O‘zbek adabiy tili me’yorlari
O‘zbek adabiy tili me’yorlari Mavzu:
• Reja: • O‘zbek adabiy tili ning talaffuz va so‘z yasalish me’yorlari. • O‘zbek adabiy tili ning leksik me’yorlari • O‘zbek adabiy tili ning morfologik va sintaktik me’yorlari • O‘zbek adabiy tili ning uslubiy me’yorlari.
“ . ..matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi, sohalarida, milliy madaniy merosimizning hali o’rganilmagan ko’pgina qatlamlarini ochib berishga yo’naltirilgan ilmiy- tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratish ...” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 25- maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2995 Qarori
• Mashg‘ulotning maqsadi: Me’yor ko‘rinishlari: fonetik, leksik, orfoepik, orfografik, so‘z yasash, so‘z qo‘llash me’yorlari; punktuatsion, sintaktik, stilistik me’yorlar. Me’yoriylikdan maqsadli chekinish. Lug‘atlarning nutq madaniyati bo‘yicha universal manba sifatidagi ahamiyati. Adabiy til nutq madaniyatining asosi sifatida. Adabiy til me’yorlarini egallashga to‘siq bo‘luvchi ba’zi holat va sabablar. Tayanch so‘z va iboralar: adabi y tilning yo zma, o g‘ zaki shaklga e galigi; sh eva va dialektlar; «adabiy til» tushunchasi; me’yor- so‘zning mavjud bo‘lgan ma’nosi. Mavzuning qisqacha mazmuni: Nutq odobi – umumiy axloqni belgilovchi mezon. Nutq madaniyati va adabiy me’yor o‘lchovi fanning asosidir.
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu asosida nutq tashkil topadi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo‘lib, so‘zning kishilar xotirasidagi obrazlari ruhiy material, nutq yaratish jarayonida qo‘llaniladigan so‘z shakllari, materiallar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bo‘lsa, moddiy hodisa esa undagi tovushlardir. Nutq bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifani bajaruvchi noyob quroldan foydalanuvchi jarayon. Til birikmalari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo‘lishidir. Nutq harakatdagi til bo‘lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi va so‘z birikmalari, erkin birikmalar, so‘z tartibi va gaplardan tashkil topadi. Madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalqlar tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha odob va nafosat talablari bilan aloqador tushunchadir.