLNING HAR HOLDA TO’KISLIGI EDI.
•
19 ASRNING IKKINCHI YARMIDA O’RTA QATLAM VAKILLARI ORASIDA, AYNIQSA, HUQUQSHUNOSLAR TOIFASI A JRALIB TURARDI. HUQUQIY 
DAVLATNING SHAKLLANISHI, FUQAROLIK JAMIYATINING BARPO BO’LISHI, IQTISODIY HAYOT-NING RIVOJLANISHI TUFAYLI 
HUQUQSHUNOSLARGA BO’LGAN EHTIYOJ ORTIB BORDI. ULAR KONSTITUTSIYALAR, QONUNLAR YOZISH, KODEKSLAR TUZISH, VAZIYATLARNI 
RASMIYLASHTIRISH, BANKLARGA, TADBIRKORLARGA MASLAHATLAR BERISH VA SUD ISHLARIDA ISHTIROK ETISHGACHA ISHLARNI BA JARAR 
EDILAR. KO’PGINA SIYOSIY ARBOBLAR HAM MA’LUMOTIGA KO’RA HUQUQSHUNOS EDILAR. O’RTA QATLAM JAMIYATGA BARQARORLIK BAXSH 
ETDI. CHUNKI ODATDA, O’RTA QATLAM IJTIMOIY BO’HRONLARNI MA’QULLAMAYDILAR, INQILOBLARDAN ISLOHOTLARNI AFZAL KO’RADILAR.
•
19 ASRDA YANGI ISHCHILAR SINFI SHAKLLANDI. SANOAT TO’NTARISHI YUZ BERGAN UCHTA YIRIK MAMLAKAT — ANGLIYA, FRANSIYA VA 
AQSHDA 19 ASRNING 70-YILLARGA KELIB SANOAT ISHCHILARI 12-13 MLN. KISHINI, QISHLOQ XO’JALIGIDAGI ISHCHILAR BILAN BIRGALIKDA 
ESA 20 MLN. KISHINI TASHKIL QILARDI. ISHCHILARNING AHVOLI BIR XIL EMASDI. ULARNING YARMIDAN KO’PROG’I QASHSHOQLIK 
BO’SAG’ASIDA YASHASALAR, MALAKALI MUTAXASSIS ISHCHILAR ESA KO’PROQ HAQ OLIB, «ISHCHI ARISTOKRATIYASINI» TASHKIL QILARDI. 20 ASR BOSHLARIDA «ISHCHI ARISTOKRATIYASI» ANGLIYADA UMUMIY ISHCHILAR SONINING UCHDAN BIRINI TASHKIL QILIB, JUDA YAXSHI 
YASHASHARDI.
20 ASR BOSHIDA AQSH SANOAT ISHCHILARINING SONI JIHATIDAN BIRINHI O’RINNI EGALLADI. BU YERDA 10,4 MLN. SANOAT ISHCHILARI MAVJUD EDI.
GERMANIYADA ESA SANOAT ISHCHILARINING SONI 1907-YIL 8,6 MLN. KISHIGA YETDI. YEVROPA VA SHIMOLIY AMERIKADAGI ISHCHILAR SONI 40 MLN. 
KISHINI TASHKIL QILDI. QISHLOQ XO’JALIGI, XIZMAT KO’RSATISH SOHASI, TRANSPORT VA BOSHQA SOHALARDAGI ISHCHILAR BIRGALIKDA 80 MLN. 
KISHIGA YAQINLASHDI.
YOLLANMA ISHCHI KUCHINING MALAKASIDA HAM JIDDIY O’ZGARISHLAR YUZ BERDI. SANOATNING YANGI SOHALARI MALAKALI MEHNATNI TALAB 
ETARDI. MALAKALI ISHCHILARNING SALMOG’I BUYUK BRITANIYA MASHINASOZLIGIDA ISHCHILAR UMUMIY SONIDAN 70—75, KEMASOZLIKDA ESA, 50—
60 FOIZINI TASHKIL QILARDI. AQSHDA UMUMIY SANOAT ISHCHILARINING 2/3 QISMI, GERMANIYADA 56 FOIZI MALAKALI ISHCHILAR EDI.
19 ASRNING 70-YILLARIGACHA ISH KUNINING UZUNLIGI BUYUK BRITANIYA VA AQSHDA — 10 SOAT, GERMANIYA VA FRANSIYADA — 10-12 SOAT, ROSSIYA 
VA YAPONIYADA — 10-16 SOATNI TASHKIL QILARDI.
AYOLLAR VA BOLALAR MEHNATIGA ISH HAQI KAM TO’LANARDI. «FABRIKA AYOLLARI» ASOSAN 13-14 YOSHLI QIZLARDAN IBORAT BO’LGAN.
10-12 YOSHLI BOLALAR TAMAKI FABRIKALARIDAN TORTIB TOSHKO’MIR SHAXTALARIDA HAM MEHNAT QILISHARDI. ULAR MEHNATI UCHUN 
AYOLLARNIKIDAN HAM KAM HAQ OLARDI.
BU DAVRDA XOTIN-QIZLAR O’ZLARINING TENGLIKLARI UCHUN TINIMSIZ KURASH OLIB BORDI. 20 ASR BOSHLARIGA KELIB XOTIN-QIZLAR OZODLIGI VA 
MUSTAQILLIGI G’OYALARI, ULARNING TENG HUQUQLILIK UCHUN KURASHLARI YANGI SIVILIZATSIYA JAMIYATINING BELGILARIDAN BIRI BO’LIB QOLDI.

IN DUSTIRAL SIVILI ZATSIYA N IN G MAZMUN MOHIYATI .

• G’ARBIY YEVROPA VA AQSHDA INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA UZIL-KESIL QAROR TOPDI. BU SIVILIZATSIYA - ASOSIY QADRIYATI TEXNIKA TARAQQIYOTI BO’LGAN SI-VILIZATSIYA EDI. • «INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA» ATAMASI O’RNIDA «INDUSTRIAL JAMIYAT» ATA-MASI HAM ISHLATILADI VA ULAR QO’LINGIZDAGI DARSLIKDA BIR XIL MA’NONI ANGLATADI. • INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING BELGILARIDAN BIRI — SHAHARLARNING JUDA TEZ O’SISHI BO’LDI. BU, BIRINCHIDAN, QISHLOQ XO’JALIGIDA TEXNIKANI QO’LLASH NATIJASIDA BIR QISM QISHLOQ AHOLISINING OSHIQCHA KUCH BO’LIB, ISHSIZ QOLISHI, ULAMING ISH IZLAB SHAHARLARGA KELISHI HISOBIGA YUZ BERDI. • IKKINCHIDAN, KICHIK SHAHARCHALARDA MAYDA SAVDOGARLAR VA HUNAR-MANDCHILIK ISHLAB CHIQARISHINING PASAYIB KETISHI, SHUNINGDEK, TRANSPORTDAGI O’ZGARISHLAR, TEMIR YO’LLAR QURILISHI, SANOAT MARKAZLARI-NING YIRIK SHAHARLARGA KO’CHISHI HISOBIGA BO’LDI. ODAMLAR ISH AXTARIB VA KUN KO’RISH UCHUN TURAR JOYLARINI O’ZGARTIRISHGA MAJBUR BO’LDILAR. YUZ YILLAR DAVOMIDA O’Z YERLARIDA YASHAB KELGAN AHOLI HARAKATGA KELDI. ENDI ULAR O’Z YERLARINI TASHLAB SHAHARLARGA KETA BOSHLADILAR. QISHLOQ-DAN KETISH EMIGRATSIYANI HAM VUJUDGA KELTIRDI. ENDI ODAMLAR BOSHQA MAMLAKATLARGA HAM KETA BOSHLADILAR. LEKIN KO’CHISHNING KATTA QISMINI O’Z MAMLAKATLARI ICHIDAGI MIGRATSIYA TASHKIL QILARDI. • INDUSTRIAL RIVOJLANISH JARAYONIDA SHAHARLAR ALOHIDA AHAMIYAT KASB ETA BOSHLADI. SANOAT ISHLAB CHIQARISHI DEYARLI BUTUNLAY SHAHARLARDA JOYLASHGAN. JAMIYATNING ASOSIY G’OYALARI, MUHIM SIYOSIY VOQEALAR HAM SHAHARLARDA YUZ BERDI.

