logo

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6913.228515625 KB
    
          
        O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA               SUD 
HOKIMIYATI                                                                               R EJ A :
1 .SU D LA R  FAO LIYATIN I TAK O M ILL A SH TIR IS H  D AV R  TALA BI.
2 . O ’ ZBEK IS TON   R ES PU BLIK A S I S U D  H O K IM IYATI VA U N IN G  
TIZIM I.
3 . YA N G ILA N AYO TG A N   K O N ST IT U TSIYA SU D - H U QU Q  
SO H A S ID A G I ISL OH OT LA R  N ATIJ A LA R IN I H U QU Q IY 
M U S TAHK A M LAYD I.
4 . S U D LA R N I TASH K IL Q IL IS H  TARTIBI.                           S U D L A R   FA O L I YAT I N I  
TA K O M I L L A S H T I R I S H   D AV R   TA L A B I .
Bugungi kunda mamlakatimizdagi barcha islohotlar avvalo inson qadrini ulug‘lash tamoyilidan kelib chiqib amalga 
oshirilmoqdaki, bu islohotlarning amaldagi natijasini har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida ko‘rmoqda. Xususan, sudlar 
faoliyatini tubdan isloh qilish va haqiqiy odil sudlov timizini yaratish ishlariga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Odil sudlov – 
haqiqiy holatni aniqlab, odamlar orasidagi, ular bilan jamiyat va davlat o‘rtasidagi kelishmovchilik va nizolarni faqat sud 
tomonidan hal etib berilishidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-11-son “Odil 
sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari sohani yangi bosqichga olib chiqdi.
Ushbu Farmonga ko‘ra            2023 — 2026 
yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan 
yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli 
strategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiya 
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini 
rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor 
yo‘nalishlari hamda istiqbolli vazifalarini 
belgilab berib, sohaga ilg‘or xalqaro 
standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos 
bo‘lib xizmat qilishi belgilandi. Ushbu 
strategiyani amalga oshirishda quyidagi 
vazifalar ustuvor etib belgilandi:     Oliy sud tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi bilan birgalikda jinoyat ishlari 
bo‘yicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va 
soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab 
chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan 
sudlarda apellyasiya yoki kassasiya tartibida qayta ko‘rib chiqish;
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassasiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur 
sudlarda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida 
taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish; viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning 
sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;
yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini 
bekor qilish va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklash.
Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv 
qat’iy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar 
yaratilishi qayd etilsin.  Sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini ta’minlashni kuchaytirish bo‘yicha quyidagi 
choralar belgilansin:sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali 
mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va 
jinoiy javobgarlik belgilash;
sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik 
choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan 
ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish;
odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni bo‘yicha 
jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy 
etish.
  Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash sudning chinakam inson va uning manfaatlari 
himoyachisi sifatida ijtimoiy hayotimizdagi o‘rnini yuksaltiradi. Shuningdek, farmon bilan 
kiritilayotgan o‘zgarishlar va ishlab chiqilgan strategiya inson manfaatlari yo‘lida odil sudlov sari 
muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.  O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va uning tizimi.
Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil shoxobchalaridan biri bo’lib, jamiyat xayotida odil sudlovni 
amalga oshirishga safarlar etilgan. Odil sudlov o’z mohiyatiga ko’ra, davlat faoliyati hisoblanadi, bunda vakolatli sud 
muassasasi huquq normalari talablarini buzish oqibatida kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, hal qiladi.
   Sud hokimiyati – bu sudlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so’zsiz 
rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo’jalik ishlarini va ma`muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rish 
bo’yicha vakolatidir. O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati davlat hokimiyatining bir tarmog’i sifatida inson va 
fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir davlat funksiyasini bajaradi. O’zbekiston Respublikasi sud 
tizimi oldida g’oyat katta ahamiyatga ega vazifa-davlat organlarini inson huquqlarini hurmat qilishga majbur etish, 
mavhum huquqiy me`yorlarni real huquq va majburiyatlarga aylantirish, davlatning inson oldidagi o’z vazifalarini 
bajarishini ta`minlash vazifasi turadi.  Sud hokimiyatini amalga oshirish tartib-qoidalarining bir necha ko’rinishlari qaror topganki, ularga sud ishlarini 
yuritishning Konstitutsiyaviy, fuqarolik, xo’jalik, jinoiy va ma`muriy turlari kiradi.
   Sud tizimining huquqiy negizi Konstitutsiyaning 107-moddasida berilgan. Unga muvofiq respublikada 
Konstitutsiyaviy sud, xo’jalik sudlari va umumiy yurisdiksiya sudlari amal qiladi. Mamlakatda qandaydir favqulodda 
sudlar tuzilishiga yo’l qo’yilmaydi.
 
  Konstitutsiyaviy me`yorlar sudlar tizimini	  umuman belgilaydi. Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish 
tartibi alohida qonun bilan belgilanadi. 
   Mamlakatimizda sud hokimiyatining Konstitutsiyaviy huquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy 
asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining «Sudlar to’g’risida»gi (yangi 
tahrirdagi 2000 yil 14 dekabr`) qonuni bilan belgilanadi.    O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati tizimi quyidagi sudlardan   
                     tashkil topgan:
   O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi
O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudi Samarqand  Harbiy  Sudi Jinoyat   ishlari   bo'yicha   Shayxontohur  tuman  sudi Fuqarolik   ishlari   bo'yicha  Samarqand  shahar   sudi
1.     O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
2.	
     O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
3.	
     O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudi;
4.	
     Qoraqalpog’iston Republikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha sudlari, fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo’yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
5.	
     Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman 
(shahar) sudlari;
6.	
     Harbiy sudlar;
7.	
     Qoraqalpog’iston Respublikasining xo’jalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xo’jalik sudlari. O’zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
   Qonun sudlarini tashkil etish, ularni saylash va tayinlash tartibini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 
tarkibi Oliy Majlisga saylov o’tganidan so’ng shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudining 
sud`yalari O’zbekston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tomonidan saylanadi.
 
   Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi va xo’jalik sudining sud`yalari	  Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi 
raisining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan, Qoraqalpog’iston Respublikasining 
Jo’qorg’i Kengesi tomonidan saylanadi.
 	
  Viloyat sudyalari, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo,	  tuman (shahar) sudlari sud`yalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi sud`yalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha Oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan; 
xo’jalik sudlari sud`yalari esa O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi raisining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston 
Respublikasining Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
 	
  Harbiy sudlarning sud`yalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sud`yalarini tanlash va lavozimlarga tavsiya etish 
bo’yicha Oliy malaka komissiyasining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
 
  Sud`yalar Konstitutsiya va qonunga muvofiq, odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir. Sud`yalikka 
nomzodlarga muayyan talablar qo’yiladi.	
     
 	
  Yigirma besh yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma`lumotga, yuridik ixtisos bo’yicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega 
bo’lgan hamda malaka imtihonini topshirgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) sudi, xo’jalik 
sudi sud`yasi bo’lishi mumkin.
 
  Oliy yuridik ma`lumotga hamda yuridik ixtisoslik bo’yicha kamida besh yillik, shu jumladan, sud`ya bo’lib, kamida ikki yillik 
mehnat stajiga ega bo’lgan va malaka imtihonini topshirgan	
  O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog’iston Respublikasi 
oliy	
  sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O’zbekiston Respublikasining harbiy sudi sud`yasi bo’lishi mumkin. Oliy yuridik 
ma`lumotga hamda yuridik ixtisos bo’yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoidaga ko’ra, sud`ya bo’lib, kamida besh yillik 
mehnat stajiga ega bo’lgan va malaka imtihonini topshirgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi O’zbekiston Respublikasining 
Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi sud`yasi bo’lishi mumkin  Haqiqiy harbiy xizmatni o’tayotgan, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonga ega bo’lgan va ushbu moddadagi talablarga 
javob beradigan O’zbekiston Respubliksining fuqarosi, harbiy sud sud`yasi bo’lishi mumkin. Harbiy sudlar sud`yalariga “ 
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi   O’zbekiston Respublikasi qonuni, harbiy ustavlar, harbiy xizmatchilar 
uchun belgilangan, shuningdek, ushbu qonunda nazarda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoyalash choralari tatbiq qilinadi.
 	
  Ilk bor sud`yalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs qasamiyod qilganidan keyin o’z vazifasini bajarishga kirishadi.
 
  Sud`yalar O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i oldida, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Davlat bayrog’i oldida ham tantanali vaziyatda qasamiyod qiladilar.
 
  Sud`yalar quyidagi tartibda qasamiyod qiladilar:
 
  O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi sud`yalari,	   viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va 
harbiy sudlar sud`yalari – O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi majlisida;
 	
  Xo’jalik sudlari sud`yalari – O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi	  plenumi majlisida;
 	
  Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sud`yalari – Qoraqalpog’iston Respublikasining 
tegishli Oliy sudi rayosati majlisida.  
   O’zbekiston	
  Respublikasi Konstitutsiyasining 108- va 109- moddalarida O’zbekiston Konstitutsiyaviy sudining huquqiy holati 
mustahkamlangan. Unga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi.
 	
  Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan – Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o’rinbosari va 
sud`yalardan, shu jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasining vakilidan iborat tarkibda saylanadi.
 
  Konstitutsiyaviy sudning	  raisi va a`zolari deputat bo’lolmaydilar.
 	
  Konstitutsiyaviy sudning raisi va a`zolari siyosiy partiyalar va harakatlarning a`zosi bo’lishlari va boshqa haq to’lanadigan 
lavozimni egallashlari mumkin emas.
 
