logo

Ispaniya XVI asr – XVII asrning birinchi yarmida

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1637 KB
Ispaniya XVI asr – Ispaniya XVI asr – 
XVII asrning birinchi XVII asrning birinchi 
yarmidayarmida
www.arxiv.uz Reja:
•
1. XVI asr boshida Ispaniyaning iqtisodiy 
rivojlanishi .
•
2. Karl V boshqaruvi davri . Shahar 
kommunalarining qo`zg`oloni . 
•
3. Shahar kommunalar mag`lubiyatining 
sababi va oqibatlari .
www.arxiv.uz •
  Rekonkista tugatilgandan keyin Portugaliyadan tashqari 
butun Pireney yarim oroli ispan qirollari qo`l ostida 
birlashtiriladi . Sardiniya , Sitsiliya , Balear orollari , Neapolitan 
qirolligi , Navarra ham Ispaniyaga qaragan .
•
       XIV asrning  I  yarmida Ispaniyaga geografik 
kashfiyotlarda , mustamlakalar bosib olishda , Amerika bilan 
savdoda va xalqaro munosabatlarda asosiy o`rinni egallagan . 
•
       1516 yil Ferdinand Aragon vafotidan keyin ispan taxtini 
Karl I egallaydi . Onasi tomonidan u Ferdinandning nabirasi , 
otasi tomondan imperator Maksimilian I Gabsburg-ning 
nabirasi bo`lgan. Otasidan Germaniyadagi mulklari va 
Niderlandiyani meros oladi. 1519 yildan imperator Karl V 
sifatida tan olinadi . 
www.arxiv.uz www.arxiv.uz •
  XVI asr o`rtalaridan boshlab Ispaniyaning iqtisodiy va siyosiy 
tushkunligi boshlanadi. Siyosiy birlashuvi va kuch – 
qudratining o`sishiga qaramasdan Ispaniyaning viloyat-lari 
ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan bir – biridan keskin farq qilgan . 
Aholining ¾ qismi Kastiliyada yashagan . Kastiliyada yerlar 
boshqa viloyatlarda bo`lganidek , dvoryanlar , katolik cherkovi 
va ruhoniy – ritsar ordenlari qo`lida edi . Rekonkista vaqtidan 
boshlab dehqonlarning asosiy qismi shaxsan erkin 
hisoblangan . Dehqonlar tsenz to`lab,feodallar yerlariga 
merosiy egalik qilganlar . Yerlarni ular tashlab ketishlari 
mumkin bo`lgan va boshqa ma`lum huquqlarga ham      ega      
bo`lganlar .  Ayniqsa arablardan tortib olingan Yangi Kastiliya 
va Granadaga kelib o`rnashgan dehqonlarning sharoiti yaxshi 
bo`lgan . Ular shaxsan erkin bo`lish bilan bir qatorda , Kastiliya 
shaharlari kabi huquq va imtiyozlarga ega bo`lganlar . 
www.arxiv.uz www.arxiv.uz •
  Aragon va uning tarkibiga kirgan Kataloniya  ,  Valensiya va Navarraning ijtimoiy  – 
siyosiy tuzumi Kastiliyadan keskin farq qilgan .  Bu yerda XVI asrda ham krepostnoy 
qaramlikning eng og`ir ko`rinishlari saqlanib qolingan . Feodallar dehqonlarning 
mulklarini meros olishi va ularni o`ldirishi mumkin bo`lgan . XV asr oxiridagi 
qo`zg`olondan keyin dehqonlar shaxsan erkinlikni qo`lga kiritishadi . 
