Morfologiya va so‘z tarkibi
Mavzu:Morfologiya va so‘z tarkibi. 1.KIRISH.Morfologiya haqida ma’lumot. 2.ASOSIY QISM Morfemika. Qo’shimcha turlari. So’z turkumlari. 3.XULOSA. 4.Foydalanilgan adabiyotlar.
MORFOLOGIYA 6-darsligi. Toshkent-2017 So’zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni shakllarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi MORFOLOGIYA sanaladi.Morfologiya yunoncha morphe –”shakl”,logos –”so’z”,”ta’limot”so’zlaridan olingan bo’lib,so’z shakllari haqidagi ta’limotdir. H.Jamolxonov “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent-2005 Morfologiya.Bu bo’lim grammatikaning bir qismi bo’lib,unda grammatik ma’no va grammatik shakllar,shular orasidagi aloqadorlik asosida yuzaga kelgan grammatik kategoriyalar,so’zlarni turkumlarga birlashtirish prinsiplari,har bir so’z turkumining ma’no turlari,morfologik belgilari,gapdagi funksional xarakteristikasi haqida fikr yuritiladi. F.Kamol “Hozirgi zamon o’zbek tili” Toshkent-1957 Morfologiya so’zlarning nutqda o’zgarish qoidalarini belgilaydi.Morfologiyada so’z formasini hosil qilish qoidalari va so’z yasash qoidalari o’rganiladi;Shuningdek morfologiya so’zlarning ma’lum belgilar asosida gruppalarga –turkumlarga bo’linishini ham tekshiradi.
Morfemika F.Kamol “Hozirgi zamon o’zbek tili” Toshkent-1957 So’z struktura jihatidan tub yoki yasama bo’ladi:morfologik qismlarga ajralmaydigan so’zlar va maxsus affikslar yordami bilan hosil qilingan so’zlar.So’zga morfologfik jihatdan qaraganimizda u o’zak va affikslarga ajraladi. 6-sinf darsligi Toshkent-2017 So’z tarkibi asos va qo’shimchadan iborat. U.Tursunov,A.Muxtorov,Sh .Rahmatullayev “Hozirgi o’zbek adabiy tili”Toshkent-1992 Nutqning kichik birligi so’zshakl bo’lib,leksik ma’nodan tashqari grammatik ma’no ham anglatadi.So’zshakllar tarkibida ajratiladigan kichik ma’noli qismlar morflar deyiladi(yunoncha morphe –shakl)
SO’Z TARKIBI ASOS- YETAKCHI MORFEMA QO’SHIMCHA- KO’MAKCHI MORFEMA
Qo’shimchalarning vazifasiga ko’ra turlari: 6-sinf darsligi.Toshkent- 2017 So’z yasovchi qo’shimchalar-asosga qo’shilib yangi ma’no hosil qiladi. Shakl yasovchi qo’shimchalar- asosga qo’shilib uning manosiga qo’shimcha ma’no yuklash yoki o’zi qo’shilayotgan so’zni boshqa so’zga bog’lash vazifasini bajaradi