logo

RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM TARBIYA VA MAKTAB

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.0517578125 KB
RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA  TA’LIM  TARBIYA VA
MAKTAB
Reja:
1. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi ,  tuzilishi .
2. Yaponiya xalq ta’limi tizimi.
3. Germaniya xalq ta’limi tizimi.
4. Janubiy Koreya xalq ta’limi tizimi.
5. Fransiya xalq ta’limi tizimi.
  Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi  quyidagicha:
- maktabgacha tarbiya muassasalari (3-5 yoshgacha)
- boshlang’ich maktablar 1-8 sinflar (6-13 yoshgacha)
-o’rta maktab, bu ikkiga: quyi va yuqori bosqich (14-17 yoshgacha).
- oliy ta’lim 2-4 yil, kollejlar va dorilfununlar.
-  oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura,  doktarantura).
AQShda   majburiy   ta’lim   16   yoshgacha   amalga   oshiriladi.O’quv   yurtlari   davlat,
xususiy, diniy muassasalar  ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Amerikada   bolalar   3   yoshga   to’lganda   onalarga   moddiy   imtiyozlar   berish   ko’zda
tutilmagan. Bog’chalarda bolalar yoshlariga  qarab guruhlarda tarbiyalanadi. 5 yoshga
to’lganda   haqiqiy   ta’lim   tarbiya   jarayonida   qatnashadi,   ular   «Kinder   gander»   deb
ataluvchi   muassasada   ta’lim   oladi.   Bu   muassasa   bog’cha   yoki   maktab   tarkibida
tashkil   etiladi.   5   yoshli   bolalarni   maktabga   tayyorlash   ota-onalar,   bog’chalar,
maktablar va ommaviy axborot vositalarining vazifasi hisoblanadi.
AQSh  ko’p  millatli   mamlakat.  Shunga  ko’ra  har  bir   millat   bolalari   o’z   ona   tilini   ,
milliy urf odatlarini, dinini bog’chalarda o’rganadilar.
Amerika   maktablarida   o’quv   tarbiya   ishlari   bilan   bog’liq   masalalarni   har   bir   shtat
o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega.
Amerika   maktablarida   o’qish   har   bir   o’quvchi   uchun   faxr-iftixor   bo’lishiga,   o’z
bilimi   imkoniyatiga   ishonch   hissini   tarbiyalashga   katta   e’tibor   beradi.
O’quvchilarni   maktabdan   bezdirish,   ularni   darslarga   ishtiyoqsiz   va   loqayd   bo’lib
qolishlari   favqulotda   salbiy   holat   bo’lib   hisoblanadi.   O’quvchilar   boshlang’ich
maktabni   bitirganidan   so’ng   qo’yi   (7-8-9   sinflar)   o’rta   maktabda   o’qishni   davom
ettirishadi.   Bu   maktabni   muvafaqiyatli   o’tganlar   yuqori,   o’rta   (10-11-12   sinflar)
maktabga   qabul   qilinadi.   O’quvchilar   ma’lum   bir   sinfni,   kursni   yoki   maktabni
bitirishda test sinovlari topshiradilar.
O’rta maktablarda o’quvchilar o’zlari yoki ota-onalari tanlagan yo’nalishlarga mos
holda predmetlar tanlashda erkinliklar berilgan.
O’rta   maktab   o’quvchilari   kundalik   faoliyatlarida   yarim   vaqtini   o’quv   sinflarida
qolgan   vaqtini   kutubxonada,   labaratoriya,   tajriba   uchastkalari,   amaliyot   uchun mo’ljallangan joylarda o’tkazadilar.
Ayni paytda o’quvchilarga 4 yo’nalishda kasbkor bilimlar beradi.
1. Qishloq xo’jaligi
2. Biznes ta’limi.
3. Savdo va sanoat.
4. Qurilish bo’yicha kasbkor asoslari o’rgatiladi. 
Amerikada   yaqinda   qabul   qilingan   «2000   yilda   Amerikada   ta’lim
strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Bunda quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
-   2000   yilda   barcha   Amerikalik   kichkintoylarning   maktabda   tayyor   holda
qilishlari;
-   aholining   90%   oliy   ma’lumotli   bo’lishi,   o’quvchilarning   ingliz   tili,   matematika,
tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo’yicha jahonga o’z iqtidorlarini namoyish
eta olishlari;
- talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini  o’zlashtirishda jahonda
eng oldinda turishlari;
- har bir voyaga yetmagan Amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning
barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo’lishlari;
- maktablarda   giyohvandlik   va   zo’ravonlikka   barham   berish,   o’qish   uchun
barcha shart-sharoitlar yaratib berish ko’zda tutilgan va h.k..