•
       Xristianlikni qabul qilgan arablarning avlodlari – morisklar shahar va 
qishloqlarning ayanchli va huquqsiz kishilari hisoblangan . Ular Granada , 
Andaluziya va Sevil`yaning chekkalarida yashashgan. Ular kamhosil yerlarga 
haydalib, hosilning 1/3 qismini sen`orga  to`lashgan. Bundan tashqari ular davlatga 
va cherkovga ham soliq to`laganlar , daromadli hunarlar bilan shug`ullanishga yo`l 
qo`yilmagan . Inkvizitsiya ularni qattiq ta`qib qilgan Shunday og`ir sharoitlarda 
morisklar zaytun , uzumzor , shakarqamish , 
•
ipakchilik bilan shug`ullanganlar .     XVI asr boshlarida shaharlar kengayishi va 
mustamlakalarda mahsulotga talab ortishinatijasida qishloq xo`jaligi rivojlanishi 
kuzatiladi .  Burgos , Valyadolid , Madina del Kampo kabi yirik shaharlar atrofida 
uzumzorlar va zaytun maydonlari kengaydi . Vinochilikda kapitalistik munosabatlar 
paydo bo`ladi . Vino va zaytun moylari Amerika mustamlakalariga va Evropa 
davlatlariga chiqarilgan .      Xo`jalikdagi bunday rivojlanish dehqon xo`jaliklariga 
ta`sir qilmagan . Maxsulotlarga narx oshgan bir paytda boshoqli ekinlar bilan 
shug`ullangan dehqonlar g`allani bozorga  davlat belgilagan narxda sotishgan . 
Kasodga uchragan dehqonlar 
•
sudxo`rlarga qaram bo`la boshlaydi . XVI asr boshlarida Kastiliya xo`jaligining asosiy 
tarmog`i haydab yilqichilik qilish edi . Grandlarga qarashli bir necha million qo`y 
har yili 2 marta - bahor va kuzda Kastiliyadan janubga, Estremadura va 
Andaluziyaga haydalgan , keyinchalik qayta Shimolga olib kelingan . Katta yo`llarda 
haydalgan poda barcha qishloq xo`jalik maydonlarini , uzumzor va zaytunzorlarni 
payhon qilib yuboradi 
www.arxiv.uz •
Dehqonlarning qarshiligi yirik chorvadorlar ittifoqi- Mestaning qarshiligiga 
uchragan . Movutsozlikning rivojlanishi bilan G`arbiy Evropada yungga 
bo`lgan ehtiyoj ortadi . Qirol hokimiyati yung savdosidan katta daromad 
olib , Mestaga homiylik qiladi . Dehqonlar xonavayron bo`lib , g`alla 
ekishzorlari qisqaradi. XVI asrning 30– yillaridan boshlab Ispaniyaga 
Frantsiya va Sitsiliyadan g`alla keltirila boshlangan . 
•
       Bu davrda hunarmandchilik rivojlanib, kapitalistik manufaktura 
belgilari paydo bo`-ladi . Movutsozlik hunarmandchilikning asosiy sohasi 
hisoblanib , Segoviya , Toledo , Qurdoba , Kuenkeda manufaktura 
ko`rinishidagi korxonalar paydo bo`ladi . Bu shahar larning chekkasida 
yigiruvchilar , to`qimachilar tarqoq manufakturalarda savdogarlarga 
ishlagan . Biskayya kemasozlik va metallurgiya markazi hisoblangan .       
Ipak matolar ishlab chiqarish Toledo, Granada, Valensiya, Mursi, Malagada 
yo`lgaqo`yilgan bo`lib, eski tsex tartiblarini saqlab qolgan . Movutdan farq 
qilib , ipak buyum- 
•
lar yuqori sifatli bo`lib Flandriya , Frantsiya , Italiya , Shimoliy Afrikaga 
chiqarilgan . Qilich , xanjarlar ham tayyorlangan . 
www.arxiv.uz •
  Ispaniya sanoati Evropaning ilg`or davlatlaridan orqada bo`lib 
, paydo bo`lgan erkin ishchi kuchini bir qismini o`zlashtirgan. 
