Organizmlarning ko’payish usullari ikki xil jinsiy va jinssiz
Organizmlarning ko’payish usullari ikki xil: jinsiy va jinssiz ko’payish . Jinsiy hujayralar ishtirok etmasdan, balki somatik hujayralar ishtirokida nasllarning gallanishi va rivojlanishiga jinssiz ko’payish deyiladi. Jinssiz ko’payish tabiatda keng tarqalgan. 1) Ko’pchilik bir hujayrali sodda hayvonlar (amyoba, avglena, tufelka) teng ikkiga bo’linish (binar) yo’li bilan ko’payadi.
2) Bir hujayrali suv o’tlari (xlorella, xlomidomonada), sporalilar bir necha bo’laklarga bo’lish yo’li bilan ko’payadi, Ko’p bo’laklarga bo’linib ko’payish – shizogoniya deyiladi. 3) Xlorella, xlamidomonada kabi suvo‘tlari, zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi. 4) Kurtaklanib ko‘payish mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi. ,
Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi . Fragmentatsiya –tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi. Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda kuzatiladi. Zamburug‘lar (qalpoqchali zamburug‘lar), suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar sporalari orqali ko‘payish xususiyatiga ega. Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir.
VEGETATIV KO`PAYISH Tugunaklar IldizpoyalarQalamchalar RegeneratsiyaIldiz bachkisi Gajaklar Piyozchalar
O’simliklar orasida vegetativ ko’payish keng tarqalgan bo’lib, ular qalamchalari, gajaklari, ildiz bachkisi, tugunaklari, piyozchalari va ildizpoyalari orqali ko’payadi. Kartoshka, batat, shoyigul tugunaklari yordamida, tol, terak, tok, qoraqat qalamchalari yordamida, olma, yantoq, olcha, terak kabilar ildiz bachkisi bilan, qulupnay gajaklari orqali , begoniya bargi, ildiz tugunaklari , iloq, g’umay, shirinmiya, ajriq, hilol ildizpoyalari orqali ko’payadi. Misol uchun hilol tugunagi hisobiga 1m 2 joyda 1800 tagacha o’simlik hosil qiladi.