Janubiy Amerika xalqlari
Mavzu: Janubiy Amerika xalqlari Reja: 1. Janubiy Amerika xalqlarining etnik tarkibi. 2. Ekvatorial mintaqatadagi qabilalar. 3. Janubiy Amerika xalqlarining urf-odatlari.
Janubiy Amerikadagi And tog`larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya’ni juda katta hududda kechua til oilasiga mansub turli elat va qabilalardan tashkil topgan Ink davlati bo`lgan. Bu yerda I mingyillikdan kechua va aymara tillaridagi ko`plab mayda qabilalar yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, XIII asrga kelib shu qabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438-yildan qabilalar ittifoqiga bosh bo`ladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha elatlar unga bo`ysunib soliq to`lab turgan.
Machu-Pikchu — Perudagi 2438 metr balandlikda joylashgan, qadimiy inklarning yo‘qolgan shahri hisoblanadi. Taxminan 1440 - yilda inklar tomonidan asos solingan va 1532 - yilda to‘satdan huvillab bo‘shab qolgan shahar ancha vaqt kishilarning e'tiboridan chetda bo‘lgan. Tog‘ shamollarining yemirishi va o‘t- o‘lanlar qoplab olishi tufayli asta-sekin yo‘qlik tomon yuz tutgan shaharga 1911 - yilda amerikalik tarixchi olim Hayram Binghem duch keladi. 2007 - yil 7 - iyulda Machu-Pikchu jahonning yangi yetti mo‘'jizasidan biri sifatida tan olinadi. 13 - iyul kuni Peru prezidenti Alan Garsia bu kunni bayram sifatida nishonlash haqidagi farmonini imzolaydi.
Bugun Machu-Pikchu jahonning eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi: bu yerga Kusko shahridan poyezdda kelish mumkin, yo‘lga uch soatcha vaqt sarflanadi. Biroq toqqa piyoda chiqishni istaydiganlar ham bor, Inklar so‘qmog‘i bo‘ylab chiqish uchun bir necha sutka vaqt ketadi. Cho‘qqiga yetib borgan sayohatchilarni ibodatxonalar, uylar, omborlar, hattoki rasadxona qarshi oladi. Shuningdek, murg‘ak lamalar, alpaklar bilan uchrashib, o‘z chiroyi bilan inson qo‘li bilan yaratilgan har qanday narsadan ustun turuvchi And tog‘larining takrorlanmas manzaralariga guvoh bo‘lish mumkin. Gazeta.Ru Machu-Pikchuning betakror manzaralari aks etgan fotogalereyani e'lon qildi.
Ink davlatida politeistik (ko‘p xudolik) dinlari keng tarqalgan. Quyosh ibodati eng muhim hisoblangan, shuning uchun Sana Inka ham xudo darajasiga kolarilgan. Ona yerga, tabiatga siglnganlar, Makka va Kartoshka xudolari bolgan, ajdodlar arvohlariga ham siglnganlar. Katta bayramlarda yoki ofat kelsa asirlardan yoki bo‘ysundirilgan qabilalarning bolalaridan qurbonlik qilganlar. Kohinlar diniy marosimlardan tashqari astronomik kuzatishlarni ham olib borganlar. Inklarda ikki xil yil hisobi – Quyosh (366 kun) va Oy (354 kun) kalendari bolgan. Tarix va genealogiya bilan shug ` ullanuvchi maxsus donishmand (amauta) lar bo ` lgan. Tabibchilikdan tashqari xirurgiya tajribasiga ega bolganlar, trepanatsiya qilishni bilganlar, ieroglif yozuvi bilan birga o'ziga xos rangli iplardan tuzilgan tugma yozuv ham bo'lgan. Ammo noyob yozuv namunalarini ispan istilochilari butunlay yo'q qilganlar.