M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asari
Mavzu: M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asari
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asari Reja: 1. Mahmd Qoshg’ariy haqida ma’lumot 2. ”Devonu lug’atit turk” asarida maqol va matallarning berilishi 3. ”Devonu lug’atit turk” asarida berilgan maqol va matallar
Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga maʼlum maʼlumotlarga koʻra, u Qoraxoniylar davlatida, qoraxoniylar sulolasiga aloqador zodagon oilada tugʻilgan. Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan, pirovardida Bag’dodga yetib borgan. Koshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror qilgan. „Devoni lugʻatit turk“ ustida 1072-yilda ishlay boshlagan. (ayrim nabbalarda, jumladan, O’zbekiston milliy ensiklopediyasida shu yili asarni yakunlagan, deb xato koʻrsatilgan). Asarning oʻzida keltirilgan maʼlumotga koʻra, 1075-94-yillarda asarning toʻrt nashrini tayyorlagan.
DLTda Kichikda qat ы g`lansa, ulg`azu sevnur (DLT, 11, 311). Bu maqol yoshlikda tirishib, harakat qilgan odam katta bo`lgach sevinadi, degan ma`noga ega. Mehnatsevarlikka undab aytilgan bu maqol hozirgi kunda Mehnatning tagi rohat yoki Mehnat qilsang, rohat ko`rasan; Mehnat – rohatning poydevori; Mehnat – farog`at chirog`i kabi maqollar (NShD, 168-169; O`TPL, 142-143; O`XM, 1, 271- 272)ga semantik jihatdan mos keladi. DLTdagi maqol tarkibida qo`llangan kichik aslida belgi anglatuvchi so`z bo`lib, bu so`z maqolda konversiya natijasida otga ko`chgan va “yoshlik” ma`nosida qo`llangan. Bu so`z XI asrda ko`p ma`nolik xususiyatga ega bo`lib, qadimgi yodnomalarda kichiglik, kichig tut shakllarida ham uchrab, bosh leksik ma`no bilan bog`liq holda yoshlik, bolalik, bir oz, kam, kamtarlik kabi ma`nolarni ham ifodalagan (DTS, 306). Keyinchalik kichik so`zinring ma`no doirasi toraygan. XV-XVI asrlardayoq bu so`z go`daklik yoshiga nisbatan qo`llana boshlagan edi. Kichik leksemasi hozirgi o`zbek adabiy tilida hajm-o`lchovi normal darajadan past, kattaning aksi ma`nosi bilan birlashadi, vobasta bo`ladi (O`TSIL, 87). Keyinchalik davrlar o`tishi bilan hozirgi o`zbek adabiy tilida umuman yoshlik ma`nosida qo`llangan kichik+lik, yigit+lik so`zlari ma`no jihatdan differentsiallashgan, degan xulosaga kelish mumkin.
„ Devonu lugotit turk“ʻ ( arabcha : كرتل uuاتا uغuuلن uاويد ; tarjimasi „Turkiy sozlar devoni“) — Mahmud Koshg’ariyning turkiy ʻ tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72). Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Garbiy Xitoy hududida ʻ istiqomat qilgan turkiy urug va qabilalar, ularning ijtimoiy ʻ ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geogr.si, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma lumotlar yozib qoldirilgan. ʼ „Devonu lugotit turk“ning qolyozmasi 1914-yil Turkiyaning ʻ ʻ Diyorbakr sh.dan topilgan. 319 sahifali bu qolyozma ʻ hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa „D.t.l.“ yozilganidan salkam 200 yildan keyin, ya ni Mahmud Koshgariyning oz ʼ ʻ ʻ qoli bilan yozilgan nusxadan 1266-yilda kotib Muhammad ʻ ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy aldamashqiy tomonidan kochirilgan. ʻ