Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash.
Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash.
Reja: Baholash va uning ahamyati Baholash tamoyillari Baholashning reyting tizimi.
Baholash va uning ahamiy at i. Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda o’quv materialining o’zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo’ladi. Baholash natijasida, ta’lim beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi o’quv materiali yaxshi o’zlashtirilganu, qaysi biri hali yetarli darajada yoki umuman o’zlashtirilmaganligi ma’lum bo’ladi. Bu ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ta’lim beruvchi o’z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O’z ishi metodlariga tuzatishlar kiritadi. Shuningdek, baholash natijalari ta’lim beruvchining o’quv dasturidagi materiallarni ta’lim oluvchining bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqilishi va baholanishi uchun ham juda muhimdir . Baholash nitijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi birlari esa oson o’zlashtirilishi aniq va ravshan bo’ladi. Bu ta’lim oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko’rishi va o’quv mashg’ulotini o’tkazishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchi ham ta’lim jarayonida qaysi o’quv materialini yaxshi, qaysisini qoniqarli va nimani yomon o’zlashtirgani ma’lum bo’ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o’z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to’g’ri baholashga qodir emas.
N ima uchun baholash k erak ? o’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun; k ey ingi bosqi chga o’t ishdan oldin, av v algi o’zlasht iri sh darajasini aniqlash uchun; nat i jaga erishganli gini t asdiql ash uchun ; t alabalarning qiziqishlarini aniql ash uchun;y ut uq v a k amchilik larni aniqlash uchun ;o’qit uv chi o’z faol iy at i ga t uzat ishlar k irit ishi uchun ;y alpi o’zl asht irish darajasini aniqlash uchun;
N imani baholash k erak ? nazariy bilimlarni; amaliy ko’nikma va malakalarni; xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni;