logo

O`zbekiston Respublikasida Sud hokimiyati

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1203.8056640625 KB

Mav zu: O` zbek ist on Respublik asida Sud 
hok imiy at i 
Reja:

1.O` zbek ist on Respublik asi Sud 
hok imiy at i v a Sud t izimi

2.O` zbek ist on Respublik asi Oliy  Sudi

3.Harbiy  sudlar 
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat 
birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.O‘zbekiston Respublikasida 
sud hokimiyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Hech qaysi 
boshqa organlar va shaxslar sud hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirib 
olishga haqli emas.

O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

harbiy sudlar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent 
shahar ma’muriy sudlari;

fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;

tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;

tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning 
ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.

Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  LexUZ sharhi 
Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  va boshqa qonunlari, xalqaro 
shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi 
xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda 
erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar 
hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, 
fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. 
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalarning mustaqilligi 
prinsipiga qat’iy muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil 
etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan 
belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasiga  muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunlar loyihalarini 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladigan qonunchilik 
tashabbusi huquqiga ega. 
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, 
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, 
mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda 
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi 
shart.

Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka 
sabab bo‘ladi.

Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 
chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeyidan qat’i 
nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar 
hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.

Barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq sud 
majlisida ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda 
yo‘l qo‘yiladi.

Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, ommaviy axborot 
vositalari vakillari sud majlisi zalida qonunda belgilangan 
tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga 
oshirishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, 
qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi 
so‘zlashadigan tilda olib boriladi.Sud ishlari yuritilayotgan tilni 
bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tarjimon orqali ish 
materiallari bilan to‘la tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish 
huquqi va sudda ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda so‘zlash 
huquqi ta’minlanadi.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlari hamda 
boshqa organlarning har qanday g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning 
mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan), 
shuningdek hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni hamda qadr-qimmati, shaxsiy 
erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan 
sud himoyasida bo‘lish huquqiga ega.  
Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda 
isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi 
bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.

Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi 
mumkin emas.Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, 
shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi 
boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin 
emas.Taraflar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa boshqa 
shaxslar ham sud hujjati ustidan qonunda belgilangan 
tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va 
ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy 
organidir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati 
ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:

o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellatsiya va kassatsiya 
instansiyasi sudi sifatida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi 
sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar bo‘yicha 
ko‘rib chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining 
dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikning qo‘llanilishi 
yuzasidan tushuntirishlar beradi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi 
o‘rinbosari — ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi, 
o‘rinbosarlari — fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha 
sudlov hay’atlari raislari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudining sudyalaridan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyidagi tarkibda ish 
yuritadi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;

Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati;

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati.

Sudlov hay’atlarida ixtisoslashtirilgan sudlov tarkiblari tuzilishi 
mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining son jihatdan 
tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining 
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy 
sudi raislaridan iborat tarkibda ish yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar 
oliy kengashi raisi, Bosh prokurori, adliya vaziri, Advokatlar 
palatasi raisi, sudyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok 
etishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zaruriyatga qarab, 
lekin to‘rt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Qonunchilikni 
qo‘llash masalalariga doir qarorlar loyihalari O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining a’zolariga va boshqa 
manfaatdor tashkilotlarga majlisdan yigirma kun ilgari 
yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda 
ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 
a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul 
qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan 
imzolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul 
qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi va 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy nashrlarida e’lon 
qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida 
bayonnoma yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining 
bayonnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi 
tomonidan imzolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifalarini bajarish 
bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 
majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir 
ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori ijrosini tashkil etish 
uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi 
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy 
sudlardan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqi 
asosida ish yuritadi hamda rais, rais o‘rinbosari, sudyalar va 
xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.

Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqi asosida ish 
yuritadi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.

Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish ushbu Qonun bilan 
tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi. 
Foy dalanilgan adabiy ot lar:

1.w w w.lex .uz

2.w w w.arxiv.uz

3.const it ut ion.org

4.” Sudlar t o` g` risida”  gi qonunning y angi t ahriri

5.ziy onet .com 
E’t iboringiz uchun raxmat 
O` zbek ist on Respublik asida Sud 
hok imiy at i mav zusida t est  sav ollari :

1.O` zbek ist on Respublik asida Sud ishlari ni y urit i sh qay si 
t i llarda amalga oshiriladi ?

A) barcha jav oblar t o` g` ri

B) o` zbek  t ilida

C) qoraqalpoq t il ida

D) aholi k o` p so` zlashadigan t ilda

2.Konst i t ut siy ani ng nechi nchi bobi Sud hok imiy at iga 
bag` i shlangan?

A) X X II bobi

B) X X I bobi

C) X X III bobi

D) X IX  bobi 
3.Konstitutsiyaning XXII bobi qaysi moddalarni o`z ichiga oladi?

