O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimini rivojlantirishning konsepsiyasi asoslari
![Mavzu: O`zbekiston
Respublikasida ta`lim
tizimini rivojlantirishning
konsepsiyasi asoslari](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_1.png)
![Reja:
•
Kirish
•
I-bob. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar.
•
I.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh
qilinishi.
•
I.2. Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va
yo`nalishlari.
•
I.3. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” qabul qilingandan keyingi oslohotlar.
•
II-bob. Ta`lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish.
•
II.1. Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni.
•
II.2. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida
joriy etish tartibi.
•
Xulosa.
•
Foydalanilgan adabiyotlar.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_2.png)
![Kirish.
•
Mavzuning dolzarblgi.
•
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda,
mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk
davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga
qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika
va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib
borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot
taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va
murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni
butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar
hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir
ko`rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma`rifat,
ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari
tajribalarini keng qo`lashda o`rganish, rivojlantirish va
hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_3.png)
![•
Shu sababli bitiruv malakaviy ishini keng o`rganish
yoritish dolzarb ahamiyatga ega mavzulardan biri
hisoblanadi.
•
Maqsad va vazifasi. O`zbekiston Respublikasida
ta`lim tizimidagi islohotlarni hayotga joriy qilinishini
o`rganish va tahlil qilishdan iborat.
•
Respublikamiz mustaqil, suveren davlat sifatida
tobora rivojlanib bormoqda. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
ma`naviy sohada tarixan qisqa vaqt ichida qanday
yutuqlarga erishganimizni jahon jamoatchiligi ko`rib, kuzatib
turibdi. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli
iqtisodchilari, siyosatchilar ko`pdan-ko`p ijobiy fikrlar
aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o`n yilliklarga, hatto
asrlarga qiyoslamoqdalar.
•
Rsepublikamiz ta`limida ro`y berayotgan
o`zgarishlarni baholash, qiyoslahs uchun bizga sobiq
Ittifoq-eski mustabid tuzumdan qanday ta`limiy meros
qolganini yana bir bor esga olish lozim, deb o`ylayman.
Zotan, qiyoslash, nisbatlar qo`lamini hisobga olish
pedagogikada muhim ahamiyatga ega.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_4.png)
![I-bob. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi
islohotlar.
I.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining
tubdan isloh qilinishi.
•
Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki
kunlaridanoq, buyuk ma`naviyatimiz va
qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy
ta`lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr
talablari bilan uy`gunlashtirish asosida jahon
andozalari va ko`nikmalari darajasigaolib chiqish
maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi.
•
Bu o`rinda istiqlolimizning ilk yillari ta`limida amalga
oshirilgan ayrim ishlarni ko`rsatib o`tish maqsadga
muvofiqdir.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_5.png)
![•
Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda
ta`limni o`rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan
birinchi “Ta`lim to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Maxsus
qonun respublikamizda ta`lim mustaqilligini ta`minlab
berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta`lim taraqqiyotiga
to`liq bo`ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash
bo`yicha ta`lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to`la
huquqiy kafolatlar barish, ta`limda demokratik va
insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta`lim bo`yicha
xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish
yo`llarini ochib berishi, ta`lim muassasalari uchun o`quv
dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar
berishi, tajriba-sinovlar o`tkazishni rag`batlantirish,
ta`limning noan`anaviy turlarini yaratish va ularni
rivojlantirishga, eng asosiysi, ta`limdagi tashabbuskorlik va
ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_6.png)
![I.2. Ta`lim tizimidagi islohotlar va
ularning maqsad va yo`nalishlari.
•
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda,
mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk
davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga
qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat,
texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam
ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga
ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk,
texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan,
irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan,
yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga
hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil – fan-
texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va
yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda
o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_7.png)
![•
Ilm-fan, madaniyat va ma`rifat har
qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka
ko`taradi, uning taraqqiyotini ta`minlaydi,
kelajagini oldindan ko`rsatib beradi. Ilm-
ma`rifat e`zozlangan, ta`lim-tarbiyaga
birinchi darajali ahamiyat berilgan
mamlakatda turish nizolar, urush to`g`risida
o`ylash hech kimning hayoliga ham
kelmaydi. Chunki ilm-ma`rifat insonni
yuksaklikka ko`taradi. Ta`lim-tarbiyaga
birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda
qayg`urish mamlakat va xalq istiqbolini
o`ylash demakdir.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_8.png)
![I.3. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul
qilingandan keyingi islohotlar.
•
Respublikada “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun hamda
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ishlay
boshlaganimizga ko`p bo`lgani yo`q. Shu davr ichida
mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar
qilinadi? Respublika ta`limida nimalar o`zgardi? Shu
masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
•
Avvalo, ta`lim taraqqiyotining ...adhalarida ko`zalagan
bosh maqsad Respublika ta`limini o`sib kelayotgan yosh
avlod ta`lim-tarbiyasini milliy istiqlol g`oyalari, talablari
asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo`yayotgan
XXI asr ta`limini taraqqiyot, ma`naviy-madaniy qarashlar
ruhida bo`lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob
bera oladigan darajada bo`lishini ta`minlashdir.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_9.png)
![•
Shu maqsadlarni amalga oshirish yo`lida
bajaradigan dastlabki tshkiliy tadbirlarning
ayrimlarini ko`rib chiqamiz.
•
Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta`lim
muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida
alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik
hay`ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning
maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta`lim
muassasalarida, ota-onalar, aholi o`rtasida keng
tushuntirildi. Ta`limga oid me`yoriy xujjatlar:
konsepsiyalar, davlat ta`lim standartlari, talablari,
o`quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa
me`yoriy xujjatlar yuqoridagi ichki qonun
moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada
uzliksiz ta`lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_10.png)
![II-bob. Ta`lim tizimini takomillashtirishda
yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish.
II.1. Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning o`rni.
•
Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash bu
jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas
vazifadir. Bu muammoni bajarmasdan na iqtisodiy,
na ijtimoiy va ma`naviy sohada qo`yilgan
maqsadlarga erishib bo`lmasligini chuqur anglagan
mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov islohotlarni
aytgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ishlab
chiqishdan va hayotga tatbiq etishdan boshladilar.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_11.png)
![•
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998 yil 5 yanvardagi Uzluksiz ta`lim tuzimi uchun davlat
ta`lim standartlarini shlab chiqish va joriy etish to`g`risida”gi
hamda 1998 yil 13 maydagi “O`zbekiston Respublikasida
umumiy o`rta ta`lim tajriba-tayanch o`quv rejasi, maktablari
uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib, ular 24 ta
shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi, barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta`limi
boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan 322 ta umumiy
o`rta ta`lim maktablarida 1998-1999 o`quv yilida tajriba-
sinovdan o`tkazildi. Bu jarayonda davlat ta`limi standartlari
asosida yaratilgan sinov dasturlari bo`yicha har bir dars
mavzusi o`quvchilarning yoshi, psixoriziologik
hususiyatlariga mosligi, o`zlashtirishdagi sifat
ko`rsatkichlari, mavzularning uzishligi, siddadan
murakkabga yo`naltirilganligi, bir-birini to`ldirishi o`rganib
borildi.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_12.png)
![II.2. Yangi pedagogik
texnologiyalarning ta`lim tizimida
joriy etish tartibi.
•
Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta`kidlaganlaridek,
biz “mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday
tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib
voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog`i
faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga
xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz
kerak”. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta`lim
mazmuni va uning tarkibini kengaytirish,
chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta`lim
mazmuniga nafaqat bilim, ko`nikma va malaka, balki
umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy faoliyat
tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g`oyasi
kun tatibiga ko`ndalang qilib qo`yildi.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_13.png)
![•
Ta`lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi ,
vazifalari haqida so`z ketganda, dalillar bilan qonuniyatlar,
yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil
bilish metodlari o`rtasidagi maqbul keladigan
munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o`z
yechimini topganicha yo`q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi
darsliklardan Prezidentimizning “O`zbekiston XXI asr
bo`sag`asida ...” yoki “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda”
kabi asarlarida ko`tarilgan g`oyalar o`rin olgan? Javob yo`q.
Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday
namchiliklarini tuzatishdan iborat.
•
Dars jarayonida ta`lim-tarbiyada o`quvchi asosiy
harakatlantiruvchi kuch, ta`lim jarayonining sub`yekti
bo`lishi kerak, ya`ni oqish, o`rganish, muomala qilish
o`quvchi zimmasiga o`tishi kerak.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_14.png)
![Xulosa
•
Ma`lumki, ta`lim har bir jamiyatning ajralmas qismi,
madaniyati va rivojlanishining asosiy ko`rsatkichidir. Har
qanday mamlakat istiqbolni rejalar tuzar ekan, avvalo,
ta`limga e`tiborni kuchaytiradi. Shu ma`noda
mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab
Prezidentimizning “Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir
tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi.
Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz” degan dav`atlari
ostida ta`limni isloh qilishga kirishilib, avvalo, “Ta`lim
to`g`risida”gi Qonnun, so`ngra “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” yaratildi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining
ulug`vor sohasi deb e`lon qilindi.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_15.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar
•
Karimov I. A. O`zbekiston: miliy istiqlol,
iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston.
1996.
•
Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan
qolsin. T. O`zbekiston. 1996.
•
Karimov I. A. Bunyodkorlik yo`lidan. T.
O`zbekiston. 1996.
•
Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun
kurashmoq kerak. T. O`zbekiston. 2002.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_16.png)
![•
Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak
yo`q. T. O`zbekiston. 1998.
•
J. G`. Yo`ldoshev. Ta`lim yangilanish
yo`lida. T. 2000.
•
O`zbekistonda ijtimoiy fanlar jurnali
1969. № 8-9.
•
Tarix shoxidligi va saboqlari. T. 2001.
•
“ Xalq so`zi” gazetasi 1998.yil 17 iyun.
•
Go`xishev B. Bilim – ezgulik yo`li. T.
1990.](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_17.png)
![E`tiboringiz
uchun
raxmat](/data/documents/6b505652-5824-40d0-b65b-a9adf3db8276/page_18.png)
Mavzu: O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimini rivojlantirishning konsepsiyasi asoslari
Reja: • Kirish • I-bob. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar. • I.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi. • I.2. Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo`nalishlari. • I.3. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandan keyingi oslohotlar. • II-bob. Ta`lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. • II.1. Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni. • II.2. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi. • Xulosa. • Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish. • Mavzuning dolzarblgi. • Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo`lashda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi.
• Shu sababli bitiruv malakaviy ishini keng o`rganish yoritish dolzarb ahamiyatga ega mavzulardan biri hisoblanadi. • Maqsad va vazifasi. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimidagi islohotlarni hayotga joriy qilinishini o`rganish va tahlil qilishdan iborat. • Respublikamiz mustaqil, suveren davlat sifatida tobora rivojlanib bormoqda. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohada tarixan qisqa vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganimizni jahon jamoatchiligi ko`rib, kuzatib turibdi. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilar ko`pdan-ko`p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o`n yilliklarga, hatto asrlarga qiyoslamoqdalar. • Rsepublikamiz ta`limida ro`y berayotgan o`zgarishlarni baholash, qiyoslahs uchun bizga sobiq Ittifoq-eski mustabid tuzumdan qanday ta`limiy meros qolganini yana bir bor esga olish lozim, deb o`ylayman. Zotan, qiyoslash, nisbatlar qo`lamini hisobga olish pedagogikada muhim ahamiyatga ega.
I-bob. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimidagi islohotlar. I.1. Mustaqillik yillarida ta`lim tizimining tubdan isloh qilinishi. • Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma`naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy`gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. • Bu o`rinda istiqlolimizning ilk yillari ta`limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiqdir.