Lider bo’lish tavsiyalari munosabat va qoidalari


Mavzu: Lider bo’lish tavsiyalari munosabat va qoidalari .
Reja: 1. Liderlik tushunchasi; 2. Lider bo’lish tavsiyalari; 3. Lider bo’lish munosabat va qoidalari .
Liderlik t ushunchasi Liderlik (inglizcha: leader — yetakchi , boshlovchi soʻzidan) — umumiy bir ishni bajarishda boshqalarning yordami va haraktini birlashtiruvchi ijtimoiy taʼsir jarayoni. Lider bo’lish uchun tanlangan direktor yoki bosh menedjer bo’lish shart emas. Lider yoxud yetakchi — bu boshqalar uning tendentsiyalari va g’oyalari ortidan intilishni istaydigan shaxsdir. Liderlikka vaqtincha erishish ham mumkin, ammo haqiqiy liderni keyingi olg’a qadamlar bilan o’zgartirib bo’lmas sodiqlik ajratib turadi
Liderlikni tadqiqot qilish bir necha bosqichlarni o’tgan. Birinchi bosqich olimlari samarali lider ega bo’lishi lozim bo’lgan hususiyatlarni aniqlashga urinishlari bilan tavsiflanadi. Biroq bu nazariya amaliyotda yetarli natijalar bermadi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, bir xil muvaffaqiyatga erishgan liderlar turli hususiyatlari bilan ajralib turgan. Bundan tashqari liderlik hususiyatlarining ro’yxati juda uzun bo’lib, amalda hyech bir inson bu hususiyatlarga to’liq ega bo’lishi mumkin emas. Tashkilotda liderlar katta hokimiyatga ega bo’ladilar. Hokimiyatga kuch, yolg’on ishlatib yoki tasodifan erishish mumkin bo’lsa-da, hokimiyat har doim ham liderlikka olib kelmaydi. Lekin, aksincha, liderlik hokimiyatga erishish vositasidir. Yevropa an’analariga ko’ra hokimiyat tabiatini tadqiqot qilish N.Makiavelli va uning mashhur “Hukmdor” asari bilan bog’liq. Makiavelli hokimiyat, ayniqsa, bir holatdan ikkinchisiga o’tishda muhim ahamiyatga ega, chunki bunda inson tafakkuri ham qayta shakllanadi deb hisoblagan. Bu jarayonlar qarshilikni yuzaga keltiradi, bu qarshilikni yengish uchun esa hokimiyat zarur.