Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosining o’rganilishi
ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSINING O’RGANILISHI
Reja: 1.Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati. 2.Mustaqillik yillarida Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosi o’rganilishi. 3.Abu Rayhon Beruniy ijodini yevropada o’rganilishi. 4.Xulosa.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al- Beruniy (4-sentyabr, 973-yil, Kat (hozirgi Qoraqalpog istonning Beruniy tumani), ʻ Xorazm , – 13-dekabr, 1048-yil, G azna ʻ ) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. G arb tillarida ʻ uning ismi Aliboron deb ham atalgan. Al- Beruniy nomi forscha „birun“ („chet“ degan ma noni anglatadi) so zidan olingan bo lib, ʼ ʻ ʻ u Afrig iy ʻ Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tug ilgan ʻ [2] [3] . Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda o tkazdi, u yerda ʻ islom , fiqh , ilohiyot , grammatika, riyoziyot , falakiyot , tibbiyot va falsafa , fizika va boshqa ilmlar bilan ham shug ullandi. Beruniy ona tili ʻ bo lgan ʻ xorazmiy tilidan tashqari fors , arab yunon , ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini o rgandi. ʻ
Beruniy merosi XIX asrga kelib olimlarda yanada katta qiziqish uygʻotdi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy Yevropa va Osiyo mamlakatlarida yana bir bor tan olina boshladi. Beruniy asarlariga bagʻishlangan yevropalik olimlar J. Reno, E. Zaxau, G. Zuter, E. Videman, K. Nallino, J. Sarton, R. Rayt, M. Meyerxof, osiyolik olimlar S. X. Nasr, M. Kozim, S. Baraniy, M. Nizamuddin, Sh. Yaltkay, rus olimlari I. Y. Krachkovskiy, S. P. Tolstov, A. A. Raynov, A. M. Belenitskiy, A. A. Semyonov, B. A. Rozenfeldlarning unga bagʻishlangan asarlari eʼlon qilindi. Mashhur sharqshunos olim I. Y. Krachkovskiy Beruniy merosiga ulkan baho berib, “Uning qiziqqan ilm sohalaridan koʻra qiziqmagan sohalarini sanab oʻtish osondir” deb, allomaning qomusiy aqlini yana bir bor taʼkidlab oʻtadi.
Amerikalik tarixchi olim J. Sarton Beruniyni oʻz davrining jahondagi birinchi donishmandi deb eʼtirof etadi. Atoqli sharqshunos V. R. Rozen esa uning ilmiy qarashlaridan hayratlanib, hozirgi davr fanining ruhiga xos ekanligini qayd etadi. Beruniy Oʻzbekistonda ham katta eʼzoz va eʼtiborga sazovor boʻlmoqda. H. M. Abdullayev, I. M. Moʻminov, V. Y. Zohidov, Y. Gʻ. Gʻulomov, U. Karimov, P. G. Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Birinchi bor Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Masʼud qonuni”, “Geodeziya”, “Saydana” kabi asosiy asarlarini oʻz ichiga oluvchi koʻp jildli saylanma asarlari oʻzbek va rus tillarida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi.