Ta’lim va tarbiya psixologiyasi
Mavzu: Ta’lim va tarbiya psixologiyasi Reja: 1.O‘quv faoliy at i, o‘quv mot iv lari, riv ojlanuv chi t a` limning psixologik asoslari. 2.Dars jaray onida o‘quv chilarni boshqarish t exnik asi v a usullari. 3.Kompy ut erlasht irilgan t a` limning psixologik jihat lari. 4.Tarbiy av iy t exnologiy alarning psixologik aspek t lari. 5.Turli y osh bosqichlarida t arbiy a xususiy at lari. 6 . Shaxs shak llanishiga oilaning t a` siri, shaxs t arbiy asida madaniy at .
Boshqarish tushunchasi kibernyetika faniga ilmiy texnika revolyutsiyasining natijasida xalq xo`jaligining tarmoqlarini idora qilish sifatida (avtomat, moslama, pult boshqarish, programmalashtirilgan elektron hisoblash mashinalari, kompyutyerlar, displeylar, signalizatsiya, texnik qurilmalar) kirib keldi. Mazkur tushuncha asta-syekin yakka shaxs faoliyatiga tatbiq qilina boshlandi, pirovardida ta`lim va tarbiya tizimini boshqarishda ham qo`llanilishga kirishildi. Ta`limni optimal boshqarish maqsadida sobiq sovet psixologlari «o`quv faoliyatini bosqichli shakllantirish» (P.Ya.Galpyerin, N.F.Tazilina), «o`qitish mazmunini tezlashtirish va murakkablashtirish» (L.V.Zankov), «Nazariy umumlashtirish va ryeflyeksiya» (D.B.Elkonin, V.V.Davidov) g`oyalarini ishlab chiqdilar. Shuningdek, ta`limni algoritmlashtirish, programmalashtirish, suggyesteziya (T.V.Kudryavtsev, A.M.Matyushkin va boshqalar) nazariyalarini olga soldilar. Mazkur goyalarning barchasi rivojlantiruvchi ta`lim nyegizida to`zilgan bo`lib, aqliy faoliyat myeammolarini o`rganishga hamda ta`lim samaradorligini oshirishni tadkik qilishga qaratilgandir Bilimlarni o`zlashtirish jarayonini boshqarish muammosi P.Ya.Galpyerin va N.F.Talizina tomonidan o`rganilgan. Ular aqliy xatti-harakatlarini boskichma- boskich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. Mualiflar aqliy xatti- harakatlarini moddiy xolda tashqi nutik yordamida hamda aqli shaklda, fikrda namoyon bo`lishini izoxlab berdilar.Aqliy xatti-harakatlarning birinchi boskichi rasm, sxyema, diagramma va shartli belgilar tarzida o`z ifodasini topadi. Aqliy xatti-harakatlarning ikkinchi boskichi ko`rgazmalardan olgan tasavvurlari to`g`risida o`quvchilarning ovoz chikarib fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi boskich esa subyekt ongida tasvvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xsusiyat, opiratsiya, usul tarikasida namoyon bo`ladi. Ana shu boskichlarni talabalarga tushuntirish orqali ularni o`z-o`zini boshqarishga urgatish mumkin. Bizningcha, oliy ta`limda o`quv faoliyatini talaba tomonidan boshqarish jarayoni dastlabki paytlarda o`qituvchining bevosita rahbarligida va kumagidaamalga
oshirilishi maqsadga muvofiq. Aks holda oliy ta`limning mazmuni, o`quv faoliyatining tarkibiy kisimlari, uning psixologik xususiyatlari va qonuniyatlarini, uni tarkib toptirish yo`llari, vositalari, o`zlashtirish, egallab olish usullari talabalarga anglashmay qolishi mumkin. Oliy ta`limni takominlashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga urgatish va bunda xozirgi zamon talablariga anglashilmay qolishi mumkin. Oliy ta`limni takomillashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga urgatish va bunda xozirgi zamon talablariga javob beruvchi faol uslublar bilan qurollantirish ayni muddaodir. O`quv faoliyatini boshqarishning psixologik masalalarini tadkik qilish natijasida uning boskichlari, fazalari, yuyo`llari, xozirgi kundagi xolati, o`quv dasturlarida, darsliklarida va qo`llanmalarda bundan foydalanish axvoli, diagnostik metodikalarning ishonchlilik darajasi aniqlandi. Shuning Bilan birga maktab o`quvchilari va talabalarning o`quv faoliyatini boshqarishning yosh davrlari xususiyatlari o`ziga xos jihatlari, gruhiy faoliyat va individual uslubga oid qonuniyatlar, boshqarishning tarkibiy kismlariningturlari,kurinishlari,shakllari to`g`risida boyningmalumotlar tuplandi. Yugilgan malumotlar ham nazariy, ham Amaliy ahamiyat kasb etib oliy maktabda o`quv faoliyatini boshqarishda muxum rol o’ynaydi. Diqqatning xarakteriga o`quv ishlarining sur'ati juda ta'sir ko`rsatadi. Sekin sur'at diqqatni tarkatib yuboradi,o`quvchilarning aktivligini syekinlashtiradi. Jadal sur'at ham noqulaydir. Ko`pchilik o`quvchilar o`qituvchining fikriga diqqat qilib ulgurmaydilar, charchaydilar orqada qoladilar. Buning oqibatida diqqat ham susayib tarqoq xolda bo`ladi. Muayyan sinf uchun optimal ish sur'ati o`qituvchi tomonidan empirik tarzda belgilanadi. Hozirgi vaqtgacha ta'lim jarayonida o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga oid ayrim diagnostika metodlari ishlab chiqilgan, bu metodlar maktab o`quvchilari aqliy faoliyatining shunday paramyetrlarini chunonchi. 1.O`quv materialini klasifikatsiya qilish; 2.Aqliy faoliyat usullari va ularni kuchirish mumkinligi;
