logo

Epigrafika. Fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

28.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2995.7265625 KB
Mav zu:  Epigrafi k a. Fan 
sifat ida shak llanishi v a 
riv ojlanishi Reja:
1. Epigrafika fanining predmeti va vazifalari
2. Epigrafikaning rivojlanish bosqichlar i Epigrafika yunoncha “epi” va  “ grafika ”  so‘zlaridan olingan 
bo’lib,  “ qattiq  material  yuzasidagi  yozuv ”   degan  ma’noni 
bildiradi.  Epigrafika  fani  asosan  tosh,  sopol,  metall,  va 
boshqa  qattiq  buyumlarga  bitilgan  qadimgi  va  o‘rta  asr 
yozuvlarini  o'rganuvchi  fandir.  Ushbu  fan  uyg‘onish 
davrida qadimiylikka, chunonchi Qadimgi Sharq va qisman 
qadimgi  “ Bibliya ”  ga  qiziqish  kuchaygan  paytda  paydo 
bo’lgan.  Epigrafika  fanida  dastlab  ltaliya,  Yunoniston, 
Shimoliy  Afrika  va  Falastindan  topilgan  oltindan  bo’lgan 
yunon,  etrusk,  qadimgi  yahudiy,  finikiya 
yodgorliklarigagina  ega  edi.  XIX  asming  o‘rtalaridan 
epigrafika ayniqsa, tez rivojlana boshladi.  . Epigrafika fani yordami bilan Kipr orolidan topilgan miloddan awalgi XI-VIII asrlar 
tosh  va  idishlarga  bitilgan  yunon  tilidagi  yozuvlar,  Livan,  Suriya,  Karfagen,  O‘rta  yer 
dengizi  orollari,  ltaliya,  Frantsiya,  Ispaniya  va  Shimoliy Afrikadan  topilgan  Finikiya,  Puni 
qadimgi  yozuvlari,  shuningdek  miloddan  awalgi  IV- Ш   ming  yilliklarda  Fila  oroli  va  Nil 
daryosidan  topilgan  qadimgi  Misr  petroglifik  yozuvlari,  miloddan  avvalgi  VI  asrdagi 
janubiy  va  shimoliy  arab  yozuvlari,  Dajla  va  Frot  daryolari  oralig’i  va  Old  Osiyoning 
qadimgi  hududlaridagi  miloddan  awalgi  III  ming  yillikka  oid  mixxat  matnlari, 
Ahamoniylar  sulolasining  o‘matilishidan Artakserks  III  podsholigi  (mil.aw.  358-338)  gacha 
bo‘lgan  davrdagi  qoyalar,  saroy   devorlari  va  oltin  taxtachalarga  bitilgan  qadimgi  Eron 
mixxatlari,  slavyan,  gruzin,  arman,  qadimgi  turkiy,  xitoy,  shuningdek,  Markaziy  Osiyo  va 
boshqa hududlardan topilgan ko’plab yozma yodgorliklar (bitiklar) topib o‘rganildi Epigrafikaning  taraqqiyoti  tufayli  qadimgi  xalqlaming  qadimgi  turmush  tarzi,  ijtimoiy  -  iqtisodiy, 
siyosiy  va  moddiy  madaniyati,  diniy  mazhabi  va  umumiy  tarixi  haqidagi  qimmatli  ma’lumotlarni 
to’plash  imkoni  yaratildi  va  to’plandi.  Harf  shakllarining  o’zgarishini  ilmiy  jihatdan  o’rganish  orqali 
arxeologik  yodgorliklaming  qaysi  davrga  mansubligi,  qadimgi  yozuvlaming  rivojlanish  darajasi 
aniqlandi. Yenisey (Enasoy) daryosi havzasi (Xakasiya A.V. va Tuva A.R.) dan topilgan Orxun-Yenisey 
yozuvlari fanga ko’pgina qimmatli ma’lumotlami to’plash imkonini berdi. Yumshoq buyumga yozilgan yozuv qo’lyozma hisoblanadi. Epigrafika fani 
qattiq buyumlarga yozilgan yozuvlami o‘rganadi. Qadimgi davrda qog’oz 
taqchil bo’lgan paytda qattiq materiallardan yozuv vositasi sifatida foydalanish 
juda keng tarqalgan. Yozuv uchun yumshoq materiallar teri, papirus, va 
pergamentlardan ham foydalanganlar. Lekin, bu yumshoq materiallar vaqt 
o’tishi bilan chirigan yoki yaxshi saqlanmagan shuning uchun qadimgi dunyo 
