logo

XVI asr birinchi yarmida XIX asrlarda markaziy Osiyoda fan

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

983.0537109375 KB
X V I asr birinchi y armida X I X  
asrlarda mark aziy  Osiy oda fan
1. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor.
2. Xonliklar davrida ilm-fanning axvoli.
3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ilm-fan va axvoli.
4.  XX  asr  boshlarida  Turkiston  jadidlarining  ilm-fan  taraqqiyotiga 
qo‘shgan xissalari.
207-guruh Eshtemirov Behruz      1. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor .
Shayboniylar  sulolasi  (1500-1601yy)ning  asoschisi  Muhammad 
Shayboniyxon  (1451-1500-1510  yy)  vafotidan  keyin  Shayboniylar  davlati 
o‘rnida  tarqoq  xokimliklar  yuzaga  kelgan  edi.  Tarqoq  hokimliklarga 
Abdullaxon  II  (1534-1556-1598  yy)  xukmdorligi  davrida  barxam  berilib, 
markazlashgan  davlat  barpo  etildi.  Xonlik  chegaralari  Kashg‘ardan  Orol 
va  Kaspiy  dengiz  soxillarigacha,  Turkiston  va  Sayramdan  Xurosonning 
sharqiy  qismigacha  bo‘lgan  yerlarni  qamrab  oldi.  Bu  davrda  sug‘orish 
inshootlari,  madrasalar  qurildi,  ilm-fan  va  madaniy  aloqalar  rivoj  topdi. 
Mashxur  Buxorodagi  «Abdullaxon  timi»  (1577  y)  usti  yopiq  savdo  rastasi, 
Buxorodagi  Abdullaxon  madrasasi  (1588-1590  yy)  va  ko‘plab  madaniy 
qurilishlar Abdullaxon nomi bilan bog‘liq.   Abdullaxon  bandi  -  1583  yilda  Nurota  tog‘lari  shimoliy  yon  bag‘rlaridagi  Eski 
oqchob qishlog‘i yaqinida qurdigan suv omboridir. To‘g‘onning uzunligi asosida 73 
m,  yuqorisi  esa  85m,  balandligi  14,5  m.  Ustki  qismi  4,5  m  qilinib,  zinapoya 
shaklida qurilgan. To‘g‘on oldida xosil bo‘lgan suv ombornning uzunligi 1,5 km, eni 
75- 125m. Abdullaxon bandida taxminan 1,2 mln. kubmetr suv to‘plangan.
Abdullaxon  bandining  to‘g‘oni  slanes  toshlaridan  qurilib,  tosh  palaxsalari  suvga 
chidamli  maxsus  ganch  qorishmasi  -  qir  bilan  biriktirilgan.  Ko‘plab  sug‘orish 
tarmoqlarn  qurilganligi  o‘rta  asrda  qurilish-irrigatsiya  bilimlari  fanlarining 
rivojlanganligidan dalolat beradi.
Sharqda,  xususan  O‘rta  Osiyoda  bozorlar,  xammomlar,  masjid  va  madrasalar, 
minoralar  qurilishi  san’ati  qadimdan  yuksalgan.  Chuqur  bilim  yuksak  mahorat 
talab  qiladigan  ark  qurilishi  tarixda  alohida  ahamiyatga  ega.  Arklar  Xiva, 
Samarqand,  Termiz,  Urganch,  Qo‘qon,  Toshkent,  Buxoro  va  boshqa  shaharlarda 
mavjud  bo‘lgan.  O‘rta  asrlarda  u  kuxandiz,  kox  va  qasr  terminlari  bilan  tilga 
olingan.  Buxoro  arki  -  shaharning  qadamiy  qo‘rg‘oni,  arxitektura  va  arxeologik 
yodgorlik  Ark  milodning  I  asrida  qurila  boshlanib,  asosan  shaybonnylar  sulolasi 
(XVI asr) davrida ansambl xoliga kelgan. Ark balandligi 20 metrcha bo‘lgan tepalik 
ustiga qurilgan. Maydoni 4 gektar Ark ko‘pburchakli shakldagi inshoat.   2. Xonliklar davrida ilm-fanning axvoli.
Bu  davrga  kelib  O‘rta  Osiyo  o‘rta  asrlarda  jaxon  miqyosida  egallagan  madaniy  xayot 
shoxsupasidan  tushib,  ilm-fandagi  o‘rnini  Yevropaga  bo‘shatib  bergan  edi. 
Xorazmshohlar,  Samoniylar,  Temuriylar  zamonida  dunyo  fanining  boshini  tebratgan 
yurt iqtisodiy, siyosiy jihatdan madaniy qashshoqlik safida kolib ketishga majbur bo‘ldi. 
Jaxolat, o‘zaro nizolar, axloqsizlik fan va madaniyat ustidan tabora g‘olib kela boshladi. 
Dunyoviy  fanlarga  e’tibor  davlat  g‘amxo‘rligi  darajasidan  tushib  qoldi-ki,  fan  va 
madaniyat  sohaqida  tashqi  dunyo  bilan  aloqalar  o‘rnatish  va  jaxon  ilmiy  yutuqlarini 
o‘lkaga ijobiy tatbiq qilish masalasi etibordan chetda qoldi.
Yuqorida  tilga  olingan  salbiy  xodisalar  fan  va  madaniyat  yuksalishiga  qanchalik  to‘siq 
bo‘lmasin,  tarixan  baquvvat  madaniyatga  ega  bo‘lgan  xalq  ma’naviy  xayotini  tamoman 
to‘xtatib  qola  olmadi.  Xonliklarning  yirik  shaharlaridagi  ko‘p  sonli  madrasa  va 
masjidlar ilmu-xunar, axloq, ma’naviyat tarqatuvchi o‘choqlar edi.   Mavjud  madrasa,  maktab,  machitu  qiroatxonalar  islom  ta’limoti  birinchi  o‘rinda 
turar  edi.  Ilm maskanlari  bo‘lgan  madrasalarda talabalar diniy axloqiy kitoblardan 
tashqari til, adabiyot, matematika, mantiq tarix, geografiya, falakiyot kabi fanlarni 
xam  o‘rganishar  edilar.  Ammo  bu  fanlarga,  ayniqsa  tabiiy  fanlarga  etibor  diniy 
ta’limotni egallashga ruju qo‘yganiga nisbatan ancha sust edi.
O‘rta  Osiyoda  jumladan  O‘zbekistonda  tarixnafislik,  xattotlik,  shoirlik  ziyolilarimiz 
uchun qatiy xol xisoblangan, ular faqat bir soxa bilan shug‘ullanmaganlar.
Ayrim  tarixchilar  esa  mustaqil  ravishda  xarakat  qilib,  mavzu  va  davrlarni  erkin 
tanlashgan,  risolalar  bitganlar.  Har  uchala  xonlikda  ham  o‘z  davrining  yetuk 
tarixchi,  shoir  va  adiblari  ijod  qilishgan.  Xususan,  Xiva  xonligi  (1512-1920  yy.)da 
tarixshunoslik  maktabining  asoschisi  Abulg‘ozi  Bahodirxon  (1603-1664yy.)  bo‘lib, 
u  “Shajarai  turk”,  “Shajarai  tarokima”  va  “Money  ul  inson”  nomli  asarlarni  yozib 
qoldirgan.  Aynan,  IX  bobdan  iborat  “Shajarai  turk”  asari  Xorazmning  1512-1663 
yillardagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixiga  bag‘ishlangan.  Xuddi  shuningdek,  Xiva  xonligida 
Xorazm  tarixini  yaratish  bo‘yicha  salmoqli  ishlarni  amalga  oshirgan  tarixchilar 
Shermuhammad  Munis  va  Ogahiy  Muhammad  Rizo  Ernazarbek  o‘g‘li  (1809-1874 
yy.)  dir.  Munis  Xiva  xonligi  tarixiga  bag‘ishlangan  asari  “Firdavsul  iqbol”ni  yozadi. 
Uning  bu  ishini  jiyani  Ogahiy  davom  ettirib,  “Shohidi  iqbol”  nomli  tarixiy  asarida 
xonlikning 1872 yilgacha bo‘lgan tarixini yoritib beradi.    3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ilm-fan va axvoli.
Ko‘rilayotgan  davrda  birinchi  navbatda  mustamlaka  ma’muriyat  tomonidan  o‘lka  boyliklarini 
o‘zlashtirish  maqsadida  geologiya  fani  va  tog‘-kon  sanoati  bilan  bog‘liq  sohalarga  alohida  e’tibor 
qaratildi.
XVIII-XIX  asr  boshlarida  rus  sayyohlaridan  iborat  ekspedisiyalar  tomonidan  Turkiston  xududini  tadqiq 
qilish  boshlandi.  Bu  ekspedisiyalarning  asosiy  maqsadi  Rossiya  iqtisodi  uchun  zarur  bo‘lgan  maxalliy 
moddiy  boyliklarni  o‘rganish  bo‘lgan.  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  O‘rta  Osiyoni  Rossiya  bosib 
olgandan  sung  rus  olimlarining  o‘lka  tabiati  va  tabiiy  boyliklarini  o‘rganish  ishlari  kulami  kengaytirildi. 
1867  yilda  Turkiston-xarbiy  topografiya  bo‘limi  tashkil  qilindi.  Bu  bo‘lim  o‘lkaning  topografik  xaritasini 
tuzish  bilan  shug‘ullandi.  Bu  ishlar  natijasida  O‘rta  Osiyoning  bosh  xaritasi  tuzildi.  1867  yilda 
Toshkentda  meterologiya  stansiyasi  ochildi:  bu  stansiya  o‘lka  iqlimini  o‘rganish  va  iqlim  xaritasini 
tuzish  bilan  shug‘ullandi.  1868  yilda  Turkiston  statistika  qo‘mitasi  tashkil  qilindi.  1887  yil  1  yanvarda 
viloyat statistika qo‘mitalari tuzildi.   Turkistondagi  birinchi  ilmiy  muassasa-Toshkent  astronomiya  va 
fizika  observartoriyasi  (hozirgi  O‘zbekiston  FA  Astronomiya 
instituti)  1873  yilda  tashkil  qilindi.  Bu  observatoriya  o‘lkadagi 
mingga  yaqin  joyning  koordinatalarini  aniqlash  uchun 
ekspedisiyalar  uyushtirdi.  Faqat  XX  asrning  30-yillariga  kelib  sof 
ilmiy masalalar bilan shug‘ullana boshlandi.
O‘lka  ilm-fanini  rivojlantirish  maqsadida  XIX  asrning  ikkinchi 
yarmida  va  XX  asrning  boshlarida  Toshkentda  quyidagi  ilmiy-
tajribaviy  muassasa  va  korxonalar  tuzildi:  Turkiston  o‘lkasi  yer 
ishlari  va  davlat  mulki  boshqarmasi  va  uning  qoshidagi 
gidrometrik  qism,  Turkiston  qishloq  xo‘jaligi  tajriba  stansiyasi 
(1897),  hozirgi  R.R.Shreder  nomidagi  Bog‘dorchilik,  tokchilik  va 
vinochilik  ilmiy  ishlab  chiqarish  korporatsiyasi),  etnomologiya 
stansiyasi,  1895  yil  Rossiya  Geografiya  jamiyatining  Turkiston 
bo‘limi  tashkil  etildi.  XX  asr  boshida  Toshkent,  Samarqand,  Jizzax 
va Qo‘qonda seysmik stansiyalar tuzildi.   4. XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari.
XIX  asrning  oxirlarida  taraqqiyparvar  o‘zbek  ziyolilari  keng  xalq  ommasining  savodli 
qilishga,  ularni  jaxolat  uyqusidan  o‘yg‘otishga  intilib  jadid  maktablarini  ochdilar.  Birinchi 
bo‘lib  1893  yilda  Buxoroda,  so‘ng  1898  yili  Qo‘qonda  Saloxiddin  domla  tomonidan,  o‘sha 
yili  To‘qmoqda,  1899  yili  eski  Toshkentda  Mannon  qori,  Andijonda  Shamsiddin  domla 
tomonidan  jadid  maktablari  ochilgan.  1900  yili  Buxoroda  Jo‘raboy  qori  tomonidan  yangi 
usuldagi  jadid  maktab  ochildi.  1903  yili  M.  Bexbudiy  o‘z  mablag‘i  xisobidan  Jomboyda 
maktab  ochdi.  Jadid  Xoji  Muin  va  Abdul  Qodir  Shakuriylar  bu  maktabda  saboq  berdilar. 
1908  yili  bunday  maktablarni  Mirza  Abdulvoxid  xam  tashkil  qildi.  Muftiy  domulla  Ikrom 
bu  yangi  usuldagi  maktablarni  diniy  jamoat  tomonidan  qabul  qilinishiga  erishdi.  1911 
yilda jadid  maktablari  Turkistonda 63  ta bo‘lib, ularda 4106 ta bola o‘qigan. Toshkentning 
o‘zida 24 ta bunday maktablarda 1740 ta bola o‘qigan. 1917 yil boshlaridan o‘lkada 100 ga 
yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod o‘quvchi bo‘lgan.   O‘zbek  jadidlari  Turkiston  xalq  maorifiga  jiddiy  e’tibor  berganlar.  Bu 
soxada  taniqli  mudarris  va  ma’rifatparvar  Munavvar  Qorining  xizmati 
kattadir.  Munavvar  qori  1909  yili  maslakdosh  do‘stlari  Abdulla  Avloniy, 
Ubaydulla  Asadullaxo‘jaev,  Toshpo‘latbek  Norbo‘tabekov  va  boshqalar 
bilan  xamkorlikda  toshkentlik  bir  boyning  raisligida  «Jamiyati  xayriya»ni 
tashkil  qildi.  Munavvar  qori  va  uning  safdoshlari  jamiyat  orqali  qashshoq 
va  kasalmand  kishilar,  o‘quvchilarga  yordam  ko‘rsatish  bilan  cheklanmay. 
Xorijga,  xususan,  Rossiya  va  Turkiyadagi  oliy  o‘quv  yurtlariga  talabalar 
yuborish  bilan  xam  shug‘ullanadilar.  Bundan  tashqari  o‘zbek  jadidlari 
matbuotga  aloxida  e’tibor  bilan  qaraganlar.  O‘zbek  jadidlari  bir  qancha 
gazetalar  chiqarishdi.  Ularning  orasida  Ismoil  Obidov  muxarrir  bo‘lgan 
«Taraqqiy»  gazetasi  aloxida  o‘rin  tutadi.  Bu  gazeta  o‘lkadagi  ijtimoiy-
siyosiy  tafakkurni  rivojlantirishda  katta  rol  o‘ynadi.  Jadidlar  «Shuxrat», 
«Xurshid»  gazetalarini  xam  chiqarganlar.  Lekin  bu  gazetalar  chorizm 
tomonidan  tez orada  yopib  qo‘yilgan. Keyinchalik  esa  jadidlar tomonidan 
«Sadoi  Turkiston»,  «Samarqand»,  «Oyna»,  «Turon»,  «Buxoroi  sharif», 
«Sadoi Farg‘ona» va boshqa gazeta va jurnallarini nashr ettira boshladilar.   E’ T IBORINGIZ
UCHUN
RA HMAT

X V I asr birinchi y armida X I X asrlarda mark aziy Osiy oda fan 1. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor. 2. Xonliklar davrida ilm-fanning axvoli. 3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida ilm-fan va axvoli. 4. XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari. 207-guruh Eshtemirov Behruz

1. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor . Shayboniylar sulolasi (1500-1601yy)ning asoschisi Muhammad Shayboniyxon (1451-1500-1510 yy) vafotidan keyin Shayboniylar davlati o‘rnida tarqoq xokimliklar yuzaga kelgan edi. Tarqoq hokimliklarga Abdullaxon II (1534-1556-1598 yy) xukmdorligi davrida barxam berilib, markazlashgan davlat barpo etildi. Xonlik chegaralari Kashg‘ardan Orol va Kaspiy dengiz soxillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlarni qamrab oldi. Bu davrda sug‘orish inshootlari, madrasalar qurildi, ilm-fan va madaniy aloqalar rivoj topdi. Mashxur Buxorodagi «Abdullaxon timi» (1577 y) usti yopiq savdo rastasi, Buxorodagi Abdullaxon madrasasi (1588-1590 yy) va ko‘plab madaniy qurilishlar Abdullaxon nomi bilan bog‘liq.

Abdullaxon bandi - 1583 yilda Nurota tog‘lari shimoliy yon bag‘rlaridagi Eski oqchob qishlog‘i yaqinida qurdigan suv omboridir. To‘g‘onning uzunligi asosida 73 m, yuqorisi esa 85m, balandligi 14,5 m. Ustki qismi 4,5 m qilinib, zinapoya shaklida qurilgan. To‘g‘on oldida xosil bo‘lgan suv ombornning uzunligi 1,5 km, eni 75- 125m. Abdullaxon bandida taxminan 1,2 mln. kubmetr suv to‘plangan. Abdullaxon bandining to‘g‘oni slanes toshlaridan qurilib, tosh palaxsalari suvga chidamli maxsus ganch qorishmasi - qir bilan biriktirilgan. Ko‘plab sug‘orish tarmoqlarn qurilganligi o‘rta asrda qurilish-irrigatsiya bilimlari fanlarining rivojlanganligidan dalolat beradi. Sharqda, xususan O‘rta Osiyoda bozorlar, xammomlar, masjid va madrasalar, minoralar qurilishi san’ati qadimdan yuksalgan. Chuqur bilim yuksak mahorat talab qiladigan ark qurilishi tarixda alohida ahamiyatga ega. Arklar Xiva, Samarqand, Termiz, Urganch, Qo‘qon, Toshkent, Buxoro va boshqa shaharlarda mavjud bo‘lgan. O‘rta asrlarda u kuxandiz, kox va qasr terminlari bilan tilga olingan. Buxoro arki - shaharning qadamiy qo‘rg‘oni, arxitektura va arxeologik yodgorlik Ark milodning I asrida qurila boshlanib, asosan shaybonnylar sulolasi (XVI asr) davrida ansambl xoliga kelgan. Ark balandligi 20 metrcha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan. Maydoni 4 gektar Ark ko‘pburchakli shakldagi inshoat.

2. Xonliklar davrida ilm-fanning axvoli. Bu davrga kelib O‘rta Osiyo o‘rta asrlarda jaxon miqyosida egallagan madaniy xayot shoxsupasidan tushib, ilm-fandagi o‘rnini Yevropaga bo‘shatib bergan edi. Xorazmshohlar, Samoniylar, Temuriylar zamonida dunyo fanining boshini tebratgan yurt iqtisodiy, siyosiy jihatdan madaniy qashshoqlik safida kolib ketishga majbur bo‘ldi. Jaxolat, o‘zaro nizolar, axloqsizlik fan va madaniyat ustidan tabora g‘olib kela boshladi. Dunyoviy fanlarga e’tibor davlat g‘amxo‘rligi darajasidan tushib qoldi-ki, fan va madaniyat sohaqida tashqi dunyo bilan aloqalar o‘rnatish va jaxon ilmiy yutuqlarini o‘lkaga ijobiy tatbiq qilish masalasi etibordan chetda qoldi. Yuqorida tilga olingan salbiy xodisalar fan va madaniyat yuksalishiga qanchalik to‘siq bo‘lmasin, tarixan baquvvat madaniyatga ega bo‘lgan xalq ma’naviy xayotini tamoman to‘xtatib qola olmadi. Xonliklarning yirik shaharlaridagi ko‘p sonli madrasa va masjidlar ilmu-xunar, axloq, ma’naviyat tarqatuvchi o‘choqlar edi.

Mavjud madrasa, maktab, machitu qiroatxonalar islom ta’limoti birinchi o‘rinda turar edi. Ilm maskanlari bo‘lgan madrasalarda talabalar diniy axloqiy kitoblardan tashqari til, adabiyot, matematika, mantiq tarix, geografiya, falakiyot kabi fanlarni xam o‘rganishar edilar. Ammo bu fanlarga, ayniqsa tabiiy fanlarga etibor diniy ta’limotni egallashga ruju qo‘yganiga nisbatan ancha sust edi. O‘rta Osiyoda jumladan O‘zbekistonda tarixnafislik, xattotlik, shoirlik ziyolilarimiz uchun qatiy xol xisoblangan, ular faqat bir soxa bilan shug‘ullanmaganlar. Ayrim tarixchilar esa mustaqil ravishda xarakat qilib, mavzu va davrlarni erkin tanlashgan, risolalar bitganlar. Har uchala xonlikda ham o‘z davrining yetuk tarixchi, shoir va adiblari ijod qilishgan. Xususan, Xiva xonligi (1512-1920 yy.)da tarixshunoslik maktabining asoschisi Abulg‘ozi Bahodirxon (1603-1664yy.) bo‘lib, u “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima” va “Money ul inson” nomli asarlarni yozib qoldirgan. Aynan, IX bobdan iborat “Shajarai turk” asari Xorazmning 1512-1663 yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‘ishlangan. Xuddi shuningdek, Xiva xonligida Xorazm tarixini yaratish bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirgan tarixchilar Shermuhammad Munis va Ogahiy Muhammad Rizo Ernazarbek o‘g‘li (1809-1874 yy.) dir. Munis Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asari “Firdavsul iqbol”ni yozadi. Uning bu ishini jiyani Ogahiy davom ettirib, “Shohidi iqbol” nomli tarixiy asarida xonlikning 1872 yilgacha bo‘lgan tarixini yoritib beradi.