logo

MUST’E DAVRI MADANIYATI

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

174.462890625 KB
  MAVZU: O’RTA PALEOLIT 
( MUST’E DAVRI MADANIYATI )              R e j a:
 
 
 
1. Must’e davrining boshlanishi.
2. Olovning kashf etilishi va uning ahamiyati.
3. Must’e davri yodgorliklari va ularni o’rganilishi.
4. Dastlabki diniy tasavvurlar.
               Must’e davri–asheldan keyingi, xronologik jihatdan muzlikning riss 
bosqichiga muvofiq keladigan davrdir. Bu bosqich bir necha 10 ming yillar 
davom etgan bo’lib, taxminan 40 ming yillar burun tugagan va u Frantsiyadagi 
Must’e g’or-makoni nomi bilan atalgan.
Must’e madaniyati–neandertal odamlar hayoti, faoliyati, maishiy 
munosabatlarining aks etishidir. Bu davrda neandertallar keng 
territoriyaga yoyilgan, tabiat bilan ilk paleolit odamlariga nisbatan 
faolroq munosabatga kirishgan. Tabiiy sharoit sovub, Evropa, Osiyo, 
Amerika shimoliy viloyatlarining katta qismini ulkan muzliklar qoplagan. 
Sharqiy Evropa hududlariga ham muz qatlamlari siljigan (uning 
markaziy Skandinaviya bo’lgan) va qalinligi 2 km.ni tashkil etgan. Xatto 
must’e bosqichida O’rta va xarbiy Sibirni ulkan muzlik qatlami qoplagan. 
Shimoliy-Sharqda esa markazi Chukotka bo’lgan muzlik qoplagan. 
Umuman, million km 2
 ni muz qoplab, bu joy inson faoliyat ko’rsata 
olmaydigan hududga aylangan                Must’e davrida – mamontlar, shimol bug’ilari va boshqa hayvonlar keng tarqalgan.
Muzlikning  siljishi  natijasida  ob-havoning  sovushi  qadimgi  odamlarni  tabiiy  sharoitga 
moslashishiga  turtki  bo’ladi.  Qadimgi  odamlar  tabiatning  dahshatli  sinovi  (sovug’i)ga 
chidash uchun yashash zaruriyatining turli formalarini topishga harakat qiladi. Bu harakat 
(sovuqdan  saqlanish,  kiyim  kiyish,  ehtiyojni  qondirish)  natijasida  insoniyat  o’z 
taraqqiyotida hal qiluvchi asosiy qadamlardan birini tashladi.                             
Insonning rivojlanish jarayonida ongning taraqqiysi asosiy hal 
qiluvchi omillardan biridir. Must’e davrida yashagan va 
antropogenez jarayonida 2 chi asosiy hal qiluvchi bosqich 
hisoblangan – neandertallar dunyoni bilish, tabiat to’g’risida, 
undagi o’zgarishlar va real voqealarcha munosabat borasida 
ma’lum fikrga kela boshladi. O’z faoliyati davomida bilimga ega 
bo’lish va fikrlash ko’nikmalarini sekin-asta egallanishi odamni 
(insonni) rivojlantiradi. Natijada tabiatdagi voqealarning sehrli 
tuyulishi ta’sirida dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo’ladi. Ya’ni 
hayratlanish, o’zgarishlarni sehr sifatida idrok etilishi . . . 
murdalarni ko’mish – chuqur kovlash, murda yoniga uning 
qurollarini quyilishi... va hakozolar «narigi dunyo» yoki ruh 
haqidagi tushunchalarni paydo bo’lganligidan dalolat beradi.              
Must’e davrida tabiatning keskin 
o’zgarishi odamlar faoliyatida, hayotida 
katta muammolarni keltirib chiqardi. 
Avvalgi issiq iqlim o’rniga muz sovug’i - 
havoning keskin o’zgarishi yashash 
zaruratini qiyinlashtirdi. Ko’plab odamlar 
sovuqdan qirilib ketadi. Tabiat bilan 
kurashib, mol terilaridan kiyimlar tikib, 
ochiq manzilgohlardan baland g’orlarga 
joylashgan odamlar jon saqlab yangi 
sharoitga ko’nika boshlagan.              
Gorlarga  joylashgan  odamlarni  uzoq  vaqt  kollektiv  mehnat  faoliyati  bog’lab  kelgan. 
Ularning  asosiy  xo’jalik  mashg’uloti  –  ovchilik  bo’lib,  u  ehtiyojni  qondirishdagi  asosiga 
aylandi.  Odamlarning  birgalikda  yashashi  va  uning  zaruriyatga  aylanishi  («kollektivda» 
yoki g’or ichida) ichki maishiy munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. 