  Konstitutsiyaviy sud sud`yalari o’z faoliyatlarida mustaqildirlar va faqat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 
bo’ysunadilar.  Yangilanayotgan konstitutsiya sud-huquq sohasidagi islohotlar 
natijalarini huquqiy mustahkamlaydi
Qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 
loyihasiga ko‘ra, amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 
tadan 155 taga oshmoqda.
Shuningdek, Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni 
Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda.
Xususan, mulk daxlsizligi va u bilan bog‘liq huquqlarning ta’minlanishi davlat tomonidan 
kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo‘lishi mustahkamlanmoqda.
Bundan tashqari, advakaturaga bag‘ishlangan alohida bobning kiritilishi sud hokimiyati, 
prokuratura organlari qatorida odil sudlovning muhim tarkibiy qismi sifatida advokaturaning 
huquqiy maqomi belgilanishiga xizmat qiladi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda “Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy 
maqsadidir” degan norma belgilanmoqda.
Ushbu maqsadga erishish uchun insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, davlat organlari 
tomonidan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda 
tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakli belgilanmoqda.  Aybsizlik prezumsiyasi yanada kuchaytirilmoqda.
Jumladan, Konstitutsiyamizning amaldagi 26-moddasida shaxsning ishi sudda ko‘rib 
chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblangan bo‘lsa, endilikda sudning 
qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha u aybsiz hisoblanishi 
mustahkamlanmoqda.
Konstitutsiyada insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro 
standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda. Xususan, shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq 
muddat ushlab turilishi mumkin emasligi, ushbu muddat ushlab turish qonuniyligi va 
asosliligi sudda isbotlanmasa, shaxs darhol ozod qilinishi (“Xabeas korpus” instituti) 
hamda shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga 
tushunarli tilda tushuntirilishi kerakligi (“Miranda qoidalari”), shuningdek, ayblanuvchi va 
sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni “sukut saqlash” huquqi 
belgilanmoqda. Ushbu qoidalar shaxsiy erkinlik daxlsizligini va insonlarni noqonuniy 
hibsga olishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlaydi.
Ilk marotaba yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta, elektron xabarlar va boshqa 
xabarlarni sir saqlash huquqi faqat sudning qaroriga asosan cheklanishi mumkinligi 
belgilanmoqda.  Ya’ni, hozirgi vaqtda ushbu vakolat prokurorga tegishli bo‘lib, uning sudlarga o‘tkazilishi shaxs 
daxlsizligi va konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashda tub burilish bo‘ladi
Shaxs qarindoshlarining sudlanganligi asosi bilan huquqlari cheklanishi mumkin emasligi qat’iy 
belgilanishi inson o‘zining yaqinlari yo‘l qo‘ygan xatolar uchun javob bermasligini ta’minlaydi.
Qonunda sud hokimiyatining chinakam mutaqilligini ta’minlash maqsadida Sudyalar oliy 
kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimini kiritish taklif etilmoqda.
Shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va sudyalar mustaqilligini ta’minlashga 
qaratilgan qoidalar kiritilmoqda.
Sudyaning boshqa organlar va shaxslardan xoli bo‘lishini ta’minlash maqsadida sudyalar 
muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligi qat’iy o‘rnatilmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudlar faoliyatini 
moliyalashtirish faqat davlat budjetidan amalga oshirilishi kafolatlovchi yangi modda 
kiritilmoqda.
Bu kabi yangilik va o‘zgarishlar orqali keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan sud-huquq 
islohotlari natijalari konstitutsiya darajadasida mustahkamlanadi.  Sudlarni tashkil qilish tartibi.
Boshqa hokimiyat organlari kabi sud hokimiyati organlari tizimini tashkil etish, 
vakolatlarini belgilash Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlariga kiradi 
(Konstitutsiyaning 78-moddasi 5-bandi). Bu bandda sudlarni tashkil etish tartibi 
deganda, sud organlariga sudyalarni saylash yoki tayinlash masalasi ko‘riladi. Sud 
hokimiyat tarmog‘i, ma’lum sud organlaridan iborat bo‘lsa, sud organlari, asosan, 
sudyalardan iborat bo‘ladi. Sud hokimiyati tizimiga kiruvchi Konstitutsiyaviy sud, 
Oliy sud va uning quyi pog‘onadagi organlari, turli yo‘llar orqali tayinlash tartibida 
vujudga keladi.  Konstitutsiyaning 108-moddasiga asosan, Konstitutsiyaviy sud 0 ‘zbekiston Prezidentining 
taqdimiga binoan, 0 ‘zbekiston Oliy Majlisining Senati tomonidan Respublika Sudyalar oliy 
kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi vakilini qo‘shgan holda saylanadi. Konstitutsiyaviy sud o‘z tarkibidan 
Konstitutsiyaviy sud raisi va o‘rinbosarlarini saylaydi. Bundan tashqari, Konstitutsiya va 
qonunga asosan, Konstitutsiyaviy sud
sudyalari deputat bo‘la olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi
bo‘lishi va boshqa haq to'lanadigan lavozimni egallashi mumkin emas.  Konstitutsiyaviy sud sudyasi Prezident oldida qasamyod qabul qiladi. Sudyaning 
vakolatlari quyidagi hollarda to‘xtatiladi: - u jinoiy javobgarlikka tortilganida; - 
sudyalik lavozimiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanganda; - 
sudyaning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan u bedarak yo‘qolgan deb 
hisoblanganda.   Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Oliy Majlis Senatining qarori bilan 
muddatidan ilgari tugatiladi: 
-
sudyalik qasamyodini buzganda; 
- iste’foga chiqish to‘g‘risida iltimos qilganda; 
- sudya ogohlantirilgandan yoki uning vakolatlari to‘xtatilganidan keyin ham o‘z vazifasiga 
to‘g‘ri kelmaydigan faoliyatni davom ettirsa; 
- uzoq davom etadigan kasallikka chalinsa; 
- unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan sudning ayblov hukmi bo‘lsa; 
- fuqarolikni yo‘qotsa.  Konstitutsiyaviy sudning sudyasi o‘z vakolatlari davrida almashtirilmaydi. Konstitutsiyaviy 
sudyalar daxlsizlik huquqidan foydalanadi, ya’ni ular Senatning roziligisiz, uning majlislari 
o‘rtasida Senat Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud 
tomonidan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov 
samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni 
imzolagandilar .                         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
        So‘nggi  yillarda  mamlakatimizda  sud-huquq  tizimini  yanada  takomillashtirish,  fuqaro  va 
tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, 
odil  sudlovni  samarali  ta’minlash  hamda  sudyalar  hamjamiyati  rolini  oshirish  bo‘yicha  izchil 
ishlar olib borilmoqda.
          Amalga  oshirilgan  ishlar  natijasida  odil  sudlov  jarayonida  inson  huquqlarini  himoya  qilish 
darajasi yangi bosqichga chiqdi. 
          Xususan,  nohaq  ayblangan  2,3  mingga  yaqin  kishi  oqlandi,  adashib  jinoyat  yo‘liga  kirib 
qolgani  sababli  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosiga  hukm  qilinishi  mumkin  bo‘lgan  3,5  mingdan 
ortiq  yoshlar  va  xotin-qizlarga  mahalla  va  jamoatchilik  kafilliklari  asosida  yengilroq  jazolar 
tayinlanib, o‘z oilalari bag‘rida qoldirildi, inson huquqlarini qo‘pol tarzda buzgan 60 nafar huquq-
tartibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.
          Shu  bilan  birga,  sud  himoyasini  ta’minlashdagi  ortiqcha  byurokratik  to‘siqlar  saqlanib 
qolayotganligi,  sud  qarorlarini  qayta  ko‘rishning  bir-birini  takrorlovchi  bosqichlari  mavjudligi, 
investorlar huquqlarining sud himoyasida bo‘lishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa 
bir  qator  kamchiliklar  sud  organlarining  amaldagi  tuzilishini  zamon  talablari  va  xalqaro 
standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.   FOYDALANIGAN ADABIYOTLAR
  1. K onstitusiyaviy huquq  O.T. Husanov
  2.Sudlar tug’risidagi qonun
  3. Yuridik universetet M.H Rustamboyev
  4.U.A Tuxtasheva 2021 yil

