QUYI ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI
QUYI ZARAFSHON TABIIY GEOGRAFIK OKRUGI
Quyi Zaraf shon
GEOGRAFIK O’RNI VA CHEGARALARI Quyi Zarafshon okrugi shu nom bilan ataluvchi daryoning quyi qismida joylashib, o‘z ichiga Buxoro va Qorako‘l vohalarini oladi. Okrug sharqda kengligi 8 — 10 km bo‘lgan Xazar yo‘lagi orqali O‘rta Zarafshon okrugidan ajralib turadi. Okrug shimol va g‘arbdan Qizilqum okrugi, janubi g‘arbdan Sandiqli qumligi orqali Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Qashqadaryo okrugi bilan chegaralanadi. Bu yerda chegara Azkamar, Quyimozor, Jarqoq balandliklari orqali o‘tadi.
Daryo qayiridagi saksovulzor
Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Quyi Zarafshon okrugi tektonik botiqda joylashib, negizi paleozoy erasi ohaktosh slaneslaridan iborat bo‘lib, uning ustini mezozoy va kaynazoy eralarining cho‘kindi jins hamda mergellari, gillari va qumtoshlari qoplab olgan. Mezozoy erasining yura va bo‘r davr jinslari (ohaktosh, dolomit va boshqa) ko‘proq okrugning sharqida joylashgan balandliklarda uchraydi.