logo

Moddalar almashinuvi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6269.236328125 KB
Moddalar almashinuvi •
Hujayralarning 
hayot faoliyati bir 
me’yorda kechishini 
ta’minlash uchun 
ularda to‘xtovsiz  
ravishda biosintez 
yoki biologik sintez 
jarayonlari amalga 
oshiriladi. •
Tirik organizmlar tarkibidagi 
turli-tuman kimyoviy 
moddalar xilma-xil 
reaksiyalar natijasida doimiy 
ravishda o‘zgarib turadi. Bu 
jarayon  moddalar 
almashinuvi  yoki  me t abolizm  
deb ataladi. Moddalar 
almashinuvi tirik 
organizmning yashashi, 
o‘sishi, hayot faoliyati, 
ko‘payishi va tashqi muhit 
bilan doimo aloqada 
bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa 
tirik organizmlarning o‘zini-
o‘zi yangilashiga, o‘ziga 
o‘xshash nasl qoldirishiga 
olib keladi, ularning yashashi 
uchun zarur shart 
hisoblanadi.  •
Moddalar almashinuvi 
jarayonida tirik organizm 
tashqi muhitdan turli-tuman 
moddalarni qabul qiladi. 
Hayotiy hodisalar asosan 
moddalar almashinuvi tufayli 
namoyon bo‘ladi. Tirik 
organizmlar tomonidan 
o‘zlash tirilishi ya’ni 
ozuqaning hazm bo‘lishi 
moddalar almashinuvining 
dastlabki bosqichi, hayot 
faoliyati natijasida hosil 
bo‘lgan keraksiz 
mahsulotlarning tashqariga 
chiqarilishi esa oxirgi bosqich 
hisoblanadi. •
Moddalar almashinuvi bir-biriga 
qarama qarshi, lekin o‘zaro 
bog‘langan ikki jarayonni o‘z 
ichiga oladi. Bular assimilatsiya 
yoki  anabolizm  va dissi-milatsiya 
yoki  k at abolizm  reaksiyalaridan 
iborat. •
Anabolizm jarayonida tirik organizmlarda moddalarning 
hosil bo‘lishi ya’ni sintezlanish jarayoni kuzatiladi. Bunda 
organizm tashqi muhitdan har xil moddalarni qabul 
qiladi va uni o‘zlashtiradi. Masalan, odam hayot faoliyati 
tufayli 1 yilda taxminan 1,5 tonna ozuqani o‘zlashtirishi 
aniqlangan. Bu bir kunda o‘rtacha 0,86 kg kislorod, 2,1 
kg suv, 0,81 kg organik mod dal ar va 0,1 kg mineral 
tuzlarga teng keladi. odam tomonidan iste’mol 
qilinadigan bir kunlik ozuqaning energiyasi — 3000 
kilokaloriyaga teng keladi. Katabolizm jarayonida 
moddalarning parchalanishi va ularda to‘p langan 
energiyaning ajralishi kuzatiladi. Moddalarning 
parchalanishi kislorod ishtirokida oksidlanishi bi lan va 
kislorodsiz muhitda — achish jarayonida amalga 
oshiriladi. Natijada ajralib chiqqan energiya 
organizmning nafaqat faol holatidagi hayotiy vazifalarni 
bajarishga, balki tinch holatdagi talablarini qondi rish 
uchun ham sarflanadi. •
Fermentlar yordamida oddiy kichik molekulali 
moddalardan murakkab yuqori molekulali 
birikmalar: aminokislotalardan oqsillar, 
monosaxaridlardan esa murakkab karbonsuvlar 
hosil bo‘ladi.  Azot  asoslari nukleotidlar hosil 
qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein kislotalar 
shakllanadi. •
Xuddi shu tartibda 
oddiy yog‘lardan 
murakkab yog‘lari 
paydo bo‘ladi. Ular 
glitserin moddasi bilan 
reaksiyaga kirishib 
yog‘larni va moylarni 
hosil qiladi. Biosintetik 
reaksiyalar har bir 
individ va turga xos 
bo‘lgan xususiyatlar 
asosida farqlanib turadi. •
Natijada oqsil-fermentlar yorda mida hosil 
bo‘ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi DNK 
tartibidagi nukleo tidlarning ketma-ketligi bilan 
aniqlanadi. Bu esa o‘z navbatida mazkur 
hujayraning genlar to‘plami — genotip bilan 
bog‘liq. •
Hosil bo‘lgan moddalar 
o‘sish jarayonida hujayra 
va ularning organoid larini 
hosil qilish hamda 
sarflangan yoki 
parchalangan 
molekulalarni tiklash 
uchun ishlatiladi. Barcha 
sintez (hosil qiluvchi) 
reaksiyalarida energiyani 
sarflash ro‘y beradi. 
Parchalanish 
reaksiyalarida esa 
aksincha, energiya ajralib 
chiqadi.  Savol va topshiriqlar
•
Moddalar almashinuvi deganda nima  
tushuniladi?
•
Moddalar almashinuvi qanday 
bosqichlardan iborat?
•
Moddalar almashinuvining qaysi 
bosqichida  energiya  ajralib chiqadi?

Moddalar almashinuvi

• Hujayralarning hayot faoliyati bir me’yorda kechishini ta’minlash uchun ularda to‘xtovsiz ravishda biosintez yoki biologik sintez jarayonlari amalga oshiriladi.

• Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu jarayon moddalar almashinuvi yoki me t abolizm deb ataladi. Moddalar almashinuvi tirik organizmning yashashi, o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishi va tashqi muhit bilan doimo aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning o‘zini- o‘zi yangilashiga, o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishiga olib keladi, ularning yashashi uchun zarur shart hisoblanadi.

• Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan turli-tuman moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi. Tirik organizmlar tomonidan o‘zlash tirilishi ya’ni ozuqaning hazm bo‘lishi moddalar almashinuvining dastlabki bosqichi, hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan keraksiz mahsulotlarning tashqariga chiqarilishi esa oxirgi bosqich hisoblanadi.