logo

Hindiston Respublikasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19776.505859375 KB
Mavzu: 
Hindiston 
Respublikasi Hindiston  Respublikasi  Janubiy  Osiyodagi  eng  yirik  davlat,  jahon 
mamlakatlari  orasida  maydoni  bo‘yicha  7-o‘rinda,  aholi  soni  bo‘yicha  2-
o‘rinda turadi (2018-y.). Geografik o‘rni 
Maydoni –  3284,2  ming  kv. k m .
Aholisi (2018) –  1371  mln.  kishi
Poytaxti –  DehliHududi,   asosan,  Hindisto n 
yarimorolida   joylashgan  bo‘lib, 
shimoldan  janubga  3,2  ming  km, 
g‘arbdan  sharqqa  2,9  ming  km 
masofaga cho‘zilgan.  i9 presentation to Joe 
Smith3 Hindistonga Lakkadiv, Andaman va Nikobar orollari ham qarashlidir.  
Hindiston Yevropa  va  Osiyo  mamlakatlarini  bog‘laydigan  serqatnov dengiz 
yo‘llari  bo‘yida  joylashganligi  iqtisodiy  geografik  o‘rnining  qulayligini 
belgilaydi. Geografik o‘rni                   Boshqaruv shakli va hududiy bo‘linishi
Hindiston  boshqaruv 
shakli  parlamentar 
respublikadir.  Siyosiy-
hududiy  tuzilishiga  ko‘ra, 
federativ davlat hisoblanadi. 
Uning  tarkibida    29  ta  shtat 
va  7  ta  ittifoqdosh  hududlari 
  mavjud.  Federatsiya 
birliklari,  asosan,  etnik 
tamoyil bo‘yicha ajratilgan. Hindiston  tabiiy  sharoiti  xilma-xil, 
tabiiy  resurslariga  ancha  boy.  Uning 
hududida  sayyoramizdagi  eng  baland 
tog‘lar,  qalin  o‘rmonlar,  savannalar  bilan 
qoplangan  parchalangan  yassi  tog‘liklar, 
bepoyon  qumli  cho‘llarni  uchratish 
mumkin. Tabiiy sharoiti
Uning  yerosti  qazilma  boyliklari  ham  xilma-xil.  Temir,  marganes, 
xrom,   titan,  uran,  toriy  rudalari,  ko‘mir,  olmos,  turli  qimmatbaho  toshlar 
zaxiralari  ancha  kattadir.  Hindistonning  t urli  hududlari  hamda  dengiz 
sayozliklaridan neft topilgan.     Tabiiy sharoiti 
Mamlakatning  shimol 
tomondan  baland  Himolay  tog‘lari 
bilan  o‘ralganligi  iqlimiy  sharoitiga 
katta  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Hindiston 
hududida  qish  fasli  deyarli 
kuzatilmaydi  (Himolay  tog‘laridan 
tashqari).  Shu  sababdan  Hindiston 
dehqonlari  yiliga  2–3  marta  hosil 
yig‘ishlari  mumkin.  Yog‘ingarchilik 
mavsumiy  xarakterga  ega  bo‘lib, 
asosan,  iyun–oktabr  oylarida  ko‘p 
yog‘adi.  Ichki suvlari
Hindiston  hududida 
sersuv  daryolar  ko‘p.  Ulardan 
eng  yiriklari  Himolay  tog‘laridan 
boshlanib,  Bengaliya  qo‘ltig‘iga 
quyiladigan  Gang  va 
Braxmaputra  daryolari.  Shu 
bilan  birga  Godavari, 
Maxanadi,  Kaveri,  Krishna, 
Narmada  va  Tapti  ham  yirik 
daryolar hisoblanadi.  Aholisi
Hindiston  aholi  soni  jihatidan 
jahonda  Xitoydan  keyingi  ikkinchi 
o‘rinni  egallaydi  (2018-y.).  Lekin 
Hindiston  aholisining  tabiiy  o‘sish 
sur’atlari  Xitoyga  nisbatan  ancha 
yuqoriligi  hisobiga  ikki  mamlakat 
orasida  aholi  sonidagi  farq  borgan 
sari  qisqarib  bormoqda.  Shuning 
uchun,  mutaxassislarning  fikricha, 
yaqin  yillarda  Hindiston  jahonning 
aholisi    eng  ko‘p  bo‘lgan  davlatiga 
aylanadi. Milliy tarkibi
Hindiston jahondagi eng ko‘p millatli davlatdir. Aholisining etnik 
tarkibi  juda  murakkab.  Unda  yashayotgan  millat,  elat  va  qabilalar 
turli  til  oilalariga  mansub.  Hindlar,  bengallar,  telugular,  panjobliklar, 
tamillar  eng  ko‘p  sonli  millatlar  hisoblanadi.  Hindlarning  jami 
aholidagi ulushi 40% dan biroz balandroq.  ПРВ
Aholining  diniy  tarkibi  ham  ancha  murakkab.  Aholining  80%  i 
induizm  diniga  e’tiqod  qiladi.  Ikkinchi  o‘rinda  musulmonlar  turadi.  Ular 
mamlakat  aholisining  13  %  ini  tashkil  qiladi.  Shuningdek,  Hindistonda 
xristianlar, sikxlar, buddistlar va boshqa din vakillari ham yashaydi. Diniy tarkibi ПРВ
Mamlakatning  urbanizatsiya  darajasi  u  qadar  yuqori  emas. 
Hozir  mamlakat  aholisining  1/3  qismi  shaharlarda  yashaydi. 
Shaharlari  orasida  Mumbay  (Bombey),  Kolkata  (Kalkutta),  Dehli, 
Bangalor,  Chennay  (Madras),  Haydarobod, Ahmadobod  eng  yiriklari 
hisoblanadi.  Urbanizatsiya darajasi ПРВ
Hindiston  aholisi  ancha 
notekis  joylashgan.  Aholi 
zichligi  Gang  vodiysi  va 
dengizbo‘yi  tekisliklarida  juda 
yuqori  darajada  bo‘lsa, 
Himolay  tog‘lari  yonbag‘irlari, 
mamlakatning  shimoli-g‘arbiy 
va  markaziy  qurg‘oqchil 
hududlarida  esa  ancha  siyrak 
joylashgan. Aholining joylashuvi  ПРВ
Iqtisodiyoti 
Hindiston  jahonda  yalpi  ichki  mahsulot  hajmiga  ko‘ra  AQSH  va 
Xitoydan  keyingi  3-o‘rinda  turadi  (2017-y.)  va  tayanch  rivojlanayotgan 
mamlakatlardan biri sanaladi.
Hindistonni ko‘pincha  “ tafovutlar mamlakati ”  deyishadi, chunki  unda  
boylik bilan kambag‘allik, eng zamonaviy ishlab  chiqarish korxonalari 
bilan   natural   ishlab   chiqarishga asoslangan oddiy xo‘jaliklar uyg‘unlashib 
ketgan.    Sanoati 
Hindiston  yengil  va  oziq-ovqat  sanoatiga  ixtisoslashgan 
mamlakatdan  tobora  zamonaviy  og‘ir  sanoat  tarmoqlari  rivojlangan 
mamlakatga  aylanib  bormoqda.  Hindiston  iqtisodiyotining  asosini 
metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoati tashkil etadi.  Sanoati 
Hindiston  ko‘mir  va  temir  rudalari,  osh  tuzini  qazishda,  po‘lat, 
cho‘yan,  mis,  alyumimiy,  sement,  ip-gazlama,  poyabzal  ishlab   
chiqarishda  jahon  mamlakatlarining  birinchi  beshtaligiga  kiradi.   
Bangalor  shahri  butun  dunyoga  mashhur  zamonaviy  axborot 
texnologiyalarning markazi hisoblanadi.   ПРВ
Qishloq xo‘jaligida jami band aholining 40% iga yaqin qismi ishlaydi. 
Tabiiy sharoitining qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ancha 
qulayligi sababli hududining yarmidan ko‘pi ekin maydonlariga 
aylantirilgan. Qishloq xo‘jaligi
Ekin  maydonlarining kattaligiga ko‘ra, u jahonda AQSHdan keyingi   
2 - o‘rinda turadi. Sug‘oriladigan maydonlarining hajmiga ko‘ra ,  Hindiston 
faqat Xitoydan keyin turadi. ПРВ
Hindiston  sholi,  bug‘doy,  kartoshka,  shakarqamish,  yeryong‘oq, 
sabzavot,  meva,  paxta,  choy,  murch,  turli  dorivor  ekinlar  yetishtirish 
bo‘yicha jahon mamlakatlarining yetakchi uchtaligiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi   Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. Darslikdagi “Hindiston Respublikasi” mavzusini o‘qing.
2.  Mavzu  yuzasidan  berilgan  savollarga  javob  yozing  va 
Hindiston Respublikasi haqida qiziqarli ma’lumotlar yozing.

Mavzu: Hindiston Respublikasi

Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyodagi eng yirik davlat, jahon mamlakatlari orasida maydoni bo‘yicha 7-o‘rinda, aholi soni bo‘yicha 2- o‘rinda turadi (2018-y.). Geografik o‘rni Maydoni – 3284,2 ming kv. k m . Aholisi (2018) – 1371 mln. kishi Poytaxti – DehliHududi, asosan, Hindisto n yarimorolida joylashgan bo‘lib, shimoldan janubga 3,2 ming km, g‘arbdan sharqqa 2,9 ming km masofaga cho‘zilgan.

i9 presentation to Joe Smith3 Hindistonga Lakkadiv, Andaman va Nikobar orollari ham qarashlidir. Hindiston Yevropa va Osiyo mamlakatlarini bog‘laydigan serqatnov dengiz yo‘llari bo‘yida joylashganligi iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi. Geografik o‘rni

Boshqaruv shakli va hududiy bo‘linishi Hindiston boshqaruv shakli parlamentar respublikadir. Siyosiy- hududiy tuzilishiga ko‘ra, federativ davlat hisoblanadi. Uning tarkibida 29 ta shtat va 7 ta ittifoqdosh hududlari mavjud. Federatsiya birliklari, asosan, etnik tamoyil bo‘yicha ajratilgan.

Hindiston tabiiy sharoiti xilma-xil, tabiiy resurslariga ancha boy. Uning hududida sayyoramizdagi eng baland tog‘lar, qalin o‘rmonlar, savannalar bilan qoplangan parchalangan yassi tog‘liklar, bepoyon qumli cho‘llarni uchratish mumkin. Tabiiy sharoiti Uning yerosti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir, marganes, xrom, titan, uran, toriy rudalari, ko‘mir, olmos, turli qimmatbaho toshlar zaxiralari ancha kattadir. Hindistonning t urli hududlari hamda dengiz sayozliklaridan neft topilgan.