logo

Qadimgi va O'rta Xett bosqichi tashqi siyosati va diplomatiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

695.2744140625 KB
MAVZU: QADIMGI VA O'RTA XETT BOSQICHI 
TASHQI SIYOSATI VA DIPLOMATIYASI
                                                        Reja  :
1. Davlatchilikni sakllanishi
2.    Xett davlati harbiy tashkiloti. 
3.    Xett diplomatiyasi.   •
  Er. avv.  II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati  to`g`risida 
tarixiy ma’lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo`q darajada edi. Bu 
vaqtgacha Kichik Osiyo va Shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va 
tasvirlar topilgan edi. 1887 yil tadqiqotchilar Tell-Amarna  arxividagi  
diplomatik  yozishmalarda Xett podshosining Misr  fir’avniga tengligi 
(uning  birodari ) eslatib o`tiladi. Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana 
bir buyuk  davlat  mavjud bo`lganini ko`rsatadi. 1906 yil nemis olimi  Y. 
G. Vinkler  Bug`ozqoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida 
arxeologik qazishmalarga kirishadi. Qazishmalar  natijasida Yaqin Sharq 
tillarida bitilgan o`n minglab  taxtachalardan  iborat arxiv, jumladan, 
Xett-Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topiladi. Chex 
tadqiqotchisi  B. Grozniy  1915 yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili 
hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosaga keladi. Natijada  Xett  
davlati   tarixini  o`rganish  kuchayib ketadi.     • Qadimgi Xett podsholigi (er. avv. XVIII-er. avv. 
XVI asrlar). Er. avv. XX-XVIII asrlarda Kichik 
Osiyoda ashshurlik savdogarlar bir necha savdo 
koloniyalarini barpo qiladilar.  Bu savdo 
koloniyalari orqali xalqaro savdo olib boriladi. Eng 
avvalo, metallar va yuqori sifatli gazlamalar savdosi 
amalga oshiriladi.  Bu davrda Sharqiy Kichik 
Osiyoda xett qabilalari  boshqa mahalliy tub joy 
aholini assimilyatsiya qiladilar.  
• Kichik Osiyodagi Nesa (Kanes), Burusxan, Kussar 
va Xattusi kabi shaharlarni o`z ichiga olgan siyosiy 
birlashmalar vujudga kela boshlaydi.  Kichik  
Osiyoning bu siyosiy  birlashmalarining ilk 
birlashuvi er. avv. XVIII  asrning   birinchi yarmida 
yuz beradi. Viloyatlarning birini hokimi Anitta Nesa 
shahrini markaz qilib, Qora dengizdan Kichik 
Osiyodagi Tuz  ko`ligacha bo`lgan hududlarni 
egallab, bepoyon davlatni barpo qiladi.   • XVII asr oxirida boshqa Xett urug`i hokimiyat tepasiga keladi. Xett  davlati asoschilarining birlashtiruvchi 
siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna ( yoki Tabarna, er. vv. 1675-1650 yillar atrofida 
boshqargan) tugallaydi. U  istilochilik  yurishlarini davom  ettirib, Tavr tog` tizmasining shimoliy qismini 
egallaydi va Shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini “dengizdan-dengizgacha” 
kengaytirdi. Uning ichki va tashqi siyosatidan kuchli ta`sirlangan va tan bergan keyingi vorislari Labarna va 
uning rafiqasi Tavannanna nomlarini o`zlariga unvon sifatida qabul qildilar.
• Labarna mavjud Xett an’analariga zid ravishda o`g`li Xattusilini o`z vorisi deb e’lon qiladi. Xattusili I (er. 
avv. 1650-1625-yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko`chiradi (Shu 
voqeadan keyin, davlat rasmiy ravishda “Xatti” zamonaviy fanda  “Xett” deb atala boshlanadi).
• Uning vorisi Mursili I (er. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett  podsholigida markazlashuv 
kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga  boradigan  yo`ldagi asosiy savdo markazi bo`lgan  Shimoliy 
Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I er. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib, Xammurapi 
sulolasini tugatadi. Ammo mamlakat ichida keskin  vaziyat  vujudga keladi. Saroy  fitnachilari podsho 
hokimiyatini kuchayishini istamay, taxt vorisligiga ko`pgina da’vogarlar bo`lishiga imkoniyat  beradigan  
an’analarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni bo`ladi.  Xett hukmron  
tabaqalari  ichida  o`zaro  kelishmovchiliklar boshlanadi.     • O`zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (er. avv. 1530-1500 yillar atrofida) chek  qo`yadi. Uning 
davrida faqat podshoning o`g`li taxtga chiqish huquqiga ega bo`ladi.  Agar podshoning o`g`illari 
bo`lmasa, uning singlisining o`g`li va eng so`nggida podshoning kuyovlari taxtga davogar bo`lish 
qoidasi o`rnatiladi. Taxt vorisligining bunday tartibi qat’iy bo`lib, zodagonlar kengashi 
«pankus»ning taxt vorisligi masalasidagi  rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda «pankus» o`z 
huquqini  saqlab qoladi. Pankusning yuqori pog`onasi bo`lgan «tuliya» hal qiluvchi rol o`ynaydi. 
Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a’zosi bo`lgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda 
tuliyaning ruxsati bilan uning biror a’zosiga podsho tomonidan o`lim jazosi berilgan taqdirda 
ham  podsho  aybdorning oilasini ta’qib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan 
mahrum edi. Tadqiqotchilar,  bu davrni (er. avv. XVIIII- er. avv. XVI asrlar) qadimgi Xett 
podsholigi davri deb  hisoblaydilar. 
• Telepin  va uning o`g`li hukmronligidan so`ng, Xett davlatining tushkunlik  davri boshlanadi. Bu 
davr O`rta Xett podsholigi davri  (er. avv. XV asr ) deb nom oladi. Bu davrda Xett  
podsholigining  ahvoli yana og`irlashadi. Bir asr davomida  Xett davlati  va jamiyati go`yoki  
tushkunlikni boshdan kechiradi.   • Xett davlati  istilochilik siyosatini 
muntazam va ko`ngillilardan tashkil 
topgan, yaxshi qurollangan qo`shinga 
tayanib amalga oshiradi. Harbiy 
yurishlar asosan bahorda boshlanib, 
kech kuzda tugagan. Yurishlar o`rtasida 
muntazam qo`shinlarning bir qismi 
maxsus harbiy qarorgohlarda 
joylashtirilgan. Xettlarning chegara 
shaharlarida maxsus harbiy garnizollar 
joylashtirilgan. Qaram davlatlar Xett 
garnizollarini ozuqa bilan ta`minlashga 
majbur bo`lganlar.     • Xettlarning  tashqi siyosatida diplomatiya 
muhim o`rin tutgan. Ular Kichik Osiyo va 
Old Osiyoning ko`p davlatlari bilan 
diplomatik aloqalar o`rnatganlar. Bu 
aloqalar ko`p hollarda maxsus 
shartnomalar bilan mustahkamlangan. 
Xett arxivlarida  Old Osiyoning boshqa 
mamlakatlari arxivlariga qaraganda,  bir 
necha marta ko`p miqdorda diplomatik 
hujjatlar saqlanib qolgan. Xettlar boshqa 
mamlakatlar bilan davriy ravishda 
elchilar orqali maktublar, sovg`a-salomlar 
almashib turganlar. Davlatlar o`rtasidagi 
aloqalar sulolaviy nikoh shartnomalari 
bilan mustahkamlangan.   • Podsho devonxonasida xalqaro aloqalarga maxsus muassasa rahbarlik qilgan. Bu yerda 
elchilar, tarjimonlar, mirzolar ishlagan va shartnomalar matnlari tuzilgan. Shartnomalar 
odatda ikki tilda: biri xett tili, ikkinchisi akkat tilida tuzilgan. Davlatlararo shartnomalar 
matnlari podsho oldidagi kengashda muhokama qilingan. Shartnomalarga podsholar 
muhrlari tushirilgan. Matnlar loy, metall (kumush, jez, temir) taxtachalarga bitilgan. 
Shartnomalar matnlari yozilgan taxtachalar mamlakatning oliy xudolari haykallari oldida 
saqlangan. Chunki xudolar shartnomaning bosh guvohlari sifatida  kim uni buzsa, jazolash 
huquqiga ega bo`lganlar. 
• Xettlarning xalqaro shartnomalarning ko`pchiligida Xett qo`shinlarining harbiy g`alabalari 
mustahkamlangan. Shu sababli, ularda ko`p hollarda tomonlarning o`zaro munosabatlarning 
teng huquqda bo`lmagani ko`rinadi. Xett podsholari ko`pincha qaram davlatni o`lpon 
to`lashga majbur qilganlar. O`lpon to`lovchilar har yili Xett podshosi oldiga kelishga, qaram 
davlat hududida joylashtirilgan Xett garnizonlariga g`amxo`rlik qilishga, birinchi chaqiriq 
bilan Xett hukmdoriga qo`shin bilan yordamga kelishga majbur qilinganlar.   Qaram davlat har yili (ba`zida yilida uch 
marta) shartnomani o`qishlari majbur 
bo`lgan. Qaram mamlakat hukmdori 
o`g`illari, nevaralari va evaralari 
shartnomaga rioya qilishlari  shart qilib 
qo`yilgan. Xett diplomatik amaliyotining 
o`ziga xos xususiyatlaridan biri xettlarning 
sulolaviy nikohlariga jiddiy e`tibor  
berganlaridir. Xett podsholari o`z qizlari va 
opa-singillarini boshqa podsholarning 
nikohiga berishga harakat qilganlar. Bu 
nikohlar har ikki tomonning o`zaro 
munosabatlarini barqaror bo`lishini 
ta`minlagan. Xettlar Xett malikalari 
turmushga chiqqanda albatta  bosh rafiqa 
bo`lishi shartnomada alohida qayt qilingan. 
Bunday nikohlar vositasida Xett podsholari 
boshqa davlatlarda o`z ta`sirlarini 
mustahkamlaganlar.  Xettlar Xett malikalari 
turmushga chiqqanda albatta  
bosh rafiqa bo`lishi shartnomada 
alohida qayt qilingan. Bunday 
nikohlar vositasida Xett 
podsholari boshqa davlatlarda o`z 
ta`sirlarini mustahkamlaganlar. 
Bundan tashqari, chet davlat 
taxtining qonuniy vorislari 
hukmdorni bosh  rafiqasining 
o`g`illari bo`lgan.   ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

MAVZU: QADIMGI VA O'RTA XETT BOSQICHI TASHQI SIYOSATI VA DIPLOMATIYASI Reja : 1. Davlatchilikni sakllanishi 2. Xett davlati harbiy tashkiloti. 3. Xett diplomatiyasi.

• Er. avv. II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to`g`risida tarixiy ma’lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo`q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va Shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887 yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir’avniga tengligi (uning birodari ) eslatib o`tiladi. Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo`lganini ko`rsatadi. 1906 yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bug`ozqoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishadi. Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o`n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett-Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topiladi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniy 1915 yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosaga keladi. Natijada Xett davlati tarixini o`rganish kuchayib ketadi.

• Qadimgi Xett podsholigi (er. avv. XVIII-er. avv. XVI asrlar). Er. avv. XX-XVIII asrlarda Kichik Osiyoda ashshurlik savdogarlar bir necha savdo koloniyalarini barpo qiladilar. Bu savdo koloniyalari orqali xalqaro savdo olib boriladi. Eng avvalo, metallar va yuqori sifatli gazlamalar savdosi amalga oshiriladi. Bu davrda Sharqiy Kichik Osiyoda xett qabilalari boshqa mahalliy tub joy aholini assimilyatsiya qiladilar. • Kichik Osiyodagi Nesa (Kanes), Burusxan, Kussar va Xattusi kabi shaharlarni o`z ichiga olgan siyosiy birlashmalar vujudga kela boshlaydi. Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi er. avv. XVIII asrning birinchi yarmida yuz beradi. Viloyatlarning birini hokimi Anitta Nesa shahrini markaz qilib, Qora dengizdan Kichik Osiyodagi Tuz ko`ligacha bo`lgan hududlarni egallab, bepoyon davlatni barpo qiladi.

• XVII asr oxirida boshqa Xett urug`i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlati asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna ( yoki Tabarna, er. vv. 1675-1650 yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib, Tavr tog` tizmasining shimoliy qismini egallaydi va Shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini “dengizdan-dengizgacha” kengaytirdi. Uning ichki va tashqi siyosatidan kuchli ta`sirlangan va tan bergan keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini o`zlariga unvon sifatida qabul qildilar. • Labarna mavjud Xett an’analariga zid ravishda o`g`li Xattusilini o`z vorisi deb e’lon qiladi. Xattusili I (er. avv. 1650-1625-yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko`chiradi (Shu voqeadan keyin, davlat rasmiy ravishda “Xatti” zamonaviy fanda “Xett” deb atala boshlanadi). • Uning vorisi Mursili I (er. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan yo`ldagi asosiy savdo markazi bo`lgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I er. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib, Xammurapi sulolasini tugatadi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi. Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay, taxt vorisligiga ko`pgina da’vogarlar bo`lishiga imkoniyat beradigan an’analarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni bo`ladi. Xett hukmron tabaqalari ichida o`zaro kelishmovchiliklar boshlanadi.