logo

O‘ZBEKISTONDA KOLLEKTIVLASHTIRISHNING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

16.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

285.0048828125 KB
MAVZU: O‘ZBEKISTONDA 
KOLLEKTIVLASHTIRISHNING 
AMALGA OSHIRILISHI VA UNING 
XUSUSIYATLARI Reja:
1. Sovet hokimyatining  qishloq  xo’jaligi    
jamoalashtirish siyosatining asosiy mohiyati
2. Quloqlashtirish siyosatini amalga oshirishning 
shartlari,  maqsadlari  v а  oqibatlari Sovet hokimyatining  qishloq  xo’jaligi    jamoalashtirish 
siyosatining asosiy mohiyati
■ 1929-yil tarixga qora belgi ostidagi “buyuk burulish yili” deb nom olgan yil bo`lib kirib 
keldi. Bu dehqonlar sinfini ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo`q 
qilishning boshlang`ich davri edi. 
■ Bunda “quloqlar” va “boylar” toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o`z 
xo`jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o`rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha 
badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi.
■
1929-yilning yozida “quloqlar” ni jamoa xo`jaliklariga (kolxoz) kiritilishini ta`qiqlovchi 
qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7-noyabrida “xalqlar otasi” Stalinning matbuotda 
bosilib
chiqqan “Buyuk burulish yili” nomli maqolasi hamda 27-dekabrda qishloq xo`jalik
xodimlarining ilmiy konferensiyasida so`zlagan nutqi quloqlarni sinf sifatida tugatish va 
jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi.  ■ Ommaviy jamoalshtirish g`oyasi, umuman olganda, “Lenincha kooperativ reja” da o`z 
ifodasini topgan bo`lib unda dehqonlarni bosqichma – bosqich kooperatsiyalash yo`li 
taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl 
bo`lgan jamoa xo`jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi.
■   1929-yilning kuzidan e`tiboran sovet davlati kooperativlashtirishning xilma-xil 
shakllarini tugatish, mavjud bo`lgan bir qancha kooperativ tizimlarini davlatlashtirish 
yo`liga o`tdi. 
■ Kooperatsiyani barcha turlari va sohalari bo ` yicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga 
jamoalashtirish yo ` li bilan almashtirdi .  Bu yo`l esa ixtiyoriylik prinsplari asosida emas, 
balki “yuqoridan belgilash” yo`li bilan amalga oshiriladi. 
■ O`zbekistonda jamoalashtirish O`z KP MK ning 1930-yil fevralda qabul qilingan 
“Kollektivlashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish” to`g`risidagi qarori e`lon 
qilingandan so`ng boshlab yuborildi.
■ Zo`rlik bilan, kuch bilan o`tkazilgan jamoalashtirish jarayoni qanday kechgan bo`lsa, 
shundayligicha ochib berish va qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarning ayanchli, 
fojeali ahvoli, taqdirini tadqiq etish hozirgi O`rta Osiyo tarixshunosligida dolzarb 
muammolardan biridir.  ■ Komfirqa va sovetlar hukmronligi davrida “quloq”, “mushtumzo`r”, 
“qishloq burjuaziyasi”, “aksilinqilobchilar”, “xalq dushmanlari”, 
“sotsializm dushmanlari”, “kolxoz dushmanlari”, “yot unsurlar”, 
“kapitalistik unsurlar”, “eng so`nggi ekspulatatorlar” kabi nomlar atalib 
kelingan milliy qishloq aholisining haqiqiy tarixini yaratish imkoni 
bo`lmadi va bu mavzu ommadan sir saqlanib kelindi. 
■ Stalinning  1929- yil  7- noyabrida bosilib chiqqan  “ Buyuk burulish yili ” 
nomli maqolasi jadal jamoalashtirishni  “ nazariy ”  jihatdan asoslab berdi . 
Unda ,  keng qishloq ommasi kolxozlarga kirish uchun yetildi ,  deb 
yozilgan edi .  VKP (b) MQ ning 1929-yilgi noyabr plenumi partiya 
direktivasiga aylantirdi. Plenum jamoalashtirish sur`atlarini haddan 
tashqari kuchaytirish, unga ommaviy tus berishdan iborat aniq vazifani 
qo`ydi. 
■ 1929-yil 27-dekabrda agrar markschilar konfrensiyasida so`zga chiqqan 
Stalin “yoppasiga jamoalashtirish asosida quloqlarni sinf sifatida 
tugatish” shiorini e`lon qildi. Hokimiyat organlari “dohiy”ning 
ko`rsatmasini bajarish uchun jadal jamoalshtirishning boshida turib 
asosan zo`ravonlik usullariga e`tiborni kuchaytirdilar.  ■ Qishloq aholisining badavlat qatlamlariga qarshi mislsiz quvg`inlar uyushtirildi, 
qishloqda aholini zo`rlik bilan kolxozlarga kiritish boshlandi. 
■ VKP (b) MQ ning 1930-yil 5-yanvardagi “Jamoalashtirish sur`atlari va davlatning 
kolxoz qurilishiga yordam ko`rsatish choralari to`g`risida” gi qarorining dastlabki 
ta х ririda O’zbekiston SSSR hududida jamoalashtirishni ikkinchi besh yillik mobaynida 
tugallash mo`ljallangan bo`lishiga qaramay, bu harakat ertaroq tugallanishi mumkin 
degan fikrni o`rtaga tashladi. 
■ respublikamizning ayrim rahbarlari (xususan, F.Xo`jayev va A.  И kromov) 
valyuntaristik usullarga qarshi turishga intildilar va raqamlarga va muddatiga tuzatish 
kiritish fikrini bildirdilar. Biroq ularning takliflariga umuman e`tibor berilmagan. 
Natijada VKP (b) MQ O`rta Osiyo byurosining qarori bilan 1932-yilning boshlariga 
kelib dehqon xo`jaliklarining 68% ni kolxozlarga birlashtirish rejasi qabul qilindi. 
■ Jamoalashtirishni sun`iy tezlashtirish va bu borada “sotsialistik musobaqa” ning kim 
o`zdi “poygasini” avj oldirishda VKP (b)MQ ning 1930-yil 5-yanvardagi 
“Jamoalashtirish sur’ati va kolxoz qurilishida davlat yordami berish tadbirlari 
to`g`risida” gi qarori hal qiluvchi o`rin tutdi.
■   Mazkur qarorda sobiq SSSR hududi uch guruh rayonlarga bo`lindi va qaysi hudud 
qachon jamoalashtirishni tugallashi rejalashtirildi va u jamoalashtirishni 1933-yil 
bahorida tugallashi kerak edi. ■ VKP (b) MQ 1929-yil noyabr plenumi qarori bilan “yakka xo`jalik” 
qishloqlariga kamida 25 ming ishchini yuborish taklif etildi, ular joylarda 
“agrar inqilobni avj oldirishni ta`minlashlari” lozim edi. Xususan, 
O`zbekistonga Rossiyaning markaziy rayonlaridan 437 ishchi yuborildi. 
Ular bilan birgalikda mahalliy ishchilar sinfi o`z saflaridan 263 kishini 
jalb qildi. “Yigirma besh mingchi” ishchilar partiya tashkilotlariga 
kolxozlar tuzishda yordam ko`rsatdilar.
■    Sovet mustamlakachilari O`zbekistonda 20-yillar oxiri va 30-yillar 
boshlarida keng ko`lamda jamoalashtirish va quloqlashtirish siyosatni 
olib bordilar. Lekin bu siyosatga sovetlar davrida xolisona baho 
berilmadi. 
■ O`rta Osiyoda shu jumladan O`zbekistonda o`tkazilgan “quloqlashtirish” 
kompaniyasi yaqin-yaqingacha tarixiy adabiyotlarda sovet davlat 
tuzumiming, jamolashtirish siyosatining qishloq rayonlardagi ulkan 
g`alabasi tarzida talqin etib kelindi.        Quloqlashtirish siyosatini amalga 
oshirishning shartlari,  maqsadlari  v а  oqibatlari
       Quloqlar “qishloq burjuaziyasi”, “aksilinqilobchilar”, “xalq dushmanlari”, “sotsializm 
dushmanlari”, “kolxoz dushmanlari” degan nomlar bilan atalib kelindi.    
Jamoalashtirish va quloq qilish uning fojeali oqibatlarining eng birinchi aybdori mustabid 
sovet tuzumi, Komfirqa, qolaversa ularning arboblaridir. Qishloq, dehqon taqdirining 
fojeali, dahshatli yakun topishining bosh “qahramonlari” ayni o`sha arboblar edi.
■ Dehqonlarga qilingan bu tajovuz  “ bolshevizm ”  ning ajdodlaridan ekan ,  uning ildizi ham 
Komfirqa va uning shtabiga borib taqaladi 1.  Ayni shu joydan turib millionlab dehqonlar 
taqdirini hal etish boshqarildi.
■   Qishloq fojeasining yuzaga kelishida  “ dohiy Lenin ”  g ` oyalari dasturilamal ahamiyatga 
ega bo ` lib nazariy - siyosiy reja yo ` lini o ` tadi .  “Quloqlar”ga birinchi bo`lib o`t ochgan 
ham Leninning o`zi bo`ldi. Lenin ishchilarning dasturi va siyosati “quloqlarni yanchib 
tashlash” dan iborat deb bildi.  ■   “ Quloq ”  tushunchasi  20- yillar davomida asta - sekin kengaya bordi ,  avval 
boshda kim batraklarni o ` zi yollab olgan ,  yani yollanma mehnatdan 
foydalangan bo ` lsa ,  u quloq hisoblandi .  Keyinchalik esa, barcha o`ziga 
to`q dehqonlarni quloq deb hisoblash keng tus oldi. 
■ “ Quloqlar ”  ni sinf sifatida tugatish sari mudhish siyosat  1929- yilning  7-
noyabrida  “ Pravda ”  gazetasida Stalinning  “ Buyuk burulish yili ”  maqolasi 
e ` lon qilingach amalga oshirila boshlandi .
■ Quloqni har jihatdan aksilinqilobiy zararkuranda deb bilgan Molatov 
quloqqa qarshi beayov jang ochish kerak deb chiqdi. Stalin, Lenin nomini 
niqob etib, dehqonlarni sotsialistik geneotsid qilish uchun yangi iqtisodiy 
siyosatni yig`ishtirib qo`ydi. Uning o`rniga “buyuk burulish yili” dan 
Stalin shaxsiga sig`inish ham avj oldi. 21-dekabrda mamlakat Stalinning 
50-yilligini nishonladi. Shunda Stalin birinchi bor “buyuk dohiy, inqilob 
tashkilotchisi, qizil armiya bunyodkori, oq gvardiyachilar va 
interventlarni tor-mor etgan ulug` sarkarda, proletariat dohiysi besh yillik 
ulug` strategi” tarzida ta`riflandi.   ■ “ Quloqlarni tugatish”
jamolashtirish uchun moddiy baza bo`ldi. 1929-yil oxiridan 1930-yil 
o`rtalarigacha 320 mingdan
ziyod quloq xo`jaliklari tugatildi. Ularning 175 mln so`m qimmatga ega 
bo`lgan mulki,
buyumlari kolxozlarning bo`linmas fondiga topshirildi. Shu mablag` 
batrak va
kambag`allarning kolxozga kirishlari uchun badal sifatida 
rasmiylashtirildi va u kolxozlar
bo`linmas mulkining 34% ni tashkil qildi
■ Qishloqda jamolashtirishga qarshilik ko`rsatgan qishloq aholisining ruhi 
tushib ketdi.Ayniqsa, “quloq” qilinib Ukraina, Shimoliy Kavkaz, 
Qozog`iston va O`zbekistonning cho`l-dasht
tumanlariga badarg`a qilinganlar va ularning ayanchli, fojeali taqdiri 
dehqonlarda kolxozga
kirmaslik ana shunday yomon oqibatlarga olib kelishiga ishonch hosil 
qildi, natijada ular qo`rqib
kolxozga kirish hayotiy zaruratga, jon saqlab qolish kafolatiga aylandi. ■ Quloq qilish chog`ida ko`proq o`ziga to`q dehqonlar ro`yhatga olingan. Har bir
quloq xo`jaligi uchun hisob varaqasi ochilib, paxta punkti bilan shartnoma tuzilib, unga muvofiq
paxta yetishtirib, davlatga topshirilgan. 
■ Yuqorining ko`rsatmasiga muvofiq quloqlashtirish, jamoalashtirishning natijasi bo`lishi, ya`ni
avval ixtiyoriy ravishda kolxoz tuzish, keyin quloqlarni sinf sifatida tugatish ishlari amalga
oshirilishi kerak edi. Bu masala qishloq sovetlari qoshidagi kambag`al-batraklar kengashida
muhokama qilindi. Joyda esa aksincha avval dehqonlar quloq qilindi keyin kolxozlar tuzildi.
Odamlarga agar kolxozga kirmasang hibsga oilinib, quloq qilinib, badarg`a qilinasan, yer-suvdan
g`alladan, sanoat mollaridan, saylash va saylanish huquqidan mahrum qilinasan kabi do`q -
qo`rqituvlar bilan jamoalashtirish o`tkazildi. Stalin va uning atrofidagilar kolxoz qurilishini tezlashtirish 
to`g`risida ko`rsatma beradilar. 
■ Jamoalashtirish va quloqlashtirishni sun ` iy
tezlashtirish maqsadida VKB ( b )  MK  1930- yil  5- yanvarda  “ Jamoalashtirish sur ` ati va kolxoz
qurilishiga davlat yordami berish tadbirlari to ` g ` risida ”  qaror qabul qildi .  Qarorning VI
bo’limida quloqlarni sinf sifatida tugatish uchun amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berilgan. ■ 1930-yilda O`zbekistonda 750 ming dehqon xo`jaligi bo`lib, shundan 40 minggi (qariyb 6%) quloq 
sifatida hibsga olinib sud qilingan yoki Ukraina va Shimoliy Kavkazga, Orta
Osiyoning yangi o`zlashtirilgan cho`l tumanlariga badarg`a etilgan.
VKP (b) Markaziy Komiteti siyosiy Byurosining 1930-yil 20-fevraldagi “Jamoalashtirish
va iqtisodiy jihatdan orqada qolgan milliy rayonlarda quloqlarga qarshi kurash to`g`risida” gi
mahfiy qarorida jamoalashtirish, kolxozlashtirish va quloq qilish jarayonida O`rta Osiyodan 400
dan ko`p bo`lmagan miqdorda oilalarni surgun qilish, 1930-yil 15-martga qadar O`rta Osiyodan
1500, jumladan, Ozbekistondan 1000 kishini birinchi toifali faol quloqlar sifatida konslagerga
qamoqqa olish kerak ekanligi ko`rsatildi.
■ OGPU ning O`rta Osiyodagi vakili L. N. Bel`skiy (rais), OGPU vakolatli vakilligi o`rinbosari. A. 
Karustkiy, OGPU harbiy okrug qo`shinlari boshlig’i Bobkevich a`zoligidagi “uchlik”
tomonidan OGPU ning O`zbekistondagi organlari ustidan nazorat olib boruvchi prokuror
Sarichev ishtirokida minglab hukmlarga imzo chekilgan. Vaqti-vaqti bilan bu jazo organlari va
ularning “uchlik” lari tarkiblari o`zgarib turgan. Hukmlarni imzolaganlarning o`zlari ham vaqti
kelib qatag`on qilingan.   ■ Unga ko`ra “Quloqlashtirish” uch toifaga bo`lib amalga oshirildi. Birinchi toifaga 
mansub kishilar sovetlar va jamoa xo`jaliklariga qarshi yig`inlarning qatnashchilari 
bo`lib, ularning o`zlari qamoqqa olinishi, oilalari esa olis joylarga badarg`a etilishi zarur 
edi. Ikkinchi toifani tashkil etgan yirik “mushtum” zo`rlar va jamoalashtirishga qarshi 
faollik ko`rsatgan oilalari bilan olis joylarga jo`natilishi rejalashtirilgan edi. Nihoyat, 
“mushtumzo`rlar” ning qolgan qismi uchinchi toifani vujudga keltirgan bo`lib, ular 
yashash joylariga yaqin manzillarga ko`chirilishi lozim edi.
■ 1931-yil oktabrdan “mushtimzo`rlar” ga mansub xo`jaliklarni yo`qotishning yangi 
to’lqini boshlandi. “Quloq” larning asosiy qismi 1931-yil badarg`a etildi. Ularning bir 
qismi 1932-yilda ko`chirildi. O`rta Osiyo byurosi 1932-yil yanvaridagi Farg`ona 
vodiysi paxtakor rayonlarida 1000 xo`jalikni ixtiyoriylik tamoyili asosida Tojikiston 
SSSR ga ko`chirishga qaror qiladi. 1932-yil mayida esa ommaviy ravishda quloqqa 
tortish ularni ko`chirish operatsiyasi o`tkazildi. 
■ Buning natijasida respublikaning 54 ta rayonlaridan 4865 ta xo`jalik (22505 kishi) ya`ni 
6877 nafar erkak, 5086 nafari ayol, 9055 nafar bola qatag`on etilgan.  ■ O`zbekiston mehnat posyolkalaridagi ko`chkindilardan 1935-1936-
yillarda 101 kishi, 1937-1938- yillarda 156 kishi qatag`on etildi. 1937-
yilda 14758 mehnat ko`chkindisidan 46 kishi (0,31%), 1938-yilda 14271 
mehnat ko`chkindisidan 110 kishi (0,77%) surgun qilindi. 