tarixini o’rganishda asosiy manbaa bo’lib epigrafik yodgorliklar maydonga 
chiqadi. Deshifrovka noma’lum yozuv bitilgan matnni o’qish demakdir. Buning 
uchun tadqiq etilgan yozuvdagi belgilami o’sha belgilar bilan yozilgan tildagi 
so’zlarga o’xshatish, matnlashtirishdir Yozuv  inson  fikrini  abadiylashtiradi.  Inson  yozuvni  ixtiro  qilib  zamondoshlari,  shuningdek 
uzoq avlodlari bilan aloqa bog’ladi; zamonlar va avlodlar o’rtasidagi aloqalar mustahkamlanadi. 
Qadimgi yozuvlarni tadqiq qiluvchi olimlar qadimgi podshohlar, sarkardalar, ustalar va shoirlar 
ovozini,  asrlar  qa’ridan  kelayotgan  tovushlarni  eshitadi.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  tarixiy 
fanlar  tizimidagi  epigrafika  fani  insoniyat  tarixining  turli  davrlarida  yozuvning  shakllanishi  va 
rivojlanishi tarixini o’rganadi. Turli davrga oid yodgorliklardagi bitik va yozuvlarni tadqiq etish, 
bu  yozuvlarning  kelib  chiqish  tarixini,  eng  muhim  yozuv  turlarining  rivojlanishi  masalalarini 
o’rganish  epigrafikaning  vazifasi  hisoblanadi.      Bu  fan  fikrni  u  yoki  bu  belgilar  sistemasida 
yozishning ilk formalari bilan, Misr iyeroglifikasi va Mesopotamiya mixxati kabi, insoniyat tarixi 
uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan yozuv turlarining ma’nosini ochib berish, izohlash metodi 
bilan  tanishtiradi.  Yozuv  tarixi  til  tarixi  bilan  bog’liq  holda  ko’rib  chiqiladi.    Bundan  tashqari 
epigrafika fani etnografiya, o’lkashunoslik, tarix, arxeologiya fanlari bilan aloqador.    Qadimgi odamlarda fikr bir qancha rasm-tushunchalar bilan ifodalangan. Neolit davridagi 
odam olamni rasmlar bilan tasvirlagan. Bu rasmlar, shakllar shunchalik soddalashtirilgan va 
umumiy sxema shakliga keltirilganki, pirovardida belgi-ideogrammaga aylangan; 
ideogrammadan tasvirning eng dastlabki shaklini bilib olish uchun ba’zan tasavvurning 
nihoyat darajada kuchli bo’lishi talab qilingan.  Atoqli otlarni yozish ideografik yozuvlarda 
eng qiyin masala bo’lgan va ismni belgi-tushunchalar bilan emas, balki boshqacha yozish 
formasini izlash zaryriyatini tug’dirgan. Iloji topilgan: ismlar «rebus» usulida – ma’no 
jihatdan o’xshash, bir xilda jaranglaydigan so’zlarni bildiradigan belgilar yig’indisi bilan 
yozila boshlagan. Bu holda belgi-ideogramma bo’g’im sifatida: ma’naviy birlik emas, fonetik 
birlik sifatida ishlatilgan. Ba’zan boshqa so’zlarni ifodalashda ham fonetik yozuv ideografik 
yozuv bilan birga ishlatilgan. Bu narsa olimlarga qadimgi yozuvlardagi so’zlarning qanday 
talaffuz etilganligini aniqlash uchun yordam berdi .  Keyinroq paydo bo’lgan nisbatan yosh yozuvlarda bo’g’in prinsipi (bo’g’inlarni 
ifodalaydigan belgilar bilan yozish usuli) qo’llanilgan. Eski ideografik yozuvlarning, 
masalan, Misr iyerogliflari yoki assuriy-bobillar mixxatining bo’g’in sistemasiga o’tish 
qiyinroq bo’lgan an’analar xalaqit bergan. Shunga qaramay, bo’g’in sistemasi yozuviga 
jadal kirib borgan. Shu bilan birga, bitta so’zning o’zini, ideogrammani hisobga 
olmaganda, bo’g’in sistemasida bir necha variantda yozish mumkin bo’lgan.  Bo’g’inli 
