Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati
• Qashqadaryo viloyati mamlakat hududining 6,4 foizini egallaydi. U yerda O‘zbekiston aholisining 9,6 foizi yashaydi. Respublikamizdagi asosiy neft va gaz konlari shu hududda joylashgan. Qashqadaryo yoqilg‘i sanoati yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha mamlakatda 1-o‘rinda turadi. Shuningdek, respublikada ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 1/10 qismini, yengil sanoat mahsulotlarining 7 foizdan ortig‘ini beradi. Qulay tabiiy sharoiti tufayli ekin maydonlari katta. Viloyat jami ekin maydoni, xususan, g‘alla va paxta ekin maydonlari bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda turadi.
Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari • Bu viloyatda yillik o‘rtacha harorat O‘zbekistonning boshqa joylaridagidan birmuncha yuqori. Viloyatda 1 mln gektarga yaqin sug‘orishga yaroqli yer bor, biroq suv tanqis. Hatto suvdan eng samarali foydalanilganda ham ko‘p yerlarga suv yetib bormaydi. Shu tufayli aksar yerlarga bahorikor donli ekinlar ekilmoqda. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryo va uning chap irmoqlari — Oqsuv, Tanxozdaryo, Yak- kabog‘ va G‘uzordaryo suvi bilan sug‘oriladi. Vodiyda Chimqo‘rg‘on suv ombori qurilib, Qashqadaryoning o‘rta va quyi oqimida suv sarflanishining tartibga solinishi hamda Eski Anhor kanali orqali Zarafshondan suv keltirilishi natijasida obikor yerlar maydoni ancha kengaydi.