Konstitutsiya turlari
KON STITUTSI YA TURLARI
RE JA: • 1. Konstitutsiyani kelib chiqishi, turkumlash (turlarga) bo’lish (klassifikatsiyalash) va Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyasi. • 2. Konstitutsiyaning mohiyati funksiyasi va tuzilishi. • 3. Formal va moddiy Konstitutsiya. Yuridik va amaliy Konstitutsiya.
• “ Konstitutsiya” atamasi lotincha so’zdan olingan bo’lib “o’rnatish”,”belgilsh” degan ma’noni anglatadi hamda u o’zining uzoq tarixiga ega. Dastlab “konstitutsiya” iborasi siyosiy tuzum ma’nosini anglatib, XVIi asrda fransiyada atama renta hamda renta shartnomasiga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik “Konstitutsiya” so’zi o’zining asl ma’nosiga qaytib, ushbu atama bilan huquqiy tamondan belgilab qo’yilgan davlat tuzumi nomlana boshlagan. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida esa “Konstitutsiya” iborasi orqali “davlatning ahvoli” ifodalangan. • O’rta asrda sharqda “Konstitutsiya’ iborasining aynan o’zi bevosita ishlatilmagan bo’lsada, lekin XV-XVI asrlarda amir Temur va temuriy davlatning asosiy xususiyatlarini o’zida aks ettiruvchi “Temur tuzuklari” sharqona huquqiy madaniyatga monand konstitutsiyaviy hujjat edi. • Konstitutsiya huquqning paydo bo’lishiga va tariqqiyottiga bir qator konstitutsiyaviy ahamiyatga molik hujjatlar katta ta’sir ko’rsatgan. • Bunday hujjat jumlasiga 1215 yilda angliyada qabul qilingan “Erkinliklarnng buyuk xaritiyasi”,1697 yilgi “XABEAS KORPUS AKT”(“HABEAS CORPUS ACT”) VA boshqa bir qator hujjatlar kiradi. Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlar hozirgi kunda ham Buyuk britaniyada amaldagi konstitutsiyaviy hujjatlardan bo’lib hisoblanadi. Shunday qilib konstitutsiyaviy huquq fani o’ziga xos tarixiy taraqqiyot davomida vujudga keladi.
• Birinchidan dastlabki konstitutsiyaviy ahamiyatga molik hujjatlar. Masalan,AQSH ning 1776 yilgi ‘Mustaqillik deklaratsiyasi” va 1789 yilgi “Inson va Fukaro huquqlari fransuz deklaratsiyasi”ni misol qilib ko’rsatish mumkin. Amerikaning mustaqillik Deklaratsiyasida ilk bora “xalq davlat hokimyatining manbaidir”degan konstitutsiyaviy qoida mustahkamlangan edi.Fransuz Deklaratsiyasining 16 moddasida esa “Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari va hokimyat vakolatlarini taqsimlash prinsipiga ega bo’lmagan xalq konstitutsiyasiga ega bo’lmaydi”deb takidlangan. • “ O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi dunyoga kelishiga asosan ikki omil sabab bo’ladi. Shulardan biri jamiyatning bozor munosabatlari tomon tutgan yo’li, yangi taraqqiyotdagi umumiy qonuniyatlar va yo’nalishlariga muofiq ravishda O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi bo’ldi.. O’zbekistoning davlat mustaqilligi O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishni takazo etgan ikkinchi omil bo’ladi”¹