logo

Qonning tarkibi va shaklli elementlari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

954.7001953125 KB
Mavzu: Qonning 
t ark ibi va shak lli 
e le me nt lari Reja
◦
1.Qon plazmasi
◦
2.Qonning shaklli elementlari
◦
3.Eritrotsitlar, leykotsitlar
◦
4. Trombotsitlar ◦
Probirkaga bir 
tomchi geparin 
moddasini tomizib, 
ustiga 2—3 ml qon 
quyib, sentrifugada 
bir necha minut 
davomida 
aylantirilsa, u ikki 
qismga: ustki 
qismida rangsiz qon 
plazmasiga, pastki 
qismida esa qonning 
qizil rangdagi quyuq 
qismi — shaklli 
elementlariga 
ajraladi. ◦
Qon plazmasi.  Qon plazmasi tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, 
gormonlar, fermentlar, antitelolar  bo‘ladi. Plazma tarkibida o‘rtacha 90—92 % suv, 
7—8 % oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glukoza, 0,8 % yog‘ bo‘ladi. ◦
Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o‘tadi va 
o‘zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo‘lgan qoldiq 
moddalar  qonga  o‘tib,  ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib 
yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda 
moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida va antitelolar organizmni 
yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun 
ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo‘llaniladi. ◦
Erit rot sit l ar (qi zil qon t anachalari).  Eritrotsitlar suyaklarning ko‘mik qismida 
hosil bo‘ladi. Yetilmagan yosh eritrotsitlarda boshqa hujayralardagi singari 
yadro bo‘ladi. Yetilgan eritrotsitlarda yadro yo‘qoladi, ya’ni odamning qoni 
tarkibidagi eritrotsitlar yadrosiz bo‘ladi. Ular o‘rtasi ozroq botiq, yumaloq 
shaklga ega. 1 mm 3
 qonda 4—6 million, o‘rtacha 5 million dona eritrotsit 
bo‘ladi. Eritrotsitlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi 
odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, 
quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq. Ayniqsa, 
ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli 
miqdorda bo‘lishi zarur. Eritrotsitlar suyak ko‘migida hosil bo‘lib, qonga 
o‘tgandan so‘ng o‘rtacha 120 kun yashaydi. So‘ngra ular jigarda va taloqda 
parchalanadi. Parchalangan eritrotsitlardan ajralgan temir moddasi suyak 
ko‘migida yosh eritrotsitlar hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. Parchalangan 
eritrotsitlarning gemoglobini tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin 
moddasiga aylanib, o‘t suyuqligi hosil bo‘lishi uchun sarflanadi. ◦
Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar 
kiradi. Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi. ◦
Eritrotsitlarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini 
kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin 
o‘pkalardan kislorodni o‘ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda 
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni 
yana o‘ziga biriktirib o‘pkaga olib boradi.
◦
Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining 
kamayishi  kamqonlik (anemiya)kasalligi  deb ataladi.  Bu kasallikning 
oldini olish uchun yuqorida aytilganidek, ovqat tar kibida oqsil, temir 
moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi, jismoniy mashqlar 
bilan muntazam shug‘ullanish, nafas oladigan havoning toza bo‘lishi 
kabilar katta ahamiyatga ega.  ◦
Ley k ot sit lar (oq qon t anachalari ).  Leykotsitlar yadroli qon hujayralari 
bo‘lib, ular granulotsitlar (donador) va agranulotsitlarga (donasiz) 
bo‘linadi. Leykotsitlar mikroblar va zararlangan hujayralarni yutib halok 
bo‘ladi. Yallig‘langan joyda to‘planib qoladigan yiring o‘lik leykotsitlar 
hisoblanadi. 1 mm 3
 qonda 6—8 ming dona leykotsit bo‘ladi. Leykotsitlar 
sonining ko‘payishi  leykositoz,  kamayishi  leykopeniya  deb ataladi. 
Leykotsitlar suyaklarning ko‘mik qismida va taloqda (limfotsitlar) hosil 
bo‘ladi.
◦
Leykotsitlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan 
himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib 
yuboradi. Bu hodisa  fagositoz  deb ataladi. Leykotsitlarning bu xossasini 
atoqli rus olimi I. I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kasalliklar bilan 
kasallanganda leykotsitlarning soni ko‘payib, 1 mm 3 
qonda 10—20 
mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin.  ◦
Trombot sit l ar (qon plast ink alari). Trombotsitlar suyaklarning 
ko‘mik qismida va taloqda hosil bo‘ladi. Yadrosi bo‘lmaydi. Past 
tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo‘ladi. 1 
mm 3 
qonda 300—400 ming dona trombotsit bo‘ladi. Ular 
leykotsitlarga o‘xshab 2—5 kun yashaydi. Trombotsitlarning asosiy 
vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ular soni 
kamayganda qonning ivish xossasi buziladi.
◦
Qonning iv ishi.  Qonning ivishi — organizmning muhim himoya 
reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli jarohatlanishlarda  
organizmni ortiqcha qon yo‘qotishdan saqlaydi. Qonning ivish 
xossasi o‘zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog‘lig‘iga katta 
xavf tug‘diradi, chunki organizm ko‘p qon yo‘qotishi mumkin. ◦
Sog‘lom odamda qon 3—4 minut ichida iviydi. Ba’zi 
odamlar qon plazmasining tarkibida qonning 
ivishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan biologik 
modda — antigemofil omil yetarli bo‘lmaydi. Bu 
kasallik  gemofiliya  deb atalib, u nasldan naslga, ya’ni 
ota-onadan bolaga o‘tadi. Bunday odamlarda qon 
ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon 
kelishi, salgina jarohat tufayli ko‘p qon yo‘qotishi 
mumkin. Bundan tashqari, trombotsitlarning soni 
kamayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, K 
vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham 
qonning ivish xossasi kamayadi. Xulosa
◦
Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi 
odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, 
ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal 
o‘tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan 
saqlashda muhim ahamiyatga ega.
◦
Shunung uchun ham qon yoki undan 
tayyorlangan plazma davolash maqsadida 
qo‘llaniladi. Bu qon va plazma sog‘lom 
odamlardan (donorlardan) olinadi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hamidov JX. va boshq. “Tibbiy biologiya va irsiyatdan 
qo’llanma”. Toshkent. «Ibn Sino». 1992.
2. Ченсов Ю.С.”Общая цитология”.  MGU. 1978.
3. Альбертс Б Молекулярная биология. Moсква. 1987
4. www.ziyonet.uz  
◦
 

Mavzu: Qonning t ark ibi va shak lli e le me nt lari

Reja ◦ 1.Qon plazmasi ◦ 2.Qonning shaklli elementlari ◦ 3.Eritrotsitlar, leykotsitlar ◦ 4. Trombotsitlar

◦ Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2—3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi — shaklli elementlariga ajraladi.

◦ Qon plazmasi. Qon plazmasi tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelolar bo‘ladi. Plazma tarkibida o‘rtacha 90—92 % suv, 7—8 % oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glukoza, 0,8 % yog‘ bo‘ladi.

◦ Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o‘tadi va o‘zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qonga o‘tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida va antitelolar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo‘llaniladi.