logo

Neyrografik mashqlarning ong, ong osti va jismoniy holatga ta`siri

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

818.1689453125 KB
 
 
MAVZU: Neyrografik mashqlarning ong, ong osti 
va jismoniy  holatga ta`siri * Diqqat                                        sezgi
* Nutq                                           idrok    
* Faoliyat                                       xotira
*                                                     tafakkur
*                                                      xayol
*                                                    tasavvur  Bilish sohasi:  Bilish jarayonlari:  Antiqa hayvonot 
bog‘i .  ( Amaliy mashg’ulot) 
Ko‘z oldingizda qator 
mavjudotlar turibdi. 
Ularni eslab qolish 
uchun bir daqiqa 
vaqtingiz bor. Bir 
daqiqadan so‘ng 
rasmdan nigohingizni 
uzing va... 
… har bir jonivorning nomini 
alifbo tartibida yozib 
chiqing. 
  * Sanalar va voqealar 
* Maqsad:  o‘quvchilarning diqqati va xotirasini o‘stirish
* Quyida odamlarning ismlari va ular bilan bog‘liq sana hamda 
voqealar yozilgan. Bu ro‘yxatni uch marta o‘qib chiqing. 
So‘ngra esa ro‘yxatga qaramasdan eslab qolganlaringizni 
yozib chiqing. 
*   Vitya va Floraning to‘yi 1976 yil 17 iyulda bo‘lgan. 
*   Larisa 1987 yil 12 mayda tug‘ilgan. 
*   Yulya nomzodlik dissertatsiyasini 2013 yil 21 iyunda 
yoqlagan. 
*   Mer 2015 yil 25 fevralda tantanali tadbir o‘tkazishni 
rejalashtirgan.  (Amaliy mashg’ulot)  * O`quvchilardagi  fanlarga  nisbatan  qiziqishlarini  aniqlashga 
yo‘naltirilgan metodika 
* Maktabda o‘qitiladigan fanlar orasidan senga eng 
*  
* A. Yoqadigan 
_____________________________________________
*  
* B.Yoqmaydigan 
_____________________________________________
* larini tanla  
I  bo‘lim  
Ushbu fanga sening munosabatingni bildiruvchi sabablarni belgila. 
Ye tishmayotganlarini yozib to‘ldir.  • 1. Qiziqarli fan  .
• 2.O‘qituvchining dars o‘tish usuli yoqadi .
• 3. Bu fanni  h amma bilishi lozim  .
• 4.Bu fan kelajakdagi kasbim uchun zarur .
• 5. Bu fan oson o‘zlashtiriladi .
• 6. Bu foydali fan hisoblanadi .   
•   7. Do‘stlarimga ham yoqadi .  
• 8.Ota onam uni kerakli fan deb hisoblaydilar . 
• 9.Bu fan o‘qituvchisi bilan munosabatlarim yaxshi. 
• 10.Bu fan o‘qituvchisi qiziqarli tushuntiradi .  Bu fan menga yoqadi, chunki:    • 1.Bu fan menga umuman qiziq emas .
• 2.O‘qituvchining dars o‘tish uslubi yoqmaydi. 
• 3.Bu fanni hamma bilishi shart emas. 
• 4.Bu fan kelajakdagi kasbim uchun kerak emas. 
• 5. Fanni o‘zlashtirish qiyin .
• 6. Do‘stlarimga bu fan yoqmaydi .
• 7.Ota onam bu fanni kerakli deb hisoblashmaydi.
• 8.O‘qituvchim bilan munosabatlarim yaxshi emas.
•   9. O‘qituvchi fanini qiziqarli qilib tushuntirmaydi.
•   10.Fan bo‘yicha bilimlar oliy ta’limga kirishda muhim 
hisoblanmaydi . II. Bu fan menga yoqmaydi, chunki:    • 1. Bu mening burchim. 
• 2. Savodimni oshirishni istayman. 
• 3.Jamiyatga foydasi tegadigan fuqaro bo‘lishni istayman. 
• 4.Chuqur bilim sohibi bo‘lishni istayman. 
• 5.H amma kabi o‘qiyman. 
• 6. Ota onam majburlaydi.
• 7. Y a xshi baho olish yoqadi.
• 8. O‘qituvchim maqtashini istayman.
• 9.Aqliy bilim doiramni kengaytirish uchun.
• 10. O‘qishni istayman.  III bo‘lim  
Nima maqsadda o‘qiyapsan? Shu savolga to‘g‘ri keladigan 
javoblarini belgila yetishmayotganlarini to‘ldirib qo‘y. * Birinchi bo‘lim o‘quvchilarga yoqadigan 
fanlarni aniqlash uchun, 
* ikkinchi bo‘lim ularga yoqma y digan,
*   uchinchi bo‘lim o‘quvchi nima uchun 
o‘qiyotganini, qanday motivlari borligini 
(dunyoqarash, ommaviy, amaliy, shaxsiy va 
boshqalar) aniqlash uchun yo‘naltirilgan,
*   bu javoblar asosida alohida fanlarga va 
umumiy ta’lim jarayoniga nisbatan 
o‘quvchining munosabati aniqlanadi.  Natijalarni qayta ishlash.  *
Amaliy mashg’ulot: Ayiqchaning o‘rnini top
Maqsad:  o‘quvchilarning diqqati va 
tafakkurini o‘stirish
Ishning borishi:  Stol ustiga ayiqchaning 
uxlashi, badantarbiya mashqlarining 
bajarishi, yuvinishi, o‘qishi, o‘ynashi, 
nonushta qilishi tasvirlangan rasmlar 
aralashtirib qo’yiladi. O‘quvchilar shularni 
tartib bilan joylashtirishi kerak bo’ladi.
  Amaliy mashg’ulot: «Ajoyib xaltacha»
Maqsad:   o‘quvchilarning sezgi, idrokini 
o‘stirish.
Ishning borishi:  Trener xaltachaga turli 
sabzavotlarni soladi, ya’ni sabzi, piyoz, 
kartoshka, sholg‘om, turp,  karam , rediska 
va boshqalar. O‘quvchilarning ko‘zlari 
bog‘lanadi, qo‘llari bilan esa paypaslab 
sabzavotlar nomini aytishlari kerak 
bo’ladi. * Amaliy mashg’ulot:   Bu nimaning rasmi edi
       Maqsad:   diqqat va idrokni rivojlantirish
            Jihoz:   2ta  mushuk  va  2ta  itning  rasmi  qirqib,  4 
bo‘lakdan qilingan rasmlari
       Ishning borishi:  Ikki bola stolda ro‘para bo‘lib o‘tiradi, 
o‘rtada  qirqilgan  rasm  bo‘laklari  aralash  qilib  qo‘yiladi. 
Bolalarning  har  biriga  alohida  mushuk  va  itning  rasmini 
tiklash  so‘raladi.  Kim  rasmni  birinchi  bo‘lib  tiklasa  g‘olib 
hisoblanadi.  Amaliy mashg’ulot: Kim birinchi bajaradi?
Maqsad:  o‘quvchilarning irodasini 
tarbiyalash
Jihoz:  Ikki shishacha, 48 ta toshcha yoki 
tugmacha kerak bo‘ladi, rangi bir xil bo‘lsin.
Ishning borishi:  Ikkita bolani yuzma-yuz 
qilib stulga o‘tqaziladi. Har qaysisiga 
shishacha va 24 ta toshcha beriladi. Boshqa 
bolalar kuzatib turadi. Toshchalarni bittalab 
shishachaga solish lozim bo’ladi. Kim 
birinchi bajarsa g‘olib hisoblanadi.  Amaliy mashg’ulot:    Sokinmisiz, bo’ronmisiz? (xarakterdagi 
ayrim jihatlarni o’rganish metodikasi)
Hayotimiz  davomida  goh  his-tuyg’ularimizni  yashirib,  goho  esa 
ularni  jilovlay  olmay  qolamiz.  Ba’zi  holatlarda  esa  o’zingizni  taniy 
olmaydigan  holatlar  ham  bo’ladi.  Xo’sh,  siz  qiyin  vaziyatlarda 
o’zingizni  qo’lga  ola  bilasizmi?  Buni  aniqlamoqchi  bo’lsangiz 
quyidagi test savollariga javob bering.  
Javoblar varianti: a-hech qachon, b-ba’zan, s-tez-tez, d-hamma 
vaqt 
1. Ishtahangiz bo’g’ilgan paytlar bo’ladimi?
2. Ob-havoning o’zgarishi sizga ta’sir qiladimi?
3. Uxlab qolishingiz qiyinmi?
4. Biror kishini kutayotganingizda, u kechiksa asabiylashasizmi?
5. O’tirganda stolni chertib, oyog’ingizni o’ynatib o’tirasizmi?
6. Parhezga rioya qilasizmi?
7. Shovqindan asabingiz buziladimi?
8. Ishga, uchrashuvga kechikib keladigan odatingiz bormi?
9. Atrofingizdagilarning e’tibori sizni hayajonga soladimi?
10. Odamlar siz bilan qo’pol muomalada bo’ladimi?
  “ A”  javoblar  ko’p  bo’lsa:   siz  savollarga  javob  berishda  biroz 
adashgansiz  yo  bo’lmasa  haqiqatan  ham  juda  xotirjamsiz.  Harholda 
sizni  xafa  qilish  juda  qiyin.  Ortiqcha  havotirlanib,  asabingizni 
buzavermaysiz.  Bu  o’zingiz  uchun  yaxshi  bo’lsa-da,  ammo 
atrofdagilaringiz  bunday  fel-atvoringizdan  jahllanishlari  ham 
mumkinligini o’ylab ko’ring.
 
“ B”  javoblari  ko’p  bo’lsa:   siz  yetarli  darajada  xotirjam 
insonsiz. Faqat jiddiy noxushliklargina sizning jahlingizni chiqaradi. 
Mayday-chuyda gaplarga esa nazaringizni ham solmaysiz.
  “ S” javoblari ko’p bo’lsa:  ba’zan siz mayda-chuyda hodisalarni 
ham  yuragingizga  yaqin  olib,  har  qanday  tanqidga  ham  xafa 
bo’laverasiz.  Asabiylikdan  qutulish  uchun  ruhshunoslar  tavsiya 
etgan ba’zi muolajalarni bajarishga harakat qilib ko’ring.
 
      “ D” javoblari ko’p bo’lsa:  sizni xafa qilib, yig’latishdan 
osonroq ish yo’q. balki juda charchagandirsiz. Ammo nima bo’lgan 
taqdirda ham o’zingizni ozroq qo’lga olishingiz lozim. Aks holda, 
o’zingizni har tomonlama toliqtirib qo’yasiz.   * Psixogeometrik test; «Kimsiz: kvadrat, aylana, 
turtburchak, uchburchak, zig-zag?» 
 
Maqsad: test o`z-o`zini tahlil qilish malakalarini mustahkamlaydi va 
o`zini tarbiyalashga yordam beradi. 
  Ushbu test shaxsga aloqador bir qancha muhim xarakterologik 
sifatlarni aniqlashga imkon beradi. 
Tavsiya  etilgan  geometrik  figuralardan  qaysi  biri  Sizga  yaqinligini 
belgilang  va  unga  «1»  raqami  qo‘ying.  Qolganlarni  ham  yoqishiga 
qarab, 5 gacha baholab chiqing.  * Endi Sizga xos bo‘lgan psixologik 
xususiyatlar va fazilatlarni bilib oling. 
* Kvadrat. X ayotiy qadriyatlari: tartib, ish, an’analar. 
* Asosiy psixologik xususiyatlari:  Ijobiylari - tartiblilik, intizom, 
o‘z vaqtida ishlarni bajaradigan, ozoda-pokiza, qonunga 
buysunuvchi, mehnatsevar, chidamli, tirishqoq, qat’iyatli, 
qarorlari qat’iy, so`zining ustida turadigan, halol, oqil, aql bilan 
ish ko`radigan, bosiq, tejamkor, pishiq. 
* Salbiylari- ko`ngliga har xil fikrlar keladigan, bir yoqlama,  o`ta 
talabchan, mayda-chuydaga ham e’tibor beradigan, jiddiy, 
chidamli, qaysar,  yangilikdan cho`chiydigan, fantaziyasi 
kambag`al, pismiqroq.  Uchburchak.  Asosiy qadriyatlari:  hokimiyat, liderlik, 
amal, mavqe, g`alaba, manfaat. 
Asosiy psixologik sifatlari:  Ijobiylari  — yashxi lider, 
o`ziga mas’uliyatlarni oladigan, har narsada asosiy, 
mohiyatni ko`ruvchi, kuchini safarbar qila oladigan, 
g`alabaga erisha oladigan, o`ziga ishonchli, qat’iyatli, 
tavakkalchi, g`ayratli, to`g`risuz, hissiyotlari boy, aqlli. 
Salbiylari- egotsentrik, egoist, nazorat qilishni yaxshi 
ko`radigan, o`zgacha fikrlarga toqatsiz, ishga o`ta 
beriluvchanlik, har narsadan manfaat qidiradigan, 
qaysar, beshavqat, toqatsiz, qo`pol, rahmsiz, achchig`i 
tez, zaharxanda. 
   Aylana.   Asosiy  qadriyatlar:  insonlarga  xizmat 
qilish, oila baxti va manfaati, bolalar, muloqot. 
Asosiy psixologik xususiyatlari:
Ijobiylari  — muloqotga 
ehtiyoj,kirishuvchanlik, hammabop, mehribon, 
gamxo`r, sadoqatli, kuchli ijtimoiy intuitsiyaga 
ega, empatiya hissi kuchli, bag`ri keng, qo`li 
ochiq, hissiyotlarga beriluvchan, bosiq, yuvosh, 
kechirimli, janjaldan yiroq yuruvchi. 
Salbiylari:  o`zgalar  fikriga  tobelik,  betartib, 
o`ta  yumshoq,  talabchan  emas,  qati’yatsiz, 
narsalarni ayamaydigan, laqma, ko`ngli bo`sh.  To`rtburchak.   Asosiy  qadriyatlari:  o`zgarish,  dinamika, 
azart. 
Asosiy psixologik xususiyatlari: 
Ijobiylari  —  intiluvchan,  yangilikni  qidiradigan, 
qiziquvchan,  yaxshi  ta’lim  oladigan,  ziyrak, 
sezgir,  ishonuvchan,  empatiya  xos,  samimiy, 
dadil. 
Salbiylari:  Qat’iyatsiz,  qarorlari  mavhum,  ish  va 
so`z  birligi  yo‘q,  ishonuvchan,  emotsional 
beqaror,  sodda,  o`ziga  bahosi  past,  lanj, 
unutuvchan, kechirimli.  Zigzag.   Asosiy  qadriyatlari:  erkinlik,  ijod, 
o`zgarish. 
Asosiy psixologik xususiyatlari: 
Ijobiylari  — yangilik, ijodga intilish, bilishga 
chanqoqlik,g`alayonchi,xayolparast,optimist, 
kelajakka intilgan,ruhi tetik, tashabbuskor, aqlli. 
Salbiylari:  tartibsizlik, o`zgaruvchanlik, 
individualizm, ishonchsiz, qonunlarni buzuvchi, 
realistik qarashning yo‘qligi, subutsiz, o`zini 
namoyishkorona ko`rsatadigan, zahar, kesatib 
gapiradigan.  * Tavsiya etiladi gan adabiyotlar 
 
          
1. Nishonova  Z.T.,  Alimova  G.K.  Bolalar  psixologiyasi  va 
psixodiagnostikasi T.: TDPU 2017 – 264 b. 
2. G‘oziyev  E.  Ontogenez  psixologiyasi  Nazariy-
eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b. 
3. Do‘stmuhamedova  Sh.A.,  Nishonova  Z.T.va  boshqalar 
Yosh  davrlari  va  pedagogik  psixologiya  T.:  Fan  va 
texnologiyalar 2013 – 343 b. 
4.   Internet sayti : www. z iyonet.uz * E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

MAVZU: Neyrografik mashqlarning ong, ong osti va jismoniy holatga ta`siri

* Diqqat sezgi * Nutq idrok * Faoliyat xotira * tafakkur * xayol * tasavvur Bilish sohasi: Bilish jarayonlari:

Antiqa hayvonot bog‘i . ( Amaliy mashg’ulot) Ko‘z oldingizda qator mavjudotlar turibdi. Ularni eslab qolish uchun bir daqiqa vaqtingiz bor. Bir daqiqadan so‘ng rasmdan nigohingizni uzing va... … har bir jonivorning nomini alifbo tartibida yozib chiqing.

* Sanalar va voqealar * Maqsad: o‘quvchilarning diqqati va xotirasini o‘stirish * Quyida odamlarning ismlari va ular bilan bog‘liq sana hamda voqealar yozilgan. Bu ro‘yxatni uch marta o‘qib chiqing. So‘ngra esa ro‘yxatga qaramasdan eslab qolganlaringizni yozib chiqing. * Vitya va Floraning to‘yi 1976 yil 17 iyulda bo‘lgan. * Larisa 1987 yil 12 mayda tug‘ilgan. * Yulya nomzodlik dissertatsiyasini 2013 yil 21 iyunda yoqlagan. * Mer 2015 yil 25 fevralda tantanali tadbir o‘tkazishni rejalashtirgan. (Amaliy mashg’ulot)

* O`quvchilardagi fanlarga nisbatan qiziqishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan metodika * Maktabda o‘qitiladigan fanlar orasidan senga eng * * A. Yoqadigan _____________________________________________ * * B.Yoqmaydigan _____________________________________________ * larini tanla I bo‘lim Ushbu fanga sening munosabatingni bildiruvchi sabablarni belgila. Ye tishmayotganlarini yozib to‘ldir.