yozuv tilning fonetik tuzilishini aks ettirgan. Bu «jaranglaydigan» yozuv edi. Bo’g’inli 
yozuvda bir necha o’n belgidan tortib (brahma va kxaroshtxi yozuvlarida 35-40 belgi) bir 
necha yuzgacha (efiop yozuvida ikki yuzdan ziyod) belgi ishlatilgan. Bu esa har qaysi 
tilning o’z hususiyatiga bog’liq bo’lgan. So’zni yanada maydaroq bo’laklarga bo’lish 
navbatdagi birlik harfda grafik tarzda ifodalangan tovushdan iborat bo’lgan. 
Piktografiyadan boshlangan yo’l harfli yozuv bilan tugallangan.  Yozuvning rivojlanish sxemasi: piktogramma - ideogramma (logogramma) 
– bo’g’in-harf.  Bir xil yozuvdan boshqa xil yozuvga qanday o’tilganligini 
diqqat bilan, sinchiklab kuzatadigan bo’lsak, mazmunni aniq anglatish 
zarurligi yozuvni taraqqiy etdiruvchi, yangi vositalarni izlab topishga 
undovchi asosiy kuch bo’lganligini ko’ramiz.  Xalqaro sun’iy til – esperanto 
– o’tgan asr oxirida yaratilgan. Uni polshalik doktor L.Zamengof yaratgan. 
Esperantoning yozilishi qiyin emas; bu tilda atigi 16 qoida bor, ammo 
bironta ham istisno yo’q. Esperanto lug’atiga barcha Yevropa tillaridagi 
tushunchalar kiritilgan. Shunga ko’ra uni o’rganish oson. Esperanto 
xalqaro sun’iy til yaratish yo’lidagi birdan-bir urinish emas.   300 ga yaqin sun’iy til taklif etilgan. Ularning ba’zilari jaranglaydigan so’zlarni yozishga 
imkon beradigan alifbosiz belgilar sistemasiga asoslangan.  Nutqni aniq yozishga 
to’siqlik qiladigan asosiy qiyinchilik shundan iboratki, tillarning fonetik 
tuzilishiturlichadir va odatlanilmagan, begona tovushni talaffuz etish uchun malaka kerak 
bo’ladi: masalan, Afrikada yashovchi ba’zi qabilalar tilida yevropaliklar uchun begona 
tovushlar bor, Xitoy va Birma xalqlari tilida baland ohang alohida o’rin tutadi. Axborot 
hajmining jadal ortib borishi zamonamizga xos hislatdir. Olimlar bunga «axboriy 
portlash» deb nom berishgan. Axborotlar oqimini qanday bo’lmasin tartibga solish uchun 
axborot yig’ish, uni saqlash va tarqatishning yangi metodlari zo’r berib izlanmoqda. 
Bugun butun dunyoda milliy tillar mustahkamlanmoqda va rivojlanmoqda. Milliy til – 
milliy madaniyatning asosidir Harf  shakllarining  o`zarishi  ilmiy  jixatdan  o`rganish  orqali  arxeologik   
yodgorliklarning  kaysi  davrga  mansubligi,qadimgi  Yozuvlarning   
rivojlanish  darajasi  aniqlandi.  Enisey  (Ensoy)  dayorsi  xavzasi  (Xakasiya 
A.V.  va  Tuva  A.R.  siyosiy)  dan  topilgan  Urxun-Enisey  Yozuvlar  fanga 
ko`pgina  qimmatli  ma`lumotlarni  to`plash  imkonini  berdi.  YUmshoq 
buyumga yozilgan Yozuv qo`lyozma xisoblanadi.
Epigrafika  fani  qattiq  buyumlarga  yozilgan  Yozuvlarni  o`rganadi. 
Qo`lyozmalarni esa poligrafiya fani o`rganadi. 
Qadimgi  davrda  qog`oz  taqchil  bo`lgan  paytda  qattiq  materiallardan 
Yozuv  vositasi  sifatida  foydalanish  juda  keng    tarqalgan.  Yozuv  uchun 
yumshoq materiallar teri, papirus, va pergamentlardan ham foydalanganlar. 
Lekin  bu  yumshoq  materiallar  vaqt  o`tishi  bilan  chirigan  yoki  yaxshi 
saqlanmagan  shuning  uchun  qadimgi  dunyo  t arix ini  o`rganishda  asosiy 
manbaa  bo`lib  epigrafik yodgorliklar maydonga chiqadi.

Mav zu: Epigrafi k a. Fan sifat ida shak llanishi v a riv ojlanishi

Reja: 1. Epigrafika fanining predmeti va vazifalari 2. Epigrafikaning rivojlanish bosqichlar i

Epigrafika yunoncha “epi” va “ grafika ” so‘zlaridan olingan bo’lib, “ qattiq material yuzasidagi yozuv ” degan ma’noni bildiradi. Epigrafika fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga bitilgan qadimgi va o‘rta asr yozuvlarini o'rganuvchi fandir. Ushbu fan uyg‘onish davrida qadimiylikka, chunonchi Qadimgi Sharq va qisman qadimgi “ Bibliya ” ga qiziqish kuchaygan paytda paydo bo’lgan. Epigrafika fanida dastlab ltaliya, Yunoniston, Shimoliy Afrika va Falastindan topilgan oltindan bo’lgan yunon, etrusk, qadimgi yahudiy, finikiya yodgorliklarigagina ega edi. XIX asming o‘rtalaridan epigrafika ayniqsa, tez rivojlana boshladi.

. Epigrafika fani yordami bilan Kipr orolidan topilgan miloddan awalgi XI-VIII asrlar tosh va idishlarga bitilgan yunon tilidagi yozuvlar, Livan, Suriya, Karfagen, O‘rta yer dengizi orollari, ltaliya, Frantsiya, Ispaniya va Shimoliy Afrikadan topilgan Finikiya, Puni qadimgi yozuvlari, shuningdek miloddan awalgi IV- Ш ming yilliklarda Fila oroli va Nil daryosidan topilgan qadimgi Misr petroglifik yozuvlari, miloddan avvalgi VI asrdagi janubiy va shimoliy arab yozuvlari, Dajla va Frot daryolari oralig’i va Old Osiyoning qadimgi hududlaridagi miloddan awalgi III ming yillikka oid mixxat matnlari, Ahamoniylar sulolasining o‘matilishidan Artakserks III podsholigi (mil.aw. 358-338) gacha bo‘lgan davrdagi qoyalar, saroy devorlari va oltin taxtachalarga bitilgan qadimgi Eron mixxatlari, slavyan, gruzin, arman, qadimgi turkiy, xitoy, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa hududlardan topilgan ko’plab yozma yodgorliklar (bitiklar) topib o‘rganildi

Epigrafikaning taraqqiyoti tufayli qadimgi xalqlaming qadimgi turmush tarzi, ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va moddiy madaniyati, diniy mazhabi va umumiy tarixi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni to’plash imkoni yaratildi va to’plandi. Harf shakllarining o’zgarishini ilmiy jihatdan o’rganish orqali arxeologik yodgorliklaming qaysi davrga mansubligi, qadimgi yozuvlaming rivojlanish darajasi aniqlandi. Yenisey (Enasoy) daryosi havzasi (Xakasiya A.V. va Tuva A.R.) dan topilgan Orxun-Yenisey yozuvlari fanga ko’pgina qimmatli ma’lumotlami to’plash imkonini berdi.