O‘rta Osiyo mutaffakirlar va allomalarining ilmiy merosi
Mavzu: O‘rta Osiyo mutaffakirlar va allomalarining ilmiy merosi
Reja: Sharqda uyĝonish davri Őrta osiyo mutaffakkirlarining ilmiy merosining ahamiyati Mirzo Ulug’bek davrida Ilm fanning rivojlanishi
IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo’ldi. Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag’dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o’lkalari, jumladan O’rta Osiyodan ham olim va fozillar to’plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasini jahonga mashhur bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o’rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o’rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari bo’lmish o’z davrining olimu-donishmandlari o’z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida turibdi.
Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813-833), soʻng al Moʻʼtasim (833-842), al Vosiq (842-847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni sabab. Miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 5-asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-asrga kelib inqirozga yuz tutdi. 415-yilda yunon fanining xazinasi boʻlgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan toʻxtab, hatto qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4- 8-asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharxlar bitish bilangina shugʻullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan.