Ózbek tili morfemikasi, sózning morfem tuzilishi




![Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga
aylanib borishi, morfema esa so‘zning o‘zagiga
singib ketishi mumkin. Masalan, [ xona ] leksemasi
taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nosida
«joy» semali yasama so‘zni hosil qiluvchi
derivatsion vositaga aylanib ketgan, leksemalikdan
mahrum bo‘lgan. [ Noma ] , [ goh ] , [ xo‘r ] leksemasi
ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan.
Albatta, tildagi bunday hodisalar ilmiy muammo
bo‘lib, maxsus tekshirish natijasida tayinli
xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning
turkiy unsurlar emasligi shuni taqozo qiladi.](/data/documents/1408def7-e0d7-41b2-a02c-0e0ada719845/page_5.png)


![Derivatsion morfema so‘zga qo‘shilib, yangi so‘z
hosil qiladi. Yangi so‘z yangi lug‘aviy va grammatik
ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, [ paxta ] leksemasi [ -
chi ] affiksini olib, (paxtachi) so‘zi vujudga keladi.
Yangi lug‘aviy ma’no yangi grammatik; ma’noni
ham vujudga keltiradi: narsa-byyum oti shaxs otiga
aylaladi. Shu bilan birgalikda, yangi so‘zning
valentlik imkoniyati ham asos so‘znikidan keskin
farqlanadigan holga keladi.](/data/documents/1408def7-e0d7-41b2-a02c-0e0ada719845/page_8.png)

![Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfema leksema
lug‘aviy ma’nosini nutqqa moslashtirish vazifasini
bajaradi. Masalan, [ kitob ] leksemasining sememasida
birlik va ko‘plik ma’nosi noma’lum. Son lug‘aviy shakl
hosil qiluvchisi bo‘lgan [– lar ] uni ko‘plik tomon
muayyanlashtiradi. Bu morfemaning o‘ziga xos turi
lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema bo‘lib,
lug‘aviy ma’noni muayyanlashtirish, nutqqa xoslash bilan
birga ((kel gan ) , (o‘ qi gach )) , so‘zni sintaktik aloqaga ham
kiritadi: o‘qi gan bola, o‘qi gach gapirmoq.](/data/documents/1408def7-e0d7-41b2-a02c-0e0ada719845/page_10.png)


Ózbek tili morfemikasi, sózning morfem tuzilishi
Reja : 1.Morfemika ta’limot sifatida 2. So‘zning morfemik strukturasidagi o‘zgarish lar . 3. Morfemalarning funksional-semantik tasnifi.
Morfemika so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta’limot. Ma’lumki, o‘zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o‘laroq, o‘zak mustaqil ma’no anglatish xususiyatiga ega. So‘zning o‘zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha qo‘llanmaydi va ma’no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi.
Leksema shakllanuvchanlik, morfema shakllantiruvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga shakl berish vazifasiga xoslanganligi ularni morfema deb atashga olib kelgan.Morfemaning nutqiy ko‘rinishi q o‘ shimcha deyiladi.
Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, morfema esa so‘zning o‘zagiga singib ketishi mumkin. Masalan, [ xona ] leksemasi taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nosida «joy» semali yasama so‘zni hosil qiluvchi derivatsion vositaga aylanib ketgan, leksemalikdan mahrum bo‘lgan. [ Noma ] , [ goh ] , [ xo‘r ] leksemasi ham shunday tarixiy siljishni boshidan kechirgan. Albatta, tildagi bunday hodisalar ilmiy muammo bo‘lib, maxsus tekshirish natijasida tayinli xulosaga kelish mumkin. Chunki bu birlikning turkiy unsurlar emasligi shuni taqozo qiladi.