AGRAR SIVILIZATSIYA DAVRIDAGIGA NISBATAN SHAHARLAR JUDA KATTA TEZLIK BILAN O’SDI. AGRAR SIVILIZATSIYANING QANDAY SIVILIZATSIYA EKANLIGINI ESLANG. 19 ASRNING O’RTALARIGA KELIB, INDUSTRIAL DAVLATLARDA AHOLINING QARIYB 50 FOIZI SHAHARLARDA TO’PLANDI. MANUFAKTURA ISHLAB CHIQARISHI DAVRIDA SHAHARLAR UNCHA KATTA EMASDI. 18 ASR O’RTALARIDA G’ARBIY YEVROPADA AHOLISI 100 MINGDAN OSHIQ SHAHARLAR SONI 15 TAGA YAQIN EDI XOLOS (ENG YIRIK LONDON VA PARIJDA 500 MINGDAN OSHIQ). SHAHRLARNING SHITOB BILAN RIVOJLANISHI INDUSTRLASHNING ASOSINI YARAT-GAN SANOAT TO’NTARISHI, FABRIKA-ZAVOD ISHLAB CHIQARISHI OQIBATI EDI. BUYUK BRITANIYADA BUJARAYON ERTAROQ BOSHLANDI. BOSHQA JOYLARDA KECH-ROQ, MASALAN GERMANIYADA 19 ASRNING 70- YILLARIDA AVJ OLDI. AQSHDA JADAL URBANIZATSIYA JARAYONI HAM TAXMINAN SHU DAVRGA TO’G’RI KELDI. UMUMAN, 19 ASRNING OXIRI 20 ASR BOSHIDA INDUSTRIAL MAMLAKATLARDA SHAHAR AHOLISI JUDA TEZ O’SDI. JUMLADAN, 1851—1901-YILLAR ORALIG’IDA BUYUK BRITANIYADA 50,1 FOIZDAN 70,0 FOIZGA, FRANSIYADA 25,5 FOIZDAN 40,1 FOIZGA, GERMANIYADA 25 FOIZDAN 54,3 FOIZGA, AQSHDA 12,5 FOIZDAN 40,0 FOIZGA O’SDI. ESKI SHAHARLARNING O’SISHI, YANGILARINING RIVOJLANISHI SANOATNING JOYLASHISHI BILAN BOG’LIQ EDI. KO’PCHILIK AHOLI SHAHARLARGA ISH TOPISH UMIDIDA KELARDI. AYNIQSA, KATTA, POYTAXT SHAHARLAR TEZ O’SDI. MASALAN, PARIJ AHOLISI 1850-YIL BIR MILLION BO’LSA, 1880-YILDA ESA IKKI MILLION KISHIDAN IBORAT BO’LDI.

19 ASRNING O’RTALARIDAN BOSHLAB SHAHARLAR QURILISHIDA HAM O’ZGARISH YUZ BERADI. MASALAN, PARIJ 1853- YILDAN BOSHLAB 20 YIL DAVOMIDA QURILISH MAYDONIGA AYLANDI. U ZAMONAVIY QILIB QAYTADAN QURILDI: KENG KO’CHALAR, KATTA MAYDONLAR, XIYOBONLAR VA BOG’LAR YARATILDI. 19 ASR OXIRIGA KELIB, ICHIMLIK VA OQOVA SUV TARMOQLARIGA, TRAMVAY VA METROGA EGA BO’LDI. BOSHQA MAMLAKATLARDA HAM SHAHARLAR AHOLISI TEZ O’SDI. MASALAN, 1850— 1900-YILLARDA LONDON AHOLISI 865 MINGDAN 4 MLN. 536 MINGGA, PARIJNIKI 547 MINGDAN 2 MLN. 714 MINGGA, BERLIN-NIKI 172 MINGDAN 1 MLN. 437 MINGGA, SANKT-PETERBURGNIKI 227 MINGDAN 2 MLN. 364 MINGGA YETDI. 19 ASRDA HAM ARISTOKRATIYA JAMIYATDA O’Z MAVQE-YINI SAQLAB’ ULAR BOYUGINING ASOSINI AVVALGIDAY YER MULKLARI TASHKIL QILARDI. ARISTOKRATLARNING HAYOTI HALI HAM SHAHARLARDAN KO’RA KO’PROQ QISHLOQ BILAN BOG’LIQ EDI. KENG VA QULAY BINOLARDAGI O’NLAB YOTOQXONALAR, KUTUBXONALAR, SHAXSIY BADIIY KOLLEKSIYALAR, QABUL MAROSIMLARI, OVLAR—BULARNING BAR-CHASI HALI HAM ARISTOKRATLAR HAYOTINING AJRALMAS QISMI EDI. NIKOHLAR QOIDAGA KO’RA «O’Z DOIRASIDA» TUZILGANLIGI SABABLI, ARISTOKRAT OILALAR O’ZARO QARINDOSHLIK RISHTALARI BILAN BOG’LANGAN EDI, BUYUK BRITANIYADAGI BUNDAY OILALARDA O’G’IL BOLALARNI YOSHLIGIDANOQ SIYOSIY FAOLIYATGA TAYYORLASHAR EDI. AVVALIGA ULAR IMTIYOZLI XUSUSIY MAKTABLARDA, KEYIN ESA OKSFORD YOKI KEMMBRIJ UNIVERSITETLARIDA O’QIRDILAR. SHUNDAN KE-YIN FAOLIYAT MAYDONI PARLAMENT BO’LARDI. 19 ASR O’RTALARIDA BUYUK BRITANIYA PARLAMENTI JAMOA PALATASINING 652 A’ZOSIDAN 489 TASI YER MULKDORLARI EDILAR. 1906—1916-YILLARDA BUYUK BRITANIYA VAZIRLARINING UCHDAN IKKI QISMI ELITA BILIM YURTLARI BITIRUVCHILARI EDI. BIROQ, INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA RIVOJLANISHI BILAN ARISTOKRATIYA O’ZINING HUKMRONLIK HOLATINI BORGAN SARI YO’QOTA BORDI. YERNING BIR QISMI SHAHARLAR QURILISHIGA BERILDI, O’RMON MULKLARI HAM QISQARDI.