Muqaddas Rim imperiyasi
Mavzu: Muqaddas Rim imperiyasi
Genrixning vorisi- Otton I (936-972)davom ettirdi. Qirollik toji kiyish marosimi uchun Otton I gersoglar qasami va tartib-qoidalariga rioya qildi. Gersoglardan har biri ma’lum xizmat vazifalarini (marshal,kamerariya va hokozo)bajardilar.Otton I ning qirollikka saylanishi Aaxenda bo’lib o’tdi(936) va “Ottonni hamma kurishi mumkin bo’lgan va hammaga ko’rinarli bo’lgan”.BuyukKarl taxtiga chiqishi bilan birga ro’y berdi.Bu Yevropa ishlaridagi ustunlikka Saksoniya da’vosidan dalolat berib,Saksonqirollarining Karolinglar an’anasiga murojatini ko’rsatar edi.
Gersoglar isyonining mag’lubiyati Saksoniyaning ichki va tashqi siyosati uchun katta oqibatga ega bo’ldi.Qirol hokimiyati gersoglar huquqiga hal qiluvchi zarba berib,ularning itoatini ta’minlash uchun yangi vositalarga tayanib,oxir-oqibat hukmron sinf ichki kuchlari taqsimlanishiga olib keldi.Bavariya ustidan hokimiyat kuchaytirildi,uning gersogi esa uni qirol mulkiga berishga majbur bo’ldi.Frankoniya mustaqilligi tugatilib,u bevosita qirolga bo’ysundirildi.Lotaringiya gersogi Reyn Franki Konrad Qizil Ottonvassaliga aylantirildi.Gersoglar itoatkorligini ta’minlash maqsadi bilan qirol sulola bilan gersoglarning to’g’ridan-to’g’ri qarindoshchilik aloqalari o’rnatish tajribasiga tayandi(Konrad Lotaringiskiy Ottonning qiziga uylandi,Bavariya gersogi qirolning akasi Genrix bo’ldi,Shvabiya gersogi qirolning o’g’li Lyudolf bo’ldi .
Qirol hokimiyatining ahvoli mustahkam bo’lib,asosan Lyudolf va uning ittifoqchilarining isyoni bostirilishi va Lexdagi vengerlar ustidan g’alabasi buni yanada tezlashtirdi.Aynan shu davrda ro’y bergan”Lyudolfinglar isyoni”uni ikkinchi o’ringa surib qo’ydi.Bu isyonning tashkilotchilari Konrad Lotaringiskiy va Lyudolf bo’lib,aynan ular “Lyudolfinglar isyoni”nomi ostida ma’lum bo’lgan feodallar chiqishiga boshchilik qildi.(953-954)Vidukind o’z asarida bunga to’xtalib o’tadi.Isyonga Fridrix Maynskiy,keyinchalik esa Bavariya gersogidan noroziligi kuchaygan ayrim bavar feodallari qo’shiladi.
Imperiya oʻzining dastlabki davrida feodal- teokratik davlat xarakteriga ega boʻlib, imperatorlar xristian olamida eng yuqori hokimiyatga daʼvogar edilar. Papa taxtining mustahkamlanishi va Italiyaga egalik qilish uchun koʻp asrlik kurash Germaniyada hududiy knyazlar kuchining bir vaqtning oʻzida oʻsishi imperiyadagi markaziy hokimiyatni sezilarli darajada zaiflashtirdi Oʻrta asrlarning oxirlarida imperiya tarkibiga kirgan davlatlar yarim mustaqil yarim mustaqil edilar. Biroq, XV asr oxiri — XVI asr boshlarida amalga oshirilgan "imperator islohoti " markaziy hukumatning taʼsirini kuchaytirishga va imperator va imperiya tarkibidagi davlatlar oʻrtasida kuchlar muvozanatini shakllantirishga imkon berdi Ammo Reformatsiya Yevropadagi 30 yillik urushdan soʻng inqirozga uchradi va Reyxstag imperiyaning asosiy kuchiga aylantirildi. Imperiya Yangi davrda oʻz fuqarolarining mustaqilligini, shuningdek, mulklarning anʼanaviy huquq va imtiyozlarini himoya qilishni taʼminladi. Vestfaliya tinchlik shartnomasidan soʻng imperiyada bir nechta diniy mazhablar shakllandi, Imperiya katoliklar va protestantlar oʻrtasida diniy urushlar kelib chiqarmaslikka harakat qildi. Oʻttiz yillik urush tugaganidan keyin imperiyada hokimiyatni markazlashtirishga urinishlar kuzatilmadi .