A) 106-116-moddalar

B) 112-118-moddalar

C) 111-120-moddalar

D) 106-113-moddalar

4.”Hamma sudlarda ishlar ochiq ko`riladi”. Ushbu qoida Asosiy 
qonunning qaysi moddasida keltirilgan?

A) 113-modda

B) 112-modda

C) 111-modda

D) 114-modda

5.Sudyalar vakolat muddati necha yil?

A) 5 yil 

B) 6 yil

C) 4 yil 

D) 10 yil 
6.Sud hok imiy at i qay si organga bo` y sunadi?

A) Sud hok imiy at i must aqildir

B) Prok urat uraga

C) Vazirlar Mahk amasiga

D) Senat ga

7.Qanday  hollarda fav qulodda sudlar chaqiriladi?

A) fav qulodda sudlar chaqirishga ruxsat  et ilmay di

B) biron bir dav lat  bost irib k irganda

C) t abiiy  ofat  y ok i pandemiy a dav rida

D) say lov  v  referendumlarda

8.”Ay blanuv chi himoy alanish huquqi bilan t a` minlanadi.”  U 
norma Konst it ut siy amizning nechinchi moddasida k elt irilgan?

A) 116-moddasida

B) 115-moddasida

C) 117-moddasida

D) 114-moddasida 
9.O` zbek ist on Respublik asida Sud hok imiy at i organlari 
faoliy at i qay si normat iv -huquqiy  hujjat lar bilan t art ibga 
solinadi?

A) barcha jav oblar t o` g` ri

B) O` zbek ist on Respublik asi Konst it ut si y asi

C) Sudlar t o` g` risidagi qonun

D) O` zbek ist on Respubl ik asi ning boshqa me` y oriy -huquqiy  
hujjat lari

10.Konst it ut siy av iy  sudni ng hujj at i qachondan boshlab 
k uchga k iradi?

A) rasmiy  e` l on qil ingan k undan

B) mat buot da chiqqandan so` ng

C) 10 k undan so` ng

D) dek abrning 3-o` n k unli gida 
Kazus:

Bir guruh I chk i ishlar hodimlari 2019-y ilning 11-sent abrda 
Samarqand v iloy at i Bulung` ur t umanida sodir bo` lgan j inoy at ni 
aniqlash maqsadida Bulung` ur t umani sudy asi H.S. ismli shaxsga 
t egishli bo` l gan t urar-joy  v a av t omashinani  t egishli organl ar 
rux sat isiz k o` zdan k echirmoqchi bo` ldi v a H.S. ismli shaxs o` z t urar-
joy  daxlsizligini himoy a qilish uchun I chk i ishlar hodimlariga 
qarshil ik  k o` rsat di . Ushbu v aziy at da k im haq?

J av ob: O` zbek ist on Respublik asining “ Sudlar t o` g` risida” gi 
qonuninng 64-moddasiga muv ofi q, Sudy aning shaxsi daxlsiz. 
Sudy aning daxlsizligi uning t urar joy iga, xizmat  xonasiga, u 
foy dalanadi gan t ransport  v osi t asi v a aloqa v osit alariga, xat -
xabarlariga, unga t egishli  ashy olar v a hujjat larga t aal luqlidir.

Sudy aning t urar joy iga y ok i xi zmat  xonasiga, foy dalanadigan 
t ransport iga k irish, ularni k o‘zdan k echirish, ularda t int uv  o‘t k azish 
y ok i ulardan ashy oni olish, uning t el efondagi so‘zlashuv larini 
eshit ish, sudy ani shaxsan k o‘zdan k echiri sh v a uni shaxsiy  t int uv  
qilish, shuningdek  uning xat -xabarlarini, unga t egishli ashy olar v a 
huj jat larni k o‘zdan k echirish, olib qo‘y ish y oxud olish faqat  sudning 
qarori ga binoan y ok i O‘zbek ist on Respublik asi Bosh prok urorining 
rux sat i bilan amalga oshirilishi mumk in.

 Mav zu: O` zbek ist on Respublik asida Sud hok imiy at i

 Reja:  1.O` zbek ist on Respublik asi Sud hok imiy at i v a Sud t izimi  2.O` zbek ist on Respublik asi Oliy Sudi  3.Harbiy sudlar

 O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Hech qaysi boshqa organlar va shaxslar sud hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirib olishga haqli emas.  O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi:  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;  harbiy sudlar;  Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;  Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;  fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;  jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;  tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;  tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.  O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.  Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.    LexUZ sharhi

 Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi  va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.  Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.

 Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalarning mustaqilligi prinsipiga qat’iy muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan belgilanadi.  O‘zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasiga  muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladigan qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.