logo

PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO’G’RISIDAGI FAN

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

77.5244140625 KB
  PEDAGOGIKA 
SHAXS TARBIYASI 
VA RIVOJLANISHI 
TO’G’RISIDAGI 
FAN.  Reja: 
1. Pedagogika predmeti.
2. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari.
3. Pedagogika fanining vazifalari.
4. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
5. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
6. Pedagogika fanlari tizimi.
■ 7. Pedagogik tadqiqot metodlari.  Pedagogika predmeti 
■ Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha 
“paidagogike”– “paidagogos” “bola” va “etaklayman”) 
ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni 
shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat mazmuni, ta’lim, 
ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, shakllari, 
metodlari, vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh 
avlodni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, unga ta’lim 
berish muammolarini o’rganadi. A.Avloniy tushunchani 
“bola tarbiyasining fani” (“pedagogiya”) deb ataydi.  Pedagogika predmeti 
■ Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, 
uni o’qitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. Shu bois 
didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogika 
fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
■ Ta’lim umumiy va maxsus ta’lim kabi turlarga ajratiladi. 
Umumiy
■ Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – 
bu tarbiya nazariyasi sanaladi. Tarbiya nazariyasi bevosita 
tarbiya jarayonini o’rganadi.  Ijtimoiy tarbiya  
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, 
iqtisodiy,  huquqiy,  ekologik va jinsiy tarbiya kabi 
yo’nalishlarda tashkil etiladi.
■ Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning 
yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan 
himoyalanish yo’lida olib borgan harakatlari tarbiya 
g’oyalarining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. 
Ijtimoiy tarbiya g’oyalari asrlar davomida shakllanib 
kelgan bo’lib, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining 
har bir bosqichida yangi mazmun bilan boyib borgan.  Ijtimoiy tarbiya  
■ Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo’lib 
hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o’tkazish 
yo’lidagi faoliyat (o’simlik mevalari, ildizlarini terish, 
hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni 
o’rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalga 
oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o’yin 
jarayonlarida o’zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish 
jinsiy xarakterga ega bo’lganligi bois o’g’il va qiz bolalarni 
tarbiyalashda o’ziga xos jihatlar ko’zga tashlangan.  Ijtimoiy tarbiya  
■ Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo’lishi ijtimoiy tarbiya 
mazmunida ham tub o’zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning 
paydo bo’lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya 
jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo’lga qo’yila boshladi. 
Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va 
vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning 
asarlarida muhim o’rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu 
fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy 
qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti 
tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi 
shakllanishi uchun boshlang’ich asoslar qo’yildi.  Ijtimoiy tarbiya  
■ Quldorlik tuzumida erkin bo’lmagan kishilar 
(qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois 
tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning 
farzandlari uchun xizmat qilgan.  Ijtimoiy tarbiya  
■ Feodal tuzumda pedagogik g’oyalar feodallar manfaatini ifoda eta 
boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy 
g’oyalar yetakchi o’rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda 
diniy muassasalar (G’arbda cherkov, Sharqda esa machitlar)ning roli 
osha borib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu 
maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g’oyalarni ilgari surish, 
ilmiy nazariyalarni yaratish va targ’ib etishning din peshvolari 
tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko’zga tashlangan bo’lsa-da, 
ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko’lamining kengayishi, tabiiy 
ofatlarga harshi keskin chora ko’rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning 
rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi.  Pedagogika fanining vazifalari. 
■ Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani 
shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani 
bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga 
alohida hissa qo’shadi. Fanning maqsadi va 
vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, 
davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida 
yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar muhim 
ahamiyatga ega.  Pedagogika fanining vazifalari. 
■ O’zRda pedagogika fani yuksak ma’naviy-
axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrni 
tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va 
tarbiya nazariyasini milliy istiqlol g’oyasi 
asosida ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu 
jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi:  Pedagogika fanining asosiy 
kategoriyalari. 
■ Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining 
tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, 
tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana 
shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini 
kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi 
eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb 
ataladi.  Pedagogika fanining asosiy 
kategoriyalari. 
■ Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari (kategoriyalar matnda qoraytirilib ko’rsatilgan) 
quyidagilar hisoblanadi: 
■ Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan 
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi
■    Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida 
■ yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini 
■ tarkib toptirish jarayoni
■    Ta’lim o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning 
bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon
■ Bilim shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq 
haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui
■    Ko’nikma shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyat
■ Malaka muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli Pedagogikaning boshqa fanlar 
bilan aloqasi. 
■ Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash 
ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda 
namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. 
Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga 
ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash 
uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. 
Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan 
quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:  Pedagogikaning boshqa fanlar 
bilan aloqasi. 
Ko’rsatilgan fanlar pedagogik bilimlar rivojida qanday o’rin tutadi?
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, 
muayyan pedagogik g’oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy 
jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
■ 2. Iqtisodiyot nazariyasi – ta’lim muassasalarining faoliyatini 
yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya 
jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va 
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning 
iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.  Pedagogikaning boshqa fanlar 
bilan aloqasi. 
3.  Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil 
etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini 
samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
■ 4. Etika (axloqshunoslik) – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, 
unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy 
madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin  tutuvchi  nazariy  
g’oyalarni  pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin 
tutadi.  Pedagogikaning boshqa fanlar 