Must’e bosqichi ibtidoiy jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishida katta ahamiyat 
kasb etadi. Chunki bu davrda o’zining ishlab chiqarish funktsiyalariga ko’ra turli tuman 
bo’lgan tosh qurollar paydo bo’ladi. Hozirgi kunda must’e madaniyat qurollarining 60 turi 
topib o’rganilgan.              
Chaqmoqtosh qurollar yasashning yangi texnikasi must’e davrida 
keng yoyildi. Qurollar yasashning yangi usuli yorma texnika deb 
ataladi. Bu usul orqali tosh qurolning bosh tomoni urib uchirilib, tekis 
maydonga hosil qilinadi. U zarb maydonchasi deb ataladi. Shunday 
maydoncha hosil bo’lgandan keyin uning chetlaridan avvalgi texnika 
usuli vositasi bilan hosil qilish mumkin bo’lmagan yupqa tosh 
parchalarini birin-ketin uchirib olishga imkon tug’ilgan. Tosh 
parrakchalar uchirib olinib bo’lgach, nihoyat tosh bo’lagidan boshqa 
uchirib bo’lmaydigan, tashqarisi tarashlangan o’zak qolgan. Bu o’zak 
nukleus bo’lib, urib uchirish uchun ishlatiladigan yaxlit tosh esa 
ushatgich deb atalgan. Must’e uchun ikki asosiy qurol turi: o’tkir uchli 
qurollar va tarashlagichlar xarakterli bo’lib, ular uch burchakli 
plastinkalardan yasalgan; bu plastinkalar yangi sindirish texnikasini 
qo’llanib, disk (gardish) shaklidagi nukleuslarga (yadro) otboynik 
(tosh) bilan urib hosil qilingan.                             
Qisqa va keng qurollar tayyorlangan. O’tkir uchli qurolning asosiy ishni 
bajaradigan qismi-o’tkir cho’qqisi, tarashlagichning asosiy qismi esa–uch 
burchakli plastinkaning yoysimon tagidir. Must’e davrida shakli jihatdan 
tarashlagichga o’xshab ketadigan bo’lsa ham, lekin ishni bajaradigan chetidagi 
chuqurchasi bilan farq qiladigan o’roq randa paydo bo’lgan. Bu asbob bilan 
randalashgan, po’stloqni shilib olishgan. Qurollar ko’pincha chetlari o’tkir, yupqa 
bo’laklarga yorilishi mumkin bo’lgan qattiq chaqmoqtoshdan yasalgan. Tabiatda 
chaqmoqtosh keng tarqalgan. So’nggi must’eda ahyon-ahyonda istisno tariqasida 
suyakdan qurollar yasala boshlagan. Eng qadimgi odamlar har narsani 
eyaveradigan bo’lganlar: o’simliklardan tayyorlangan va go’shtli ovqatlar 
iste’mol qilgan              
Odamzodning tongida o’simlik oziq-ovqatlar ko’proq iste’mol qilingan bo’lsa kerak. 
Odamlar  bunday  oziq-ovqatni  tabiatdan  tayyor  shaklda  olishgan.  Ular  o’simlik  ildizlarini, 
mevalarini, zamburug’larni iste’mol qilgan.

Demak,  must’e  o’ziga  xos  arxeologik  bosqich  bo’lib,  u  miloddan  avvalgi  100-40 
ming  yilliklarni  o’z  ichiga  olib,  kishilik  madaniyati  rivojlanishida  katta  ahamiyatga  ega 
bo’lgan.              
O’tgan  ma’ruzada  inson  omil  davrida  olovdan  foydalanganligi  haqida  gapirgan 
edik.  Lekin  must’e  davriga  qadar  u  faqat  tabiiy  olovdan  foydalangan.  Olov  turli  yo’llar 
bilan  uzoq  vaqt  o’chirilmay  saqlangan.  Must’e  davrida  odamlar  yog’ochni-yog’ochga 
ishqalash yo’li bilan sun’iy olov hosil qilgan. Xatto qirish yoki tarashlash tufayli yog’och 
qipig’ini  hosil  qilishgan,  qipik  ishqalanish  tufayli  qizib,  tutagan.  Uning  ustiga  tez  o’t 
oladigan yog’och qovuqlari tashlanib, puflash orqali yondirilgan.

Ammo olov hosil qilishning qadimgi usuli katta bardoshni va ko’nikmani talab etgan. 
Olov hosil qilish mahoratini hamma ham birday egallay olmagan. Hatto o’z zamonidagi 
ibtidoiy qabilalar ham kerak bo’lganida har safar olov hosil qilishdan ko’ra uni saqlab 
turishni afzalroq ko’rganlar. Olov hosil qilishning boshqa usullari (parmalash, chaqmoq 
toshdan o’t chiqarish va h.k.) ancha keyingi zamonlarga xos usullardir. Must’e davridan 
ko’pgina gulxan qoldiqlari shu kungacha saqlanib qolgan, bu qoldiqlar o’sha zamonlarda 
olovdan keng foydalanilganini ko’rsatadi              
Olov odamlarni sovuqdan himoya qilish bilan birga ularni Er yuzida keng o’rnashuviga imkon 
bergan Olov odamlarning ovqatni qovurib va pishirib iste’mol qilishlariga imkoniyat 
tug’dirgan, shuning orqasidan ovqat sifati yaxshilangan, hazm qilish jarayoni vaqt jihatidan 
qisqargan, ovqatni, ayniqsa go’shtli ovqatni yaxshiroq singdirishga qulaylik tug’dirgan. Bu 
ovqat inson organizmidagi bioximik o’zgarishlarga ta’sir ko’rsatgan. Odamlarning tabiat bilan 
bo’lgan munosabatida olovdan foydalanishi uni tabiatni ma’lum qismiga xukmron qilgan. Shu 
bilan qadimgi odamlar uzil-kesil inson sifatida shakllangan, ya’ni hayvonot olamidan ajralgan.              
Must’e yodgorliklari Markaziy Osiyo hududlarida keng 
o’rganilgan. Must’e yodgorliklarini o’rganish 1938 
yildan boshlagan bo’lib, hozirgi kunda Markaziy 
Osiyoda 300 ga yaqin must’e makonlari aniqlangan. 
Uning 100 ga yaqini arxeologlar tomonidan keng 
o’rganilgan. O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, 
Tojikiston hududlarida must’e yodgorliklari mavjud. 
O’rta tosh asri-must’e davri arxeologik yodgorliklari 
O’zbekiston hududida ham mavjud bo’lib, bu davrda 
yashagan ajdodlarimiz antropogenez shajarasida 
neandertal odami nomi bilan ma’lumdir.                
O’zbekistonda must’e davri yodgorliklariga Teshiktosh, Obiraxmat, 
Xo’jakent, Amir Temur g’ori, Qizilqum, Zirabuloq...kabi   joy makonlarini 
kiritish mumkin. O’zbekistonda topilgan must’e davri yodgorliklari ichida 
Teshiktosh g’ori alohida ahamiyatga ega. Teshiktosh g’ori 1938 yilda 
A.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. Teshiktosh g’oridan 9 yashar 
bolaning mozori - qabri topilgan. Bola skleti chuqurcha qazib unga 
chalqanchasiga yotqizilgan. Qabrning atrofi hayvon shoxlari (6 juft) bilan 
o’ralgan. Gorda qalin kul qatlami mavjud bo’lib, uning orasidan turli 
hayvon suyaklari topilgan. Gorda neandertal odamlari yashagan bo’lib, 
ularning asosiy mashg’uloti ovchilik bo’lgan.              Obiraxmat g’or makoni Toshkentdan 100 km uzoqlik
d,  Paltov  soyining  yuqori  qismida  joylashgan.  Gor 
yoysimon  shaklda  bo’lib,  eni  20  metr  kenglikda.  Undan  10  m 
qalinlikda  21  ta  madaniy  qatlam  topiladi.  Madaniy 
qatlamlardan  ohak  toshli  chaqmoqtoshdan  yasalgan  mehnat 
qurollari,  nukleuslar,  parrakchalar,  qirg’ichlar...  topilgan.  30 
mingdan  ortiq  tosh  uchrindilaridan  tayyorlangan    pichoqlar 
mavjud bo’lgan.
Must’e  davri  yodgorliklari  nafaqat  ochiq  manzillarda,  balki 
g’orlarda,  shuningdek  tosh  konlari  bo’lgan  ustaxonalarda  ham 
aniqlangan.  Yuqorida  keltirilgan  manzillardan  tashqari 
Toshkent  vohasida  Xo’jakent  g’ori,  Samarqanddagi 
Omonqo’ton,  Takalisoy,  Zarafshonda  Uchtut,  Ijond  tosh 
konlari ham arxeologlar tomonidan o’rganilgan.              
Odamlarning mehnat faoliyati va uning kengaya borishi, atrof-muhit haqidagi 
tushunchalarga ega bo’lishi ularning fikrini o’zgartiradi. Must’e davri odamlari 
tabiat hodisalari bo’lgan kun bilan tun almashishi, momaqaldiroq, vulqon otilishi, 
zilzila va... boshqalar haqida bosh qotirgan va ularga sig’inganlar. Hatto ular 
tug’ilish, o’lim va narigi dunyo kabi tushunchalarga o’zlarini munosabatini 
bildirgan. Masalan, Teshiktosh g’oridan topilgan qabrda dafn etilgan bola qanday 
falokatga uchraganini ko’rish mumkin: 9-10 yoshli bola yirtqich hayvon ovi 
paytida qoyatoshdan yoki boshqa sharoitda yiqilgan va og’ir jarohat olib halok 
bo’lgan.              Bola  jasadi  qabrga  qo’yilib,  atrofiga  arxar  shohlarini 
qadab  qo’yilgan.  Arxar  shohlari  ularning  e’tiqodicha 
o’lgan  odamni  narigi  dunyoda  muhofaza  qiladi.  Must’e 
odamlari bu davrda tabiatdan tashqari kuchlarga ishongan. 
Insonni  o’rab  turgan  muhitda  ruhlarning  mavjudligiga 
ishonish  fanda  animizm  deb  ataladi.  U  diniy 
tasavvurlarning dastlabki kurtagi hisoblanadi.
 
                                                     ADABIY O TLAR :

Gulomov Ya.  O’zbekistonda arxeologiya. T.1956. 37-38 bet.

Al’baum L.I. «Balaliktepa». Tashkent, 1960

Gerasimov M. «Lyudi kamennogo veka». M.,1964

Masson V.I. «Poselenie Djaytun». M., 1971

Mirsaotov G. «Drevnie shaxti Uchtuta». T., 1973

www.ziyonet.uz

MAVZU: O’RTA PALEOLIT ( MUST’E DAVRI MADANIYATI )

R e j a:   1. Must’e davrining boshlanishi. 2. Olovning kashf etilishi va uning ahamiyati. 3. Must’e davri yodgorliklari va ularni o’rganilishi. 4. Dastlabki diniy tasavvurlar.

Must’e davri–asheldan keyingi, xronologik jihatdan muzlikning riss bosqichiga muvofiq keladigan davrdir. Bu bosqich bir necha 10 ming yillar davom etgan bo’lib, taxminan 40 ming yillar burun tugagan va u Frantsiyadagi Must’e g’or-makoni nomi bilan atalgan. Must’e madaniyati–neandertal odamlar hayoti, faoliyati, maishiy munosabatlarining aks etishidir. Bu davrda neandertallar keng territoriyaga yoyilgan, tabiat bilan ilk paleolit odamlariga nisbatan faolroq munosabatga kirishgan. Tabiiy sharoit sovub, Evropa, Osiyo, Amerika shimoliy viloyatlarining katta qismini ulkan muzliklar qoplagan. Sharqiy Evropa hududlariga ham muz qatlamlari siljigan (uning markaziy Skandinaviya bo’lgan) va qalinligi 2 km.ni tashkil etgan. Xatto must’e bosqichida O’rta va xarbiy Sibirni ulkan muzlik qatlami qoplagan. Shimoliy-Sharqda esa markazi Chukotka bo’lgan muzlik qoplagan. Umuman, million km 2 ni muz qoplab, bu joy inson faoliyat ko’rsata olmaydigan hududga aylangan

Must’e davrida – mamontlar, shimol bug’ilari va boshqa hayvonlar keng tarqalgan. Muzlikning siljishi natijasida ob-havoning sovushi qadimgi odamlarni tabiiy sharoitga moslashishiga turtki bo’ladi. Qadimgi odamlar tabiatning dahshatli sinovi (sovug’i)ga chidash uchun yashash zaruriyatining turli formalarini topishga harakat qiladi. Bu harakat (sovuqdan saqlanish, kiyim kiyish, ehtiyojni qondirish) natijasida insoniyat o’z taraqqiyotida hal qiluvchi asosiy qadamlardan birini tashladi.