logo

Ta`lim psixologiyasi. Tarbiya psixologiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

914.3974609375 KB
Mavzu: Ta`lim psixologiyasi. Tarbiya 
psixologiyasi   Reja:

1. Ta`lim psixologiyasi

O`rganish mohiyati va turlari

Ta`lim va o`qitish psixologiyasi

2. Tarbiya psixologiyasi

Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning asosiy 
yo’nalishi sifatida.

Shaxs shakillanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart–sharoitlari   Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev : «Ta’limning yangi modeli 
jamiyatda  mustaqil  fikrlovchi  erkin  shaxsning  shakllanishiga  olib  keladi. 
O’zining  qadr-qiymatini  anglaydigan,  irodasi  baquvvat,  iymoni  butun,  hayotda 
aniq  mag’sadga  ega  bo’lgan  insonlarni  tarbiyalash  imkoniga  zga  bo’lamiz»  deb 
ta’kidlaganlaridek,  «Ta’lim  to’g’risida»  gi  qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi» vatanga kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda.
Xulq-atvor  va  odatni  shakllantirish-ma’lumki,  inson  ongining  yuksak 
belgilaridan biri-uning o’zini anglashidir.   O`rganish mohiyati va turlari
YOSH O‘SISHI JARAYONIDA BOLADAGI BARCHA XULQ VA FAOLIYAT 
O‘ZGARISHLARI O‘RGANISH OMILLARI BO‘LIB HISOBLANADI. 
O‘RGANISH MA’LUM BIR MAQSADGA ERISHISHGA IMKON BERUVCHI 
FAOLIYAT VA XULQDAGI TASHQI ( JISMONIY) VA ICHKI (PSIXIK) 
O‘ZGARISHLARNI TALAB QILADI. BOSHQACHA QILIB AYTGANDA, 
O‘RGANISH TASHQI VA ICHKI FAOLIYAT (XULQ-ATVOR)DAGI 
MAQSADGA MUVOFIQ O‘ZGARISHLARDA NAMOYON BO‘LADI.
O‘RGANISH – BU FAOLIYATNI MAQSADGA MUVOFIQ QAT’IY O‘ZGAR-
TIRISHDIR. U AVVALGI FAOLIYAT NATIJASIDA YUZAGA KELADI.   O‘rganishda tushunchalarni ifodalash vositasi sifatida til katta 
ahamiyatga ega. So‘zlar orqali ifodalangan tushunchalarni 
o‘rganish odamning butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida 
to‘plagan bilimlarini o‘zlashtirishni anglatadi.
Predmetli harakatdan ideal harakatga tasavvur va tushunchalar 
bilan o‘tish fikrlash orqali amalga oshiriladi. U har doim ma’lum bir 
masalani hal etishga qaratiladi.
SHunday qilib, insonning tushuncha va aqliy harakatlarni 
o‘zlashtirishi uni fikrlashga o‘rgatishni ham talab qiladi.   Insonning butun fikrlash (aqliy va intellektual) faoliyatining 
pirovard maqsadi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot uning oldiga 
qo‘ygan turli amaliy masalalarni hal etishdan iborat. Amaliy 
masalalarni hal etish uchun esa zarur malaka kerak bo‘ladi, ya’ni 
to‘laqonli intellektual o‘rganish malaka bilan boyitiladi. O‘rganish 
turli darajada o‘tuvchi murakkab ko‘p pog‘onali: sensorli (his 
etish), motorli (harakatli), kognitivli (bilish) jarayondan iborat. 
O‘rganish kuzatish asosida amalga oshadi. Mashqlarni anglash va 
o‘z-o‘zini nazorat qilish ongli ravishda qo‘yilgan maqsad va 
vazifalar tomonidan amalga oshiriladi.   Ta`lim va o`qitish psixologiyasi
O‘RGANISH STIXIYALI BO‘LISHI, INSONNING BOSHQA ODAMLAR, 
ATROF-MUHIT BILAN MULOQOT VA O‘ZARO HARAKATI NATIJASIDA 
YUZAGA KELISHI MUMKIN. LEKIN, BILIM VA MALAKANI TABIIY 
EGALLASH BILAN BIR QATORDA, O‘RGANISH KO‘P HOLLARDA 
MAQSADGA YO‘NALTIRILGAN HOLDA MAXSUS TASHKIL ETILGAN 
SHAROITLARDA AMALGA OSHADI. BUNDAY MAQSADGA 
YO‘NALTIRILGAN O‘RGANISHNI TASHKIL ETISH – TA’LIM DEB 
ATALADI. UNING ENG KENG TARQALGAN TURI – MAKTAB TA’LIMI. 
LEKIN KO‘PLAB BOSHQA MUASSASALARDA HAM TA’LIM BERILADI, 
MASALAN, RASM CHIZISH, MUSIQA, O‘Z-O‘ZIGA XIZMAT QILISH 
KO‘NIKMALARI VA BOSHQALARGA BOLALAR BOG‘CHASIDA 
O‘RGATILADI. TA’LIM ELEMENTLARI OILAVIY TARBIYADA 
KUZATILADI (JAMIYATDA O‘ZINI TO‘G‘RI TUTISH) VA HOKAZO.      O‘quv jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalar passiv emas, balki o‘qituvchi va 
o‘quvchining faol ishtirokida beriladi. Ta’limni o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi 
orasidagi o‘zaro faol harakat jarayoni, deb tavsiflash mumkin, buning natijasida 
o‘rganuvchida ma’lum bir bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanadi. Bu jarayonni 
boshqarib, sifatli qilish, natijada eng samarali darajaga erishish pedagogika 
fanining (nazariya, metodika va amaliyot) asosiy vazifalaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi.
Ta’lim muammolarini to‘g‘ri hal etish, o‘qish ma’lum darajada majburiy 
xususiyatga egaligi va asosiy maqsad yo‘lida engib o‘tish kerak bo‘lgan to‘siq 
sifatida namoyon bo‘lishi bilan ham bog‘liq. Bu vaziyat uchun qarshi kurashuvchi 
kuchlarning mavjudligi xosdir. Umuman olganda, bu ziddiyatli holat hisoblanadi, 