bilan aloqasi. 
5. Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga 
intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim 
yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
■ 6. Fiziologiya – o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, 
anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich 
asoslarni beradi. 
■ 7. Gigiena – o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, 
ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy 
g’oyalari bilan yordam beradi.  Pedagogikaning boshqa fanlar 
bilan aloqasi. 
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-
irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining 
dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq 
pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.
■ 10. Madaniyatshunoslik – o’quvchilarda insoniyat tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi 
tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini 
tarkib toptirish uchun xizmat qiladi  Pedagogikaning boshqa fanlar 
bilan aloqasi. 
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik 
jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning 
organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni 
bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, 
nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash 
muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.
■ 12. Ma’naviyat asoslari – jamiyat, inson va ma’naviyat 
o’rtasidagi munosabatlarni, ma’naviyatning jamiyat 
taraqqiyoti, inson ongini rivojlanishidagi roli, 
fuqarolarni ma’naviy tarbiyalash omillarini o’rganadi.  Pedagogika fanlari tizimi 
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy 
jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos 
jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish 
maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi 
pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ya’ni: Ko’rsatib o’tilgan ushbu fanlar qanday 
pedagogik masalalarni o’rganadi?
1.     Pedagogika nazariyasi – ta’lim yoshidagi bolalar, o’smirlar va o’spirinlarni 
tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
■ 2.     Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish, 
taraqqiy etish tarixini, shaxsni o’qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini, 
shuningdek, asrlar davomida pedagogik jarayonda qo’llanilib kelingan metod va 
vositalarni o’rganadi.  Pedagogika fanlari tizimi 
3.     Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-
axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini 
o’rganadi.
4.     Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar 
o’quvchilarini tarbiyalash, ta’lim berish, ularning o’ziga xos 
psixologik, fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularni 
intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish 
masalalarini o’rganadi.
■ 5.     Korrektsion (maxsus)  pedagogika – rivojlanishida turli 
psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash 
va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. Korrektsion 
pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi  Pedagogika fanlari tizimi 
6. Metodika xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi
7. Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, 
takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
8. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish 
muammolarini o’rganadi.
9. Ijtimoiy pedagogika – shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillarni, 
ularni bartaraf etish yo’llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar toifalariga ko’rsatiladigan 
ijtimoiy-pedagogik yordam mohiyatini, turlari. Shakl, metod va vositalarini o’rganadi.
■ 10. Kasbiy pedagogika – ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo’nalishida maxsus 
bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy 
faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish  masalalarini o’rganadi.    Pedagogika fanlari tizimi 
11.Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga 
qo’yish, boshqarish, nazorat qilish, istiqbolni belgilash 
masalalarini o’rganadi.
12. Qiyosiy pedagogika – turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga 
oid pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik 
ta’limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta’limiga xos bo’lgan 
samarali shakl, metod, vosita va innovatsion yondashuvlarni 
qiyosiy-genetik jihatdan o’rganadi.
■ 13. Konfliktologiya – ta’lim jarayonida yuzaga keladigan 
pedagogik muammolar, ta’lim ouvchi va ta’lim beruvchi 
o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samarali 
bartaraf etish yo’llarini o’rganadi.   Pedagogik tadqiqot metodlari.  
■ Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni 
tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining 
g’oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya 
jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada 
o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida sodir bo’lish 
sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy 
izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-
tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan 
yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish 
tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik 
jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus 
tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni 
amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va 
aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon.  Pedagogik tadqiqot metodlari.  
■ Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu 
metodni qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan 
muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik 
yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat 
bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan 
haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi
■   Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog’ida ega bo’lingan 
ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to’g’ri baho berish, 
muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik 
shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari 
imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam 
beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda 
o’tkaziladi. Suhbat jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari 
to’la namoyon bilishga erishish muhim. Samarqand Davlat universiteti 
filologiya fakulteti xorijiy til va 
adabiyot (ingliz tili)  
316-guruh talabasi 
Toshniyozova Jasminaning 
tayyorlagan ishi

PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO’G’RISIDAGI FAN.

Reja: 1. Pedagogika predmeti. 2. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. 3. Pedagogika fanining vazifalari. 4. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. 5. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 6. Pedagogika fanlari tizimi. ■ 7. Pedagogik tadqiqot metodlari.

Pedagogika predmeti ■ Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha “paidagogike”– “paidagogos” “bola” va “etaklayman”) ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat mazmuni, ta’lim, ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, shakllari, metodlari, vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh avlodni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi. A.Avloniy tushunchani “bola tarbiyasining fani” (“pedagogiya”) deb ataydi.

Pedagogika predmeti ■ Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o’qitish va tarbiyalashga e’tiborni qaratadi. Shu bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi Pedagogika fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. ■ Ta’lim umumiy va maxsus ta’lim kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ■ Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi. Tarbiya nazariyasi bevosita tarbiya jarayonini o’rganadi.

Ijtimoiy tarbiya Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo’nalishlarda tashkil etiladi. ■ Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo’lida olib borgan harakatlari tarbiya g’oyalarining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Ijtimoiy tarbiya g’oyalari asrlar davomida shakllanib kelgan bo’lib, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida yangi mazmun bilan boyib borgan.