logo

Koreya Respublikasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

15859.444335938 KB
Korey a Respublik asi  Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм    
Maydoni – 99,4 ming km².
  Aholisi (2018-y) – 51,8 mln.
  Poytaxti – Seul                  Yarimorol mamlakati, qadimgi platforma, tog‘li 
               relyef, yer resurslarining taqchilligi, aholi 
               zichligi, bir millatli davlat, yangi industrial 
               mamlakat, iqtisodiy o‘sish.   Koreya Respublikasi Sharqiy Osiyoda, Koreya 
yarimorolining janubiy qismida joylashgan.    Qirg‘oqlari sharqdan Yapon dengizi (Koreyada Sharqiy dengiz 
deb ataladi), g‘arbda Sariq den giz (Koreyada G‘arbiy dengiz 
deb nomlanadi), janubda Koreya bo‘g‘izi va Sharqiy Xitoy den	
 
gizi (Koreyada Janubiy dengiz deb ataladi) suv	
 lari bilan 
yuviladi. 
Sariq dengiz
Sharqiy Xitoy den	
 gizi Koreya bo‘g‘izi  Yapon dengizi         Koreya Respublikasi shimolda Koreya Xalq Demokratik 
Respublikasi (KXDR) bilan chegaradosh. Koreya 
Respublikasiga 3 000 taga yaqin orollar tegishli bo‘lib, 
ulardan eng yirigi – Chedjudo oroli hisoblanadi. 
Chedjudo oroli Chegara     Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. 
Koreya Respublikasi prezidenti  
Mun Chje-inKoreya Milliy Assambleyasi     Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. Ma’muriy-
hududiy jihat dan 9 ta provinsiya, provinsiyaga 
tenglashtirilgan 6 ta shahar va alohida maqomga ega 1 ta 
shaharga bo‘lingan unitar davlat hisoblanadi. Poytaxti – Seul 
– mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan (60-rasm). 
 
Poytaxti – Seul shahri    Tabiiy  sharoit i v a resurslari. 
Koreya Respublikasi qadimgi platfor mada joylashgan bo‘lib, relyefi, 
asosan, kuchli parchalangan o‘rtacha balandlikdagi tog‘lardan iborat 
(61-rasm). Relyefining tog‘liligi hisobiga Koreya Respublikasida 
dehqonchilikka yaroqli yerlar ko‘p emas va bu holat koreyaliklarni 
yerdan unumli foydalanishga undaydi.  Sharqiy Koreya tog‘lari     Foydali qazilmalardan mamlakatda ko‘mir, volfram, 
temir, rux, qo‘rg‘oshin, oltin konlari bor, lekin zaxiralari 
nisbatan kam bo‘lganligi tufayli Koreya Respubli kasi 
turli xomashyolarga bo‘lgan ehtiyojini ko‘proq import 
hisobiga qondiradi. 
temirvolframko‘mir
qo‘rg‘oshin oltinrux         Koreya iqlimi, asosan, mo‘tadil bo‘lib, musson 
shamollari ta’sirida shakllanadi. Yoz issiq va nam bo‘lib, 
uzoq davom etadi, qish esa uncha sovuq emas, lekin 
quruq.
yoz
qishMo‘tadil-musson
Subtropik-musson        Daryolar sersuv, energetik imkoniyatlarga boy. Eng yirik 
daryolar – Naktongan va Xangan. 
Naktongan
Xangan       Eng yirik daryolar – Naktongan va Xangan. Hududining 
katta qismini ara lash ignabargli va keng bargli 
o‘rmonlar egallagan. 
Aralash ignabargli 
o‘rmon Subtropik o‘rmon     Aholisi. 
Koreya Respublikasida 
51 mln. kishidan ziyod 
aholi yashaydi 
(2018-y.). 
Koreya Respublikasi 
aksari yat Osiyo 
mamlakatlaridan aholi 
tabiiy ko‘payishining 
past darajasi bilan 
ajralib turadi 
(yiliga 0,1–0,2 %).     Mamla kat aholisining dinamikasiga ijobiy balansga ega 
bo‘lgan tashqi migratsiya ham ta’sir ko‘rsatmoqda.    Koreya Respublikasi yuqori urbanizatsiyalashgan davlat, 
aholisining 80 % dan ziyodi shaharlarda istiqomat qiladi. Eng 
yirik shaharlari qato riga, Seuldan tashqari, Pusan, Tegu, 
Inchxon, Kvanchju va Tedjon kiradi.
TedjonKvanchju TeguPusanSeul
Inchxon         Koreya Respublikasi aholisining etnik tarkibi jihatidan 
bir millatli davlat hisoblanadi. Jami aholining deyarli 99 
% ini koreyaliklar tashkil qiladi. Keng tarqalgan dinlar 
buddizm va xristianlik hisoblanadi.    Koreya Respublikasida 
aholi zichligining 
o‘rtacha ko‘rsatkichi 
ancha yuqori bo‘lib, 1 
km2 maydonga 500 
kishidan ko‘proq aholi 
to‘g‘ri keladi. 
Mamlakatning relyefi 
nisbatan tekis bo‘lgan 
g‘arbiy va janubiy 
dengizbo‘yi hududlarida 
aholi zichligi juda yuqori 
darajada.   Iqt isodiy ot i.  
  Koreya Respublikasi 1980-
yillardan boshlab ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishda ulkan 
yutuqlarga erishdi. Bu o‘sish, 
ayniqsa sanoat sohasida ko‘zga 
tashlanadi, shuning uchun ham 
Koreya Respublikasi yangi 
industrial (sanoatlashgan) 
mamlakatlar guruhiga kiritiladi. 
Hozirgi kunda Koreya 
Respublikasi YIM hajmi bo‘yicha 
jahon mamlakatlarining birinchi 
o‘n beshtaligiga kiradi.  
Pul birligi - Von     Sanoatning eng muhim tarmoqlari avtomobilsozlik, 
kemasozlik, elektrotexnika, elektronika, atom 
energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, yengil 
sanoati hisoblanadi (62-rasm). 
metallurgiyaatom energetikasi kimyo va neft-kimyo
yengil sanoatavtomobilsozlik kemasozlik elektrotexnika elektronika           Xususan, kemalarni ishlab chiqarish bo‘yicha 
mamlakat jahonda birinchi o‘rinda turadi.    Shuningdek, po‘lat, cho‘yan, rux, qo‘rg‘oshinni eritish, 
avtomobillar va ularning eh tiyot qismlari, polimer 
mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Koreya 
Respublikasi jahonning birinchi beshtaligiga kiradi.    Koreya Respublikasi «Samsung-Electroniks», «Posko» va 
boshqa dunyoga mashhur transmilliy 
korporatsiyalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.    Dehqonchilikda sholichilik, sabzavotchilik, mevachilik va 
uzumchilik muhim ahamiyatga ega.    Chorvachilik tarmoqlaridan sut-go‘sht chorvachiligi, 
qoramolchilik va cho‘chqachilik rivojlangan.    Koreya Respublikasi eksport hajmi bo‘yicha 
jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga 
kiradi.    O‘zbekiston uchun ham muhim savdo hamkori hisoblanadi. 
2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi 
bo‘yicha O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida Xitoy, 
Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan keyin 5-o‘rinni egal lagan, 
import hajmi bo‘yicha esa Xitoy va Rossiyadan keyin 3-o‘rinda 
turadi.    © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. 
Fedorko  – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- 
sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – 
“O‘zbekiston” – 2019

Korey a Respublik asi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Maydoni – 99,4 ming km². Aholisi (2018-y) – 51,8 mln. Poytaxti – Seul

Yarimorol mamlakati, qadimgi platforma, tog‘li relyef, yer resurslarining taqchilligi, aholi zichligi, bir millatli davlat, yangi industrial mamlakat, iqtisodiy o‘sish.

Koreya Respublikasi Sharqiy Osiyoda, Koreya yarimorolining janubiy qismida joylashgan.

Qirg‘oqlari sharqdan Yapon dengizi (Koreyada Sharqiy dengiz deb ataladi), g‘arbda Sariq den giz (Koreyada G‘arbiy dengiz deb nomlanadi), janubda Koreya bo‘g‘izi va Sharqiy Xitoy den gizi (Koreyada Janubiy dengiz deb ataladi) suv lari bilan yuviladi. Sariq dengiz Sharqiy Xitoy den gizi Koreya bo‘g‘izi Yapon dengizi