logo

Mustaqillik yillarida Sharq allomalarining ilmiy merosining o'rganilishi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1722.2646484375 KB
Mavzu:Mustaqillik yillarida Sharq 
allomalarining ilmiy merosining 
o'rganilishi                   MUSTAQILLI K Y ILLARIDA MEROSI NI NG 
O'RGANILISH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek: 
«tarixiy merosni asrab-avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlodlarga 
qoldirish ham davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan 
biridir” [1].

Sharqning ulugʻ allomalari va mutafakkirlarining kashfiyotlari zamonaviy 
ilm-fan va taraqqiyot poydevori. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday 
oʻzgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan 
jarayonlar, kashfiyotlar oʻz – oʻzidan yuz bermaydi .  Buning uchun avvalo asriy 
anʼanalar, tegishli shart – sharoit, tafakkur maktabi, madaniy – maʼnaviy muhit 
mavjud boʻlmogʻi kerak .

Ilm – fan, taraqqiyot avvalo nimaga bogʻliq? Oʻrta asrlar Sharq tarixi shundan 
dalolat beradiki, madaniyat va taʼlim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, sanʼat va 
arxitektura sohalaridagi beqiyo

s yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi isteʼdodli 
avlodlar toʼlqinining paydo boʼlishi va voyaga yetishi — bularning barchasi, 
birinchi navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar xoʼjaligining ancha jadal 
oʼsishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yoʼllar 
qurilishi, yangi karvon yoʼllarining ochilishi va avvalambor nisbiy 
barqarorlikning taʼminlanishi bilan bevosita bogʼliq boʼlgan.          
Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari 
hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud 
boʻlgani haqida qadimgi baqtriya, soʻgʻd, oʻrxun, 
xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy 
tasviriy sanʼat asarlari va haykalchalar, 
arxitektura namunalari dalolat beradi.     
Sharqu Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan, buyuk 
sivilizatsiyalar tutashgan yurtimiz hududida ilm-
fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, 
oʻrta asrlarda ona zaminimizdan minglab olimu 
shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. 
Ularning matematika, fizika, kimë, astronomiya, 
etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, 
falsafa kabi koʻplab sohalarga oid asarlari, 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, 
Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy 
obidalar butun bashariyatning maʼnaviy mulki 
hisoblanadi.     
Buyuk Ipak yoʻli — Xitoy, Hindiston va 
Markaziy Osiyo, Oʻrta va Yaqin Sharq, 
Oʻrta yer dengizi mintaqasi kabi 
hududlar oʻrtasida savdo-sotiq 
aloqalarini, balki qitʼalar va davlatlar 
oʻrtasida axborot almashuvini 
taʼminlashga xizmat qildi, yangi 
texnologiya va ishlanmalarning (ipak, 
chinni buyumlar, porox, qogʻoz va 
boshqa koʻplab mahsulotlar) tez 
tarqalishida, qishloq xoʻjaligi ekinlari 
va agrotexnologiyalarning, madaniy 
qadriyatlarning rivojlanishida muhim 
vosita vazifasini bajardi, shu tariqa 
sivilizatsiyalararo muloqot va 
texnologiyalar almashuvi uchun 
shart-sharoitlar yaratdi.     
Maʼlumki, oʻsha davrlarning anʼanalariga koʻra, 
maʼrifatparvar mutafakkir va faylasuflar, olimlar 
va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar 
saroylarida panoh topganlar. Ular orasida IX-XI 
asrlarda Xivada tashkil etilgan Maʼmun 
akademiyasi va “Baytulhikma”, yaʼni 
“Donishmandlik uyi” degan nom bilan shuhrat 
qozongan Bagʻdod akademiyasida, shuningdek, 
XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo 
Ulugʻbekning ilmiy maktabida samarali mehnat 
qilgan bir guruh olimlar butun dunëga dong 
taratdilar.     
Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va 
XIV-XV asrlarda jahonning boshqa mintaqalaridagi 
Renessans jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. 
Sharq uygʻonish davri — Sharq Renessansi sifatida 
dunë ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda 
tan olingan. Agar Yevropa Uygʻonish davrining 
natijalari sifatida adabiyot va sanʼat asarlari, 
arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash 
borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan boʻlsa, 
Sharq Uygʻonish davrining oʻziga xos xususiyati, 
avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, 
geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va 
tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va 
adabiyotning rivojlanishida namoyon boʻladi.     SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI

Oʻrta asrlarda Sharq ilm-fani rivojida Xorazm 
Maʼmun akademiyasi alohida oʻrin tutgan. Ulkan 
kutubxona, madrasa, tarjimon va xattotlar 
maktabi kabi tuzilmalarga ega boʻlgan bu 
dargohda yuzdan ortiq allomalar, isteʼdodli 
talabalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Abu Nasr 
ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
Mahmud Xoʻjandiy, Ahmad ibn Muhammad 
Xorazmiy kabi qomusiy olimlarning 
umumbashariy tafakkur rivojiga qoʻshgan 
hissasi beqiyosdir.     AHMAD FARGʻONIY

Ahmad Fargʻoniy tomonidan IX asrda yaratilgan 
“Astronomiya asoslari” fundamental asarida 
olamning tuzilishi, Yerning oʻlchovi haqidagi 
dastlabki maʼlumotlar, sayoramizning sharsimon 
koʻrinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud 
boʻlib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa 
universitetlarida astronomiya boʻyicha asosiy 
darslik sifatida oʻqitib kelingan hamda Buyuk 
geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan 
va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun 
ilmiy asos boʻlib xizmat qilgan.     Ahmad Fargʻoniyning amaliy yutuqlaridan biri uning oʻrta asrlardagi 
asosiy astronomik asbob — usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va 
shuningdek, Nil darësida “Nilomer” degan, koʻp asrlar davomida suv 
sathini oʻlchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur 
inshootni yaratgani boʻldi.     ABU ALI IBN SINO

“ Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy 
allomasi hamda insoniyatning eng buyuk 
mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor 
boʻlgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati 
avlodlarda alohida gʻurur va ehtirom tuygʻularini 
uygʻotadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida 
boshlagan bu ulugʻ zot oʻz umri davomida 450 dan 
ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati, avvalo, 
tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimë, fizika, 
astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va 
tilshunoslik sohalariga bagʻishlangan. Leonardo da 
Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa koʻplab 
olimlar avlodi uning asarlarini oʻqib, hayratga 
tushganlar.     
Ibn Sino nomi dunë fani va 
madaniyati tarixiga zarhal 
harflar bilan bitilgan. Doimo 
yashil boʻlib turuvchi tropik 
oʻsimlik “Avisenniya” deb 
atalgan. Koʻplab 
mamlakatlarda koʻchalar, 
oʻquv va tibbiyot 
muassasalariga uning nomi 
qoʻyilgan, alloma sharafiga 
medal va mukofotlar taʼsis 
etilgan.     
Buyuk ajdodlarimiz yutuqlari – maʼnaviy jasorat 
namunalari. Oʻzbekiston xalqi koʻpni koʻrgan, 
yelkasida tarix sinovlarini, ijtimoiy xulosasini 
yelkalagan, oʻziga ham oʻzgalarga ham tinchlik, 
osoyishtalik, farovon hayotni tilab kelgan, shu 
niyatda butun insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga 
munosib hissa qoʻshgan xalq. Bugun ham xalqimiz 
ota- bobolarimizdan meros boʻlib qolgan oʻzining 
ana shu ezgulik bayrogʻini qoʻlidan tushirgani yoʻq.     E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Mavzu:Mustaqillik yillarida Sharq allomalarining ilmiy merosining o'rganilishi

MUSTAQILLI K Y ILLARIDA MEROSI NI NG O'RGANILISH  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek: «tarixiy merosni asrab-avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish ham davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir” [1].  Sharqning ulugʻ allomalari va mutafakkirlarining kashfiyotlari zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot poydevori. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday oʻzgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar oʻz – oʻzidan yuz bermaydi .  Buning uchun avvalo asriy anʼanalar, tegishli shart – sharoit, tafakkur maktabi, madaniy – maʼnaviy muhit mavjud boʻlmogʻi kerak .  Ilm – fan, taraqqiyot avvalo nimaga bogʻliq? Oʻrta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va taʼlim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, sanʼat va arxitektura sohalaridagi beqiyo  s yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi isteʼdodli avlodlar toʼlqinining paydo boʼlishi va voyaga yetishi — bularning barchasi, birinchi navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar xoʼjaligining ancha jadal oʼsishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yoʼllar qurilishi, yangi karvon yoʼllarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning taʼminlanishi bilan bevosita bogʼliq boʼlgan.

 Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud boʻlgani haqida qadimgi baqtriya, soʻgʻd, oʻrxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy tasviriy sanʼat asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi.

 Sharqu Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan, buyuk sivilizatsiyalar tutashgan yurtimiz hududida ilm- fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarda ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimë, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi koʻplab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar butun bashariyatning maʼnaviy mulki hisoblanadi.