Texnik qurilmalar unchalik rivojlanmaganligidan    ishlab 
chiqarish qimmatga tushgan  .  Ispaniya importi eksportdan 
yuqori bo ` lib  ,  eksportning asosini xom  -  ashyo va qishloq 
xo ` jalik mahsulotlari tashkil etgan  .  Movut sanoati rivojlangan 
XVI asrning I yarmida ham Ispaniyadan yung tashqariga 
chiqarish uch marta ko`paygan                                                         
                                                                  
•
     XVI asrda tashqi savdo rivojlanadi. Sevil`ya yirik savdo 
markaziga aylanib, Amerika bilan savdo qilish shu yerda 
to`planadi. Sevil`yada Ispaniyaning eng boy savdogarlari 
yashashgan. 100 kemadan ortiq flotiliya muntazam Amerikaga 
qatnab turgan. Madinadel Kampo yarmarkalari bilan mashhur 
bo`lgan . U kredit operatsiyalari markaziga aylanadi . Iqtisodiy 
tarqoqlik tufayli mamlakat ichki savdosi rivojlanmaydi . 
www.arxiv.uz www.arxiv.uz •
  Flandriyada tarbiya olgan Karl V Ispaniyani va ispan tilini 
bilmagan. 1517 yil flamand maslahatchilari bilan Ispaniyaga 
kirib kelgan 17 yoshli qirol dushmanlarcha qarshi olinadi. Qirol 
Kastiliya , Aragon va Katalon korteslaridan qiyinchilik bilan 
o`zini qirol deb tan olishlariga erishadi. Karl flamandlarga 
imtiyozlar va daromadli lavozimlarni tarqatadi . Karlning 
imperator  etib saylanishi va Germaniyaga ketishi norozilikni 
kuchaytiradi . Yangi subsidiya olish uchun 1519 yil chaqirilgan 
korteslar Karlning Ispaniyadan tashqarida uch yildan ortiq 
bo`lmasligini , mablag`ning olib 
•
chiqib ketilishiga chek qo`yishni va chet elliklarga lavozimlar 
berishni to`xtatishni talab qiladilar . Qirol va`da berib , 
subsidiya olishga muvaffaq bo`ladi . 
www.arxiv.uz •
  1520 yil mayda Karl Niderlandiyadan olib kelgan Kardinal 
Adrian Utrextni noib etibtayinlab, Ispaniyadan chiqib ketadi . 
Bu Kastiliyada shahar kommunalarining qo`zg`oloniga sabab 
bo`ladi . ( ispancha kommuneros ) 
•
       Dastlab qo`zg`olonda aholining turli qatlamlari qatnashadi . 
Flamandlarning o`zboshimchaligi , qirolning moliyaviy faoliyati 
va shaharlarning huquqiga daxl qilinishi , hamda  korteslarning 
ahamiyati tushib ketishidan boy shaharliklar norozi edilar . 
Avval qo`zg`olon boshlagan Toledo aholisi boshqa shaharlarga 
murojaat qilib , erkinliklarni saqlab qolish uchun birgalashib 
kurashga chaqiradi . Qo`zg`olonchilarning asosiy qismi ni 
soliqlardan norozi shaharliklar , hunarmandlar tashkil qiladi . 
Grandlar va idalgolar ham dastlab qo`zg`olonga qo`shiladilar . 
Grandlar qo`zg`olondan o`zlarining avvalgi imtiyozlarini 
tiklashda foydalanishga urinadilar . Mayda va o`rta feodallar 
ham mavrlar bilan urush davridagi erkinlikni tiklashga urinadilar 
. Ispan feodallari ayniqsa chetelliklarni  yuqori va daromadli 
lavozimlarni egallashidan norozi edilar . 
www.arxiv.uz •
  May, iyun oylarida Toledoga  Kastiliyaning Segoviya, Burgos, 
Avila kabi shaharlari qo`shiladi . Ular korrexidorlarni haydab 
( qirol amaldorlari ) , yangi , demokratik boshqaruv tuzadilar. 