shuning uchun u katta psixik zo‘riqish bilan bog‘liq ichki kuchni hamda 
individning o‘z-o‘zi bilan kurashishini talab qiladi. Ziddiyat keskin bo‘lganda 
«vaziyatdan chiqish» tendensiyasi (inkor, qiyinchilikni chetlab o‘tish, nevroz) 
Yuzaga keladi. Unda o‘quvchi o‘qishni tashlaydi yoki «o‘zini tutolmay qoladi» – 
qoidalarni buzadi, loqaydlikka tushadi. SHunga o‘xshash holat maktab 
amaliyotida ko‘p uchraydi.      Ta’limdagi muvaffaqiyatli vaziyat - insonni o‘qishga undovchi 
vaziyatdir. Bunga fanlarga qiziqish, qiziquvchanlik, madaniy 
darajani oshirishga intilish misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Bunday motivli vaziyatlar ichki ziddiyatlarga ega bo‘lmaydi. 
Albatta, ular, shuningdek, o‘qish davomida uchrovchi 
qiyinchiliklarni engish bilan bog‘liq va iroda kuchini talab qiladi. 
Lekin bu kuchlar o‘z-o‘zi bilan kurashga emas, tashqi to‘siqlarni 
engishga yo‘naltirilgan.
Bunday vaziyatlar pedagogika nuqtai nazaridan optimaldir. Ularni 
yaratish pedagogikaning muhim vazifasidir. Ular o‘quvchining 
xulqini boshqarishni emas, balki uni tarbiyalashni, uning maqsad, 
qiziqish va idealini shakllantirishni talab qiladi.   Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni 
tarbiyalashning asosiy yo’nalishi sifatida.
TARBIYA PSIXOLOGIYASI MAQSADGA MUVOFIQ RAVISHDA 
TASHKIL ETILGAN PEDAGOGIK JARAYON SHAROITIDA INSON 
SHAXSI SHAKLLANISHINING QONUNIYATLARINI O’RGANADI. 
TARBIYA HAR QANDAY JAMIYATNING MUHIM VAZIFASIDIR.
TARBIYA –BU SHAXSNING IJTIMOIY, MA’NAVIY VA ISHLAB 
CHIQARISH FAOLIYATIGA TAYYORLASH MAQSADIDA UNING 
MA’NAVIY, JISMONIY KAMOLOTIGA MUNTAZAM RAVISHDA 
TA’SIR KO’RSATISH JARAYONIDIR.   Insonning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odamning 
o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi.
Odam o’z tevarak – atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. 
Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu 
nuqtai– nazardan olganda, odamning o’zini anglashi sub’ektiv ravishda o’zini «Men» 
deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zligini anglash qobilyati xosdir. Faqat ijtimoiy 
hayotda, o’zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o’zini 
anglashi,o’zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o’zini alohida 
shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagini anglashi, o’z huquq va 
burchini anglashi, va nihoyat o’zining fazilati hamda kamchiliklarini anglashi o’zini 
anglashiga kiradi.      Insonning tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch 
ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab 
chiqarish munrosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson orttirgan 
tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir.
Inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining individual hayoti 
davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin–asta tarkib topadi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik 
maktab, o’smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi 
namoyon bo’ladi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik 
xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya’ni 
uning jamiyatda egallagan o’rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o’zaro aloqalar 
tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadiryatlarga yo’nalganlik 
shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlarining 
birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi.   Shaxs shakillanishiga ta’sir etuvchi 
omillar, psixologik shart–sharoitlari
SHAXS SHAKILLANISHIDA U YASHAYOTGAN MUHIT, KISHILAR JAMIYATINING ROLI JUDA 
KATTADIR. MASALAN, BIRON MAHALLADA INSON SHAXSINING TARKIB TOPISHIGA AKTIV TA’SIR 
KO’RSATUVCHI BESHYUZ TA O’ZIGA XOS IJTIMOIY MUHIT BOR DEGAN MA’NONI BILDIRADI. BU 
YERDA SHUNDAY BIR SAVOL TUG’ULADI: (TASHQI MUHIT INSON SHAXSINING TARKIB 
TOPISHIGA QANDAY TA’SIR -QILADI?)
BIRINCHIDAN IJTIMOIY MUHITDAGI TURLI MUASSASALAR ODAMNING ONGIGA BEVOSITA 
TA’SIR QILIB, UNDA CHUQUR IZ QOLDIRADI.
IKKINCHIDAN, TASHQI IJTIMOIY MUHIT TA’SIRINING CHUQURROQ VA MUSTAHKAMROQ 
BO’LISHIGA ODAMNING O’ZI YORDAM BERADI. MA’LUMKI, BOLALAR O’Z TABIATLARIGA KO’RA 
ILK YOSHLIK CHOG’LARIDAN BOSHLAB, NIHOYAT DARAJADA TAQLIDCHAN BO’LADILAR. 
BOLALAR KATTA OLDAMLARNING BARCHA HATTI – HARAKATLARIGA BEVOSITA TAQLID QILISH 
OR-QALI BU HATTI – HARAKATLARIN, YAXSHI – YOMON FAZILATLARNI O’ZLARIGA SINGGDIRIB 
BORADILAR. BOLALAR OILADA, KO’CHA – KUYDA, KATTA ODAMLARNING HAR BIR 
HARAKATLARINI, O’ZARO MUNOSABATLARINI ZIMDAN KUZATIB TURADILAR.   E`tiboringiz uchun rahmat

Tayorladi: Boyqobilova Muxayyo

Mavzu: Ta`lim psixologiyasi. Tarbiya psixologiyasi

Reja:  1. Ta`lim psixologiyasi  O`rganish mohiyati va turlari  Ta`lim va o`qitish psixologiyasi  2. Tarbiya psixologiyasi  Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalishi sifatida.  Shaxs shakillanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart–sharoitlari

Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev : «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr-qiymatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq mag’sadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga zga bo’lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» vatanga kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Xulq-atvor va odatni shakllantirish-ma’lumki, inson ongining yuksak belgilaridan biri-uning o’zini anglashidir.

O`rganish mohiyati va turlari YOSH O‘SISHI JARAYONIDA BOLADAGI BARCHA XULQ VA FAOLIYAT O‘ZGARISHLARI O‘RGANISH OMILLARI BO‘LIB HISOBLANADI. O‘RGANISH MA’LUM BIR MAQSADGA ERISHISHGA IMKON BERUVCHI FAOLIYAT VA XULQDAGI TASHQI ( JISMONIY) VA ICHKI (PSIXIK) O‘ZGARISHLARNI TALAB QILADI. BOSHQACHA QILIB AYTGANDA, O‘RGANISH TASHQI VA ICHKI FAOLIYAT (XULQ-ATVOR)DAGI MAQSADGA MUVOFIQ O‘ZGARISHLARDA NAMOYON BO‘LADI. O‘RGANISH – BU FAOLIYATNI MAQSADGA MUVOFIQ QAT’IY O‘ZGAR- TIRISHDIR. U AVVALGI FAOLIYAT NATIJASIDA YUZAGA KELADI.

O‘rganishda tushunchalarni ifodalash vositasi sifatida til katta ahamiyatga ega. So‘zlar orqali ifodalangan tushunchalarni o‘rganish odamning butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida to‘plagan bilimlarini o‘zlashtirishni anglatadi. Predmetli harakatdan ideal harakatga tasavvur va tushunchalar bilan o‘tish fikrlash orqali amalga oshiriladi. U har doim ma’lum bir masalani hal etishga qaratiladi. SHunday qilib, insonning tushuncha va aqliy harakatlarni o‘zlashtirishi uni fikrlashga o‘rgatishni ham talab qiladi.