logo

Muskul to'qmasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3405.09375 KB
Muskul to'qmasi.
Reja:
1. Muskul (mushak)larning xillari.
2. Mushaklar taraqqiyoti.
3. Silliq muskul to’qimasi.
4. Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasi.
5. Muskul to’qimasining regeneratsiyasi.
6. Muskullarning charchashi. Mushak to’qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi. 
Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funksiyasiga moslashgan, ya’ni ularning 
shakli cho’ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir.
Тuzilishi va bajarayotgan funksiyasiga ko’ra silliq, ko’ndalang - targ’il, yurak mushagi 
va ba’zi a’zolarda uchrovchi maxsus muskul to’qimasi farq qilinadi. Maxsus mushak 
to’qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va  vazifalariga ko’ra turlichadir.  
•
MUSHAKLAR TARAQQIYOTI
•
Mushaklar embrionning o'rta - mezoderma 
qavatidan rivojlanadi. Embrion rivojlanishining 4—5 
haftalarida mezodermadan dermatom qavat ajraydi 
va qolgan qismiga somitlar deyiladi. Somitlar ham 
sklerotom va miotom qavatlarga ajraladi. 
Sklerotomdan skelet suyaklari taraqqiy etsa, miotom 
lardan ko'ndalang-targ'il mushaklar rivojlanadi. 
Miotomlar myosepta to'sig'i vositasida segmentar 
bo'laklarga boiinadi. Embrionning bo'yin qismida 8 
juft, ko'krak qismida 12 juft, bel sohasida 5 juft, 
dumg'aza sohasida 5 juft va dum sohasida juft 
miotomlar joylashgan.  Embrion taraqqiyotida dum 
miotomlari reduksiyaga uchraydi. Qolgan har bir 
miotom ventral va dorzal bo'limlarga ajraladi. 
Tanadagi miotomlardan tashqari, embrionning kalla 
sohasida uchta ensa hamda quloq oldi miotomi va 
beshta visseral ravoq miotomlari bo'ladi. Umurtqa 
pog'onasi atrojidagi miotomlardan bo'yin, ko'krak, 
orqa, qorin, qo'l va oyoq mushaklari taraqqiy qiladi. 
Uchta ensa miotomidan til va til osti sohasidagi 
mushaklar rivojlanadi. Birinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasini harakatga kelliruvchi ko'pchilik mushak lar rivojlanadi. 
Ikkinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining yuqorigi qiyshiq mushagi -m. trochlearis rivojlanadi. 
Uchinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining lateral to'g'ri mushagi - m. rectus oculi lateralis 
rivojlanadi.
Birinchi visseral ravoq mandibular ravoq deyilib, quyidagi mushaklar rivojlanadi: chaynov mushaklari va 
m. mylohyoideus, ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning oldingi qorinchasi, nog'ora bo'shlig'idagi 
nog'ora pardani taranglovchi mushak - m. tensoris thympani, yumshoq tanglayni taranglovchi mushak - 
m. tensor veli palatini. Ikkinchi visseral ravoq gioid ravog'i deb atalib, bu ravoqdan mimika mushaklari, 
ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning orqa qorin	
 chasi, bo'yindagi teri osti mushagi - m. platisma 
rivojlanadi. Uchinchi visseral ravoq birinchi jabra ravog'i deb atalib, bu ravoqdan halqumning m. 
stylopharyngeus mushagi rivojlanadi. To'rtinchi visseral ravoq ikkinchi jabra ravog'i deb atalib, bu 
ravoqdan halqumning qisuvchi mushaklari rivojlanadi. Beshinchi visseral ravoq uchinchi jabra ravog'i 
deb atalib, ikkinchi jabra ravog'ining ishtirokida bo'yindagi m. sternocleidomastoideus mushagi va 
orqadagi m. trapezius mushagining rivojlanishida qatnashadi.