■ Ikkinchi jahon urushidavrida ham mehnat posyolkalaridagi 
ko ` chkindilarning ma ` lum qismi turli xil bo ’ hton ,  ma ’ lomatlat ,  noto ’ g ` ri 
ma ` lumot ,  to ` qima ayblar asosida qatag ` onga uchradi .  Shu tariqa 1941-
1942- yillarda Ozbekiston hududidagi mehnat posyolkalarida 283 kishi 
sobiq “bosmachi”, 279 kishi esa sovetlarga qarshi va aksilinqilobchi 
shaxslar sifatida NKVD ning operativ ro`yxatiga olingan va qatag`on 
domiga tortilgan. Quloq surgunidagilarga nisbatan urushdan keyin ham 
turli ko`rinishda qatag`on siyosati qo`llanildi. Bu jarayon 1955-yilgacha 
davom etdi. Ular 50-yillarning o`rtalarida ozod bo`lganlaridan so`nggina 
qatag`on balosidan qutilishdi. Foydalanilgan  adabiyotlar:
■ Ўзбекистон халқлари тарихи..1-қисм. Ўқув қўлланма / 
Масъул муҳаррир А. Асқаров-Т.1992.
■ Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма / Масъул муҳаррир 
А.С.Сағдуллаев-Т.1997
■ O‘zbekiston tarixi. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti 
talabalari uchun darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – 
T., 2019.
■ Shamsutdinov R,Karimov Sh, Xoshimov S. Vatan tarixi 1-
kitob. O’quv qo’llanma-T.”Sharq”-2016
■ Эшов Б .,  Одилов А .  Ўзбекистон тарихи . 1- жилд .  Энг 
қадимги даврдан  XIX  аср ўрталаригача .  Дарслик. – Т.: 
Янги аср авлоди, 2014.
■ Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -Т.,2000   E’tiboringiz  uchun  
rahmat

MAVZU: O‘ZBEKISTONDA KOLLEKTIVLASHTIRISHNING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING XUSUSIYATLARI

Reja: 1. Sovet hokimyatining qishloq xo’jaligi jamoalashtirish siyosatining asosiy mohiyati 2. Quloqlashtirish siyosatini amalga oshirishning shartlari, maqsadlari v а oqibatlari

Sovet hokimyatining qishloq xo’jaligi jamoalashtirish siyosatining asosiy mohiyati ■ 1929-yil tarixga qora belgi ostidagi “buyuk burulish yili” deb nom olgan yil bo`lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfini ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo`q qilishning boshlang`ich davri edi. ■ Bunda “quloqlar” va “boylar” toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o`z xo`jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o`rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi. ■ 1929-yilning yozida “quloqlar” ni jamoa xo`jaliklariga (kolxoz) kiritilishini ta`qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7-noyabrida “xalqlar otasi” Stalinning matbuotda bosilib chiqqan “Buyuk burulish yili” nomli maqolasi hamda 27-dekabrda qishloq xo`jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so`zlagan nutqi quloqlarni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi.

■ Ommaviy jamoalshtirish g`oyasi, umuman olganda, “Lenincha kooperativ reja” da o`z ifodasini topgan bo`lib unda dehqonlarni bosqichma – bosqich kooperatsiyalash yo`li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl bo`lgan jamoa xo`jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi. ■ 1929-yilning kuzidan e`tiboran sovet davlati kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini tugatish, mavjud bo`lgan bir qancha kooperativ tizimlarini davlatlashtirish yo`liga o`tdi. ■ Kooperatsiyani barcha turlari va sohalari bo ` yicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo ` li bilan almashtirdi . Bu yo`l esa ixtiyoriylik prinsplari asosida emas, balki “yuqoridan belgilash” yo`li bilan amalga oshiriladi. ■ O`zbekistonda jamoalashtirish O`z KP MK ning 1930-yil fevralda qabul qilingan “Kollektivlashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish” to`g`risidagi qarori e`lon qilingandan so`ng boshlab yuborildi. ■ Zo`rlik bilan, kuch bilan o`tkazilgan jamoalashtirish jarayoni qanday kechgan bo`lsa, shundayligicha ochib berish va qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarning ayanchli, fojeali ahvoli, taqdirini tadqiq etish hozirgi O`rta Osiyo tarixshunosligida dolzarb muammolardan biridir.