Buxoro viloyati
Buxoro viloyati
• Viloyat maydoni mamlakat maydonining 9,0, aholisining 5,7 foizini tashkil etadi. Viloyatning ayrim hududlarida sizot suvlari yer yuziga yaqinligi, yog‘in kamligi, cho‘lda qum ko‘chishi kabi salbiy hodisalar yer fondidan foydalanishda ortiqcha mehnat va mablag‘ talab etadi. Aniqlangan tabiiy gaz zaxiralari juda ko‘p. Bundan tashqari, neft, binokorlik materiallari, tuz va boshqa foydali qazilma boyliklari topilgan.
Tarixiy obidalar • Mustaqillik yillarida Buxoroning betakror me'moriy obidalari yana asl jozibasiga ega bo‘ldi. BMTning ilm-fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan tarixiy obidalarning qariyb yarmi Buxoro viloyatidadir.