O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA NUTQ ODOBINING AKS ETISHI
MAVZU: O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA NUTQ ODOBINING AKS ETISHI .
REJA: • 1.So‘zlash odobi bayon etilgan xalq og‘zaki ijodi janrlar. • 2.Mahmud Koshg‘ariyning til odobi haqidagi qarashlari. • 3.“Qutadg‘u bilig” asarida nutq madaniyati masalalari. • 4.Ahmad Yugnakiy asarida tilni tiyish va til jarohati xususida .
1.So‘zlash odobi bayon etilgan xalq og‘zaki ijodi janrlar.O‘zbek tilining tarixiy ildizi uzoq asrlarga borib taqaladi.Insoniyat so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgan kundan boshlab ma’noli nutq tuzishga harakat qilgan.Bu ma’lum ma’noda xalq og‘zaki ijodi janrlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Maqollar,hikmatli so‘zlar biz uchun asrlarning sadosi,uzoq o‘tmish bilan hamnafaslik hissini uyg‘otuvchi mangu chaqiriq,zamonlararo ko‘prikdir.Xalqimizda o‘z qadrini bilgan so‘z qadrini biladi degan gap bor.O‘z qadrini bilgan odam so‘zni pala-partish ishlatmaydi,uning asl ma’nosini qidiradi,bilib o‘rniga qo‘yib gapiradi.Chunki maqol- so‘z ko‘rki hisoblanadi.
Xalq maqollarida ota- bobolarimiz so‘zlash odoboga rioya qilish haqidagi o‘gitlarini, pand-nasihatlarini bayon etganlar.Yaxshi so‘zlash,shirin gapirish haqida ham br qancha maqollar yuzaga kelgan: Yaxshi so‘z ko‘ngil podshosi *** Yaxshi so‘z filni ham yo‘lga solar *** Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar, Yomon so‘zga pashsha kuchli fil bo‘lar.
Hikmatni oltin deb bilgan dono xalqimiz kam so‘zlab,ko‘proq tinglash haqida ham chiroyli hikmatlar yaratgan: Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan-hissasi. *** O‘n qatim o‘yla, bir qayim so‘yla. Shuningdek, xalqimiz do‘sting ham til, dushmaning ham til deb uqtiradi.