Umurtqa pog'onasining ikki tarafida joylashgan dorzal miotomlardan faqat orqaning chuqur xususiy 
mushaklari rivojlanadi. Orqaning yuzaki mushaklari tana, qoi, oyoq, bo'yin sohasining ven	
 tral 
miotomlaridan rivojlanadi. Embrion taraqqiyoti natijasida har bir miotomdan bir nechta mushak 
taraqqiy etadi. Aksincha, ba'zi mushaklar bir necha miotomning o'zaro birikishidan hosil bo'lishi ham 
mumkin (qorin mushaklari, ikki qorinchali mushak).
Taraqqiyot jarayonida o'z joyida qoladigan mushaklar guruhiga xususiy, autaxton mushaklar deyiladi. 
Orqaning chuqur guruh mushaklari, ko'krak qafasining xususiy mushaklari autaxton mushaklarga misol 
boia oladi. Ventral miotomlarning taraqqiyot jarayonida qo'l yoki oyoqdan tanaga ko'chib qolgan 
mushaklarga trunkopetal mushaklar deyiladi. Trunkopetai mushaklarga ko'krak va orqaning xususiy 
mushaklarini ustki tomondan qoplagan m. pectorales major et minor, m. latis-simus dorsi mushaklari 
misol bo'la oladi. Ventral miotomlarining taraqqiyoti jarayonida tanadan va kalladan qo'l yoki oyoq 
mushaklarining harakatini ta'minlashga ko'chgan mushaklarga trunkofugal mushaklar deyiladi. 
Trunkofugal mushaklarga kalladan ko'chgan m. sternocleidomastoideus, m. trapezius va lanadan 
ko'chgan m. rhomboideus, m. levator scapulae, m. serratus anterior, m. subclavius, m. omohyoideus 
mushaklari misol bo'la oladi.   Skelet muskullarining shakli.
A— duksimon; 
B— yarim patsimon; 
V— ikki tomonlama 
patsimon; 
G— ikki boshli muskul; 
D— serbar mus-kul; 
E— ikki qorinli muskul; 
J— pa rallel tolali uzun 
muskul; 
1— muskul-ning payi; 
2— muskulning bosh qismi; 
3— muskulning qorin qismi; 
4— mus	
 kulning tanasi; 
5— muskulning payli 
belbog'lari. •
a. Odam tanasi skelet muskullarining 
oldindan ko’rinishi.
•
1. Peshona muskul
•
2. Ko’zning aylana muskuli.
•
3. Og’izning aylana muskuli.
•
4. Chaynov muskul.
•
5. Chakka muskul.
•
6. Chaynov muskul.
•
7. To’sh o’mrov so’rgichsimon muskul
•
8. Deltasimon muskul.
•
9. Ko’krakning katta muskuli.
•
10. Yelka muskul.
•
11. Qorinnning tashqi qiyshiq muskuli.
•
12. Oyoq panjasini yozuvchi uzun 
muskul.
•
13. Sonning to’g’ri muskuli.
•
14. Tikuvchi muskul.
•
15. Qorinning ichki qiyshiq muskuli.
•
16. Qo’l panjasini bukuvchi bilak 
muskul.
•
17. Qorinning to’g’ri muskuli.
•
18. Yelkaning ikki boshli muskuli.
•
19. Qovurg’alar aro muskul. .   b. Odam tanasi skelet muskullarining 
orqadan ko'rinishi.
1— rombsimon muskul; 
2— umurtqa pog'onasini yozuvchi muskul; 
3— orqaning tishsimon muskuli;
4— dumbaning kichik muskuli;    
5 — sonning   ikki boshli muskuli;
6— boldirning uch boshli muskuli; 
7— Axill payi; 
8— tovon; 
9— dumbaning katta muskuli; 
10— orqaning seibar keng muskuli; 
11— pan-jalarni yozuvchi bilak muskuli; 
12— yelkaning    uch    boshli muskuli;   
13— trapetsiyasimon muskul. Silliq muskul to’qimasi
Silliq muskul to’qimasi hujayra 
tuzilishiga ega. Silliq muskul 
to’qimasi ko’pgina ichki organlar-
me’da-ichak yo’li, tanosil organlari, 
tomirlar devorining shakllanishida 
qatnashadi. Silliq muskul tuzilishi 
hamda funksiyasi bo’yicha 
ko’ndalang-targ’il mushakdan ancha 
farq qiladi. Silliq mushaklar vegetativ 
nerv sistemasi tomonidan innervatsiya 
qilinadi va shu sababli kishi ixtiyoriga 
bo’ysunmaydi. Yuqorida qayd 
qilinganidek, silliq muskul to’qimasi 
hujayra tuzilishiga ega bo’lib, cho’ziq, 
duksimon va tarmoqlangan bo’ladi. 
Hujayraning o’lchamlari turlicha 
bo’ladi, ya’ni uzunligi 50-250 mkm, 
yadro sathining maksimal diametri 5-
20 mkm.  Muskul to’qima.  A - 
ko’ndalang targ’il 
muskul tolalari: 1 - 
yadro; 2 - ko’ndalang 
yo’nalishdagi 
chiziqlar 
(miofibrillar); В - 
silliq muskul tolalari; 
D - yurak muskuli 
tolalari.   Тo’qimada bir-biriga yondoshib 
yotgan hujayralar qatlamlar hosil 
qiladi. Ular bir-biriga nisbatan 
shunday joylashadiki, bir 
hujayraning markaziy qismiga 
boshqa hujayraning o’tkir uch 
qismi yopishadi. Silliq mushak 
hujayralari sirtdan sarkolemma 
bilan qoplangan, unda qalinligi 
taxminan 7,5 nm ga teng 
plazmatik membrana va tashqi 
bazal membrana farq qilinadi. 
Yonma-yon yotgan 
hujayralarning plazmatik 
membranalari ba’zi joylarda juda 
yaqinlashib, tutashish nuqtalarini 
hosil qiladi.  Miofibrillalar mushak 
hujayrasining qisqaruvchi 
apparatini tashkil etishi sababli 
ular eng muhim ahamiyatga ega. 
Miofibrillalar skelet mushagiga 
xos bo’lgan ko’ndalang-
targ’illikka ega emas va oddiy 
mikroskopda bir jinsli ipchalar 
shaklida ko’rinadi. Elektron 
mikroskop bilan silliq mushak 
hujayralari o’rganilganda 
hujayraning butun uzunligi 
bo’yicha yotuvchi uzluksiz 
miofibrillalar aniqlangan emas. 
Hujayra sitoplazmasida bo’ylama 
joylashgan submik-roskopik 
protofibrillalar mavjud bo’lib, ular 
tutamlar hosil qilmaydi.  Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin 
protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib, yo’g’on protofibrillalardir. 
Aktin mikrofilamentlar nozik bo’lib, qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak 
bo’shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo’yi bo’yicha joylashgan bo’lib, mushak 
qisqarganda o’z joylashishini o’zgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko’ndalang-targ’illik 
kuzatilmaydi, chunki filamentlar o’zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qil-maydi, 
plastinkalar ham topilmagan. Silliq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktonin 
oqsillari topilgan.
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o’rta qismida zich 
tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mik-roskopda to’q dog’ shaklida ko’rinadi. Silliq mushak 
hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo’lib, ular ko’ndalang targ’il 
mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o’zi silliq 
mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan 
hosil bo’lgan tuzilmalar tegib yotadi. Bu tuzilmalar ko’ndalang targ’il mushakning Т-sistemasini 
eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o’rin tutadi. Har bir mushak hujayra yuqorida qayd 
etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan. 
Mushak hujay-ralarining bir-biriga tegib yotgan 
qismlarida tirqishli tutatish-neksuslar uchrab, 
ular silliq mushak hujayralarining ma’lum 
guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi.
Silliq mushak to’qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon 
tomirlar sistemasiga ega. Qon tomirlar to’qima 
ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak 
hujayralari tutamlari orasidagi biriktiruvchi 
to’qima qat-lamlarida kapillyarlar to’rini hosil 
qiladi.
Silliq mushak to’qimasining taraqqiyoti va 
regeneratsiyasi. Silliq mushak to’qimasi 
mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo’layotgan 
mushak hujayralari dastlab o’simtalarga ega 
bo’lib, uning yordamida o’zaro bog’lanadi va shu 
tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda 
miofibrillalar paydo bo’lish differensiallanish 
boshlanganligining belgisi bo’lib xizmat qiladi. 
Keyinchalik silliq mushak hujayralari 
o’simtalarini yo’qotib, duksimon shaklni oladi va 
bir-biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibril-
lalarning soni ortib, hujayraning uzun yo’nalishi 
bo’ylab tartibli ravishda joylasha boradi. Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga ega. Mushak 
hujayralarining mitoz yo’li bilan bo’linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumot 
bor. Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko’payishini qon tomirlarning 
o’sishi va tiklanishi jarayonida ko’rish mumkin. Тajribada yirik arteriya bog’lab 
qo’yilgan hollarda qon aylanish kam joylardagi mayda tomirlarning ken-gayishi 
kuzatiladi. Bunda ularning devorida yangidan hosil bo’lgan mushakning qalin 
qatlamlari paydo bo’ladi. Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va giperplaziyasi 
bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi. Ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasi
      Ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasi skelet mushak-larini, ovqat hazm kilish traktining ba’zi a’zolari-
mushaklarini, ko’z mushaklarini, mimik va nafas olish mushaklarini hosil qiladi. Yurak mushagi 
ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasining maxsus turi bo’lib, u haqida quyida maxsus fikrlar bor.
Ko’ndalang-targ’il mushak tolalarining tuzilishi. Ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasi tolalardan iborat 
bo’lib, ularning uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 mkm gacha yetishi mumkin. Shu 
sababli ko’ndalang-targ’il mushak tolalari simplastik tuzil-malar deb ataladi. Ular uzun silindrik 
tuzilmalar bo’lib, sirtdan yaxshi ifodalangan parda-sarkolemma bilan qoplangan. Mushak tolalarining 
yadrolari oval shaklli, xromatini kam, pereferiyada,sarkolemma ostida joylashadi. Mushak tolali 
mitoxondriyalarga boy bo’lib, ular miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Mushak tolalari sarkosomalarning 
kristallari kuchli rivojlangan bo’lib, sarkosomalarning uzun o’qiga nisbatan perpendikulyar yo’nalgan. 
Donador endo-plazmatik to’r sust rivojlangan, yadro atrofida joylashadi. Sust rivojlangan plastinkasimon 
komp-leks ham shu yerda yotadi. Muskul to’qima.  A - ko’ndalang 
targ’il muskul tolalari: 1 - yadro; 2 - 
ko’ndalang yo’nalishdagi chiziqlar 
(miofibrillar); В - silliq muskul 
tolalari; D - yurak muskuli tolalari.   Ko’ndalang-targ’il mushakda silliq kanalchalar sistemasi mavjud bo’lib, uning mushak tolalarning 
maxsus strukturasi deb hisoblash mumkin. Kanalchalar sistemasi tolaning uzun o’qi bo’ylab 
miofibrillalar oralig’ida joylashadi va Z chiziq qarshisida yoki A va I disklar chegarasida 
kengaymalar hosil qilib tugaydi. Bu sistema sarkoplazmatik retikulum deb nomlanadi. Bundan 
tashqari, A va I disklar chegarasida sar-kolemmaning plazmatik membranasi tola ichiga botib 
kirib, Т sistema naychalarini hosil qiladi. Bu naychalar tolaning uzun o’qiga ko’ndalang 
yo’nalgan. Т sistema kanalchalari A va I disk chegarasida atro-fidagi simmetrik joylashgan 
sarkoplazmatik to’r kengaymalari bilan triadalar hosil qiladi. Sarkoplazmatik to’r qisqarishining 
yuzaga chiqishida ishtirok etadi. Miofibrillalar tolaning qisqa-rishini ta’minlovchi tuzilmalardir. 
Bu ipsimon tuzilmalarning qalinligi 2 mikron keladi. Ko’ndalang targ’il mushakning 
miofibrillalari silliq mushakdan farq qilib, ko’ndalangiga taram-taram bo’lib bo’yaladi. Bu 
ularning nozik tuzilish xususiyatlariga bog’liq. Miofibrillalarda A va I disklar farq qilinadi. A 
disklar har xil bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. I disklar esa uncha yaxshi bo’yalmaydi. 
Anizotrop-A disklar ikki xil nur sindirish xususiyatiga ega va ularning nomi ham ana shu 
xususiyatga asoslangan. I disklar anizotropiya xususiyatiga ega emas va shu sababli ularni izotrop 
disklar deyiladi.
Mushak tolasi fibrillalarning bir xil disklari bir sathda yonma-yon yotib, butun mushak tolasining 
ko’ndalang-targ’illik manzarasini yuzaga keltiradi.
  Elektron mikroskop fibrillalarning nozik tuzilishi tafsilotlarini aniqlashga imkon berdi. A 
diskning o’rtasida H zona bo’lib, uning markazidan esa M chiziq o’tgan. I diskning o’rtasida Z 
chiziqchasi yotadi. U ba’zi bir adabiyotlarda eski nom bilan T chiziq (telofragma) deb ataladi. Har 
ikki Z chiziqchasi orasida yotgan miofibrilla bo’lakchasiga sarkomer yoki inokoma deyi-ladi. 
Sarkomer tarkibiga A disk va A diskning har ikkala tomonidagi I disklarning Z chiziqqacha 
bo’lgan qismi (har bir I diskning yarmi) kiradi. Elektron mikroskop miofibrillalar yanada 
ingichkaroq ipchalar - miofilamentlardan (protofibrillalardan) tuzil-ganligini ko’rsatadi. Ikki xil 
protofibrillalar (miozin va aktin) farq qilinadi. Yo’g’on (miozin) protofibrillalar A diskda, ingichka 
(aktin) proto-fibrillalar esa I diskda va qisman (N zona chegarasiga qadar) A diskda joylashadi. 
Shunday qilib, I diskda faqat ingichka protofibrillalar, A diskda esa N zona chegarasiga qadar 
ingichka va yo’g’on protofibrillalar joylashadi. Ingichka protofibrillalarning bir uchi Z-chiziqqa 
yopishadi. Ikkinchi uchi protofib-rillalarning orasida erkin holda tugaydi.  •
MUSKULLARNING CHARCHASHI
•
Ayrim organ va to'qimalarning ishJashi natijasida ish qobiliyatining vaqtincha 
pasayishiga ularning charchashi deyiladi. A'zo yoki to'qima dam olganidan keyin 
charchog'i yozilib, yo'qolib ketadi. Agar tanadan ajratib olingan muskul uzoq vaqt 
ketma-ket, tez-tez ta'sirlab turilsa, oradan muayyan vaqt utgach, muskuining qisqarish 
kuchi tobora kamayib boradi va bora-bora muskul butunlay qisqarmay qo'yadi. Bu 
vaqtda muskuining qo'zg'aluvchanligi, labilligi, qisqaruvchanligi pasayadi, mutloq 
kuchi kamayadi. Muskul qanchalik tez qisqarsa, u shunchalik tez charchaydi. 
Muskuining charchashirii tushuntirish uchun bir qancha nazariyalar yaratilgan. Ba'zi 
olimlar ishlash natijasida energiya zahirasi tugab qoladi, degan flkrni bayon qilsa, 
boshqa bir guruh olimlar ishlash vaqtida organizmda liar xil zararli moddalar hosil 
bo'lgani uchun rnuskul /aliarlanib, charchab qoladi, deb tushuntiradilar. Lekin bu 
nazariyalaming har ikkisi ham charchash sabablarini to'la-to'kis tushuntirib bermaydi. 
Ishlab turgan muskulda chindan ham moddalar almashinuvining turli zararli 
mahsulotlari, jumladan, sut kislota, azot qoldiqlari va boshqalar hosil bo'lib, 
muskuining ish qobiliyatini ancha pasaytiradi. Shuningdek, muskul ishlaganda 
energiya zahiralari ham kamayadi. Ammo bu jarayonlarning hech biri ham charchashni 
tushuntirish uchun to'la asos bo'la olmaydi. Charchashni tushuntirish uchun yaratilgan 
nazariyalaming hech biri charchashning kelib chiqishida nerv tizimining rolini 
e'tiborga olmagan. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.E.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiy-lar 
charchashning boshlanishida nerv tizimining katta rol o'ynashini ko'rsatib berdilar. 
N.E.Vvedenskiy muskuining charchashi mohiyat e'tibori bilan reflektor akt ekanligini 
o'z tajribalarida isbotladi. O'sha tajribalarda u muskuldan oldin nerv tizimi charchashini 
aniqladi. Muskuining charchashida bosh miya yarim sharlarining po'stlog'i ham katta 
rol o'ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskuining ish qobiliyati vegetativ, ayniqsa uni 
simpatik bo'limi ta'sirida o'zgarishini, ya'ni muskul charchab turganida unga keladigan 
simpatik nerv ta'sirlansa, muskuining yana qaytadan ishlay boshlashini o'z 
laboratoriyasida aniqladi. Bu vaqtda simpatik nerv muskulda sodir bo'layotgan 
moddalar almashinuvini o'zgartirish yo'li bilan uning ishlashini yaxshilaydi.

Muskul to'qmasi. Reja: 1. Muskul (mushak)larning xillari. 2. Mushaklar taraqqiyoti. 3. Silliq muskul to’qimasi. 4. Ko’ndalang targ’il muskul to’qimasi. 5. Muskul to’qimasining regeneratsiyasi. 6. Muskullarning charchashi.

Mushak to’qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi. Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funksiyasiga moslashgan, ya’ni ularning shakli cho’ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir. Тuzilishi va bajarayotgan funksiyasiga ko’ra silliq, ko’ndalang - targ’il, yurak mushagi va ba’zi a’zolarda uchrovchi maxsus muskul to’qimasi farq qilinadi. Maxsus mushak to’qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifalariga ko’ra turlichadir.

• MUSHAKLAR TARAQQIYOTI • Mushaklar embrionning o'rta - mezoderma qavatidan rivojlanadi. Embrion rivojlanishining 4—5 haftalarida mezodermadan dermatom qavat ajraydi va qolgan qismiga somitlar deyiladi. Somitlar ham sklerotom va miotom qavatlarga ajraladi. Sklerotomdan skelet suyaklari taraqqiy etsa, miotom lardan ko'ndalang-targ'il mushaklar rivojlanadi. Miotomlar myosepta to'sig'i vositasida segmentar bo'laklarga boiinadi. Embrionning bo'yin qismida 8 juft, ko'krak qismida 12 juft, bel sohasida 5 juft, dumg'aza sohasida 5 juft va dum sohasida juft miotomlar joylashgan. Embrion taraqqiyotida dum miotomlari reduksiyaga uchraydi. Qolgan har bir miotom ventral va dorzal bo'limlarga ajraladi. Tanadagi miotomlardan tashqari, embrionning kalla sohasida uchta ensa hamda quloq oldi miotomi va beshta visseral ravoq miotomlari bo'ladi. Umurtqa pog'onasi atrojidagi miotomlardan bo'yin, ko'krak, orqa, qorin, qo'l va oyoq mushaklari taraqqiy qiladi. Uchta ensa miotomidan til va til osti sohasidagi mushaklar rivojlanadi.

Birinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasini harakatga kelliruvchi ko'pchilik mushak lar rivojlanadi. Ikkinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining yuqorigi qiyshiq mushagi -m. trochlearis rivojlanadi. Uchinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining lateral to'g'ri mushagi - m. rectus oculi lateralis rivojlanadi. Birinchi visseral ravoq mandibular ravoq deyilib, quyidagi mushaklar rivojlanadi: chaynov mushaklari va m. mylohyoideus, ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning oldingi qorinchasi, nog'ora bo'shlig'idagi nog'ora pardani taranglovchi mushak - m. tensoris thympani, yumshoq tanglayni taranglovchi mushak - m. tensor veli palatini. Ikkinchi visseral ravoq gioid ravog'i deb atalib, bu ravoqdan mimika mushaklari, ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning orqa qorin chasi, bo'yindagi teri osti mushagi - m. platisma rivojlanadi. Uchinchi visseral ravoq birinchi jabra ravog'i deb atalib, bu ravoqdan halqumning m. stylopharyngeus mushagi rivojlanadi. To'rtinchi visseral ravoq ikkinchi jabra ravog'i deb atalib, bu ravoqdan halqumning qisuvchi mushaklari rivojlanadi. Beshinchi visseral ravoq uchinchi jabra ravog'i deb atalib, ikkinchi jabra ravog'ining ishtirokida bo'yindagi m. sternocleidomastoideus mushagi va orqadagi m. trapezius mushagining rivojlanishida qatnashadi. Umurtqa pog'onasining ikki tarafida joylashgan dorzal miotomlardan faqat orqaning chuqur xususiy mushaklari rivojlanadi. Orqaning yuzaki mushaklari tana, qoi, oyoq, bo'yin sohasining ven tral miotomlaridan rivojlanadi. Embrion taraqqiyoti natijasida har bir miotomdan bir nechta mushak taraqqiy etadi. Aksincha, ba'zi mushaklar bir necha miotomning o'zaro birikishidan hosil bo'lishi ham mumkin (qorin mushaklari, ikki qorinchali mushak). Taraqqiyot jarayonida o'z joyida qoladigan mushaklar guruhiga xususiy, autaxton mushaklar deyiladi. Orqaning chuqur guruh mushaklari, ko'krak qafasining xususiy mushaklari autaxton mushaklarga misol boia oladi. Ventral miotomlarning taraqqiyot jarayonida qo'l yoki oyoqdan tanaga ko'chib qolgan mushaklarga trunkopetal mushaklar deyiladi. Trunkopetai mushaklarga ko'krak va orqaning xususiy mushaklarini ustki tomondan qoplagan m. pectorales major et minor, m. latis-simus dorsi mushaklari misol bo'la oladi. Ventral miotomlarining taraqqiyoti jarayonida tanadan va kalladan qo'l yoki oyoq mushaklarining harakatini ta'minlashga ko'chgan mushaklarga trunkofugal mushaklar deyiladi. Trunkofugal mushaklarga kalladan ko'chgan m. sternocleidomastoideus, m. trapezius va lanadan ko'chgan m. rhomboideus, m. levator scapulae, m. serratus anterior, m. subclavius, m. omohyoideus mushaklari misol bo'la oladi.

Skelet muskullarining shakli. A— duksimon; B— yarim patsimon; V— ikki tomonlama patsimon; G— ikki boshli muskul; D— serbar mus-kul; E— ikki qorinli muskul; J— pa rallel tolali uzun muskul; 1— muskul-ning payi; 2— muskulning bosh qismi; 3— muskulning qorin qismi; 4— mus kulning tanasi; 5— muskulning payli belbog'lari.