Janubiy Amerika materigi geografik o'rni
MAVZU: JANUBIY AMERIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O’RNI, O’RGANISH TARIXI, GEOLOGIK TUZILISHI, FOYDALI QAZILMALARI. RELYEFI
Dunyodagi eng uzun va eng sersuv daryosi, eng baland va eng keng sharsharasi, eng katta iloni, eng mitti „odamxo‘r“ balig‘i, eng uzun tog‘i, eng katta daryo havzasi, eng balandda joylashgan chuchuk suvli katta ko‘li, eng baland harakatdagi vulqoni, eng qalin Amazoniya o‘rmonlari —„sayyoramiz o‘pkasi“ bor. Eng sernam materik.
Janubiy Amerika to‘liq G‘arbiy yarimsharda joylashgan. Uning shimoliy qismidan ekvator kesib o‘tadi. Shimoldan janubga 7 000 km, g‘arbdan sharqqa 5 000 km cho‘zilgan. U Amerika qit’asining bir bo‘lagi. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining chegarasi shartli ravishda Panama kanali orqali o‘tkaziladi. Materikni shimolda Karib dengizi, g‘arbda Òinch okean, sharqda esa Atlantika okeani suvlari yuvib turadi
JANUBIY AMERIKA
O‘rganilish tarixi Amerikaning kashf etilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. X. Kolumbgacha, ya’ni XV asrdan oldin Amerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar, skandinaviyaliklar, okeaniyaliklar borganligi haqida dalillar topilmoqda. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o‘zining „Hindiston“ asarida Amerika quruqligining mavjudligini X. Kolumb kashfiyotidan 450 yil oldin bashorat qilgan.