logo

Qadimgi va Oʻrta xett bosqichi tashqi siyosati va diplomatiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

917.5361328125 KB
Qadimgi va O rta xett bosqichi ʻ
tashqi siyosati va diplomatiyasi                              Reja:
1.Qadimgi bosqich xett  diplamatiyasi 
2.O`rta bosqich xett diplamatiyasi   Xettlar davlati (yoki Xatti mamlakati) Kichik Osiyoning 
katta qismini egallagan, mil.avv. XVII-XII asrlarda 
mavjud bo‘lgan qadimgi Sharqning eng qudratli 
davlatlaridan biri edi. Qadimgi dunyo tarix sahnasida 
nisbatan uzoq muddat (olti asr) mavjud bo‘lgan ushbu 
davlat uzluksiz barqarorlikni namoyon etgan deb 
hisoblab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mazkur davlat 
tarixini olimlar quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganishadi: 
- Qadimgi xettlar bosqichi (mil.avv.tax.1650-1420-yy); 
- O rta xett bosqichi (mil.avv.1420-1380-yy);ʻ
 - Imperiya bosqichi (mil.avv.1380-1180(1190)-yy).    Xettlarning Kichik Osiyoda paydo bo‘lish masalasi fanda 
bahslidir. Ayrim yondashuvlarda qadimgi xettlarning ilk 
ajdodlari Bolqon hududlaridan kirib kelganligi ta’kidlanadi. 
Shu bilan birga, xettlarning kelib chiqishi masalasida Kavkaz 
hududlaridan shimoldan dengiz yo‘li orqali, sharqdan 
Darband orqali kelganligi yoki O‘rta Anatoliyaning avtoxton 
aholisi bo‘lganligi haqidagi ilmiy qarashlar ilgari 
surilganligini kuzatish mumkin. Lekin bitta masalada 
yondashuvi bir xil, u ham bo‘lsa xettlar hind-yevropa tillar 
oilasiga kiruvchi tilda muloqot qilishgan    Xett nomi dastlab ibroniycha Xet o‘g‘illari tarzida Tavrot va 
Injilda uchraydi. Qadimgi Misr va Mesopotamiya 
manbalarida ham xettlar tilga olingan. Qadimgi yunonchada 
Χετταΐοι,  inglizchada Hittites, nemischada Die Hethiter, 
eski fransuzchada Heteen, italyanchada (H)ittito yoki eteo, 
turkchada dastlab fransuzcha ta’sirida Eti(ler), keyinroq 
umumqabul qilingan Hitit(ler) nomlari bilan atalgan. 
O‘zbekchada xettlar tarzida qabul qilingan. Xettlarning o‘zi 
bo‘lsa o‘zlarini nishalik yoki kanishlik (shu nomdagi shahar-
davlatlarga nisbatan) deb ataganlar       Purusxanda, Amkuva, Kussar (Kushshar), Xatti, Kanish 
(Kanesh), Salpuva kabi shahar-davlatlar tepasida hukmdorlar 
– rubaum va malikalar – rabatum turgan. Tez orada ular 
o‘rtasida gegemonlik uchun kurashlar boshlanib ketadi. 
Dastlab yetakchilikni Purusxanda (Burushxanda) o‘z qo‘liga 
oladi. Keyinroq, Kussar hukmdori Anitta (otasi Pitana, lekin 
kelib chiqishi xettlarga mansubligi bahsli masala hisoblanadi) 
mil.avv. XVIII asrning o‘rtalarida katta davlatga asos soladi.     Anitta keyinroq qadimgi xett davlati poytaxti sifatida tanlangan 
Xattusa shahrini egallab, vayron etganligi aytiladi. Bu ishni u o‘zining 
poytaxti Nesha (Nisha, Kanesh shahrining xettcha nomlanishi ekanligi 
aytiladi) xavfsizligi uchun amalga oshiradi. Taxminan ular yashagan 
davr (mil.avv. 1800-yillar atrofi) Anatoliyada savdo ishlarini yuritgan 
Ossuriya savdogarlari qaydlarida “Xatti podshosi Pitana” va uning 
o‘g‘li Anitta bilan tijoriy aloqalar o‘rnatilganligi keltiriladi. Ushbu 
savdo munosabatlarida Xettlar oltin va kumush sotishgan, ulardan 
to‘qilgan mahsulotlar va qalay sotib olishgan. Aynan ushbu iqtisodiy 
aloqalar tufayli Xettlar ossuriyaliklardan mixxat yozuvini 
o‘zlashtirganligi ta’kidlanadi.                      Adabiyotlar:
1.Wekipediya:Xett davlati
2.Yandex:Qadimgi va o`rta xett bosqichi 
diplamatiyasi
Tuzuvchi:201-guruh talabasi Botirov Laziz

Qadimgi va O rta xett bosqichi ʻ tashqi siyosati va diplomatiyasi

Reja: 1.Qadimgi bosqich xett diplamatiyasi 2.O`rta bosqich xett diplamatiyasi

Xettlar davlati (yoki Xatti mamlakati) Kichik Osiyoning katta qismini egallagan, mil.avv. XVII-XII asrlarda mavjud bo‘lgan qadimgi Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri edi. Qadimgi dunyo tarix sahnasida nisbatan uzoq muddat (olti asr) mavjud bo‘lgan ushbu davlat uzluksiz barqarorlikni namoyon etgan deb hisoblab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mazkur davlat tarixini olimlar quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganishadi: - Qadimgi xettlar bosqichi (mil.avv.tax.1650-1420-yy); - O rta xett bosqichi (mil.avv.1420-1380-yy);ʻ - Imperiya bosqichi (mil.avv.1380-1180(1190)-yy).

Xettlarning Kichik Osiyoda paydo bo‘lish masalasi fanda bahslidir. Ayrim yondashuvlarda qadimgi xettlarning ilk ajdodlari Bolqon hududlaridan kirib kelganligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, xettlarning kelib chiqishi masalasida Kavkaz hududlaridan shimoldan dengiz yo‘li orqali, sharqdan Darband orqali kelganligi yoki O‘rta Anatoliyaning avtoxton aholisi bo‘lganligi haqidagi ilmiy qarashlar ilgari surilganligini kuzatish mumkin. Lekin bitta masalada yondashuvi bir xil, u ham bo‘lsa xettlar hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi tilda muloqot qilishgan