29 iyulda beshta shahar deputatlari Avilada yig`ilib , 
“Muqaddas xunta”( “ ittifoq ” ) tuzadilar va kastiliyalik Xuan 
de Padil`yani qo`shin qumondoni etib saylashadi . Madina del 
Kampo qirol qo`shinlari tomonidan vayron 
etilgach ,qo`zg`olon shimoliy va markaziy Kastiliyani hamma 
shaharlarini qamrab oladi . Xunta Adrian hokiiyatini bekor 
qiladi . Karl bilan murosaaga urinib , xunta unga oktyabr oyida 
talabnoma yuboradi . Talabnomada qirolning doim  
Ispaniyada yashashi , lavozimlarga ispanlar tayinlanishi , oltin 
va kumush mamlakatdan chiqarilib ketmasligi ko`rsatiladi . 
Korteslar har uch yilda chaqirilishi , dvoryanlar ham soliq 
to`lashlari kerakligi , aristokratlar o`zlashtirgan yer va konlar 
davlatga qaytarilishi ham talabnomada qayd qilinadi . Grand 
va dvoryanlar shahar boshqaruvida ishtirok etmasliklari ham 
talab qilinadi . Oxirgi talab qo`zg`olonda tub burilishga olib 
keladi . Dvoryanlar va shaharliklar orasida urush boshlanadi. 
Bundan foydalanishga harakat qilib , qirol shaharlarga yon 
berishga va`da qiladi .  www.arxiv.uz •
  Qo`zg`olonning tobora antifeodal  tus olishi grandlarning qirol tomoniga 
o`tib ketishiga olib keladi . Kastiliya dehqonlari o`z sen`orlariga hujum qila 
boshlaydi . 
•
       Ikkilanish tufayli shaharlarnimg bir qismi “ Muqadas xunta” dan chiqadi 
. 1520 yil Valyadolid shahrida qo`zg`olonchilarning ashaddiylari yangi “ 
Otryadlar xuntasi ” ni tuzadilar . 
•
       Qo`zg`olonchilarning qirol qo`shinlari bilan hal qiluvchi urushi 1521 yil 
aprelda Vilyalar qishlog`i yonida bo`lib o`tdi . Dvoryanlar qo`shinlari “ 
Muqaddas xunta ” armiyasini tor– mor keltiradi. Padil`ya va boshqa 
yo`lboshchilar qatl etiladi. Toledo shahri Padiliyaning bevasi Mariya 
Pacheko rahbarligida olti oy qarshilik ko`rsatadi . 1522 yil iyulda Karl nemis 
qo`shinlari bilan Ispaniyaga kelganda qo`zg`olon to`la bostirilgan edi. 
•
       Hali Ispaniyada viloyatlar separatizmi kuchli edi. Kataloniya va Aragon 
qo`zg`olonga qo`shilmadilar .
•
       Karl davlati tarqoq davlatlar va hududlarning birlashmasi bo`lib , 
iqtisodiy va siyosiy tuzumiga ko`ra ular bir – biridan farq qilgan . Karl “ 
Butunjahon xristian monarxiyasi”ni tuzishni orzu qilardi . U o`zini turklarga 
va nemis protestlariga qarshi kurashda katoliklar rahbari hisoblardi . 
Shunga ko`ra Ispaniya unga harbiy urushlar uchun mablag` va askarlar 
to`plash uchun manba sifatida qaralar edi .
www.arxiv.uz •
  Italiya urushlari davrida Karl Shimoliy Italiyaning 
katta qismini qo`lga kiritdi. Turklarning Evropaning 
ichkarisiga kirib borishini to`xtatish maqsadida Karl 
katta qo`shin tuzadi, 1535 yil Tunisni turklardan 
vaqtincha tortib oladi. Biroq ,  turk kemalari O`rta Yer 
dengizida ispan savdosiga xalal berishi baribir davom 
etaveradi .
•
       1556 yil Karl taxtdan voz kechgandan keyin o`g`li 
Filipp II taxtni egallaydi . 1556 - 1598 ) .
www.arxiv.uz Adabiyotlar:
•
1. I. A. Karimov.    Buyuk kelajak sari . T., 1997
•
2. I. A. Karimov .  Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q . T., 1998
•
3. Kudryavtsev  А .  Е  .  Ispaniya v srednie veka .  L., 1937 
•
4.  А ltamira i Kreeva P. Istoriya Ispanii .  M., 1951
•
5. Umumiy tarix . T. 4.  M., 1953
•
6. Qurbongaliyeva M. G.   O`rta asrlar tarixi .   T., 1990
•
7. Semyonov V. F.    O`rta asrlar tarixi .   T., 1973
•
     8. Udalsova Z. V.Istoriya Yevropo`. T. 1. M. «Nauka». 1988.
•
     9. Udalsova Z. V.Istoriya srednix vekov. T. 1-2. M, «Vo`shaya 
shkola». 1991.
•
    10. Boysov M. Istoriya srednix vekov. M, 1995.
www.arxiv.uz

Ispaniya XVI asr – Ispaniya XVI asr – XVII asrning birinchi XVII asrning birinchi yarmidayarmida www.arxiv.uz

Reja: • 1. XVI asr boshida Ispaniyaning iqtisodiy rivojlanishi . • 2. Karl V boshqaruvi davri . Shahar kommunalarining qo`zg`oloni . • 3. Shahar kommunalar mag`lubiyatining sababi va oqibatlari . www.arxiv.uz

• Rekonkista tugatilgandan keyin Portugaliyadan tashqari butun Pireney yarim oroli ispan qirollari qo`l ostida birlashtiriladi . Sardiniya , Sitsiliya , Balear orollari , Neapolitan qirolligi , Navarra ham Ispaniyaga qaragan . • XIV asrning I yarmida Ispaniyaga geografik kashfiyotlarda , mustamlakalar bosib olishda , Amerika bilan savdoda va xalqaro munosabatlarda asosiy o`rinni egallagan . • 1516 yil Ferdinand Aragon vafotidan keyin ispan taxtini Karl I egallaydi . Onasi tomonidan u Ferdinandning nabirasi , otasi tomondan imperator Maksimilian I Gabsburg-ning nabirasi bo`lgan. Otasidan Germaniyadagi mulklari va Niderlandiyani meros oladi. 1519 yildan imperator Karl V sifatida tan olinadi . www.arxiv.uz

www.arxiv.uz

• XVI asr o`rtalaridan boshlab Ispaniyaning iqtisodiy va siyosiy tushkunligi boshlanadi. Siyosiy birlashuvi va kuch – qudratining o`sishiga qaramasdan Ispaniyaning viloyat-lari ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan bir – biridan keskin farq qilgan . Aholining ¾ qismi Kastiliyada yashagan . Kastiliyada yerlar boshqa viloyatlarda bo`lganidek , dvoryanlar , katolik cherkovi va ruhoniy – ritsar ordenlari qo`lida edi . Rekonkista vaqtidan boshlab dehqonlarning asosiy qismi shaxsan erkin hisoblangan . Dehqonlar tsenz to`lab,feodallar yerlariga merosiy egalik qilganlar . Yerlarni ular tashlab ketishlari mumkin bo`lgan va boshqa ma`lum huquqlarga ham ega bo`lganlar . Ayniqsa arablardan tortib olingan Yangi Kastiliya va Granadaga kelib o`rnashgan dehqonlarning sharoiti yaxshi bo`lgan . Ular shaxsan erkin bo`lish bilan bir qatorda , Kastiliya shaharlari kabi huquq va imtiyozlarga ega bo`lganlar . www.arxiv.uz