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATI

R EJ A : 1 .SU D LA R FAO LIYATIN I TAK O M ILL A SH TIR IS H D AV R TALA BI. 2 . O ’ ZBEK IS TON R ES PU BLIK A S I S U D H O K IM IYATI VA U N IN G TIZIM I. 3 . YA N G ILA N AYO TG A N K O N ST IT U TSIYA SU D - H U QU Q SO H A S ID A G I ISL OH OT LA R N ATIJ A LA R IN I H U QU Q IY M U S TAHK A M LAYD I. 4 . S U D LA R N I TASH K IL Q IL IS H TARTIBI.

S U D L A R FA O L I YAT I N I TA K O M I L L A S H T I R I S H D AV R TA L A B I . Bugungi kunda mamlakatimizdagi barcha islohotlar avvalo inson qadrini ulug‘lash tamoyilidan kelib chiqib amalga oshirilmoqdaki, bu islohotlarning amaldagi natijasini har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida ko‘rmoqda. Xususan, sudlar faoliyatini tubdan isloh qilish va haqiqiy odil sudlov timizini yaratish ishlariga ham guvoh bo‘lmoqdamiz. Odil sudlov – haqiqiy holatni aniqlab, odamlar orasidagi, ular bilan jamiyat va davlat o‘rtasidagi kelishmovchilik va nizolarni faqat sud tomonidan hal etib berilishidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari sohani yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu Farmonga ko‘ra 2023 — 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiya O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbolli vazifalarini belgilab berib, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi belgilandi. Ushbu strategiyani amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustuvor etib belgilandi:

Oliy sud tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi bilan birgalikda jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyasiya yoki kassasiya tartibida qayta ko‘rib chiqish; viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya yoki kassasiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish; viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish;

viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish; yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklash. Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat’iy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilsin.