Ossuriya diplamatik xujjatlari xususiyatlari. Ossuriya davlatida elchilik va razvedka
Ossuriya diplamatik xujjatlari xususiyatlari. Ossuriya davlatida elchilik va razvedka faoliyati.
Xuddi shunday ossuriyaliklar g‘alabasidan keyin tuzilgan shartnomalarga misol tariqasida mil.avv. 754-yilda Ashshur-nerari V (mil.avv.754-745-yy.) va Suriyadagi Bit-Agusi hukmdori Matiilu o‘rtasida tuzilgan shartnomani ham kiritish mumkin. O‘z-o‘zidan bunday mazmundagi shartnomalarda g‘olib tomon yetakchi so‘zga ega bo‘lgan. Matiilu shartnomani xudolar, o‘zi, farzandlari, ahli ayonlar, mamlakat aholisi nomi bilan “abadiy muddatga” tuzgan. Shartnoma ko‘ra, Matiilu Ashshur-nerari V va uning vorislariga qarshi chiqmaslik, Ossuriyaga harbiy, ayniqsa jang aravalari bilan yordam berish, jang maydonidan qochib ketmaslik, ossur hukmdori dushmanlarini yashirmaslik va ularning boshqa mamlakatlarga qochib ketishiga yordam bermaslik majburiyatini oladi. Ossuriya tarixi bilan bog‘liq manbalarda hukmdorlarning o‘ziga vassal bo‘lgan hukmdorlar bilan tuzgan shartnomalari haqida ko‘plab qaydlar saqlanib qolgan. Ulardan kam sonlilarigina bizgacha yetib kelgan. Jumladan, mil.avv. IX asr 20-yillarida Ossuriya podshosi Shamshi-Adad V bilan Bobil hukmdori Marduk-Zakirshumi I o‘rtasida shartnoma anchayin parchalangan holatda yetib kelgan bo‘lib, aftidan, uni ossuriyaliklarning Bobilga yurishidan va Bobil podshosi Bauaxiddinni asirlikka olib ketgandan keyin hukmdorning o‘g‘li Adad-nerari III (mil.avv. 810-783-yy.) va Bobil hukmdori tuzishgan: "Ossuriya va Kardenyash (Bobil) xalqlari ... mintaqa bo‘ylab bir-birlari bilan vijdonan chegara o‘rnatdilar" – deyiladi shartnomada.
Yana Matiilu fuqarolariga ossur hukmdori va uning farzandari va ahli ayonlariga “hayoti” uchun xudolarga ibodat qilish majburiyati yuklangan. Odatda bu kabi shartnomalar sharoit nuqtai nazaridan o‘sha vaqtda mag‘lub tomonnning boshqa chorasi yo‘qligidan imzolangan, shuning uchun uning shartlari nechog‘liq og‘ir bo‘lmasin va uni buzish “xudolaro qahri” bilan jazolanishi keltirilmasin, imkon tug‘ilishi bilan shartnomalar mag‘lub tomondan buzilgan, “buzilish sharti”dan ular qo‘rqishmagan. Shartnomani buzadigan bo‘lsa Bit-Agusi aholisi xudolar qahriga uchrashi ko‘rsatiladi. Shartnoma xotimasida qandaydir bir sirli (afsunli) marosim tartiblari amalga oshirilganligini kuzatish mumkin: “Bu bosh (uzilgan) qo‘y boshi emas, balki Maiiluning boshidir... Agar Matiilu bu kelishuvni buzsa, xuddi qo‘y boshi kesib olinganidek, uning boshi ham tanasidan judo etiladi”.
Yuqorida shartnomani imzolagan Matiilu Ashshur-nerari V o‘limidan keyin darhol Ossuriyaning eng xavfli va asosiy raqibi bo‘lgan Urartu davlati (Sarduri II) bilan ittifoq tuzishga erishadi Asarxaddon hukmronligi davriga oid bir qancha shartnomalar yetib kelgan. Ulardan biri mil.avv. 671-yilda Tir hukmdori bilan tuzilgan o‘ziga xos “dengiz shartnomasi” hisoblanadi. Bu Finikiya qirg‘og‘i hududida qirg‘oq bo‘ylab suzishni tartibga solish bilan bog‘liq edi. Unga ko‘ra Ossuriya savdo kemalarini va umuman olganda bu yerdagi dengiz savdosini nazorat qilish uchun ustun huquqqa egaligini tasdiqladi.