O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
Mavzu : O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishirivojlanishi O’qituvch i : Tursunova G.MTursunova G.M . – . – Buxoro shahar 35-maktab Geografiya fani o’qituvchisi 10-Sinf BUXORO - 20 20
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hattoki, 2008-2009 yillarda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoilida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari bo'yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 2010 -yildan buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past bo'lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning "o‘zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy- geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi.
R espublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatla rn i yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor.
O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta коnlari topilgan. Jumladan, O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4- o‘rin , uran bo'yi c ha 7-o‘rin , molibden bo'yi c ha 8-o‘rin , mis bo'yi c ha esa 10- o‘rin da turadi.