Persiptiv obrazni tashkillashtirish
Mavzu:Persiptiv obrazni tashkillashtirish
Reja: 1. Idrokning sezgidan afzalligi, uni genetik bog‘liqligi. 2. Idrok turlari: ko‘rish, eshitish, sezish. 3.Obrazlarni idrok qilishning o‘ziga xosligi: predmetlilik, yaxlitlik, konstantlik, kategoriallik. 4.Perseptiv obrazlarni predmetliligi, idrokning yaxlitligi va o‘zgarmasligi.
Biz narsa va hodisalarning ayrim sifat va xossalarini sezgilar orqali ongimizda aks ettiramiz. Shuningdek, hamisha narsalarning ayrim xossalarini aks ettiruvchi birtalay sezgilarimiz bo‘ladi. Bu sezgilar asosida atrofimizdagi narsa va hodisalarni idrok qilamiz.Idrok deb, narsa va hodisalarni bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etishi natijasida ularni yaxlitligicha ongimizda aks etishidan iborat bilish psixik jarayoniga aytiladi. Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.Biror narsaning o‘zini idrok qilmasdan hosil bo‘ladigan sezgilar yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo‘lsa kerak chaqaloq narsaning o‘zini idrok qila bilmasa ham undan hosil bo‘ladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug‘ va qorong‘ini, shirin va nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar faqat idrok jarayonida fikrni analiz va abstraktlashtirish yo‘li bila ajratiladi.
Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik jarayonlar deb hisoblanadi, idrok esa murakkab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar g‘oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga, avvalo turli buyumlar, chunonchi, binolar, daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz musiqa, surat, rasm va boshqa san’at asarlarini idrok qilamiz. Odamnin hayotida nutqni – og‘zaki va yozma nutqni idrok qilish eng katta va muhim o‘rin tutadi. Atrofimizdagi narsa va hodisalar bir- biridan ajralgan holda emas, balki hamma vaqt idrok qilinib turgan narsa boshqa narsalar bilan makon va vaqt jihatdan bir-biri bilan bog‘langan holda idrok qilinayotganini har bir kishi o‘z kundalik tajribasidan yaxshi biladi.
Idrokning murakkabligi Idrok murakkab psixik jarayondir. Bu murakkablik, avvalo shundan iboratki, har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish uning shaklini (uzunchoq va hokazo), rangini (ko‘k, oq va hokazolarni) sezish – bu ko‘rish sezgilar idrok, hidini sezish (hid sezgilari), shirin, chuchukligini sezish (maza sezgilari), og‘iryengilligini, qattiq-yumshoqligini sezish (muskul sezgilari) va boshqa sezgilardan tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida ajratilgan shu ayrim sezgilar (retsepsiyalar) idrokning retseptiv tomonini tashkil qiladilar.Shu xossalarning jamini sezishdan idrok qilayotgan narsaning dastlabki bevosita obrazi hosil bo‘ldi, bu idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Bunda shu xossalar narsaning o‘zida qanday bog‘langan bo‘lsa, ayni shu tarkibda seziladi. Shu sababli idrok qilinayotgan narsaning dastlabki obrazi ham sezgilarning mexanik jami (yig‘indisi)dan iborat bo‘lmay, balki yaxlit, bir butun bo‘ladi.