Amerikada   bir   o’quv   yili   180   kun,   1   soatlik   dars   40-45   minut.   7-sentyabr   o’quv
kunining   boshlanishi,   12-oktyabr   «Koluob»   kuni   munosabati   bilan   bayram,   21-
oktyabr   o’quvchilarning  aqliy   qobiliyatini   aniqlash   kuni,   10-   noyabr   insho   sinovi,
30-may  xotira kuni, 12-iyun bitirish kechasi, 20-iyun yozgi ta’tilning  boshlanishi.
Yaponiyada xalq ta’limi tizimi
Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha:
1. Bolalar bog’chalari (3-5 yosh).
2. Boshlang’ich maktab (6 yil) .
3. Kichik o’rta maktab (3 yil  m ajburiy) .
4. Yuqori o’rta maktab – (ixtiyoriy).
5. Oliy ta’lim tizimiga kiruvchi o’quv yurtlari (kollej,  universitet). 6. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
1. Maktabgacha   tarbiya   (3-5   yosh)   muassasalariga   bolalar   loyoqatiga
qarab   3-2-1   yillik   o’quv   turlariga   jalb   qilinadi.   Yaponiyada   bu   muassasalarning
59,9% xususiydir, 39,8   % tuman kengashlariga qarashli, 0,3% davlatga qarashlidir.
2. Majburiy   ta’lim   (6-15   yosh)   6   yil   boshlang’ich   maktabda,   3  yil   kichik
o’rta maktab kursini o’taydi. Bu 9 yillik ta’lim  majburiy bo’lib barcha bolalar bepul
o’qitiladi   va   tekin   darsliklardan   foydalanadi,   ota-onalar   o’z   bolalarini   xususiy
maktabga   berish   huquqiga   ham   egalar.   Xususiy   maktablarning   o’ziga   xos   shart
sharoitlari va talablari mavjud. 
Yuqori, o’rta maktab  sirtqi ,  kechki ,  kunduzgi  bo’limlari mavjud. O’qish   muddati 3
yil,   95%   o’quvchilar   kunduzgi   maktabda   o’qishadi.   Unda   quyidagi   yo’nalishlar
bo’yicha bilimlar beriladi.
1.  Umumiy ta’lim fanlari; 5.  Qishloq xo’jaligi;
2.  Texnik bilimlar; 6. Chorvachillik;
3. Tijorat; 7. Baliqchilik;
4. Mahalliy sanoat; 8.  Kemasozlik va h.k.
Yaponiyada   kollejlar   va   universitetlar   oliy   ta’lim   tizimini   tashkil   etadilar.
Bundan tashqari Yaponiyada «Ixtisos  maktablari» ham mavjud.
Yaponiyada   maktablarda   o’qish   1-apreldan   boshlanib,   kelasi   yilning   31-martida
nihoyasiga yetadi. Maktablar 3 s i mestrga bo’linadi:
1. Aprel-iyun; 
2. Sentyabr- dekabr ;
3. Yanvar-mart. 
Yapon   maktablari   asosiy   e’tiborni   o’quvchi   faoliyatiga   va   darslikka   qaratilgan.
Ularning   fikricha   o’qituvchi   va   o’quvchi   o’rtasida   jonli   muloqog)   muhim
ahamiyatga ega.
Turli   ta’limiy   ko’nikmalarni   bolalar   ongiga   singdirish   Yapon   maktablariga   xos
fazilatdir.   Masalan,   2-sinf   o’quvchisi   ko’pchilik   oldida   nutq   so’zlash   qobiliyatiga
ega bo’lishi, 6- sinf o’quvchisi kamida 2 ta milliy cholg’u asbobida kuy chala bilishi,
boshlangich sinf o’quvchisi suvda bemalol suza olishi kerak. Yaponiyaliklar   to’g’ri   va   halol   turmish   tarzini   qadyrlaydilar.   Birinchi   sinfdan   9-
sinfgacha axloq tarbiyasi maktab faoliyatining zaruriy shartidir.
Germaniya ta’lim tizimi
Germaniya   talim   tizimida   maktabgacha   tarbiya   tizimi   ham   muhim   bosqich
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog'chalari ta'limning quyi
bosqichi hisoblansada, lekin davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog'chalarni mablag’
bilan   ta'minlash   turli   jamoat   tashkilotlari,   hayriya   birlashmalari,   korxonalar,.
xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog'chalariga
o'z   farzandlarini   tarbiyalayotganliklari   uchun   ancha   miqdorda   pul   tolaydilar.   3
yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog'chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda
bolalar   bog'chada   tushgacha   tarbiyalanadilar.   Kunning   yarmida   esa   uyda,   oilada
bo'ladilar. Bu mamlakatda kuni uzaytirilgan bog'chalar ham bor.
Majburiy talim 6 yoshdan 18 yoshgacha bolgan bolalarga tegishli, ya'ni bu jarayon
12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba'zi  joylarda 10 yil) maktabda tola haftalik
o'qishda o'qiydi. o'qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar kam. o'qish 6
yoshdan   boshlanib,   4   yil   davom   etadi   (faqat   Berlinda   6   yil).   Boshlang'ich
maktabdan so'ng o'quvchilar yo'nalish bosqichidagi maktabga o'tadilar. Bu erda 5-
6-   sinf   bosqichidagi   .   yo'nalish   maktablarda   maxsus   dastur   asosida   o'qiydilar.
Keyin  navbatdagi  maktab  tipiga  ko'chadilar:  bular  -   asosiy,   maxsus.   maktab,  real
bilim   yurtlari.   Deyarli   30%   bola   asosiy   maktabga   o'tadi.   9   yoki   10   yillik   o'qish
tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o'tiladi. Maxsus  maktablarda nuqsonga
ega   bo'lgan   bolalar   o'qiydi.   Real   bilim   yurtlari   asosiy   maktab   va   yuqori   bosqich
maktabi   o'rtasida   turadi.   Qoidaga   ko'ra   bu   erda   o'qish   6   yil   davom   etadi   (5-10
sinfgacha) va tola o'rta ma'lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar
o'rta maxsus o'quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib
o'qish   huquqiga   ega   bo'ladi.   Germaniyada   gimnaziyalar   ham   mayjud.   Ular   5-13
sinflarni   o'z   ichiga   oladi.   11-13   sinflar   oliy   o'quv   yurtlariga   tayyorlash   vazifasini
ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliy o’quv   yurtida
o’qish imkonini beradi. Germaniya talim tizimida hunar talimi muhim   ahamiyatga
ega,   chunki   yuqori   malakali   ishchilarga   bo’lgan   talab   kuchli.   To’liqsiz   o'rta maktabni   bitiruvchilarning   20%   hunar   talimi   tizimida   bilim   olishni   davom
ettiradilar.   Aksariyat   hollarda   o’qish   muddati   3-3,5-yilni   tashkil   etadi.   o'qish   uch
bosqichdan   iborat   bo'lib,   birinchi   -yili   asosiy   hunar   ta'limi   beriladi.   Bunga
o'qitilayotgan   kasbga   taalluqli   maxsus   fanlardan   nazariy   asoslar   berilib,   yirik
korxonalarda amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar
ta'limi beriladi, o'quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o'tishi sinov imtihonlari
o'tkazilib o'qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi, 
Uchinchi   yil   davomida   maxsus   hunar   talimi   yanada   chuqurlashtirilib   boriladi.
Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a'zolari
korxonalarning   etakchi   mutaxassislari,   federal   erlardagi   sanoat   palatasi,
hunarmandchilik   palatasi   vakillaridan   tashkil   topadi.   Hunar   maktablarining
diplomlari   oliy   o'quv   yurtlariga   kirish   uchun   huquq   bermaydi.   Buning   uchun   1
yillik   tayyorlov   kurslarini   tugatish   talab   etiladi.   o'qishga   qabul   qilish   imtihonsiz
maktab talimi to'g'risidagi hujjatga asosan oshiriladi.
Oliy maktab o'z-o'zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o'quy yurtini shtatdagi rektor
yoki   bir   necha   yilga   saylangan   Prezident   boshqaradi.   o'z-o'zini   boshqarishda
vazifalari  aniq taqsimlab  berilgan bir  necha  guruhlar  bosqichma-bosqich  ishtiroki
prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o'qituvchilar, o'quvchilar, ilmiy
xodimlar   va   boshqa   xodimlar   kiradi.   Talabalar   o'qishi   erkin   tashkil   etilgan.   Ko'p
sonli   o'quv   bosqichlari   bilan   birga   o'quv   rejalari   taklif   etiladi.   o'qishga   haq
to'lanmaydi.  Agar   talaba  yoki  ularning  ota-onalari  oziq-ovqat   harajatlarini  ko'tara
olmasa   o'qish   uchun   moliyaviy   yordam   ko'rsatish   to'g'risidagi   federal   qonunga
ko'ra   ular   moliya   yordami   oladilar.   Bu   yordamning   yarmi   stipendiyaga   qo'shib
berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda   talimni   isloh   qilish   masalasi   ko'pdan   buyon   muhokama   qilinmoqda,
bunda   o'quv   jarayonini   qisqartirish   taklif   qilinmoqda.   Hozir   universitetlarda
talabalar   7   yil   o'qiydi.   Ular   o'qishga   kirganlarigaqadar   korxonalarda bir  necha  yil
ishlashlari   yoki   bundesverda   xizmat   qilishini   hisobga   olsak,   talabalar   haqiqiy
mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini  tushunamiz.
Germaniyada   Xalq   universitetlari   mavjud   bo"   lib,   ular   partiya   va   dindan   tashqari muassasa.   Ularning   ko’pchiligi   kechki   bo'lib,   faqat   1989-yili   universitetlarda
400000   kurslar   tashkil   etilgan   va   bu   kurslarda,   5,5   mm.   tinglovchi   malaka
oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag'batlantiradi va bu  uchun har yili 5,5 mln.
marka   mablag'   ajratadi.   Malaka   oshirish   kurslarida   o'qish   davrida   tinglovchilarga
mablag' bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o'z malakasini oshirish
imkoniyatlaridan ko'proq foydalanadilar va bu  bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim
yil davomida malaka oshirgan ishchilarning  75% ish bilan ta'minlanadi. Cherkovlar
ham   fuqarolarning   bilim   darajalarini   oshirishda   faol   ishtirok   etadi.   Evangel
cherkovi   o'zining   15   akademiyasida   dolzarb   mavzular   bo'yicha   konferensiyalar
tashkil etadi.
Katoliklar   malaka   oshirishda   nikoh,   oila   masalalariga,   teologiya   va   madaniyat
sohalariga katta ahamiyat beradilar.
Oliy   o'quv   yurtlarida   tadqiqot   bilan   shug'ullanish   ularning   qadimiy   an'analaridan
bin. o'tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi,
o'shandan beri «Tadqiqot va o'qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib
qolgan.   Oliy   o'quv   yurtlari   tadqiqotlarining   asosiy   yo   nalishi-fundamental   amaliy
tadqiqot   bolib,   ularga   boshqa   ilmiy-tekshirish   institutlari,   sanoat   laboratoriyalari
yaqindan yordam beradi. Germaniya ta'limi o'ziga xos yo nalishga, juda murakkab
tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta'lim tizimini isloh etish
yo'lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.
Janubiy Koreyada ta’lim tizimi
Janubiy Koreyada talim haqidagi Qonun 1948 -yili qabul qilingan. Talim   tizimiga
asos qilib an'anaviy g'arb modeli olingan: 6 yil - quyi maktab, 3 yil -o’rta, yana 3
yil - oliy maktab; so'ngra to’rt yillik kollej va bakalavr unvoni beriladi; tanlangan
fan   yana   2   yil   chuqur   o'rganilgandan   so   ng   magistr   unvonini   olish   mumkin.   Fan
doktori bolish uchun yana 3 yil vaqt sarflash lozim.
Mamlakatda  oliy o'quv yurtlarining ishlari  yaxshi  yolga qo’yilgan. Koreyada 104
ta oliy o'quv yurti bo'lib, ularning 80 foizi xususiydir. Har yili bitiruvchilarning 40
foizi   o'qishga   kiradi.   Talabalar   soni   bo'yicha   Koreya   dunyoda   birinchi   o'rinda
turadi. Lekin maktabgacha talim muassasalari ehtiyojni  qondira olmayapti. Shuning uchun
1982   -yili   maktabgacha   tarbiya   haqida   qonun   qabul   qilingan.   Bu   yerda   tarbiyaga
bolalar   bog'chasida   asos   solinishini   yaxshi   tushunishadi.   Shu   tufayli   bu   tarmoq
keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Bunda diniy tashkilotlarning hissasi katta.
Boshlang'ich   maktab   masalasiga   kelganda   (bu   maktabga   olti   yoshli-lar   kelishadi)
sinflarning   tig'izligini   kuzatish   mumkin.   Har   sinfda   50   nafargacha   bola   o'qiydi.
Dars   nagruzkalari   ham   ko'proq.   o.'yinlar   dam   olish   o'quv   dasturiga   kiritilgan.
Shuning uchun dam olishga imkoniyat bor.
Boshlang'ich maktabda dars 40 minut o'rta maktabda esa 45 minut. Oliy maktabda
darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu yerda ikki muhim jihatga to'xtalib o'tish
zarur. Oliy maktabga, albatta, kirish imtihonlari topshiriladi va o'qishlar pullik.
Boshlang'ich maktabda 9 ta fan o'qitiladi. Koreys tilini o'rganishga alohida e'tibor
berilib   arifmetika   hamda   ijtimoiy   fanlar   o'qitiladi.   O'rta   maktabda   fanlar   yana   4
taga   ko'paytirilgan.   7-sinfdan   boshlab   chet   tillar   o'rgatiladi.   Mamlakatda   ingliz
tiliga   e'tibor   kuchli.   Ko’pchilik   bu   tilda   bemalol   gaplasha   oladi.   Chet   tillarni
o'qitishga  haftasiga   4—5  soat  ajratilgan.  Koreyslar  yana   bir  tilni   —  klassik   xitoy
tilini majburiy ravishda o'rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixi o'rganiladi.
Hunar   maktablari   Koreyada   600   tani   tashkil   etadi.   Bu   maktablar-ning   45   foizi
bolajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari etishib
chiqadi.   Qolgan   maktablarda   dengizchilik,   qishloq   xo’jalik   ixtisoslari
o'zlashtiriladi.   Shunisi   diqqatga   sazovorki,   bu   maktablarga   korxonalar   otaliq
qiladilar. Ta'lim haqidagi qonun talablaridan biri shudir.
Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e'tibor kuchli. So’nggi yillarda 5 ta sport,
6   ta   ilmiy   maktab   ochilgan.   Jismoniy   tarbiyaning   rivojlanishiga   Seul   olimpiadasi
katta ta'sir ko'rsatgan.
Koreyada   nogironlarga   ko'rsatilayotgan   g'amxo'rlikni   har   qadamda   kuzatish
mumkin.   Aytaylik,   bu   erda   aravachalar   yordamida   harakatla-nuvchilar   uchun   er
osti   liftlari   mavjud,   maxsus   jihozlangan   past   qilib   qurilgan   telefon- avtomatlardan
nogironlar   bemalol   foydalanadilar,   rivojlanishdan   orqada   qolgan   bolalar   uchun
maxsus   maktablar   mavjud.   Bu   maktablarning   aksariyati   xususiy   yoki   diniy tashkilotlarning   xayriya   mablaglari   hisobiga   qurilgan.   Davlat   maktablarida   din
o'qitilmaydi.   Lekin   3-sinfdan   boshlab   «0dobnoma»   kabi   maxsus   fan   joriy   etiladi.
Bu fan 12-sinfgacha haftasiga 2 soatdan o'qitiladi.
Maktablar   uchun   o'qituvchi   kadrlar   tayyorlashga   ham   e'tibor   katta.   Koreyadagi
barcha   talabalaming   6,5   foizi   bo'lajak   pedagoglardir.   Mamlakatda   11   ta
o'qituvchilar kolleji mavjud. Har bir provinsiya o'z kollejiga ega. Boshlang'ich sinf
o'qituvchisi   bo'lish   uchun   2   yil   o'qish   talab   qilinadi.   Fan   o'qituvchisi   birmuncha
ko'proq o'qiydi.
Janubiy   Koreyada   talimning   obro'si   naqadar   kattaligini   quyidagi   misoldan   ham
ko'rsak boladi:
Soliqlar   tizimida.   ta'limiy   soliq   joriy   qilingan:   ishlab   chiqaruvchilar   foydaning
ma'lum   foizini   maorifga   yuboradilar.   Davlat   byudjetining   24   foizi   talimga
sarflanadi.
Fransiyada ta'lim tizimi
Fransiya   ta'lim   tizimi   ham   qadimiy   va   boy   tarixga   ega.   Bu   mamlakatda   «Ta'lim
haqida»gi   Qonun   dastlab   1955-yili   qabul   qilinib,   1975-yili   unga   qator
o'zgartirishlar kiritilgan.
Fransiya   davlatining   hozirgi   davrda   amal   qilinayotgan   «Ta'lim   haqida»gi   Qonuni
1989-yil 10 iyulda qabul qilingan bo'lib, uning o'zgartirilishiga ta'lim strategiyasida
ro'y bergan o'zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi  islohatlar, yuzaga
kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg'or tajribalarning mamlakat
ta'lim   tizimlariga   kirib   kelishi,   o'quv   predmetiarining   integrasiyalari   va   boshqalar
sabab bo'ldi.
Fransiyada   ta'limning   asosiy   maqsadi   shaxsning   har   tomonlama   kamol   topishini
ta'minlash,   uni   mustaqil   faoliyatga   tayyorlash,   bozor   munosabatlari   sharoitida
o'quvchilarni   tadbirkorlikka,   ishbilarmonlik   va   omilkorlikka   o'rgatish,   shunga
yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir.  Bu erda:
1. Davlat maktablari,
2. Xususiy maktablar,
3. Oraliq maktablari mavjud. o'qitiladigan   predmetlar   ichida   fransuz   tili   va   adabiyoti,   o'qish   va   -yozuv   alohida
ahamiyatga   molik.   Ular   uchun   dars   vaqtining   30%   ajratiladi.   o'rtacha   haftalik
soatlar   26   soatdan   iborat,   darsning   davamiyligi   60   minut.   o'quv   yili   5   chorakka
bolinadi.   Fransuz   maktablari   boshlang'ich   sinflarida   o'qish   ertalab   va   tushdan
keyingi   qismlarga   bo'linadi.   Ertalab   o'quvchilar   ona   tilidan,   tushdan   keyin   esa
matematika   va   boshqa   predmetlardan   saboq   oladilar.   Matematika,   ona   tili   va
adabiyoti   baza   predmeti,   tarix,   geografiya,   mehnat,   jismoniy   tarbiya   predmetlari
esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya   talimida  bolalarni   go'daklik  chog'idanoq  maktabda   o'qitish   uchun tayyor
holda   olib   k.elish   g'oyat   muhim   masala   hisoblanadi.   Bu   bosqichda
tarbiyaianuvchilar   quyidagicha   tabaqalashtirilgan:   kichik   guruh   (2-4   yosh),   o'rta
guruh   (4-5   yosh),   katta   guruh   (5-6   yosh).   Maktabga   tayyorlov   guruhi   (5-6   yosh)
bo'lib,   ularga   Fransiyada   100%   shu   yoshdagi   bolalar   qamrab   olingan.   Bolalarni
maktabga   tayyorlash   uchun   alohida   dastur   va   darsliklar   mavjud.   Fransiyada
boshlang'ich   talim   maktablariga   6   yoshdan   11   yoshgacha   bo'lgan   bolalar   jalb
qilinadilar. Boshlang'ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o'qish, yozish,
hisoblash   malakasini   berishdir.   o'quv   mashg'ulotlari   ertalab   soat   9   dan   12   gacha,
hamda   soat   14   dan   16   gacha   5   soat   davom   etadi.   Maktabda   ovqatlanish   pullik,
lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang'ich sinflarda o'qish uch bosqichda
amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda   o'quv   predmetlarning   barchasiga   uch   bosqich   bo'yicha   aniq,   alohida-
alohida talablar qo'yiladi.
1990   -yildagi   hukumat   qarorida   bolalarni   bilimiga,   qobiliyatiga   qarab   dars
jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi.
O’quvchilar   11   yoshda   boshlang'ich   maktabni   tugallab   o'rta   maktabga   o'tadilar.
o'rta talim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O'rta talim ikki   bosqichda
beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, eng  kichik sinf 6- sinf,   5-4-o'rta   sinf,   3-sinf   esa   katta   sinf   hisoblanadi.   Demak   sinflarni   raqamlash
yuqoridan   pastga   qarab   amalga   oshiriladi.   6-5   sinflar   umumiy   o'rta   talim,   4-3
sinflar   esa   o'quvchilarning   moyilligiga   qarab   beriladi.   Bu   birinchi   bosqichni
tugatgach,   o'quvchilar   kasbiy   yo'nalishlari   bo'yicha   guvohnoma   oladilar.   So’ngra
ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo'lgan bolalar ta'lim
oladilar.   Ular   uch   yil   o'qib   bakalavr   unvoni   va   diplomi   uchun   imtihon
topshiradilar. Ana shunda diplom olgan o'quvchilargina oliy o'quv yurtlarga qabul
qilinish   huquqiga   ega   bo'ladilar.   Fransiyada   talabalar   pedagogika,   politexnika
instituti,   oliy   ma'muriy   maktablarga   kirish   uchungina   imtihon   topsbiradilar.
Bundan   tashqari   shu   kasbga   moyilligi   ham   alohida   sinab   ko'riladi.   Boshqa
oliygohlarga   va   universitetlarga   esa   bakalavr   diplomi   bo'lgan   yoshlar   imtihonsiz
qabul qilinaveradi.
Oliy talim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi:
Birinchi turkum:  umumiy bolib, o'qish muddati ikki yil davom etadi;
Ikkinchi   turkum:   o'qish   bir   yil   davom   etadi.   Talabalar   magistr   darajasi   bilan
yakunlaydi;
Uchinchi turkum:  o’qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda:
-bironbir predmetni chuqurlashtirib o'rganilganligi haqida diplom 1 yil;
- ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to'g'risida diplom 1 yil;
- uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil;
- davlat   doktorlik   dissertasiyasi   biron-bir   sohani   mukammal   o'rganib
dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada   oliy   malumot   va   ixtisos   beruvchi   oliy   texnologik   institutlar   mingdan
ortiq.   Ular   odatda   sanoat,   maishiy   xizmat   ko'rsatish,   informatika
mutaxassisliklariga   ixtisoslashgan.   O'qish   muddati   2   yil   bolib,   sakkiz   xaftalik
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko'zda tutadi.
Sirtqi   talim   shoxobchalari   juda   keng   bo'lib,   u   500   turdagi   o'rta,   oliy   professional
ma'lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada   maktab   rahbarligi   lavozimiga   erishmoq   uchun   ta'limga   rahbarlik
qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o’qiydilar. Bunday  markazlarda ular rahbarlik   qilish,   maktab   iqtisodiyotini   boshqarish,   ta'limdagi   yuridik   masalalar,
qonunchilik,   ota-onalar   bilan   ishlash,   madaniy   oqartuv   ishlarini   tashkil   etish,
jamoada   yaxshi   psixologik   muhitni   barpo   etish   kabi   jihatlarni   o'rganadi.   o'qishni
yakunlagach,   suhbatdan,   test   imtihonlaridan   o'tadilar.   Direktor   dars   bermaydi.
Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat  bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil
davomida   maktab   direktori   talantli   tashkilotchi,   etuk   rahbar   sifatida   faoliyat
ko'rsata   olmasa,   u   bu   lavozimidan   olib   tashlanadi.   Maktab   o'qituvchdlariga
qo'yilgan   talab   Fransiyada   o'ta   yuqori.   Ayniqsa,   boshlang'ich   maktablarda
o'qituvchi   o'z   kasbini   ustasi,   ajoyib   notiq,   san'atkor,   musiqachi,   sportchi,
tashkilotchi,  namunali  xulq-atvor  egasi  bo'lmog'i  lozim.  O’qituvchilar   o'z  nazariy
—uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan
o'tish   uchun   aniq   muddat   belgilab   qo'yilmagan.   o'qituvchilar   o'z   ixtiyorlari   bilan
test   markazlarida   imtihon   topshiradilar.   Shu   imtihonlar   davrida   o'qituvchi
faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o'z vaqti
va mablag'lari hisobiga malaka oshiriladi. Adabiyotlar:
1. Pedagogika   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi)   O‘qituvchilar   tayyorlash   va
pedagogika   fani   sohasi:   bakalavriat   yo‘nalishi   uchun
darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning   umumiy   tahriri   ostida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   Toshkent   “O‘zbekiston   faylasuflar   milliy
jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma//A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.
Toshkent “O‘qituvchi”, 1996.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika nazariyasi. 1-qism / Oliy o’quv yurtlari
uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjayevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent:   “ Iqtisod-
moliya”, 2007. 
4. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S.A.Madiyarova   va   boshq.   –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.
5. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU,  2006.
6. Axmedova   M.E   “Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi”   o’quv   qo’llanma   T:2011
“Tafakkur bo’stoni” nashriyoti 157 b
7. Axmedova   M.E   Niyozov   G.   “Pedagogika   tarixidan   seminar   mashg’ulotlari”   o’quv
qo’llanma T:2011, Noshir nashriyoti 157 b
8. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001.

RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM TARBIYA VA MAKTAB Reja: 1. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi , tuzilishi . 2. Yaponiya xalq ta’limi tizimi. 3. Germaniya xalq ta’limi tizimi. 4. Janubiy Koreya xalq ta’limi tizimi. 5. Fransiya xalq ta’limi tizimi.

Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha: - maktabgacha tarbiya muassasalari (3-5 yoshgacha) - boshlang’ich maktablar 1-8 sinflar (6-13 yoshgacha) -o’rta maktab, bu ikkiga: quyi va yuqori bosqich (14-17 yoshgacha). - oliy ta’lim 2-4 yil, kollejlar va dorilfununlar. - oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura, doktarantura). AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amalga oshiriladi.O’quv yurtlari davlat, xususiy, diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin. Amerikada bolalar 3 yoshga to’lganda onalarga moddiy imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan. Bog’chalarda bolalar yoshlariga qarab guruhlarda tarbiyalanadi. 5 yoshga to’lganda haqiqiy ta’lim tarbiya jarayonida qatnashadi, ular «Kinder gander» deb ataluvchi muassasada ta’lim oladi. Bu muassasa bog’cha yoki maktab tarkibida tashkil etiladi. 5 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash ota-onalar, bog’chalar, maktablar va ommaviy axborot vositalarining vazifasi hisoblanadi. AQSh ko’p millatli mamlakat. Shunga ko’ra har bir millat bolalari o’z ona tilini , milliy urf odatlarini, dinini bog’chalarda o’rganadilar. Amerika maktablarida o’quv tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni har bir shtat o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Amerika maktablarida o’qish har bir o’quvchi uchun faxr-iftixor bo’lishiga, o’z bilimi imkoniyatiga ishonch hissini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. O’quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari favqulotda salbiy holat bo’lib hisoblanadi. O’quvchilar boshlang’ich maktabni bitirganidan so’ng qo’yi (7-8-9 sinflar) o’rta maktabda o’qishni davom ettirishadi. Bu maktabni muvafaqiyatli o’tganlar yuqori, o’rta (10-11-12 sinflar) maktabga qabul qilinadi. O’quvchilar ma’lum bir sinfni, kursni yoki maktabni bitirishda test sinovlari topshiradilar. O’rta maktablarda o’quvchilar o’zlari yoki ota-onalari tanlagan yo’nalishlarga mos holda predmetlar tanlashda erkinliklar berilgan. O’rta maktab o’quvchilari kundalik faoliyatlarida yarim vaqtini o’quv sinflarida qolgan vaqtini kutubxonada, labaratoriya, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun

mo’ljallangan joylarda o’tkazadilar. Ayni paytda o’quvchilarga 4 yo’nalishda kasbkor bilimlar beradi. 1. Qishloq xo’jaligi 2. Biznes ta’limi. 3. Savdo va sanoat. 4. Qurilish bo’yicha kasbkor asoslari o’rgatiladi. Amerikada yaqinda qabul qilingan «2000 yilda Amerikada ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Bunda quyidagi asosiy vazifalar belgilandi: - 2000 yilda barcha Amerikalik kichkintoylarning maktabda tayyor holda qilishlari; - aholining 90% oliy ma’lumotli bo’lishi, o’quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo’yicha jahonga o’z iqtidorlarini namoyish eta olishlari; - talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o’zlashtirishda jahonda eng oldinda turishlari; - har bir voyaga yetmagan Amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo’lishlari; - maktablarda giyohvandlik va zo’ravonlikka barham berish, o’qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berish ko’zda tutilgan va h.k.. Amerikada bir o’quv yili 180 kun, 1 soatlik dars 40-45 minut. 7-sentyabr o’quv kunining boshlanishi, 12-oktyabr «Koluob» kuni munosabati bilan bayram, 21- oktyabr o’quvchilarning aqliy qobiliyatini aniqlash kuni, 10- noyabr insho sinovi, 30-may xotira kuni, 12-iyun bitirish kechasi, 20-iyun yozgi ta’tilning boshlanishi. Yaponiyada xalq ta’limi tizimi Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: 1. Bolalar bog’chalari (3-5 yosh). 2. Boshlang’ich maktab (6 yil) . 3. Kichik o’rta maktab (3 yil m ajburiy) . 4. Yuqori o’rta maktab – (ixtiyoriy). 5. Oliy ta’lim tizimiga kiruvchi o’quv yurtlari (kollej, universitet).

6. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim. 1. Maktabgacha tarbiya (3-5 yosh) muassasalariga bolalar loyoqatiga qarab 3-2-1 yillik o’quv turlariga jalb qilinadi. Yaponiyada bu muassasalarning 59,9% xususiydir, 39,8 % tuman kengashlariga qarashli, 0,3% davlatga qarashlidir. 2. Majburiy ta’lim (6-15 yosh) 6 yil boshlang’ich maktabda, 3 yil kichik o’rta maktab kursini o’taydi. Bu 9 yillik ta’lim majburiy bo’lib barcha bolalar bepul o’qitiladi va tekin darsliklardan foydalanadi, ota-onalar o’z bolalarini xususiy maktabga berish huquqiga ham egalar. Xususiy maktablarning o’ziga xos shart sharoitlari va talablari mavjud. Yuqori, o’rta maktab sirtqi , kechki , kunduzgi bo’limlari mavjud. O’qish muddati 3 yil, 95% o’quvchilar kunduzgi maktabda o’qishadi. Unda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bilimlar beriladi. 1. Umumiy ta’lim fanlari; 5. Qishloq xo’jaligi; 2. Texnik bilimlar; 6. Chorvachillik; 3. Tijorat; 7. Baliqchilik; 4. Mahalliy sanoat; 8. Kemasozlik va h.k. Yaponiyada kollejlar va universitetlar oliy ta’lim tizimini tashkil etadilar. Bundan tashqari Yaponiyada «Ixtisos maktablari» ham mavjud. Yaponiyada maktablarda o’qish 1-apreldan boshlanib, kelasi yilning 31-martida nihoyasiga yetadi. Maktablar 3 s i mestrga bo’linadi: 1. Aprel-iyun; 2. Sentyabr- dekabr ; 3. Yanvar-mart. Yapon maktablari asosiy e’tiborni o’quvchi faoliyatiga va darslikka qaratilgan. Ularning fikricha o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida jonli muloqog) muhim ahamiyatga ega. Turli ta’limiy ko’nikmalarni bolalar ongiga singdirish Yapon maktablariga xos fazilatdir. Masalan, 2-sinf o’quvchisi ko’pchilik oldida nutq so’zlash qobiliyatiga ega bo’lishi, 6- sinf o’quvchisi kamida 2 ta milliy cholg’u asbobida kuy chala bilishi, boshlangich sinf o’quvchisi suvda bemalol suza olishi kerak.

Yaponiyaliklar to’g’ri va halol turmish tarzini qadyrlaydilar. Birinchi sinfdan 9- sinfgacha axloq tarbiyasi maktab faoliyatining zaruriy shartidir. Germaniya ta’lim tizimi Germaniya talim tizimida maktabgacha tarbiya tizimi ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog'chalari ta'limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog'chalarni mablag’ bilan ta'minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar,. xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog'chalariga o'z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul tolaydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog'chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog'chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo'ladilar. Bu mamlakatda kuni uzaytirilgan bog'chalar ham bor. Majburiy talim 6 yoshdan 18 yoshgacha bolgan bolalarga tegishli, ya'ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba'zi joylarda 10 yil) maktabda tola haftalik o'qishda o'qiydi. o'qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar kam. o'qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang'ich maktabdan so'ng o'quvchilar yo'nalish bosqichidagi maktabga o'tadilar. Bu erda 5- 6- sinf bosqichidagi . yo'nalish maktablarda maxsus dastur asosida o'qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko'chadilar: bular - asosiy, maxsus. maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o'tadi. 9 yoki 10 yillik o'qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o'tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo'lgan bolalar o'qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o'rtasida turadi. Qoidaga ko'ra bu erda o'qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va tola o'rta ma'lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o'rta maxsus o'quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o'qish huquqiga ega bo'ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mayjud. Ular 5-13 sinflarni o'z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o'quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkonini beradi. Germaniya talim tizimida hunar talimi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchli. To’liqsiz o'rta