3.Mustaqil ravishda bilim egallash (muammoni mustaqil tarzda xal qilish,qonuniyatni kashf etish. 4. Tafakkurning «tyejalishi». 5).Xususiydan umumiyga tomon siljish sur'ati(tezligi); 6.Harakatlarning ichki plani va xokozolarni baholash hamda ulchash bilan bog`langan. Ta'limning asosi-o`qituvchining o`quvchilarga yetkazadigan mo`l-ko`l axborotini esda olib qolish emas (garchi bu muhim vazifa bo`lsada), balki bu axborotni olish jarayonida o`quvchilarning o`zlari aktiv ishtiroq etishi, ularning mustaqil fikr yuritishini, mustaqil bilim olish qobiliyatini, o`z-o`zicha ma'lumotini oshirish qobiliyatini sekin – asta shakllantirib borishdan iborat bulmogi lozim Ta'limda individual yondoshish kamchiliklarga barham berishnigina emas (bu narsa ko`pincha anna shunday tushuniladi.), balki o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish ,o`qishga to`g`ri munosabatda bo`lishni, bilishga oid qiziqishlarni tarkib toptirish ishlarini olib borishni ham anglatadi. O`qishga salbiy (negativ )munosabatda bo`lish xollarida bunday munosabatni keltirib chikargan sabablarga qarab ,tarbiyaviy chora tadbirlar ko`rish kerak bo`ladi.Bunday sabablar orasida o`qituvchi Bilan bo`lgan kelishmovchilik, o`quvchi duch kelgan qiyinchiliklar ,bilimdagi nuksonlar, o`z kuchiga ishonmaslik va xokozolar bo`lishi mumkin. To`g`ri ta'lim hamisha o`quvchilarning ma'naviy jihatdan usimshini, ular shaxsining vujudga kelishini, ularning kommunistik maqsadini tarkib toptirishini bildiradi. Shu ma'noda ta'lim qilishni tarkibiyalaydi, bu esa bizga tarbiyalovchi ta'lim to`g`risida gapirish xuquqini beradi. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay xilma-xil ko’nikma va malakalarni Hosil qiladilar. Ko’nikma - mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti-Harakatlarning avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko’nikma bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlogida Hosil bo’lib, vaqtinchalik nerv boglanishlarining barqaror tizimining funktsiyasini ta'minlaydi. Dinamik-styeryeotiplarni yaratish sharoitlari
bir vaqtning o’zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik-sintyetik faoliyatni yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko’nikmalar, bilim malakalar Ham yuzaga keladi. Malaka - oldinga qo’yilgan maqsad va xatti-Harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli Harakatlar usulidir. Malakalar xatti-harakat uslbi bo`la turib, ma'lum faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o`quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik faoliyat, ilmi faoliyat, san'at sohasidagi ko`nikmalar va boshqalar bo`lishi mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo`llaniladigan ko`nikma va mialakalar mavjud: bular – harakat, sensor, aqliy ko`nikma va malakalardir. Harakat ko`nikmalariga jismoniy myehnat , sport va o`quv ko`nikmalari (xat yozish, tez o`qish va hokazo) kiradi. O`quvchilarni individual munosabatda bo`lish orqali o`rganib boriladi. Individual munosabat – o`quvchiga ta'sir etish yo`li bo`lib, o`quvchini o`rganishdagi dastlabki boskichlardan biri hisoblanadi. O`qituvchi bolalar kollyektivida har bir o`quvchining xulq-atvorini, qiziqishini, qobiliyatini, bilimini, gayratini, xarakterini hisobga olgan xolda ta'lim-tarbiya ishlarini olib boradi. O`quvchini o`rganishda tarbiyaga asos buluvchiyaxshi xsusiyatlarni va qayta tarbiyalash talab etiladigan salbiy xsusiyatlar bilan birga, ijobiy tomonlarni ham topish kerak. O`quvchi – kamol topib boruvchi, yeng avallo, ta'lim-tarbiya ta'siri ostida shaxs sifatida voyaga yetuvchi odamdir. Yaxshi o`qituvchi o`quvchilarning yaxshi-yomon tomonlarini biladi, ular uchun nimalar kiyin ekanligini puyqaydi, bu qiyinchiliklarning oldini oladi va kimlarga yordamlashish zarur bo`lsa, ushalarga kumak beradi. Bunday o`qituvchi g`oyat darajada xayajonli, syerharakat bolalarni tinchlantiradi, uyatchan, tortinchoklarni ma'qo`llaydi aktiv, iste`dodli bolalarga Yana ish beradi, dangasalarni «harakatga solishga» urunadi, qobiliyatsizlarga kushimcha yordam ko`rsatadi.